O`Zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Qo`lyozma huquqida Ismoilova Bonu Ibragimovna Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining rivojlanish tarixi va istiqboli (Navoiy viloyati misolida) Tarix fakulteti __________________________ tarix bo`yicha magistr darajasini olish uchun MAGISTRLIK DISSERTASIYASI Ilmiy rahbar: tarix fanlari nomzodi, dosent, Tolibov R. N. Navoiy 2010 yil 2 Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining rivojlanish tarixi va istiqboli (Navoiy viloyati misolida) Kirish...................................................................................................….. …. 2-9 I – Bob. Istiqlol odimlari: ta’lim va istiqbol. 1.1 O`tish davrida maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash.................................……10-18 1.2. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida sport to`garaklarining jonlanishi . ………………………………………..19- 26 1.3 Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida musiqa to`garaklarining faoliyati. ………………………………. ………...27-31 II –Bob. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining taraqqiyoti, ta’lim - tarbiya samaradorligining takomillashuvi va istiqboli 2. 1. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida mashg`ulotlarni o`tishini to`g`ri tashkillashtirish, darslik va o`quv adabiyotlari bilan ta'min- lash ta’lim samaradorligini oshirish omili…………………………..32-37 2. 2. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini pedagogik kadrlar bilan taminlanishini samarali tizimini yaratilishi…………………....38-47 2. 3. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida manaviy - axloqiy tarbiya va marifiy ishlarning samarali shakllari........……………….48-54 III. Xulosa.................................................................................…………..55-58 IV. Foydalanilgan adabiyotlar.......................................………………59-61 3 Kirish O`zbekiston mustaqillikka erishgach barcha sohalarda bo`lgani kabi ta’lim yo`nalishi jumladan, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sohadagi islohatlarning asosiy maqsadi - uzluksiz ta’lim mazmunini yangilash, uni jahon ta’lim standarti darajasiga ko`tarish, ta’lim tizimiga pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etishdan iborat. Bu yo`lda amalga oshirilayotgan ishlar O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda «Davlat ta'lim standartlari» talablariga muvofiq barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy harakat muvaffaqiyatini taminlashga xizmat qilmoqda. Istiqlolning ilk qadamlaridanoq, asriy qadriyatlarimizni, ma'naviyatimizni tiklash va yuksaltirish yo`lida milliy ta'lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zamini yanada mustahkamlash va zamon talablari bilan uyg`unlashtirilgan holda jahon andozalari darajasiga chiqarish asosiy maqsad qilib olingan. Zero, ilm - fan madaniyat va marifat har qanday mamlakatning taraqqiyotini taminlaydi. Yurtboshimiz tadkidlaganlaridek, “ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”1 Darhaqiqat, ta’lim kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Eng muhimi ilm - marifat insonni komillik sari yuksaltiradi, “manaviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvvat, iymon etiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”2. Malumki, tarbiyaning inson hayotidagi o`rni azaldan o`zbek xalqi qadriyatlari sifatida ulug`lanib kelingan. “Ta’lim - tarbiyaga alohida ahamiyat berish - bu kelajak haqida qayg`urish demakdir. Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog`liq. Endilikda har qaysi davlat, har qaysi millat, birinchi navbatda. o`zining yuksak madaniyati va manaviyati bilan kuchlidir. «Kuch – bilim va tafakkurda»1 deb takidlaydilar, Prezidentimiz I. A. Karimov. Shu sababli ta’lim - tarbiya tizimini hozirgi zamon talabi darajasiga ko`tarish barkamol shaxsning tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikaning kelajagi ilm - fan, ta’lim tarbiya taraqqiyoti bilan bevosita bog`liqdir. Shu bois mustaqillikning dastlabki 1 Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. T. «Manaviyat», 2008, 62-bet 2 Shu yerda: 19-bet 1 “Xalq talimi” Jurnal. 2007 yil, 1-son, 131 – bet ( Maktabdan tashqari talim muassasalarining bugungi ahvoli va istiqbollari) 4 yillaridanoq ta’lim-tarbiya, ilm - fan, kasb-hunar o`rgatish masalalari davlatimiz siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to`g`risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida jamiyatimizda ta’limni tubdan isloh qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsadimiz ta’limning yangi modelini ishga tushirib, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy - siyosiy iqlimni butunlay o`zgartirish, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish, jamiyatimizning imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, dunyo miqiyosida munosib o`rinni egallashdir. Shu qisqa bosib o`tilgan yillar mobaynida O`zbekistonda ta’lim tizimi islohati jumladan, umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari ta’lim tizimida ham o`zining ijobiy o`zgarishlarini namoyon etmoqda. Jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, yangiliklar va yutuqlarni ta’lim tizimiga joriy etish, bularning hammasi maktabdan tashqari muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishga ko`maklashmoqda. Ayniqsa, yurtimizda juda ko`plab ta’lim maskanlari bunyod etildi. Ta’lim - tarbiya jarayonida sifat o`zgarishlari yuz bermoqda. Shu sababli ta’lim tizimi, jumladan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyati tarixini o`rganish ilmiy tadqiqot qilish, yutuq va kamchiliklari haqida tegishli xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, bugunda shu soha tarixi va uning istiqboli keng o`rganilmoqda, to`plangan tajribalar ommalashtirilmoqda. Hozirgi kunda o`quvchi - yoshlarga turli kasb sirlarini o`rgatish, ularni hayotga tayyorlash va qiziqishlariga qarab maktabda olgan bilimlarini rimvojlantirish, amaliyotga mustahkamlash maqsadida bugungi kunda respublikamiz miqyosida jami 570 ta maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Shu sababli mazkur muassasalar faoliyatini tadqiqot qilish kelajagimiz bo`lgan yoshlarimizni to`g`ri yo`lga boshlashimizga zamin yaratgan bo`lar edi. Prezidentimiz, I. A Karimov takidlanganidek, «agar biz haqiqatdan ham qashshoqlik va qoloqlik kishanlaridan qutulmoqchi bo`lsak, yoshlarni tayyorlash bilan jiddiy shug`ullanishimiz, zamonaviy kasblarni egallashda ularga yordam berishimiz kerak» 1. Darhaqiqat, yangi demokratik jamiyat, yangi ijtimoiy – tarixiy tizimni insonlar ma`naviyati va axloqni yangilash, milliy qadriyatlarni tiklash orqaligina barpo etish mumkin. Bu jamiyatni albatta hozirda maktabda ta`lim olayotgan yoshlar barpo etadi. Bugunda, ta`lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarning yangi ijtimoiy munosibatlarni mohiyatini anglab etayotganligiga amin bo`lmoqdamiz. Binobarin, ta`lim sohasidagi ozgarishlar yoshlarimizning ongi – shururiga ta`sir ko`rsatayotgani ularni faol, madaniyatli, 1 Karimov I. A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T. “Sharq”. 1997. 42 – bet. 5 vatanparvar, bilimli qilib tarbiyalayotgani qalban his etmoqdamiz. Shu o`rinda ta`lim sohasidagi bu ozgarishlarni tadqiqot qilish, yutyq va kamchiliklarini o`rrganish, xulosalar chiqarish muhimdir. Shuningdek, mazkur masala to`g`risida o`z fikr mulohazalarni aytish vaqti keldi deb, o`ylaymiz. Fikrimizcha, O`zbekistonda ta’lim tizimi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tizimi tarixini o`rganish, tegishli xulosalar chiqarish tarixchilarimiz tomonidan tadqiq etilishi zarur bo`lgan dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Mavzuning o`rganilish darajasi. O`zbekistonda ta’lim tizimi, jumladan, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarixini zarur yo`nalishlari bo`yicha izohlab, ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilgan tadqiqotlar yetarli darajada. Mazkur ilmiy ishlarda respublikamizda ta’lim tizimi shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim tizimining tarixiy taraqqiyoti va istiqbolini tadqiqot qilishga qaratilgan. Bularga: J. Yo`ldoshev Q. Ergashev, A.Choriyev, A. Sadiyev, YU. K. Babanskiy va boshqa olimlarning qator ilmiy ishlarini ko`rsatish mumkin. Mazkur asarlarda O`zbekistonda ta’lim tizimi, ayniqsa, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tizimining rivojlanish tarixi yoritilishiga harakat qilingan1. Lekin maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining faoliyatini, ayniqsa, region nuqtai nazarda qaraganda Navoiy viloyati maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tarixiy rivojlanish taraqqiyoti haqida mustaqil tadqiqotlar yetarli darajada emas. Bizning tadqiqotimiz aynan bu soha yo`nalishini o`rganish va tahlil qilishga qaratilgan. Shu sababli ta’lim tizimida, jumladan Navoiy viloyati maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida islohatlarning borishi, moliyaviy resurslarni jalb etish xususiyatlari, ayniqsa, muassasalarnining buyudjetdan tashqari mablag` topish faoliyati, jismoniy tarbiya va sport hamda musiqa to`garaklari faoliyati, pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish va ta’lim - tarbiya jarayoni bilan bog`liq muammolarni chuqurroq o`rganish zarurati dissertasiya mavzusini tanlashga sabab bo`ldi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mustaqillikka erishgan ilk kunlarimizdan boshlab O`zbekistonda ta’lim tizimi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining rivojlanishi ularning faoliyati tarixini tadqiqotlar asosida tahlil qilish, dissertasiya ishining asosiy maqsadini