Umumiy 0 'Rta Ta'lim Maktablarining 5-Sinfi
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
CVZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ ТА’LI Ml VAZIRLIGI S. AHMEDOV, B. QOSIMOV, R. QCPCHQOROV, SH. RIZAYEV ADABIYOT UMUMIY 0 ‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 5-SINFI UCHUN DARSLIK !. - / Nartr.»'- I c- u I v 7 ^ I Xa,4 «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI 4 ^ r n u r c , A ' BOSH TAHRIRIYATI TOSH KENT-2007 ' / .. /V Aziz o'quvchi! Siz bu yildan boshlab «Adabiyot» darsini alohida o‘qiy boshlayapsiz. Endi Ali sher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi nomlari butun jahonga yoyilgan buyuk bobolarimizning hayot yoNlari bilan kengroq tanishasiz. Asarlaridan bahramand boMasiz. Erk va mustaqillik yo‘lida jonlarini fido etgan Qodiriy, Hamza va Usmon Nosirlarning Vatan va millat haqidagi oltli satrlari qalbingizga cho‘gl tashlashiga ishonamiz. Bugungi kunning ardoqli shoirlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlar- ning xalqimiz shonli tarixidan hikoya qilib, porloq kelajakdan bashorat etuvchi go‘zal qasidalari, o‘ylaymizki, Sizning qalbingizga ham zavq va surur bag‘ishlaydi. QoNingizdagi «Adabiyot» kitobi shu bilan cheklanmaydi. Unda yurtimiz tarixi bilan bog‘liq olis afsona va ertaklar, bobolar hikmatidan, xalqimizning o‘z shoiridek bo‘lib ketgan Sa’diy Sheroziy, noyob asarlari bilan dunyo adabiyotida yangi sahifa ochgan Ezop, H. K. Andersen, S. Ekzyuperi kabi adiblar ijodi bilan ham tanishasiz. Sizga ular zavq-u ilhomgina emas, nur va hikmat ham beradi. Go‘zallik va donishmandlik olamiga kirasiz. Bu yo‘lda bosgan qadamingiz qutlug‘ boNsin! Taqrizchilar: N. G ‘ULOMOVA, RespublikaTa’lim markazi «Filologiya fanlari» bolimining bosh metodisti; F. UMAROVA, Toshkent viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti «Til va adabiyot ta’limi» kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent; G. XUDOYOROVA, Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 2-umumiy o‘rta maktab o ‘q itu v c h isi. Respublika maqsadli kitob jamg'armasi hisohidan ijara uchun chop etildi. A dabiyot. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / S. Ahmedov, B. Qosimov, R. Qo'chqorov. Sh. Rizayev. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim i vazirligi. — Т.: «Sharq», 2007. - 352 b. 1. Ahmedov S. va boshq. BBK 83.3(5U)ya7Z © «Sharq» nashriyot-maibaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007. ADABIYOT - SO‘Z SAN’ATI Oimmatli farzand, o‘zingizning uch-to‘rt yasharlik paytingizni eslay- sizmi? Yodingizda bo‘lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman ko‘rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko‘ra ertak eshitishni ko‘proq yaxshi ko‘radi. Shunday ham bo‘ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o‘nlab marotaba qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog‘i bilan eshitaveradi. Ularga ertak voqealari yod bo‘lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko‘zlarini katta- katta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi. Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she’rlar odamni bu qadar o‘ziga tortadi, deb o‘ylab ko‘rganmisiz? Keling, shu savolga birgalikda javob topaylik. To‘rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odam bolasi boshqa mavjudotlardan o‘zimng fikrlay olishi bilan farq qiladi. U nafaqat obylaydi, fikrlaydi, balki bu fikr-o‘ylarini solzlar orqali boshqalarga ham bildira oladi. Odamlar fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki nar- salar orasidagi o‘xshash, bir-birini takrorlovchi jihatlarni ilg‘aydi. Mana shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi yuzaga keladi. «Obrazli fikrlash» degan ibora Sizga sal og‘irlik qilayotgan bo‘lsa, buni bir sodda mi sol bilan tushuntiramiz. Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e’tibor be ring. Ular osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh ulkan odam qiyofasini ko‘rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlogfining chekkasidan o‘tadigan poyezdga o‘xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan ^ 4^ dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga obsha narsalarning surati - timsolini keltiradi. Qolidagini xayolidagiga o‘xshatib yasashga urinadi. Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang kol- rinishlari aks etadi. Ertak qahramonlari so‘z va obrazli ifodalar yorda- mida ko‘z oldingizda jonlanadi, turli sarguzashtlami boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qilinadiki, o‘zingizni xuddi ularning ishtirokchisidek his qilasiz. Demak, odamlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so‘z yordamida jonlantirishga moyillik, so‘z san’atiga - adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi! Ana endi ertak, she’r, hikoya ko^rinishida namoyon bo‘ladigan adabiyot — so‘z san’atining o‘zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo boiadi, degan savolga javob izlab ko‘raylik. Suhbatimiz boshida «odam boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari juda ko‘p xususiyatlar ham xosdir. Tarix to‘g‘risidagi hikoyalardan bir narsani bilib oldingiz. Ya’ni ibtidoiy odamlar o lzini o‘rab turgan tabiat hodisalari qarshisida ancha ojiz edilar. Boshqa mavjudotlarning tabiiy imkoniyatlari odamlarning havasini keltirardi. Inson baliqdek suv ostida suzishni, qushlardek osmonda uchishni orzu qilmasdi, deb o ‘ylaysizmi? Albatta, orzu qilardi. Yoki bo‘lmasa, yo‘lsizlikdan qiynalgan odamlar ko‘z ochib yumguncha o‘zlari intilgan manzillarga borib qolishni juda-juda istardi. Sovuq olkalarda yashaydigan odamlar quyoshning tansiq nurlariga qancha talpinishsa, sahroda hayot kechiradiganlar bag‘rida sharqirab suvlar oqib yotadigan yashil vodiylarni ko‘rgilari kelardi. Biroq, orzu-xayol bor edi-yu, uni ro‘yobga chiqarish oson emas edi. Odamlar bu orzulariga hayotda yetisha olmasa ham xayolda yetishishga, ular to‘g‘risida turli hikoyalar to‘qib, o^zlarini yupatishga kuchli ehtiyoj sezardi. Bu orzu-istaklarga to‘la hikoyalar keyinchalik ertak, afsona, rivoyat degan nomlar oldi. Tabiati va tarixi turli xil o‘lkalar xalqlarining ertak va afsonalari ham bir-biridan yaqqol farq qilishini sezasiz. Masalan, ko‘p bora ocharchilikni boshidan kechirgan olkalarda tarqalgan ertak va afsonalarda nonga yetishish eng katta baxt sanalsa, turli bosqinchilar zulmidan bezgan xalqlar dovyurak, yengilmas, mardona farzandlarni qo‘msab dostonlar yaratgan. Demak, adabiyot insonning orzu-xayoli, umid va armonlari, odam va olam to‘g‘risidagi tushunchalarini badiiy so‘z yordamida ifoda etishi ekan. Adabiyotning asosiy ifoda vositasi esa badiiy solz hisoblanarkan. Adabiy asarlar bilan Siz ham albatta do‘st tutinishingizga ishonamiz. Chunki adabiyot Sizning didingizni o‘stiradi, fikrlash qobiliyatingizni kuchaytiradi, odob-axloqingizni yanada chiroyliroq boMishiga ko‘mak- lashadi. Adabiy asarlarni o‘qigach, har kungi ko‘rayotganingiz olamning naqadar rang-barang ekaniga e’tibor bera boshlaysiz. Jonsiz narsalarga jon kirgandek, bir joyda qimirlamay turgan narsalar «oyoq chiqarib yurayotgandek» boiadi. Demak, Siz dunyo nafosat bilan yaratilganiga, undagi har bir narsaga go^zallik qidirib boqish lozimligiga iqror boiasiz. Estetik (nafosatli) didingiz rivojlanadi. Shu o‘rinda 0 ‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qol- shiqqa aylanib ketgan «Vatanim» nomli she’ridagi quyidagi misralarni eslash kifoyadir: Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham o‘zing mehri Iligimsan, Vatanim. Vatanni onaga qiyoslashlarini, uni «ona Vatan» deb atashlarini ko‘p eshitgansiz. Shoir o‘z she’rida mana shu tushunchaga go‘yo jon baxsh etadi, Vatan suratini farzandiga mehri cheksiz ona siymosida chizadi. Kimdir koiiglingizni og‘ritganida, ko‘zlaringizga yosh toiib ko^chadan kirganingizda onangiz Sizni qanday yupatishini eslang. Shoir uchun Vatan ham xuddi shunday — dunyo tashvishlari uni «nolon» holga solganida - qalbini tirnaganida Vatan yuzlarini uning yuziga bosadi, yupanch beradi. Bu yupanch: qudratli xalq bag‘ridan oladigan iliqlik; yurt quchog4da emin-erkin yashash quvonchi; shoir farzandini ardoqlashga tayyor el ishonchi bolib, unga tasalli beradi. Bunday misralar bag^riga jo boNgan badiiy go‘zallik Sizning ham ko‘nglingizga ko‘chishi tabiiydir. Go^allikdan bahra olarkansiz, Vatanga bo‘lgan mehringiz yanada ortadi, unga munosib farzand bo‘lish istagingiz qat'iylashadi. Adabiyot o‘zining nafisligi bilan Sizni dag'allik, befarqlik, yovuzlik singari yomon odatlarga o‘rganib qolishdan asraydi. U ruhingiz va yuragi- ngizning pok bo‘lishiga, ezgu niyatlaiga oshno boMishingizga ko^maklashadi. Adabiy asarlar faqat badiiy didingizni o‘stiribgina qolmay, bilim- laringizni kengayishiga, boyishiga ham beminnat xizmat qiladi. Masalan, tarixiy mavzuda yozilgan asarlarni o‘qib, avvalo o‘zbek xalqi, qolaversa, boshqa millatlar o‘tmishini ham yaqqol ko‘z oldingizga keltirasiz. Bundan ming yillar ilgari yashagan ajdodlarning turish- turmushi, orzu-o‘ylari, hayotiy mashaqqatlarini his qilasiz. Yoki ilmiy-fantastik yo‘nalishdagi asarlarni olaylik. Ularda insoniyat o‘z hayotini osonlashtirish, yashash uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lish uchun qanday izlanishlar olib borgani, bu yo'lda ne-ne to‘siq- larga duch kelgani tasvirlanadi. Bulaming bari bilimingizni ko‘paytiradi, Sizni narsalar, voqealar, eng muhimi, odamlar to^risida chuqurroq o‘ylashga,