0 'Zbek Tilining Imlo Lug'ati
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
0 ‘ZBEK TILINING IMLO LUG‘ATI 0 ‘zbekiston Respublikasi FA Tilshunoslik instituti ilmiy kengashi nashrga tavsiya qilgan 3- nashri ,,0‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT — 2011 УДК: 811.512.133 (038) ББК 81.2Узб-4 0 ‘-34 0 ‘zbek tilining imlo lug‘ati /tuzuvchilar: 81.2Узб-4 Sh. Rahmatullayev, A. Hojiyev; maxsus muharrir 0 ‘-34 Y. Abdullayev. 3-nashri. — Т.; ,,0 ‘qituvchi“, 2011. 240 b. I. Rahmatullayev, Shavkat vaboshq. (tuzuvchi.) ISBN 978-9943-02-382-6 УДК: 811.512.133 (038) ББК 81.2Узб-4 Tuzuvchilar: SHAVKAT rahmatullayev , a z im h o j iy e v Maxsus muharrir: YO‘LDOSH ABDULLAYEV 0 ‘ZBEK TILINING IMLO LUG‘ATI «О ‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent—2011 Muharrir S. Xojaahmedov Badiiy muharrir D. Mulla-Axunov Texnik muharrir S. Nabiyeva Kompyuterda sahifalovchi M. Sagdullayeva Musahhih M. Ibrohimova Nashriyot litsenziyasi A1 №161 14.08.2009. Original-maketdan bosishga ruxsat etildi 21.10.2011. Bichimi 84x108'/,,. Kegli 12 shponli. Tayms gam. Ofsetbosma usulida bosildi. Ofset qog'ozi. Shartli b. t. 12,60. Nashr. t. 10,22. 10000 nusxada bosildi. Buyurtma № 216-11. O'zbekiston Matbuot va axborot agentligining ,,0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent—129, Navoiy ko'chasi, 30-uy. // Toshkent, Yunusobod dahasi, Yangishahar ko'chasi, 1- uy. Shartnoma № 07-05-11 © ,,0‘qituvchi“ nashriyoti, 1995 ISBN 978-9943-02-382-6 © ,,0‘qituvchi“ NMIU, 2011 TUZUVCHILARDAN Bu lug‘at lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika davlat komissiyasining topshirig‘i bilan alifbo va imlo qoidalariga mos holda tuzilgan. Lotin alifbosiga o‘tish tufayli imlo qoidalaridagi tovush-harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilib, unda qaysi harf qaysi tovushni ko‘rsatishi to‘liq aks ettirilgan. Lekin tovush-harf munosabatiga doir ayrim masalalar yangi qoidalarda berilmagan. Masalan, lotin alifbosiga o‘tish munosabati bilan kirill alifbosidagi ё, ю, я harflaridan va ь, ъ belgilaridan o‘z-o‘zidan voz kechildi, ammo bunday harf va belgi qatnashadigan so‘zni lotin alifbosiga o‘tgach qanday yozish kerakligi imlo qoidalarida ta’kidlanmadi. Bunday so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, awalo, imlo lug‘atida o‘z aksini topgan va alifboni o‘rgatish maqsadida yaratilgan o‘quv qo‘llanmasida bayon qilingan. Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, mazkur lug‘at ixcham shaklda tuzilgan va ayni vaqtda bu ixchamlik lug‘atning saviyasiga salbiy ta’sir qilmasligi ham nazarda tutilgan. Lug‘atga, awalo, hozirgi adabiy o‘zbek tilida ishlatiladigan va yozilishida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan tub soczlar kiritilgan. Ma’lumki, o‘zbek tili lug‘at tarkibida yasama so‘zlar juda ko‘p. Bunday so^zlarning, aniqrog‘i, ulardagi so‘z yasovchi qismning imlosi bir xil bo‘ladi. 4 Shuning uchun imlo lug‘atida yasama so‘zlarning barchasini berishni zarur hisoblamadik. Imlosida chalkashlik, qiyinchilik yuz berishi mum- kin bo‘lgan yasama so‘zlar bor, albatta. Lug‘atga ana shunday yasama sokzlargina kiritilgan. Masalan, -li, -lik qo‘shimchalari bilan yasalgan va yasalayotgan so‘zlar juda ko‘p. Shunday so‘zlardan faqat yozilishini ko‘rsatish talab etiladiganlarigina lug‘atda berilgan: otali (otasi bor), otalik (otalik qilmoq), otaliq (otaliqqa olmoq) kabi. Shuningdek, -chan, -chang qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlarni yozishda xato, qiyinchilik tug‘i- ladi, shu sababli bu qo‘shimchalar bilan yasal gan so‘zlar lug‘atga kiritilgan: uyatchan, mahsichang kabi. Hozirgi adabiy o‘zbek tilida octtizga yaqin ko‘mak- chi fe’l bor. Ular yordamida yangi so‘z yasalmaydi, balki fe’llarning ming-minglab murakkab shakllari hosil qilinadi. Imlo qoidasida ko‘makchi fe’lni yetakchi fe’ldan ajratib yozish aniq ta’kidlangan: yoza boshladi, aytib qo y, olib berib, qo Уа qol kabi. Shuning uchun bunday fe’l shakllari lug‘atga kiritilmadi. Xullas, bu lug‘atda hozirgi adabiy o‘zbek tilidagi so‘zlarning bir qismigina qamrab olingan. Lug‘atda hozirgi adabiy o‘zbek tilida ikki xil shaklda ishlatiladigan so‘zlar igna va nina, nina va igna tarzida o‘z o‘rnida yonma-yon berilgan. Ba’zi so‘zlaming ikki xil — to‘liq va qisqa tarkibda ishlatilishi qavslar yordamida ko‘rsatilgan, masalan: doim(o), shoyad(ki), gado(y) kabi. 5 ,,0‘zbek tilining imlo lug‘ati“ga so‘zlik ,,0‘zbek tilining izohli lug‘ati“, nashr qilingan imlo lug‘atlari va davriy matbuotdan to‘plangan so‘zlar asosida tuzilgan. ,,0‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari“dan keyin qo‘shimcha izoh berilgan bo‘lib, unda kirill alifbosidagi ё, ю, я, ц, щ, ы harflari va ь, ъ belgilarining o‘zbek lotin alifbosida qanday yozilishi izohlandi. Ushbu lug‘at o‘zbek alifbosini va imlo qoidalarini mustaqil o‘rganuvchi barcha kishilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan o‘zbek lotin alifbosi va imloni talabalarga o‘qitishda ham foydalanish mumkin. Lug *at haqidagi fikr-mulohazalaringizni „О ‘qituvchi “ nashriyot-matbaa ijodiy uyiga yuborishingizni so ‘ray- miz. Manzil: Toshkent— 129. Navoiy ko ‘chasi, 30-uy. OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QAROR1 339- son. 1995- yil 24- avgust. Toshkent sh. 0 ‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA 0 ‘zbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan obzbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida“gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 0 ‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiq- lansin (ilova qilinadi). 2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axbo- rot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alif- bosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasi- dan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. 3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akade- miyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta limi vazirligi, Davlat Matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuk- lansin. Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV 7 0 ‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI HARFLAR IMLOSI Unlilar imlosi 1. A a harfi: 1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi. 2. О о harfi: 1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon, direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlar- dagi unlini ifodalash uchun yoziladi. 3. I i harfi: 1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) о ‘tin, o ‘rik, boHim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi. 4. U u harfi: 1) uy, кип; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko(zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida о unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi. 5. О6 o‘ harfi о ‘t, o ‘q, o ‘zbek, o ‘simlik, do‘ppi; bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko'rpa, noo ‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi. 6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi, telefon, teatr; poyezd, atelye; e ’Ion, ne ’mat, she V kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi. 7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi: 1) unlilar orasiga ba’zan у undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi: a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi; b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi; d) ai: mozaika, ukrain, maishat kabi; e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi; f) ea: teatr, okean, laureat kabi; 2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli у aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aero stat, poema kabi. Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar. Undoshlar imlosi 8. В b harfi: 1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi; 9 2) kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi; 3) qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi. 9. P p harfi paxta, pishloq, opa, tepa, tup, у op kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi. 10. V v harfi: 1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) avtobus, avtomat kabi o‘zlashma so‘zlarda v ba’zan f aytilsa ham, v yoziladi. 11. F f harfi: 1) fan, fe ’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undo shini ifodalash uchun yoziladi; 2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so‘zlarda f tovushi ba’zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi. 12. M m harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifoda lash uchun yoziladi. 13. D d harfi: 1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi; 2) obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi. 14. T t harfi tong, tun; butun, о'tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 10 15. Z z harfi: 1) zar, zamon; toza, o‘zbek; yoz, g ‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi; 2) iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.