O'zbekiston Respublikasi Oliy Va
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYA INSTITUTI ‘Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari’ fakulteti ‘Informatika va axborot texnologiyalari’ kafedrasi INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Amaliy ishlar va ularni bajarish uchun USLUBIY KO’RSATMA 1 qism Buxoro – 2015 y. 1 Ushbu uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlarida turli mutaxassisliklar bo’yicha ta`lim oluvchi talabalar va o’qituvchilar uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada yoritilgan materiallardan har bir mutaxassislikka doir ishchi dasturda ko’rsatilgan soatlar asosida kengaytirilib yoki qisqartirilgan holda foydalanish mumkin. Qo’llanmada amaliy ishlarda bajarish uchun turli mavzulardagi __ ta ish keltirilgan. Tuzuvchilar: R.B. Sariev., BuxMTI ‘Informatika va axborot texnologiyalari’ kafedrasi katta o’qituvchisi. S.S. Raxmatov., BuxMTI ‘Informatika va axborot texnologiyalari’ kafedrasi assistenti. Taqrizchilar: f-m.f.n., dots. J. Jumaev, Bux DU ‘Axborot texnologiyasi va tizimlari’ kafedrasi. f.-m. f. n., dots. O.O Yodgorov, BuxMTI ‘Informatika va axborot texnologiyalari’ kafedrasi. 201___ yil ‘___’ ___________ ‘Informatika va axborot texnologiyalari’ kafedrasi umumiy majlisida muhokama qilindi va ma`qullandi. Fakultet o’quv-uslubiy kengashida tasdiqlandi (Bayon № ‘ ___’__________ 201___ y.). Institut o’quv-uslubiy kengashida tasdiqlandi (Bayon № ‘ ___’__________ 201___ y.). 2 Mundarija KIRISH ……………………………………………………..………………….. 4 I. AXBOROT NAZARIYASI VA MA`LUMOTLARNI KODLASH ASOSLARI 1.1. Amaliy ish. Ma`lumotlarni kodlash………………………………….… 5 II. AXBOROT JARAYONLARINING APPARAT TA`MINOTI 2.1. Amaliy ish. Zamonaviy kompyuter qurilmalarining tasnifi …..….. 13 III. AXBOROT JARAYONLARINING DASTURIY TA`MINOTI 3.1. Amaliy ish. Dasturiy ta`minot tahlili …………………………….... 19 IV. OPERATSION TIZIMLAR 4.1. Amaliy ish. Operatsion tizim foydalanuvchi interfeysi va fayl menejeri .……………………………………………………………….. 23 4.2. Amaliy ish. Operatsion tizimda dasturiy ta`minot, qurilmalarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish ……………………………………... 32 V. AXBOROTGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARI 5.1. Amaliy ish. Matn muharrirlarining o’ziga xos xususiyatlari ……… 37 5.2. Amaliy ish. Elektron jadvallarda ma`lumotlarni qayta ishlash …. 46 5.3. Amaliy ish. Elektron jadvalda ob`ektlar bilan ishlash ………..….. 58 5.4. Amaliy ish. Taqdimot texnologiyalari ………………………………... 63 Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………………… 74 3 KIRISH Rеspublikamizda olib borilayotgan isloxotlarning taqdirida Yuqori malakali mutaxassislarning roli bеnixoya kattadir. Prеzidеntimiz ta'kidlaganlaridеk: «Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo`lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi». Shu sababli xalqimizning boy intеllеktual mеrosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, tеxnika va tеxnologiyalar asosida yеtuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur'atlar bilan xayotga tatbiq etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda o`rta maxsus, kasb-xunar ta'limi vazifalari aloxida e'tiborga loyiqdir. Xozirgi kunda ta'lim tizimida yangi bosqich bo`lgan kasb- xunar ta'limini zarur mе'yoriy xujjatlar, zamonaviy tеxnika va tеxnologiyalar bilan ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan, O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan «O`rta maxsus, kasb- xunar ta'limining davlat ta'lim standarti» va «O`rta maxsus, kasb-xunar ta'limining umumta'lim fanlari davlat ta'lim standarti» tasdiqlandi. Ularda ko`rsatib o`tilganidеk, o`rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilariga qo`yiladigan fundamеntal fanlar va aniq kasb soxasi doirasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lish, kompyutеr va tеlеkommunikatsiya vositalaridan foydalana olish, o`quv fanlari bo`yicha oliy ta'lim muassasalarida taxsil olish uchun zarur bo`lgan bilimlar majmuasiga ega bo`lish vazifasi qo`yilgan. Shu talablardan kеlib chiqqan xolda, kasb-xunar kollеjlari uchun «Informatika» fanidan namunaviy o`quv dasturi ishlab chiqildi va O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-xunar ta'limi Markazi tomonidan tasdiqlandi. Qo`lingizdagi ushbu «Informatika va axborot texnologiyalari» uslubiy ko’rsatma oily o’quv yurtlari uchun mo`ljallangan. U Yuqorida aytib o`tilgan namunaviy dastur asosida yozilgan bo`lib, 5 bobdan iborat va 36 soatga mo`ljallangan xajmdagi matеriallarni o`z ichiga olgan. Talabalar o`zlarini sinab ko`rishlari uchun tеst savollari xam bеrilgan. Ushbu uslubiy ko’rsatma oily o’quv yurti talabalarining informatika asoslarini o`zlashtirishlari va kompyutеrlardan o`z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish malaka va ko`nikmasini xosil qilishga qaratilgan. Unda vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti va istiqbollari, zamonaviy kompyutеrlarning tuzilishi va imkoniyatlari, 4 tеxnik va dasturiy ta'minotiga oid matеriallar bеrilgan. Jumladan, MS DOS, WINDDOWS kabi opеratsion tizimlar, xujjatlar bilan ishlash (WORD), grafik muxarrir (Paint), prеzеntatsiya (taqdimot) yaratish tеxnologiyasi (PowerPoint), jadvallar bilan ishlash (EXCEL), ma'lumotlar ombori va ularni boshqarish tizimlari xaqidagi mavzular o`z aksini topgan. 5 I. AXBOROT NAZARIYASI VA MA`LUMOTLARNI KODLASH ASOSLARI 1.1. Amaliy ish. Mavzu: Ma`lumotlarni kodlash. Maqsad: Talabalarda axborotlarning tuzilishi, turlari, shakllari, turkumlanishi, xossalari hamda ularni to’plash, saqlash, uzatish, qayta ishlash jarayonlari, umumiy qonuniyatlari, uni o’lchash va sanoq tizimlarida amallar bajarilishi haqida bilim va malakalarni hosil qilish. Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko’nikmaga ega bo’lishi lozim. 1. Sonli ma`lumotlarni kodlash. 2. Matnli axborotni ikkilikda kodlash. 3. Belgining kodini aniqlash. 4. Grafik axborotni ikkilikda kodlash. 5. Sanoq sistеmalarida amallar bajarish. Jihozlar: Kompyuter. Uslubiy ko’rsatma: Sonli ma`lumotlarni kodlash. Sonli axborot bilan kompyuter ikkilik sanoq tizimida ishlaydi. Shuning uchun sonlar kompyuterda 0 va 1 larning yoki bitlarning ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi. 80- yillarning boshida kompyuterlar uchun protsessorlar 8 razryadli edi, protsessorning 1 takt ishida kompyuter 8 bitli axborotni ishlay olgan, ya`ni ishlanayotgan o’nlik butun sonning eng yuqori qiymati 11111111(2) dan oshmagan. Keyin protsessorlarning razryadliligi oshdi 16 lik, 32 lik, 64 lik, 128 razryadlik protsessorlar paydo bo’ldi, bunga mos ravishda bir taktda qayta ishlanadigan sonning eng yuqori qiymati miqdori ham oshib bordi. Matnli axborotni ikkilikda kodlash. Kompyuterlar 60-yillarning oxiridan boshlab matnli axborotni qayta ishlashda ko’proq qo’llanila boshlandi. Hozirgi kunda dunyoda kompyuterlarning ko’proq qismi (ko’proq vaqti) aynan matnli axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanadi. Bitta belgini kodlash uchun 1 bayt (8 ta ikkilik razryad-xona) dan foydalaniladi. U N=28=256 ta har xil belgilarni kodlashga imkon beradi. Bu belgilar, odatda, matnli axborotni (kirill, lotin alifbosining bosh, kichik harflari, raqamlar, tinish belgilar, grafik belgilashlar va h-zo.) ifodalash uchun etarli bo’ladi. Matnli axborotni ikkilikda kodlashda har bir belgiga uning sakkizta nollar va birlaridan iborat – 00000000 dan 11111111 gacha bo’lgan (o’nlik kodda 0 dan 255 gacha) ikkilik kodi mos qilib qo’yiladi. Bu ma`lumotlar kodlar jadvalida keltiriladi. Odatda 0 dan 32 gacha bo’lgan 33 ta kod amallarga (satrni o’tkazish, bo’shliq, kiritish va h-zo.), 33 dan 127 gacha bo’lgan kodlar xalqaro kodlashga, demak lotin alfaviti belgilariga, raqamlarga, arifmetik amal va tinish belgilariga to’g’ri keladi. 128 dan 255 gacha bo’lgan kodlar-milliy, ya`ni milliy kodlarda bitta kodga har xil belgilar mos keladi. Bugungi kunda rus harflari uchun 5 ta har xil kod jadvallari bor, shuning uchun bir kodlashda yaratilgan matnlar kompyuterda boshqa kodda xato ifodalanadi. Kompyuterda rus harflarini birinchi bo’lib kodlash standarti KOI-8 (‘Kod obmena informatsiey 8-bitniy’) edi. Bu kodlash UNIX operatsion tizimi o’rnatilgan kompyuterlarda ishlatiladi. 6 Eng keng tarqalgan kodlash bu Microsoft Windows ning CR 1251 deb qisqartirib aytiladigan (CR-‘Code Rage’ - kodli sahifa ma`nosini bildiradi) standart kirillcha kodlashdir. Rus tilida ishlovchi barcha Windows ilovalar bu kodlashda ishlaydi. MS-DOS operatsion tizimi muhitida ishlash uchun ‘alternativ’, Microsoft firmasining iborasi bilan aytganda, CR866 kodlash qo’llaniladi. Macintosh kompyuterlari uchun Apple firmasi o’zining rus harflari kodlashini (Mac ni) ishlab chiqdi. Standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot (International Standarts Organization, ISO) rus tili uchun standart sifatida ISO 8859-5 nomi bilan yana bitta kodlashni tasdiqladi. Windows ilovalari bilan ishlayotganda MS-DOS ilovalarida yaratilgan hujjatlar avtomatik ravishda qayta kodlanadi. Internetda Internet Explorer va Netscape Communicator brouzeridan foydalanib, ishlash vaqtida Web sahifa avtomatik qayta kodlanadi. Keyingi vaqtlarda Unicode deb nomlanadigan yangi xalqaro standart paydo bo’ldi. U har bir belgiga bir emas, ikkita bayt ajratadi. Shuning uchun uning yordamida 256 ta belgini emas, balki N=216 =65536 har xil belgilarni kodlash mumkin. Bu kodlashni Windows va MS Office qo’llaydi. Belgining kodini aniqlash. Kod jadvali bo’lmasa, belgi kodini Windows platformasidagi kompyuter orqali aniqlash mumkin. Buning uchun Word matn muharriri yuklanadi va menyuning ‘Вставка/Символ’ buyrug’i tanlanadi. Ekranga ‘Символ’ muloqot oynasi chiqadi. Muloqot oynaning markaziy qismini ma`lum shrift uchun