Farg'ona Adiblari
Yoldosh $ / < з S0LII0N0V в. Yo‘ldosh SOLIJONOV FARG‘ONA ADIBLARI UO‘K: 82.09(092)(575.121) КВК: 83.3(50в) S-77 Kitob umumiy adadining 20 foizi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuhdagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni nmvofiqlashtirish qo'mitasi Fargona viloyat hududiy innovatsiyafaoliyati va texnologiyalar transferl markazi tomonidan moliyalashtirildi. Mas’ul muharrir: Z.RAHIMOV, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Taqrizchilar: A.SABIRDINOV, filologiya fanlari doktori; F.KIYIKBOYEV, filologiya fanlari nomzodi. SOLIJONOV, Yo‘ldosh S-77 FARG‘ONA ADIBLARI: adabiy portretlar/ Y.Solijonov. - Toidirilganqaytanashr.-Farg‘ona: «Farona» nashriyoti, 2015. - 128 bet. Ushbu majmua o‘zbek mumtoz adabiyotining tazkira janriga xos boiib, unda Farg^ona va uning atrofidagi shahar hamda tumanlarda yashab ijod qilgan, adabiyotimiz rivojiga baholi qudrat hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan ijodkorlar tg4risida ma‘lumot beriladi. Farg‘ona adiblari mamlakatimiz adabiy jarayonida o‘z ovozi va so‘ziga ega ekanligi bilan ajralib turadilar. M uallif ulardan har birining o‘ziga xos ijodiy qiyofasini ochishga harakat qilgan. Kitob umumta’lim maktablari, litseylar va kasb-hunar kollejlarining o4quvchi hamda o^qituvchilari, oliy ofcquv yurtlarining talabalari, adabiyotshunoslar, izlanuvchi-tadqiqotchilar, magistrantlar, umuman, adabiyotga qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasiga moljallangan. UO‘K: 82.09(092)(575.121) KBK: 83.3(50c) ISBN: 978-9943-980-45-7 ©YSolijonov - 2015. DEBOCHA Farg ‘onani deydilar О ‘zbekiston dnrdonasi, Qabul qiling, aziz do ‘stlar, durdonaning bir shodasin. Muallif. Farg‘ona vodiyning sarvqomat dilbari, uyqudagi go‘zalidir. Odatda, uyqudagi go‘zal qiyofasiga yaqindan tikilibroq qarash imkoni bo‘ladi. Uning tim qora, tolim-tolim kokillari, nashtardek kipriklari kobz qorachig‘ini begona nigohdan asrash uchun shay, lablari, yonoqlari hayo va ibo bo‘yog‘idan qizargan, ko‘ksi vodiy tog‘lari singari sokin va salobatli.
[Show full text]