O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Geografiya kafedrasi

Qo`lyozma huquqida

To`xtayeva Muslima

ANDIJON VILOYATI QISHLOQ JOYLAR DEMOGRAFIK VAZIYATI

5440500- geografiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi M.Atajonov

Andijon - 2014 yil

MUNDARIJA:

KIRISH ...... 3

I. BOB. Qishloq joylar demografik vaziyatini o`rganishning nazariy masalalari ...... 6 I.1. Qishloq joylar geografik tadqiqotlarning ob`yekti sifatida ...... 6 I.2. Andijon viloyati aholisining o`sish xususiyatlari...... 18

II.BOB. Andijon viloyati qishloq tumanlarida aholining takror barpo bo`lishi...... 23 II.1. Demografik jarayonlar va aholi tarkibining hududiy xususiyatlari...... 23 II.2. Aholi joylashuvi va zichligi...... 44 II.3.Andijon viloyati qishloq joylar rivojlanishining ijtimoiy-demografik muammolari...... 52

Xulosa ...... 63

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...... 65

2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Aholi jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda iqtisodiyot fanlarida aholini o‟rganishga hamisha katta ahamiyat beriladi. Masalan: mamlakat xalq xo‟jaligi tarmoqlarini hududiy joylashtirish va rivojlantirishda aholi soni, o‟sish dinamikasi, uning takror barpo qilish hususiyatlari, migratsiya jarayoni, aholining hududiy joylashuvi va zichligi, mehnat resurslari va ularning xususiyatlari kabi ko‟rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Andijon viloyati o‟zining demografik holati bo‟yicha O‟zbekistonning eng murakkab hududlaridan biri hisoblanadi. Buning ta‟sirida viloyatda ko‟plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolar vujudga kelgan. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida ko‟plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sanoatni rivojlantirish orqali yangi ishchi o‟rinlari yaratilib, mehnat resurslari talabi qisman bo‟lsa-da qondirilmoqda. Shu bilan birga ayrim tumanlarda ushbu dolzarb muammoga yetarlicha e‟tibor berilmasligi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yanada murakkablashib boryapti. Chunki, qishloq, eng avvalo, aholi yashaydigan joy, manzil hisoblanadi. Aholi esa o`z-o`zini takror barpo qilish xususiyatiga ega bo`lishi barobarida u moddiy va ma`naviy boyliklarning yaratuvchisi va ayni vaqtda bu boyliklarning iste`molchisi hamdir.1 Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ko‟p jihatdan aholining yuqori tabiiy o‟sishi, tarkibi, hududiy joylashuvi bilan izohlanadi hamda mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish muammosi bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo‟lib, o‟zining tez fursatdagi ijobiy yechimini kutmoqda. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Aholi va mehnat resurslaridan samarali foydalanish iqtisodiyotning eng muhim muammolaridan biri bo`lib, jamiyatdagi ko`plab masalalar u bilan bog`liq. Shuning uchun uni tadqiq etish hamisha kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelgan. Demografik vaziyat ko`plab fanlar, jumladan iqtisodchilar, iqtisodchi geograflar, demograflar, sotsiologlar, faylasuflar va boshqa fan vakillari o`rganadi. Ular ichida iqtisodchi geograflar muhim o`rin egallab, mehnat resurslarining shakllanishi va milliy-davlat hududi bo`ylab taqsimlanishi hamda ulardan oqilona foydalanish yo`llarini o`rganadi. Demografiya muammosi bilan O`zbekistonda К.H.Аbduraxmonov, О.B.Аtamirzaev, М.R.Bo`riyeva, М.К.Qоraxonov, L.P.Маksakova, H.S.Salimov, I.Safarov, А.S.Sоliyev, R.Ubaydullayeva, А.А.Qаyumov va boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borganlar. Аndijon viloyati aholisi va mehnat resurslariga oid ilmiy ishlar А.Sоtvoldiyev, А.Hаtаmоv, R.B.Qodirov, I.Sulaymonov, S.Zokirovlarning ishlarida e`lon qilingan.

1 Soliyev A.S., Nazarov M. O„zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.2009.-212 b 3

Ishning maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad Andijon viloyati qishloq joylar aholisi soni, yosh, jinsiy, milliy tarkibini, migratsion faoliyatini, aholining hududiy joylashuvi va zichligini, urbanizatsiya darajasini, mehnat resurslari soni va shakllanishiga ta`sir etuvchi omillarni, bandlik darajasini o‟rganishdan iborat. Vazifalari: - Andijon viloyati qishloq joylar aholisi soni va uning o`sish manbalarini aniqlash; - Andijon viloyati qishloq joylar aholisining hududiy joylashuvi, zichligi darajasining o‟ziga xos xususiyatlarini taxlil qilish va istiqbolini belgilashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish; - Andijon viloyati qishloq joylar mehnat resurslari soni va shakllanishiga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash va b. BMI ning obyekti. Andijon viloyati qishloq joylar demografik vaziyati. BMI ning predmeti. Andijon viloyati qishloq joylar demografik vaziyati hususiyatlarining geografik jixatlarini o‟rganishdan iborat. BMI ning nazariy uslubiy asoslari. Mamlakatimizning geograf va demograf olimlarining ilmiy ishlari, o‟quv uslubiy qo‟llanmalari hamda O‟zbekiston respublikasi qonunlari, O‟zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlari va farmonlari, hukumatimiz qarorlari xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida statistik, guruhlash, taqqoslash, bashoratlash uslublari qo‟llanildi. Tadqiqotda, Andijon viloyati hokimligi “Aholi va mehnatni ijtimoiy muhofaza qilish” bo`limi va Andijon viloyati “Statistika Bosh boshqarma” si ma‟lumotlaridan keng foydalanildi. BMI ning ilmiy yangiliklari quyidagilarda o’z aksini topgan. -Andijon viloyati qishloq joylar demografik vaziyatining o‟ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan va ochib berilgan; -Andijon viloyati qishloq joylar demografik vaziyati muammolari yoritib berilgan. BMI ning amaliy ahamiyati va natijalarini amalyotga joriy qilish. BMI natijalarining amaliyotga joriy qilinishi Andijon viloyati aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirishdagi va infrastruktura tizimining rivojlanishidagi ayrim muammolarining bartaraf qilinishini ta‟minlaydi, maqsadli dasturlar va istiqbolli rejalar ishlab chiqishga asos bo‟lib xizmat qiladi. BMIning natijalaridan Andijon viloyati aholisi va mehnatni ijtimoiy muhofaza qilishda, mehnat resurslaridan foydalanish muammolarini yechishda foydalanish uchun hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlar tizimidagi ayrim fanlarni o‟qitishda foydalanish mumkin.

4

I. BOB. Qishloq joylar demografik vaziyatini o`rganishning nazariy masalalari I.1. Qishloq joylar geografik tadqiqotlarning ob`yekti sifatida Qishloq joylar shahar va shaharchalardan tashqaridagi hududlar bo„lib, ularda qishloq xo„jaligida muntazam foydalanadigan yerlar hamda doimiy aholi manzilgohlari (punktlari) mavjud bo„lishi kerak. Demak, qishloq joylar geografik kartada areal, maydon ko„rinishida, qishloq aholi punktlari esa ular ichidagi nuqtasimon shakldagi jamiyatning ijtimoiy-hududiy tashkil etish birligi hisoblanadi. Qishloqlar shaharlarga qaraganda aholi yashash joyining qadimiyroq shaklidir. To„g„ri, qadimda dastlabki aholi manzilgohlari shahar yoki qishloq deb atalmagan. Qishloqlarning vujudga kelishi ijtimoiy mehnat taqsimotida sug„orma dehqonchilik madaniyati rivojlanishi bilan bog„liq bo„lgan. Sug„orma dehqonchilik avvallari tabiiy suv oqimidan foydalangan holda olib borilgan, keyinchalik sug„orish inshootlari (to„g„on, kanal va b.) va vositalari (chig„iriq) asosida rivojlangan. Albatta, bunday inshootlar yoki hozirgi zamon tili bilan aytganda, irrigatsiya infratuzilmalarini yaratish, qo„riqlash va ulardan foydalanish keng jamoatchilik mehnatini, aholini bir joyda va birgalikda yashashini taqozo etgan. Shunday qilib, jamoa (sotsium), kishilarning hududiy birligi, turg„un aholi manzilgohlari paydo bo„lgan. Sug„orma dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi, shu asosda hunarmandchilik va savdoning rivojlanib borishi natijasida ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining navbatdagi muhim bosqichi boshlangan. Jamiyat hayotdagi bunday o„zgarishlar qishloqlardan shaharlarning ajralib chiqishiga va rivojlanib borishiga sabab bo„lgan. Aynan shu davrdan boshlab ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining ikki shakli, ya‟ni qishloqlar va shaharlar vujudga kelgan[18]. E‟tirof etish joizki, shaharlar qishloqlardan ajralib chiqqan, aksincha emas. Binobarin, aytish mumkinki, dastlabki shaharlarning kelib chiqishi qishloqlar bilan bog„liq bo„lgan. Shu bois, Yer yuzasining eng qadimiy shaharlari ham aynan Yaqin SHarq, hozirgi Isroil, Iordaniya, Suriya mamlakatlari hududida shakllangan.

5

Qishloqlarning bunday evolyutsion tarzda paydo bo„lishi va rivojlanishi L.I.Mechnikovning daryo (sug„orma dehqonchilik) sivilizatsiyasi yoki madaniyati konsepsiyasiga muvofiq yuz bergan. Shu nuqtai nazardan Sharq tarixi, madaniyatini qishloq va shaharlarning ajralmas birligi deb ta‟riflashgan. Boshqa hududlarda esa, qishloqlarning vujudga kelishi makon va zamon jihatidan farq qilib, o„zgacha amalga oshgan[18]. Bizning sharoitimizda qishloqlar “qishlov” ma‟nosini anglatsa ajab emas. Chunki, yaqin o„tmishda ham mahalliy xalq yozgi va kuzgi dala ishlarini (bog„dorchilik, chorvachilik, dehqonchilikni) tugatgach, qishni yig„ilgan don, meva, o„tin va boshqa zaruriy mahsulotlar bilan o„tkazish uchun qishloqlarga qaytishgan (Rossiyaning dasht mintaqalarida dehqonchilik rivojlangan hududlarida ham qishloqlar “selo”, “stan”, “stanitsa”, ya‟ni turg„un aholi punktlari ma‟nosini bildiradi) [18]. Qishloq va shaharlar o„ziga xos geojuftlik bo„lib, birining rivojlanishi ikkinchisiga bog„liq. Qolaversa, qishloq borki, shahar bor, shahar borki qishloq bor. Demak, ularni bugungi kunda bir-birisiz tasavvur qilib bo„lmaydi va aholi ijtimoiy hayotini bunday hududiy tashkil etish shakllari doimiydir. Qishloqlik, qishloqning asl mohiyati, qishloq hayot tarzi va sharoitini to„liq his qilishi uchun, biroz bo„lsada, shaharda yashab ko„rishi kerak. Binobarin, shaharga doimiy yashash uchun ko„chib kelgan qishloqlik butun umr davomida shahar hayot tarziga moslashib (adaptatsiya qilib) boradi. Ayni paytda shahar qadri va mohiyatini, vaqtincha bo„lsada, qishloqda yashab ko„rgan shaharlik ko„proq biladi va to„g„ri baholaydi. Xullas, qishloq ham, shahar ham go„zal. Biroq, ularning har biri o„zgacha chiroyga ega, agar qishloq joylar ko„proq tabiati bilan dilkash bo„lsa, shaharlar hashamatli binolariyu, zamonaviy xiyobonlari bilan go„zal[18]. Qishloq joylar yoki qishloqlar asosan qishloq xo„jaligi bilan shug„ullanuvchi aholining hududiy tashkil etish shakli ekan, u mohiyatan geografiya, xususan iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning muhim tadqiqot ob‟ekti hisoblanadi. Ammo e‟tirof etish zarurki, qishloqlar bu fan doirasida omadi kelmagan yo„nalish bo„lib, ular shaharlarga qaraganda juda oz o„rganilgan. Hatto bunday holat milliy iqtisodiyoti qishloq xo„jaligi bilan bog„liq, aholining deyarli yarmi qishloqlarda yashovchi O„zbekiston Respublikasiga ham taalluqlidir. Buning sababi bir nechta bo„lishi mumkin. Jumladan, shaharlarning jamiyat hayotida yetakchi o„rin tutishi, yaqin o„tmishda qishloqlarga ikkinchi darajali munosabat, qishloqlarni asta-sekin shaharlarga aylantirish siyosati, qishloqlarning ko„p sonliligi va ular bo„yicha statistik ma‟lumotlarning kamligi kabilar qishloq geografiyasiga nisbatan e‟tiborsizlikni keltirib chiqargan. Qishloq joylar qator funksiyalarni (vazifalarni) bajaradi. Masalan, ularning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqa funksiyalari mavjud. O„z navbatida, qishloq xo„jaligi yoki iqtisodiyoti ham turlicha. Odatda, qishloq xo„jaligini qishloq xo„jaligi mahsulotlarini

6

yetishtiruvchi tarmoq sifatida qarashadi. Aslida esa, u ham ancha murakkab tizim bo„lib, bevosita “tor” ma‟nodagi qishloq xo„jaligidan tashqari qator sohalarni qamrab oladi. Shu nuqtai nazardan qishloq xo„jaligini jahon xo„jaligi, xalq (milliy) xo„jaligi, shahar xo„jaligi kabi umuman xo„jalikning (iqtisodiyotning) hududiy tashkil etilishini alohida taksonomik birligi yoki bo„g„ini sifatida, keng ma‟noda talqin qilish ham zarur. Qishloq joylarni geografik o„rganishda ularga o„ziga xos agrolandshaft, hududiy majmua yoki hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim ko„rinishida metodologik yondashuv maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda qishloq joylarni o„rganishda kompleks va sistemali yondashuv, hududiylik, tarixiylik (ba‟zi olimlar uni davriylik deb atashadi) tamoyillar qo„llaniladi. Ular statistik, tarixiy va geografik taqqoslash, kartografik, tizim-tarkib, guruhlash, rayonlashtirish va boshqa metodlar asosida amalga oshiriladi [12],[18]. Qishloq joylarni o„rganishda ular joylashgan hududning tabiiy geografik sharoitiga alohida e‟tibor bermoq lozim. Xususan, joyning iqlim sharoiti, relefi, suv va tuproq resurslari, o„simlik dunyosi kabilar muhim ahamiyatga ega. O„zbekistonda aksariyat qishloqlar gidrologik shahobchalar bo„yida yoki ularning quyi qismida tarixan shakllangan. Soylar, daryolar, suv omborlari va irrigatsiya kanallari qishloqlar geografiyasini ko„p jihatdan belgilab beradi. Soylar yoymasi va ulardan tarqalgan kanallar (ariqlar), ko„p qo„l mehnati talab qiluvchi sug„orma dehqonchilikning rivojlanishi asosida yirik qishloqlar vujudga kelgan. Bunga Farg„ona vodiysi soylari, ayniqsa, So„x va Isfara daryolari quyi qismida tashkil topgan qishloqlar misol bo„la oladi.2 Qishloqlar ko„pincha tepaliklarda, tog„ etaklarida joylashgan. Bunday mikrogeografik o„rin strategik jihatdan hamda yer osti suvlari sathining ko„tarilishi natijasida zahllashning oldini olish uchun ham qulaydir. Tabiiy geografik omil qishloqlarning cho„l, voha va vodiy, tog„ va tog„ oldi hududlarda joylanishi, uy-joy qurilish shakli ularning mintaqaviy xususiyatlarini tavsiflab beradi. Shuningdek, turli tabiiy ofatlar ehtimoli mavjud bo„lgan (surilma, o„pirilish, sel kelish holatlari, zilzila, kuchli shamol va h.k.) hududlarda o„rnashgan qishloqlar qulay geografik o„ringa ega emas. Shunday qilib, qishloqlar shaharlarga nisbatan tabiiy sharoit bilan chambarchas bog„liq bo„ladi. Modomiki, qishloq xo„jaligi bevosita tabiiy geografik sharoit ta‟sirida rivojlanar ekan, uning qishloqlar geografiyasiga ta‟siri ham hech qanday shubha qoldirmaydi. Qolaversa, mahalliy qurilish materiallari-qum, shag„al, ohak, tosh va boshqalar ham qishloqlar qiyofasining shakllanishida muhim rol o„ynaydi. Soy va boshqa gidrologik shahobchalar, tor

2Soliev A.S., Nazarov M. O„zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.2009.-212 b 7

tog„ vodiylarida joylashgan qishloqlar uylari terrasimon, aholi manzilgohlari esa cho„zinchoq, tasmasimon hududiy shaklga ega bo„ladi. Soylarning suv miqdori va oqim rejimi, vodiyning tor yoki kengligi, dehqonchilik uchun yaroqli yerlarning mavjudligi ham bu joylarning demografik sig„imiga, qishloqlarning katta-kichikligi va bajaradigan vazifalariga ta‟sir ko„rsatadi. Odatda, yer tanqis bo„lgan maydonlardagi qishloqlar “Zarkent”, “Zarhok”, “Zarmitan” deb ataladi, ya‟ni ekin ekish uchun qulay kichik yer zarga, oltinga tenglashtiriladi [18]. Qishloqlar shakllanishi va rivojlanishining asosini iqtisodiyot tarmoqlari tashkil qiladi. Bu jihatdan qishloqlar uch toifaga bo„linadi: qishloq xo„jaligiga ixtisoslashgan, qishloq xo„jaligiga ixtisoslashmagan va aralash qishloqlar. O„z navbatida, qishloq xo„jaligiga ixtisoslashgan qishloqlar bog„dorchilik va uzumchilik, sug„orma dehqonchilik, chorvachilik bilan shug„ullanadigan qishloqlardan tashkil topadi. Bu qishloq xo„jalik tarmoqlarining “qishloq hosil qilish” qobiliyati ham har xil. Nisbatan katta qishloqlar sug„orma dehqonchilik rivojlangan rayonlarda vujudga keladi, chorvachilik bilan shug„ullangan aholining yashash manzillari uncha katta bo„lmaydi. Qishloq xo„jaligiga ixtisoslashmagan qishloqlar temir yo„l bekatlari, meteorologik stansiya, rekreatsiya va turistik sohalar, qazilma boyliklar, suv omborlari va kanallar asosida shakllangan. Bu qishloqlarning aholisi ham uncha ko„p bo„lmaydi. Ishlab chiqarish salohiyati katta bo„lmasligi sababli bunday qishloqlarning aksariyati shahar yoki shaharcha maqomiga ega emas. Aralash tipdagi qishloqlar yuqoridagi ikki sohalarning rivojlanishi yoki, odatda, qishloq xo„jaligi va u bilan bog„liq sanoat korxonalar negizida vujudga kelgan. Bunday qishloqlarning demografik salohiyati nisbatan katta bo„lishi mumkin. Demak, qishloqlarning katta-kichikligini ularning bajaradigan funksiyasi belgilab beradi. Bu aholi punktlari geografiyasining eng muhim qonuniyatlaridan biridir [12]. [18]. Sobiq Ittifoq davrida qishloqlar shaharlashuv (urbanizatsiya) nuqtai nazaridan ikkiga, ya‟ni istiqbolli va istiqbolsiz qishloqlarga ajratilib, go„yoki ularning taqdiri oldindan aytilib berilar edi. Aslida esa, har qanday qishloq, u katta yoki kichik bo„lmasin mavjud ekan, uning albatta iqtisodiy (hayotiy) zamini bor; chunki, bunday moddiy asosga ega bo„lmagan qishloq asta-sekin o„z-o„zidan yo„qolib ketadi. Qishloqlarning katta-kichikligi ularning funksiyasiga bog„liq bo„lishi bilan birga bunday aholi manzilgohlarida aholiga xizmat ko„rsatish va servis sohasini rivojlantirish sharoiti turlicha bo„ladi. Qishloq aholi punktlari zich joylashgan hududlarda o„ziga xos “qishloq aglomeratsiyasi” shakllanib, ular doirasida ham mayatniksimon migratsiya kuzatiladi.

8

Aholiga xizmat ko„rsatish sohalari, masalan, ta‟lim, sog„liqni saqlash tizimi qishloq joylarda pog„onasimon, ierarxiyali tashkil etiladi. Bu V.Kristallerning “markaziy o„rinlar” g„oyasiga binoan, mayda qishloqlarda ta‟lim yoki sog„liqni saqlash tizimlarining eng qo„yi bosqichi joylashadi, qishloqlar kattalashib borgan sari ularda tashkil etilgan bu sohalarga tegishli ob‟ektlar ham kattalashib boradi. Masalan, eng katta qishloqlarning ba‟zilarida kollej yoki akademik litsey, yirik kutubxona, kasalxona, ixtisoslashgan savdo do„konlari, bank, supermarketlar tashkil etiladi [12]. [17].[18] Qishloqlar dam olish maskanlari (rekreatsiya) va turizmni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. So„lim va soya-salqin, go„zal manzarali joylar respublikamizda ko„plab topiladi. Xususan, soy va buloqlar bo„yidagi qishloqlarda turli oromgoh va sihatgohlar tashkil etilgan. Ayni vaqtda qishloq joylarda mahalliy, diniy, agroturizm va ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari ham katta. Turli xil qadamjolar, baliqmozor yoki chinorlar, g„or va shar- shararalar, ajoyib tog„ yoki voha landshaftlari, milliy xalq o„yinlari, marosim va to„ylari, taomlari va liboslari ham muhim turistik ahamiyatga ega. Jumladan, agroturizm mahalliy va mintaqaviy iqtisodiyotning “qadam-baqadam” rivojlanishida asosiy rol o„ynaydi. Shuningdek, turli xil arxeologik topilmalar, qo„rg„on va tepalar, qadimgi irrigatsiya inshootlari ilmiy va xalqaro turizmni hududiy tashkil etishda omil bo„lib xizmat qiladi. Masalan, bunday yodgorliklar Quyi Amudaryo va Surxon vodiysida ko„p. Qishloq joylarni geografik o„rganishda ularning ana shu jihatlariga ham e‟tibor bermoq zarur [18]. Qishloq joylar geografiyasini tadqiq qilishda markaziy o„rinni, albatta aholi egallaydi. Chunki, qishloq, eng avvalo, aholi yashaydigan joy, manzil hisoblanadi. Aholi esa o„z-o„zini takror barpo qilish xususiyatiga ega bo„lishi barobarida u moddiy va ma‟naviy boyliklarning yaratuvchisi va ayni vaqtda bu boyliklarning iste‟molchisi hamdir. Qishloq joylar aholisini geografik o„rganishda ikki xil yondashuv mavjud. Birinchisi bu joylar aholisini “yoppasiga”, ya‟ni qishloq tumanlari, viloyat yoki respublika qishloq aholisining joylashuvi, zichligi kabi umumiy xususiyatlarini tahlil qilish bo„lsa, ikkinchi yo„nalish qishloq aholisini qishloq aholi punktlari darajasida tadqiq etishdan iboratdir. Ammo bu ikki yo„nalish, tizim-tarkib tamoyiliga o„xshash, bir-biridan keskin farq qilmaydi, aksincha, ularni o„zaro muvofiqlashtirgan holda o„rganish yaxshi natijalar beradi, binobarin, bu ikki yo„nalish bir-birini to„ldiradi va tadqiqot chuqurligi, mukammalligini ta‟minlaydi [12]. [17].[18]. Qishloq aholi punktlari o„rganilganda ular, eng avvalo, klassifikatsiyalashtiriladi. Bu jihatdan qishloqlar uch asosiy sinfga bo„linadi: kichik qishloqlar (aholi soni 1000 kishigacha), o„rta (1000-3000 kishi) va katta (3000 kishi va undan ortiq) qishloqlar.

9

Maxsus tadqiqotlarda bu guruhlashtirish yanada aniqroq darajada bajariladi. Bunda, masalan, qishloqlarning katta-kichikligi bo„yicha quyidagi sinflarga ajratish mumkin: . Mayda qishloqlar-aholi soni 500 kishigacha; . Kichik qishloqlar-500-1000 kishi; . O„rta qishloqlar-1000-3000 kishi; . Katta qishloqlar-3000-5000 kishi; . Yirik qishloqlar-5000 kishidan ziyod. Qishloq aholi punktlarining yuqoridagi guruhlarga ajratilishi tasodifiy emas, albatta. Turli bosqichdagi qishloqlar xo„jaligining ixtisoslashuvi va mujassamlashuvi, ularda ta‟lim, savdo, sog„liqni saqlash, moliya tizimiga tegishli muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma shahobchalari har xil bo„ladi [12]. [17].[18]. Qishloqlarning katta-kichikligi, avval ta‟kidlanganidek, ularning qaysi sohaga ixtisoslashuviga bog„liq. O„z navbatida, qishloqlarda aholi sonining ko„p yoki kamligi xizmat ko„rsatish va servis sohasini joylashtirishga ta‟sir ko„rsatadi. Qishloq aholi punktlarini o„rganish ularni kartalashtirish va rayonlashtirishni taqozo etadi. Relefi murakkab bo„lgan hududlarda qishloqlarni balandlik mintaqalari bo„yicha o„rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ularni daryo havzalari, cho„l, voha va vodiy, shahar atrofi darajasida tadqiq qilish ham katta geografik ma‟noga ega [12],[18]. Geografik tahlil qishloqlar va qishloq aholisi zichligi, qishloqlar o„rtasidagi o„rtacha masofa va boshqa ko„rsatkichlarni aniqlashni ham talab qiladi. Shu o„rinda ta‟kidlash joizki, qishloq tumanlari miqyosida aholi zichligini hisoblash katta aniqlikka ega emas. Bu “brutto” ko„rsatkich ma‟muriy tumanning barcha hududlariga taalluqli (aholi yashash yoki yashamasligidan qat‟iy nazar, cho„l yoki tog„ hududlarni ham qamrab oladi). Binobarin, aholi zichligini qishloq fuqarolar yig„inlari darajasida aniqlash yaxshi natijalar beradi. Bunda zichlik, ayniqsa, qishloq xo„jaligida foydalanadigan yerlarga nisbatan hisoblansa, tahlil yanada chuqurroq va to„g„riroq bo„ladi [12]. [17].[18]. Qishloq aholi punktlarini geografik o„rganish katta-kichikligiga ko„ra guruhlashdan tashqari ularni bajaradigan vazifasiga (funksiyasi) bo„yicha alohida tiplarga ajratishni nazarda tutadi. Qishloqlarning uch asosiy funksiyaga bo„linishi haqida avvalroq aytilgan edi. Shu bilan birga qishloqlarni oddiy va qishloq fuqarolari yig„inlari, ba‟zan qishloq tumanlari markazi vazifasini bajaruvchi guruhlarga ajratish ham mumkin. Ularni rayonlashtirish esa tabiiy-xo„jalik rayonlari doirasida amalga oshiriladi. Chunki, tabiiy sharoit, agroiqlimiy resurslar (namlik, harorat, tuproq) qishloq xo„jaligi tarmoqlarining joylashuvi va ixtisoslashuviga ta‟sir ko„rsatadi,

10

ular esa, o„z navbatida, qishloqlar geografiyasini, katta-kichikligi va funksional tiplarini belgilab beradi. Bunda shahar atrofi hamda urbanizatsiyalashgan hududlarni alohida ajratish zarur. Qishloq aholi punktlarini genetik jihatdan o„rganish, xususan qadimdan va yangi o„zlashtirilgan hududlarda ularni vujudga kelish omillari va xususiyatlarini aniqlash ahamiyatdan xoli emas. Shuningdek, qishloqlarni uy-joy qurilishi, obodonlashtirilganligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma bilan ta‟minlanganligi, tashqi qiyofasi kabi jihatlarini ham tadqiq qilish katta geografik mazmun kasb etadi. Qishloq joylar demografiyasi tahlili ham bu boradagi geografik bilimlarni to„ldiradi. U ayni vaqtda qishloqlar aholisi geografiyasini o„rganish bilan bog„liq. Agar asosiy maqsad qishloq joylar demografik jarayonlarini hududiy jihatdan tadqiq etish bo„lsa, bunday yondashuv demogeografik tavsifga ega bo„ladi va, aksincha, birinchi o„ringa hududlar ob‟ekt sifatida qo„yilsa, ularning ustuvorlik darajasi yuqori bo„lsa, u holda geodemografik yondoshuv nazarda tutiladi [12]. [17].[18]. Biroq ta‟kidlash lozimki, mintaqaviy demografiya va demografik vaziyatga bunday hududiy yondashuvlar orasida katta farq yo„q; farq faqat qaysinisi tadqiqot ob‟ekti darajasida qabul qilinishida. Umuman olganda, har qanday hodisa yoki voqelik albatta qaerdadir, qaysi bir makonda sodir bo„ladi. Shu nuqtai nazardan hududiylik tamoyili bu yerda umummetodologik xususiyatga ega. Haqiqiy geografik tadqiqot esa bu hududga alohida tizim sifatida yondashadi (hududiy iqtisodiy tizim, hududiy ijtimoiy tizim, hududiy siyosiy tizim, hududiy ekologik tizim va h.k.) va uni ichki tahlili tizim-tarkib doirasida amalga oshiriladi. Har qanday hududiy yoki tarmoqlar tarkibi ham, o„z navbatida, ichkaridan (pastdan, quyidan) qaraganda, tizim, “tizimcha” ko„rinishida gavdalanadi. Shunday qilib, qishloq joylar demografiyasida quyidagilar tahlil qilinishi kerak:  aholi soni, uning o„sishi va joylanishi;  aholining takror barpo etilishi (tug„ilish, o„lim, tabiiy ko„payish);  aholi tabiiy va mehanik harakatining demografik vaziyatga ta‟siri;  aholining yosh-jins tarkibi;  aholining milliy tarkibi;  mehnat resursi shakllanishining demografik asoslari va b. Yuqoridagi ko„rsatkichlar tadrijiy jihatdan, ya‟ni ularning dinamikasi tahlil qilinib, tegishli qonuniyat yoki xususiyatlar aniqlanishi kerak. Shu bilan birga geografik tadqiqot bu jarayonlarning hududiy farqlari, tafovutlari va ularning sabablarini ochib berishni taqozo etadi. Bunda geografik taqqoslash, guruhlash, geodemografik to„lqinlarni belgilash kabi usullar qo„llaniladi [18].

11

Geodemografik to„lqinlar, yangiliklarning diffuzion tarqalish qonuniga binoan, u yoki bu demografik jarayonlardagi o„zgarishlarning hududiy “harakati” bilan bog„liq. Ularni aniqlash hududlar demografik vaziyatini prognoz qilishda muhim ham ahamiyat kasb etadi. Masalan, “tug„ilish ko„rsatkichlarining so„nggi 15-20 yildagi pasayib borishi ma‟lum geografik qonuniyatlarni aks ettiradi, jumladan, markaziy mintaqalarda tug„ilish (tabiiy ko„payish) umumiy koeffitsientining pasayish jarayoni viloyatlar darajasida to„lqinsimon davom etadi va chekka hududlarda “to„xtaydi”. Boshqacha qilib aytganda, markazda kuzatilgan bugungi holat, ma‟lum vaqt (yil) o„tgandan so„ng, chekka hududlarda, qishloq joylarda qayd etiladi yoki, hozirgi qishloqlardagi demografik vaziyat bundan ma‟lum vaqt oldin markazda yuz bergan bo„lishi mumkin. Bunday geodemografik jarayonlar markaz-chekka hududlar g„oyasiga ham o„xshab ketadi [12].[17].[18]. Qishloq joylar geografiyasini o„rganishda ijtimoiy masalalar muhim o„rin tutadi va ular ham demografik jarayonlar kabi aholi geografiyasi bilan bevosita bog„liq bo„ladi. Bunda qishloq aholisining yashash sharoiti va tarzi, ijtimoiy infratuzilma, geokrimenogen, nozogeografik va geoekologik holatlar tahlil qilinadi. Qishloq aholisi tabiatga “yaqin”, shahar joylarda esa tabiiy sharoit kuchli deformatsiyalashgan, o„zgargan; bu yerda o„ta zich joylashgan va o„ziga xos hayot tarziga ega bo„lgan aholi, ayniqsa, u avval qishloqda yashagan bo„lsa, hududiy tanglik va tanqislik mavjudligi sababli, bo„shliqqa, yakkalikka intiladi, uning tabiati ham o„ziga xos. Odatda, qishloq aholisida qarindosh-urug„, qo„shnichilik munosabatlari ko„proq rivojlangan bo„ladi. Qishloq joylar va qishloqliklar shaharliklarga qaraganda yangiliklarni sekinroq qabul qiladi va bu yangilik nisbatan turg„un holatda ancha saqlanib turadi. Shahar joylarda esa mavjud holat tez-tez o„zgarib, yangilanib boradi. Demak, shu o„rinda, geografik ma‟noda shahar joylarni Yer yuzining quruqlik qismiga, qishloqlarni dengiz-okeanlarga qiyoslash mumkin. Shaharlarning o„ta harakatchanligi ularning hududlarni urbanizatsiyalashtirish hususiyatlarini keltirib chiqaradi. Ammo shahar joylarga nisbatan urbanizatsiya tushunchasini qo„llash nodurust, chunki, shaharning o„zi urbanizatsiyalashgan hudud hisoblanadi. Binobarin, urbanizatsiya shaharlarning atrof-muhit ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini o„gartirishida o„z aksini topadi. Urbanizatsiya – hududlarda “shaharchasiga” yashash, ishlash tarzining tarqalishi bo„lib, bu jarayon, eng avvalo, qishloq joylarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog„liq. Hozirgi vaqtda respublikamizda, xususan qishloq joylar infratuzilmasini yaxshilashga katta e‟tibor qaratilmoqda. Bu borada ta‟lim va sog„liqni saqlash tizimini to„g„ri hududiy tashkil etish va rivojlantirish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‟minlash kabilar geografik jihatdan o„rganilishi lozim.

12

Shuningdek, chakana savdo va pullik xizmat qishloq tumanlari va qishloq fuqarolar yig„ini (QFY) darajasida tadqiq qilinishi lozim. Bunda mutlaq ko„rsatkichlar bilan kifoyalanish to„liq xulosalar bera olmaydi. Shu bois, bu borada nisbiy ko„rsatkichlardan, masalan, aholi jon boshiga qancha savdo yoki pullik xizmat bajarilishi to„g„risidagi ma‟lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Sog„liqni saqlash tizimida ham qishloq vrachlik punktlari (QVP), ularning zichligi, qancha aholiga xizmat ko„rsatishi, ta‟sir doirasi-radiusi kabi hududiy xususiyatlari o„rganiladi. Shu bilan birga qishloq aholisining salomatligi, kasallanish darajasi, kasallik turlari va ularning sabablari, umumiy nozogeografik vaziyat, nozogeografik o„choq va areallarni aniqlash qishloq joylarni ijtimoiy geografik nuqtai nazardan o„rganishda katta ahamiyatga ega [12]. [17].[18]. Ijtimoiy geografik holat ko„p jihatdan joylarning ekologik xususiyatlariga bog„liq. Geoekologik vaziyat esa aholi salomatligiga ta‟sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ichimlik suvi, uning fizik-kimyoviy tarkibi, sifati, atmosfera havosi, shamol, ovqatlanish rejimi va ratsioni, joylarning sanitar-gigienik holatlari ham tahlil va tadqiq qilinadi. Qishloq hududlari ekologiyasi turli ichki va tashqi omillar ta‟sirida shakllanadi. Ichki omil asosan, qishloq xo„jaligida har xil ximikatlar, gerbitsid va pestitsidlardan foydalanish, tuproq erroziyasi va sho„rlanishi, chiqindilar, chorva fermalari, tovuq fabrikalari va boshqa mahalliy xususiyatlar bilan bog„lik. Tashqi omil esa chetdan keluvchi iflos havo, suv, transchegaraviy holatlar negizida yuzaga keladi. Qishloq, odatda, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda shaharga nisbatan passiv, zaifroq aholi punkti hisoblanadi. Shaharlarning ko„p funksiyaligi, kattaligi, innovatsiya, investitsiya va infratuzilma salohiyatining kuchliligi, iqtisodiyotining ko„p tarmoqliligi va yuqori darajada rivojlanganligi, aholi yashashi, o„qishi, davolanishi, ishlashi uchun imkoniyatlarning keng ekanligi, ularning ta‟sirchanlagi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmualarda yetakchi rol o„ynashini ta‟minlab beradi. Qishloq shaharga ma‟lum darajada bo„ysinadi, uni qishloq xo„jaligi xom ashyosi bilan, aholisini toza havo, suv, iqtisodiyotini ishchi kuchi bilan ta‟minlab turadi. Shahar esa qishloqqa malakali kadrlar, qishloq xo„jaligiga mashina, asbob-uskunalar, mineral o„g„itlar, qurilish materiallari, zamonaviy servis xizmatini yetkazib beradi. Biroq, shu bilan birga, shahar ayrim ob‟ekt yoki sohalarni chetga, qishloq joylarga chiqaradi. Masalan, yirik shaharlar atroflarida mol bozorlari, chiqindixonalar, qabristonlar, omborxonalar, yonilg„i terminallari, transformator podstansiyalari, avtobazalar joylashgan. Ularning ko„pchiligi qishloq landshaftini buzadi, ekologik vaziyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.

13

Binobarin, qishloq joylar geografiyasini o„rganishda ana shunday “shahar-qishloq” munosabatlarining hududiy jihatlariga ham ahamiyat bermoq zarur. Qishloq joylar geografik xususiyatlarini qishloq aholi punktlari nomlari ham ifodalab beradi. Shu o„rinda toponimika, ya‟ni joy nomlar qishloqlarning tarixi, etnografiyasi, xo„jaligi kabi jihatlarini aks ettirishini e‟tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Shunday qilib, qishloq joylarni geografik o„rganish keng qamrovli, kompleks yo„nalishda olib boriladi. Bunday tadqiqotlar qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va ularning ilmiy asosda yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.2. Andijon viloyati aholisining o`sish xususiyatlari Andijon viloyati Rеspublikamizning «sharqiy darvozasi» hisoblanib, O‟zbеkiston Rеspublikasi va Farg‟ona vodiysining sharqiy qismida, asosan Qoradaryo havzasida, Farg‟ona va Oloy tog‟lari oralig‟ida joylashgan. Uni shimol, sharq va janubdan Qirg‟iziston Rеspublikasining Jalolobod va O‟sh viloyatlari, janubi-g‟arbdan Farg‟ona viloyati, shimoli- g‟arbdan Namangan viloyatlari chеgaralab turadi. Viloyatning eng shimoliy nuqtasi tumani Madaniyat qishlog‟i bo‟lib, u 410 031 sh.k., eng janubiy nuqtasi tumani Qorachatir tog‟larining shimoliy yonbag‟irlariga to‟g‟ri kеlib, 400 241 sh.k., sharqiy nuqtasi Xonobod shahri yaqinida joylashgan Jiyda buloq qishlog‟i sharqida 730 101 shq.u., eng g‟arbiy nuqtasi esa Ulug‟nor tumani Yangi Baliqchi qishlog‟i g‟arbida 710 311 shq.u. ga ega. Viloyat shimoldan janubga 73,6 km, g‟arbdan sharqqa 139,4 km ga cho‟zilgan. Ma'muriy markazi Andijon shahri. Ma'muriy-hududiy jihatdan 14 ta tumanga bo‟lingan. Andijon viloyatida 2721,8 ming aholi istiqomat qiladi yoki viloyatga rеspublika aholisining 8,9 foizi to‟g‟ri kеladi. Andijon viloyati aholisi soniga ko‟ra rеspublikada Samarqand (3061,6 ming kishi), Farg‟ona (3022,1 ming kishi) va Toshkеnt (2206,3 ming kishi) viloyatlaridan kеyingi 4-o‟rinda turadi. Andijon-O‟zbеkistonning shaharlar tarmog‟i nisbatan rivojlangan viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda urbanizatsiya darajasi 53 % ni tashkil etadi (01.01.2013). Viloyat shaharlari orasida Andijon (394,5 ming kishi), (68 ming kishi), Asaka (59 ming kishi) har tomonlama ajralib turadi. Viloyat yеr maydonining nisbatan kichikligi va ayni paytda tabiiy sharoitining qulayligi aholi soni va uning zichligiga ijobiy ta'sir ko‟rsatgan. Shuning uchun viloyatda aholi juda zich joylashgan. Viloyatdagi aholi zichligi 1 kv. km. ga 600 kishidan ortib kеtdi. Aholi va ishlab chiqarishning joylashuvi bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir, ya'ni aholi ishlab chiqarishning joylashuviga, mamlakat va mintaqa iqtisodiyotiga katta ta'sir ko`rsatsa, ishlab chiqarish ham aholining hududiy tashkil etilishiga bevosita ta'sir ko`rsatadi. Aholi

14

jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda iqtisodiyot fanlarida aholini o‟rganishga hamisha katta ahamiyat berib kеlingan. Mamlakat iqtisodiyoti, uning tarkibiy tuzilishi, hududiy ishlab chiqarish, xo‟jalik komplekslarni tashkil qilish, joylashtirish va rivojlantirishda aholining soni, o‟sish dinamikasi, uning takror barpo qilish xususiyatlari, migratsiya jarayoni, aholining hududiy joylashishi, tarkibi, mehnat resurslarining xususiyatlari kabi ko‟rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi soni – ma‟lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning miqdoriy ifodasidir. Geografiyada, umuman uning yo‟nalishi bo‟lgan demografiya, aholi geografiyasi, aholishunoslik sohalarida aholini o‟rganish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda aholining soni eng umumiy va asosiy ko‟rsatkich bo‟lib, aniq bir davrdagi aholi miqdorini bildiradi. Aholining son jixatdan o‟sishi, uni takror barpo qilinishi hamda aholining ko‟chib yurishi (migratsiya) jarayonlari bilan bog‟liqdir. Umuman, aholining o‟sish darajasiga ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy- geografik omillar ta‟sirining roli kattadir. O‟zbekiston, jumladan Andijon viloyati o‟z davrida murakkab tarixiy-iqtisodiy yo‟llarni bosib o‟tgan. Bunday jarayonlar qonuniy jihatdan aholisining o‟tgan va xozirgi demografik holatiga juda katta ta‟sir etgan. Ma‟lumki, inqilobdan oldin aholining turmush darajasi ancha past bo‟lib, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish darajasi juda yomon ahvolda bo‟lgan. Erkaklarni ayollarga nisbatan roli ancha yuqori bo‟lib kelgan edi. Yana, o‟sha vaqtda ayollarga va bolalarga nisbatan tibbiy xizmatni deyarli yo‟q edi. Bu jarayonlar inqilobdan oldin, aholining tabiiy o‟sishiga juda yomon ta‟sir ko‟rsatgan edi. Natijada o‟sha vaqtda tug‟ilish va o‟lim ham yuqori bo‟lib tabiiy o‟sish juda past darajada bo‟lgan edi 1-jadval O`zbekiston Respublikasi va Andijon viloyati aholisining o`sib borish dinamikasi

Aholi sonining Aholi zichligi, Andijon Aholi soni, ming kishi o`rtacha yillik 1 kv. km .ga kishi viloyatining hisobida Yil- o`sish koefisenti hisobida respublika lar

O`zbekiston aholisidagi Andijon Respubli- Andijon viloyati Andijon viloyati ulushi, foiz viloyati kasi hisobida 1 2 3 5 7 8 1959 8 119 768 -- 183 9,4 1970 11 799 1 059 3,2 252 9,0

15

1979 15 391 1 349 2,4 321 8,8 1989 19 780 1 720 2,4 410 8,7 1990 20 222 1 754 2,0 418 8,7 1995 22 462 1 987 2,2 473 8,8 2000 24 488 2 186 1,6 508 8,9 2005 26021,3 2342,7 1,3 558 8,9 2011 29455,0 2596,5 1,1 603 9 2013 30400,2 2721,8 1,2 607 9

Жадвал Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида тузилган Masalan: O‟zbekistonda 1906-1910 yillarda tug‟ilish 49,5 kishi, o‟lim esa 44,4 kishi bo‟lib, tabiiy o‟sish 5,1 kishiga, 1911-1915 yillar o‟rtasida tug‟ulish 47,3 kishi, o‟lim esa 42,6 kishi bo‟lib, tabiiy o‟sish 4,8 kishiga to‟g‟ri kelgan edi 1986 yilda 1000 aholiga nisbatan tug‟ilish 49,6 kishi, o‟lim esa 44,7 kishi bo‟lib, tabiiy o‟sish 4,9 kishini tashkil qilgan. Natijada bu jarayon aholini tabiiy o‟sishining sustligiga olib kelgan (0,6%). Bu yuqoridagi ko‟rsatkich Andijon viloyati uchun ham tegishli va yaqin o‟xshashlikka egadir. Sobiq sovetlar davrida aholi ancha tez o‟sdi, chunki ilgarigi davrga qaraganda aholining turmush darajasi ancha yaxshilandi. Aholiga, ayniqsa ayollarga va bolalarga nisbatan tibbiy xizmatning ortishi, bolali ayollarga qonunda ko‟rsatilgan moddiy va ma‟naviy imtiyozlar berilishi va boshqa qulayliklarning yaratilishi aholining tabiiy o‟sishiga katta ta‟sir ko`rsatdi . Andijon viloyatida jadvalga ko‟ra 1989 yilda aholi 1959 yilga nisbatan 959 ming kishiga ortdi va bu 224,7% ga ko‟paydi degani, yoki 2011 yili aholi 2596.5 ming kishi bo‟lib 1959 yilga nisbatan 1828.5 ming kishiga ortdi yoki 338% ga ko‟paydi. 1989-2000 yillarda Andijon viloyatida aholining o‟sishi 127,7% tashkil qilgan edi. Shu vaqt ichida Buxoro viloyatida 124,6%, Navoiy 120,0%, Samarqand 126,5%, Sirdaryo 117,1%, Toshkentda 112,6%, Farg‟ona viloyatida 124,5% ni tashkil qilgan edi. Yoki shu yillar orasida aholining o‟rtacha ko‟payishi Andijon viloyatida 2,2%, shu vaqt ichida Buxoroda 2,0%, Navoiy 1,7%, Samarqand 2,1%, Sirdaryoda 1,5%, Toshkentda 1,1%, Farg‟ona viloyatida 2,0% ni tashkil qilgan. Shu vaqt ichida Respublikada o‟rtacha o‟sish 1,9% ni tashkil qilgan. Yuqoridagi ma‟lumotlarni ko‟radigan bo‟lsak Andijonda 1989-2000 yillar o‟rtasida yuqoridagi viloyatlarga qaraganda o‟sish yuqoriroq bo‟lgan.

16

2-jadval. Aholi soni (ming kishi hisobida) № Shaxar va 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2011 2013 tumanlar 1 Andijon sh. 338,8 342,5 345,7 349,2 352,6 356,2 359,5 363,9 379, 394, 5 4 2 Asaka sh. 52,5 53,3 54,0 54,6 54,9 55,3 55,8 56,3 58,3 3 Xonobod sh. 35,1 35,4 35,7 36,0 36,1 36,1 36,4 36,6 37,7 38,5 Jami 426,4 431,2 435,4 439,8 443,6 447,6 451,7 456,8 475, shaharlar 5 1 Andijon 178,8 181,5 184,4 186,7 189,9 193,1 196,1 200,3 215, 222, 5 5 2 Aska 173,5 175,9 178,5 180,6 183,8 186,7 189,7 193,3 205, 279, 8 5 3 Baliqchi 136,5 138,5 140,7 142,7 145,0 147,1 149,2 152,0 161, 172, 4 4 4 Bo‟z 48,6 49,5 50,3 51,0 51,8 52,6 53,5 54,6 58,2 61,8 5 100,5 101,9 103,3 104,6 106,1 107,5 109,1 111,0 116, 124, 4 9 6 Jalolquduq 134,2 136,0 137,9 139,5 141,4 143,1 145,2 147,4 155, 163, 4 6 7 Izboskan 170,7 172,8 175,1 177,3 179,5 182,0 184,6 187,6 198, 204, 9 8 8 Ulug‟nor 42,2 42,8 43,6 44,3 45,1 46,0 46,8 47,6 50,4 51,7 9 Qo‟rg‟ontep 121,7 123,4 125,1 126,8 129,1 131,2 133,3 136,0 176, 187, 4 a 7 10 Marhamat 121,5 123,2 125,2 126,9 128,5 130,3 132,2 134,4 141, 150, 4 5 11 Oltiko‟l 119,7 121,7 123,9 125,6 128,4 130,5 132,8 135,9 145, 151, 4 6

17

12 Paxtaobod 133,0 135,2 137,3 139,2 141,6 143,7 146,0 148,7 158, 165, 5 2 13 Xo‟jaobod 78,8 79,9 81,0 82,1 83,3 84,5 85,8 87,2 92,1 96,1 14 Shahrixon 145,3 147,6 150,3 153,0 156,1 159,4 161,8 164,7 243, 257, 1 7 Tumanlar 1705, 1729, 1756, 1780, 1809, 1837, 1866,1 1900,7 2120 bo‟yicha jami 0 9 6 3 6 7 ,9 Viloyat bo’yicha 2216, 2247, 2279, 2308, 2342, 2375, 2409,8 2451,2 2596 2721 jami 5 4 7 7 7 9 ,5 ,8

Jadval O`zbekiston Respublikasi statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tuzildi. Bundan tashqari so‟ngi yillarda 2000-2010 yillar o‟rtasidagi aholining o‟sish sur‟atlari ham boshqa viloyatlarga qaraganda ancha tez o‟sdi va bu ko‟rsatkich 117,1% ni, yoki 380 ming kishiga ko‟paydi. Viloyatda 2013 yil 1-yanvar ma`lumotlariga ko‟ra, jami aholi soni 2721,8 kishiga yetdi. Xozirgi kunda viloyatda yiliga salkam 45000 dan aholi ko‟payib bormoqda. Agar bu ko‟rsatkich yillar davomida shunday davom etaversa 2020 yilga kelib, viloyat aholisi soni 3 mln kishiga yetadi.

II.BOB. Andijon viloyati qishloq tumanlarida aholining takror barpo bo`lishi II.1.Demografik jarayonlar va aholi tarkibining hududiy xususiyatlari Aholining ko‟payishi viloyatdagi tumanlarda ham bir muncha farq bor. Masalan Shaxrihon, Qo‟rg‟ontepa, Izboskan va Andijon tumanlarida aholi soni keyingi yillarda tez sur‟atlar bilan o‟sib bormoqda. Yuqoridagi tumanlar aholisi soni bo‟yicha ham viloyatda yetakchilik qiladi (2- jadval).

3 - jadval. Andijon viloyati aholisining tug‟ulishi, o‟lim va tabiiy o‟sishi Umumiy Yillar viloyat 1959 1970 1975 1979 1989 2003 2009 2013 bo‟yicha Tug‟ilishlar 27,4 39,7 44,6 47,5 57,3 43,1 61,8 56,7 soni (ming

18

kishi) O‟limlar soni 5,2 6,8 10,0 10,8 11,8 11,2 12,1 13,9 (ming kishi) Tabiiy o‟sish 22,2 32,9 34,6 37,2 45,5 31,2 49,7 42,9 (ming kishi)

Jadval O`zbekiston Respublikasi statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tuzildi. Yuqoridagi 3-jadvalga ko‟ra 1959 yilda viloyatda 27,4 ming kishi tug‟ulgan bo‟lib, bu jarayon keyingi yillarda ortib, 1989 yilga kelib, tug‟ulganlar soni 57,3 ming kishini tashkil qildi. Yoki 1989 yilda aholini tug‟ulishi 1959 yilga nisbatan 2 barobar o‟sdi. Aholining tabiiy o‟sishi esa 1959 yilda 29 kishi bo‟lsa, 1979 yilda 27.2 kishi, 1989-yil 26.8 kishi, 2011-yil 21.9 kishiga yetdi. Aholining tabiiy o‟sishi keyingi yillarda esa aholi soni o‟sishining birdan bir manbai bo`lib qoldi.

1-rasm. Andijon viloyati aholisining tug`ilish, o`lim, tabiiy ko`payish dinamikasi (har ming kishi hisobiga).

19

40 35 30 Tug`ilish koefisenti 25 O`lim 20 koefisenti 15 Tabiiy o`sish koefisenti 10 5 0 1959 1970 1979 1989 2003 2011

4-jadval Andijon viloyati aholisining 2000-2012-yillardagi tug‟ilish, o‟lim va tabiiy o‟sish ko`rsatkichlari

Aholining tabiiy o`sishi Aholining tabiiy o`sishi Yillar koeffisiyenti(‰ da)

20

Tug`ilish O`lim Tabiiy Tug`ilish O`lim Tabiiy ko`payish ko`payish 2000 44806 11920 32886 20,5 5,5 15 2001 44323 11168 33155 20 5 15 2002 46019 11782 34237 20,5 5,3 15,2 2003 43129 11996 31133 19 5,3 13,7 2004 47149 11331 35818 20,4 4,9 15,5 2005 47423 12216 36207 20,2 5,3 14,9 2006 47766 12334 35432 20,1 5,2 14,9 2007 55005 12516 42489 22,8 5,2 17,6 2008 62100 12504 49596 25,3 5,1 20,2 2009 55929 10814 45115 25,2 5,1 20,1 2010 60205 12883 47322 24,5 5,2 19,3 2013 56748 13858 42890 21,9 5,3 16,6 Жадвал вилоят статистика бош бошқармаси маълумотлари асосида тузилган

Tabiiy o‟sish O‟zbekistonda har 1000 kishi aholiga nisbatan 1960 yilda 33,9 kishi to‟g‟ri kelgan bo‟lsa, bu ko‟rsatkich 1979 yilda 27,4 kishi, 1989 yilda esa 27,0 kishini tashkil qilgan. Andijon viloyati tabiiy o‟sishi esa 1959 yilda 29,0 kishi, 1972 yilda 27,2 kishi, 1989 yilda 26,3 kishiga to‟g‟ri kelgan. Bu davrning og`ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga Islom Karimov shunday baho beradi: <

70

61,8

ming kishi ming 60 57,3 56,7

50 47,5 44,6 21 43,1 39,7 40

30 27,4

20

10

0 1959 1970 1975 1979 1989 2003 2009 2013

yillar

Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 %, qishloq xo`jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste`moli mollari ishlab chiqarish o`rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 %ini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng ohirgi o`rinlardan birida turibmiz. O`zbekiston aholisi o`rta hisobda go`sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste`mol qilmoqda. Oyiga o`rta hisobda 75 so`mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 %dan sal ko`proq bo`lsa, bizning respublikamizda 45 %ga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o`zining qo`lidan keladigan ishni topa olmayapti [3]. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog`liqni salash, xalq ta`limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og`ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 %i nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o`zi kifoya>> (O`zbekiston Kompartiyasining 1990-yil 4- iyunda bo`lib o`tgan XXII s`ezdida so`zlagan nutqdan)3. Biroq shuni aytish kerakki, 1990 yil va undan keyingi yillarda aholining takror barpo bo‟lishi yoki tabiiy o‟sish jarayonida katta o‟zgarishlar ro‟y bermoqda. Bu jarayon O‟zbekistondagina emas, balki viloyatda ham yaqqol ko‟zga tashlanadi. Masalan: Andijon viloyatida 1998 yili 1000 aholiga nisbatan 18,3 kishi, 1999 yili 16,8 kishi, 2001 yili 15 kishi, 2003 yilda esa 13,7 kishi, 2008-yil 20.2 kishi, 2011 yil 16.6 kishini tashkil qildi. Bu raqamlar shuni ko‟rsatadiki aholining tabiiy o‟sishi keyingi yillarda kamayib borayotganini bildirmoqda. Andijon viloyatida aholining tabiiy o‟sishi O‟zbekistondagina emas MDH mamlakatlari ichida ham ancha yuqoridir.

3 I.A.Karimov. Ozbekiston Mustaqllika erishish ostonasida., -T., O`zbekiston. 2011, 5-6 betlar 22

Jadvaldan ko`rinib turibdiki, Andijon viloyatining tug`ilish, o`lim va tabiiy o`sish ko`rsatkichlarida tumanlari bo`yicha ham tafovutlar mavjud. Masalan: Asaka, Baliqchi, Izboskan, Oltinko`l, Paxtaobod, Xo`jaobod, Shaxrihon tumanlarida tug`ilish darajasi viloyat bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichdan yuqori, aksincha, Andijon, Xonobod shaharlari va Andijon, Buloqboshi, Bo`z, , Qo`rg`ontepa, Ulug`nor tumanlarida past ko`rsatkichga ega. Shunga mos ravishda tabiiy o`sish ko`rsatkichi ham Asaka, Baliqchi, Izboskan, Oltinko`l, Paxtaobod, Xo`jaobod va Shaxrihon tumanlarida yuqori. Bundan tashqari Ulug`nor tumanida o`lim darajasi juda past ya`ni har ming kishi hisobiga 3.9 kishiga teng bo`lgani uchun tabiiy o`sish ko`rsatkichi yuqori darajaga ega. 5-jadval Andijon viloyati tumanlari bo`yicha aholining tug`ilish, o`lim va tabiiy o`sishi ( har ming kishi hisobida 01.01.2013 ) Tug`ilish O`lim Tabiiy ko`payish Andijon viloyati 21.9 5,3 16,6 Andijon shahri 20.7 6,2 16,9 Asaka shahri 22 5 17 Xonobod shahri 20,7 4,7 16 Tumanlar Andijon 21,2 5,3 15,9 Asaka 28,7 7,1 21,6 Baliqchi 24,5 5,3 19,2 Buloqboshi 21,7 5 16,7 Bo`z 20,7 4,8 15,9 Izboskan 22,5 5,2 17,3 Jalaquduq 21,8 5,3 16,5 Marhamat 21,9 5,3 16,6 Oltinko`l 22,2 4,9 17,3 Paxtaobod 24 5,5 18,5 Qo`rg`ontepa 20,9 5,2 15,7 Ulug`nor 21,7 3,9 17,3 Xo`jaobod 22,5 5,3 17,2 Shahrixon 22,8 5,1 17,7

23

Izlanishlar va kuzatishlar shuni ko‟rsatadiki, O‟zbekistonda, jumladan viloyatda aholining tabiiy o‟sish jarayonlarining yuqoriligi yana bir qancha vaqtlargacha davom etadi.

24

3-rasm. Andijon viloyati aholisining demografik vaziyati

30

25

20

tug`ilish 15 o`lim tabiiy ko`payish

10

5

0 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2013

Tabiiy o‟sishni hamda tug‟ulishni yuqori bo‟lishligi O‟zbekistonda va jumladan, Andijon viloyatida quyidagi omillar ta‟siri bilan bog‟liq bo‟lib, ular quyidagilardan iborat: 1.Viloyat urbanizatsiya darajasining yaqin vaqtlargacha u qadar yuqori bo`lmaganligi. Ilmiy izlanishlar shuni ko‟rsatadiki, qishloqlarda tabiiy o`sish shaharga nisbatan yuqori bo‟lib kelgan. Masalan: Andijon viloyatida, har 1000 kishi aholisiga nisbatan qishloq joylarda har doim aholining tabiiy o‟sishi ancha yuqori bo‟lgan. Masalan: har 1000 kishiga nisbatan shaharda aholining tabiiy o‟sishi 1990 yilda 21,6 kishi, 2002 yilda 12,1 kishi, qishloqlarda esa 2002 yilda 16,4 kishiga teng. 2. Rivojlangan davlatlarga qaraganda, bizda yoshlar erta turmush quradi, natijada kishilar qancha erta turmush qursa tug‟ilish va tabiiy o‟sish yuqori bo‟ladi. 3. O‟zbeklar va boshqa mahalliy millat (tojik, qirg‟iz, rus, uyg‟ur va boshqalar) vakillari orasida boshqa Yevropa millat vakillariga qaraganda tug‟ilish va tabiiy o‟sish yuqori hisoblanadi. Andijon viloyatida o‟zbeklar respublikaning ko‟pchilik hududlariga qaraganda ancha yuqoriroqdir, ya`ni 91,9%, yoki o‟zbek, qirg‟iz, tojik, uyg‟ur millat vakillarini andijon viloyati umumiy aholisiga nisbatan 92,2% ni tashkil qiladi (01.01.2013 yil). Bu aholi sonini

25

yuqori darajada ortishiga qulay ta‟sir ko‟rsatadi hamda ular orasida an‟anaviy ko‟p bolalilik jarayonlari barqarorligi kuzatiladi. 4.O‟zbekistonda, jumladan Andijon viloyatida oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug‟ilishni cheklash vositalarini qo‟llashi xarakterlidir. Ayniqsa mahalliy millat ayollari orasida bolalarni ko‟pligi tufayli ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashish salmog‟ining kamligi, chunki qancha ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi yuqori bo‟lsa, aholining tug‟ilishiga va tabiiy ko‟payishiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. 5.Viloyatda tug‟ilishning yuqori bo‟lishida nikohda bo‟lganlarning salmog‟ini yuqoriligi va oilalarda ajralishni kamligi, oila mustahkamligining yuqoriligi ma‟lum darajada tug‟ulishni yuqori bo‟lishiga qulay ta‟sir ko‟rsatadi. 1970 yilda har bir 1000 kishiga nisbatan Sobiq Ittifoq davrida 9,7 kishilar nikohda bo‟lgan, 1989 yilda 9,7 nikoh, 1990 yilda 9,2 nikoh qayd qilingan bo‟lsa, Andijon viloyatida nikohda bo‟lganlarning ko‟pligi va oilalar o‟rtasida ajralishning kamligi xarakterlidir. Masalan: 1970 yilda nikoh har 1000 kishiga nisbatan, 9,9 kishi, 1989 yilda 10,4 kishi, 1990 yilda 1,2 kishi, tashkil qildi. Nikoh 1998 va 1999 yilda O‟zbekistonda 7,1 va 7,3 kishi, ajralish esa 0,6 kishi va 0,4 kishi qayd qilingan edi. Andijon viloyatida o‟sha yillari nikoh 6,4 – 6,6 kishi, ajralish esa 0,4 va 0,4 kishini tashkil qilgan edi. Viloyatda 2003 yili nikoh 6,6 kishi, ajralish 0,4 kishi, 2012-yil nikoh 11 kishi, ajralish 0.5 kishi ko‟rsatkichiga yetdi. Tabiiyki, qancha nikohda bo`lganlar soni ko‟p bo‟lsa, tug‟ilish ko‟rsatkichi yuqori bo‟lishiga ma‟lum darajada ta‟sir ko‟rsatadi. Aholining tug‟ilishiga va tabiiy o‟sishiga aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish ko‟rsatkichlarining roli ham kattadir. Agar inqilobdan oldin (1913 yil) O‟zbekistonning hozirgi hududida 63 ta kasalxona, 1000 ta kasallik karovati, 120 ta vrach, 286 ta o‟rta tibbiy hodim ishlagan, yoki 10000 aholiga 2,3 kasalxona, 0,3 karovat to‟g‟ri kelgan bo‟lsa, faqat Andijon viloyatida 2002 yilda shifoxonalar soni 84 ta, ulardagi o‟rinlar soni 13900 ta, qishloq vrachlik punktlari 250 ta, poliklinikalar, ambulatoriya muassalari jami 313 ta, mustaqil poliklinikalar soni 208 tadir. O‟zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish faoliyati yanada yaxshilandi. Bu jarayon aholining tug‟ilishiga va tabiiy o‟sishiga qulay ta‟sir ko‟rsatmoqda [17]. Mustaqil O‟zbekiston ijtimoiy siyosatida aholi salomatligiga, sog‟lom avlod tarbiyasiga va yoshlarga katta ahamiyat berilmoqda. 2001 yili esa “Ona va bolalar yili” deb e‟lon qilingan. 2005 yili “Sixat- salomatlik yili” deb belgilandi. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2012-yilni Mustahkam oila yili” deb e`lon qilinishi aholini turmush darajasini yanada yaxshilashga zamin yaratadi. Bundan tashqari, O‟zbekiston davlati tomonidan bolali

26

onalarga, yosh bolalarga moddiy va ma‟naviy imtiyozlarni berilishi ham tug‟ilishga va tabiiy o‟sishga qulay ta‟sir ko‟rsatadi. “ Yosh oilalarga e`tibor va g`amho`rlikni kuchaytirish, ularni xuquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta`minlash, moddiy va ma`naviy jihatdan keng qo`llab quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta`minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish Oila, 1- navbatda, extiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g`amho`rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko`rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o`z yelkasiga olgan ayollarga alohida e`tibor qaratish zarur”4. Yuqoridagi omillar O‟zbekiston, jumladan Andijon viloyati aholisining tug‟ilish va tabiiy o‟sish ko‟rsatkichlarining yuqori darajada bo‟lishiga olib keldi. O‟zbekistonda jumladan, viloyatimizda aholining hozirgi tabiiy o‟sish ko‟rsatkichlari rivojlangan mamlakatlarga hamda Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaraganda ancha yuqori ko‟rsatkichga ega. Ilmiy izlanishlar va kuzatishlar natijasiga ko`ra Andijon viloyatida aholining tabiiy o‟sishining yuqoriligi yaqin kelajakda ham kuzatiladi. Ma‟lumki, aholining o‟sishida migratsiya, ayniqsa tashqi migratsiyaning roli katta bo‟lib, O‟zbekiston jumladan Andijonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin kuchayadi. Bu yerlarga oldin ish boshqaruvchilar, quruvchilar, tijorat vakillari, harbiylar, turli xil rus mutaxasislari, rus muxojirlari, siyosiy maxbuslar va boshqalar kelib o‟rnasha boshladi. Bu jarayon sovetlar davrida ham davom etdi. O‟zbekiston, jumladan viloyatning xalq ho‟jaligini industriyalash, ma‟orif, sog‟liqni saqlash, fan va madaniyatni rivojlantirish masalasini amalga oshirish maqsadida rus, ukrain, belarus, tatar va boshqa millat vakillariga mansub bo‟lgan tibbiyot hodimlari, o‟qituvchilar, muhandislar, olimlar respublikaga ko‟chib kela boshladilar. Ko‟chib kelganlarning ko‟pchiligi Volga bo‟yi, Ural, Sibir, Qozoqiston, Ukrainadan kelganlar. Bundan tashqari migratsiya jarayoni aholining o‟sishiga katta ta‟sir ko`rsatgan. Masalan: Andijon viloyatida 1968 yili umumiy aholining o‟sishini 5,8% ni, 1970 yili 7,4% ni egallagan. Tashqi migratsiyaning roli sekin asta kamayib, keyingi 1996 yillarda respublika, jumladan Andijon viloyati uchun manfiy saldoga ega bo‟lgan. Ulug‟ vatan urushi davrida Kavkazdan kelgan chechenlar, mesxetit turklar, Qrimdan kelgan qrim tatarlar va boshqa xalqlarni ko‟pchiliga o‟z vatanlariga O‟zbekistondan va jumladan Andijon viloyatidan keta boshladi.

4 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori: << Mustahkam oila yili >> Davlat dasturlari to`g`risida. Xalq so`zi gazetasi. 2012-yil 28-fevral, № 41(5461) 27

Andijon viloyatiga 1987 yili 23,7 ming kishi kelgan, ketganlar 28,5 ming kishi bo`lib, migratsiya saldosi - 4,8 ming kishini tashkil qilgan. 1988 yili 25,0 ming kishi kelgan. O‟sha yili viloyatdan 32,9 ming kishi chiqib ketdi. Yoki migratsiya saldosi - 7,9 ming kishini tashkil qilgan. 1990 yili viloyatga 22,4 ming kishi kelgan, chiqib ketganlar esa 33,4 ming kishi yoki migratsiya saldosi -11,0 ming kishiga to‟g‟ri kelgan. 2000-yil immigrantlar 6113 kishini, emmigrantlar 8193 kishini, migratsiya saldosi -2080 kishini, 2011-yil immigrantlar 4967 kishini, emmigrantlar 5783 kishini, migratsiya saldosi esa, -816 kishini tashkil etdi. Immigratsiya miqdori 2011-yil 2000-yilga nisbatan 18.7 % ga qisqardi, emmigrantlar soni esa 29.8 % ga qisqardi. So`ngi 2000-2011-yillarda migratsiya saldosi Andijon, Baliqchi tumanlarida manfiydan musbatga o`zgardi. Aksincha Andijon shahri va Asaka tumanlarida migratsiya manfiy saldoga o`zgardi. Viloyatning aksariyat tumanlarida immigrantlar soni ortdi. Masalan, Shahrixon tumanida 52.5% ga, Baliqchi tumanida 67.7% ga, Buloqboshi tumanida 86.5% ga, Xo`jaobod tumanida 31.4% ga ortdi. Aksincha, Izboskan tumanida 66.7% ga, Paxtaobod tumanida 69.3% ga, Ulug`nor tumanida 46% ga, Xonobod shahrida 46.3% ga qisqardi. Bundan tashqari viloyatning ko`plab tumanlarida emmigrantlar soni tubdan qisqardi. Masalan, Qo`rg`ontepa tumanida 53.3% ga, Izboskan tumanida 53.5% ga, Paxtaobod tumanida 48.5% ga, Bo`z tumanida 47.5% ga, Oltinko`l tumanida 42.8% ga, Xonobod shahrida esa, 75.4% ga qisqardi. . Migratsion faoliyat son jihatdan, asosan shaharlarda yuqori ko`rsatkichga ega. Shuni qayd qilish kerakki, tashqi migratsiyada ko‟proq shahar aholisi qatnashadi Quyidagi 6-jadvalda Andijon viloyati aholisining 2010-2012 yillardagi migratsion faoliyati aniq raqamlar bilan ifodalangan. Migratsiyaning salbiy oqibati ko‟proq shahardagi rus, ukrain millat vakillari yashaydigan hududlarda o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Tashqi migratsiyada asosan, katta yoshdagilar , shu bilan birgalikda malakali ishchi va xizmatchilar qatnashayotganligi sababli har xil mutaxasislikdagi mehnat resurslaridan foydalanishda ma‟lum darajada muommolar vujudga kelishi mumkin, lekin O‟zbekistonda keyingi yillarda ishlab chiqarish sohasi uchun kerakli bo`lgan turli xil yo`nalishdagi mutaxasisllar tayyorlash bo‟yicha ulkan ishlar qilinmoqda. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, hozir Andijon viloyatida migratsiyaning roli keyingi yillarda keskin kamaydi. Masalan: Andijon viloyatida 2010 yili umumiy immigrantlar soni 5737 kishini, emmigrantlar soni esa 6296 kishini tashkil qildi. Migratsiya saldosi -559 kishini tashkil qildi. Bu esa 2009-yilga nisbatan, 23 % ga qisqardi degan gap. 2011-yil immigrantlar 4967 kishini, emmigrantlar esa, 5783 kishini, migratsiya saldosi -816 kishini tashkil etdi.

28

Jadvalga ko`ra Andijon viloyatining Andijon, Xonobod shaharlarida va Asaka, Bo`z, Buloqboshi, Izboskan, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xo`jaobod, Shaxrihon tumanlarida migratsiya salbiy saldoga ega. Asaka shahri, Andijon, Baliqchi, Oltinko`l, Ulug`nor tumanlarida esa migratsiya musbat saldoga ega. Asaka shahrida migratsiya musbat saldoga ega ya`ni, emmigrantlarga nisbatan immigrantlar soni 463 kishiga ko`p. Buning asosiy sababi Asaka shahrida JM O`zbekiston avtomobil zavodining faoliyat olib borayotganligidir ya`ni, zavodda ishlash maqsadida Asaka shahriga respublikaning turli hududlaridan va shu bilan birga Koreya Respublikasidan turli ishchi-mutahasislar kelib ketmoqda.

6-jadval Andijon viloyati aholisining 2010-2012 yillardagi migratsiyasi (01.01.2013) 2010 2012 Kelganlar Ketganlar saldo Kelganlar ketganlar saldo

29

Andijon viloyati 5737 6296 -559 4967 5783 -816 Shahar 3497 4382 -885 2635 4194 -1559 Qishloq 2240 1914 326 2332 1589 743 Andijon shahar 1330 1851 -521 1310 1665 -355 Asaka shahar 160 490 -330 1000 537 463 Xonobod sh\k 46 258 -212 66 110 -44 Tumanlar 1. Oltinko’l 443 258 185 262 245 17 Qishloq joylar 226 129 97 152 132 20 2. Andijon 1143 448 695 809 351 458 Qishloq joylar 451 135 316 365 113 252 3. Asaka 743 743 - 543 579 -36 Qishloq joylar 357 309 48 425 160 265 4. Baliqchi 461 431 30 569 506 63 Qishlo joylar 357 283 74 445 253 192 5. Bo’z 226 159 67 129 156 -27 Qishloq joylar 151 77 74 94 62 32 6. Buloqboshi 85 221 -136 96 171 -75 Qishloq joylar 49 128 -79 59 50 9 7. Jalaquduq 166 333 -57 103 309 -206 Qishloq joylar 105 169 -64 62 135 -73 8. Izboskan 170 203 -33 52 225 -173 Qishloq joylar 88 99 -11 22 121 -99 9. Qo’rg’ontepa 582 376 206 251 279 -28 Qishloq joylar 289 131 158 168 68 100 10. Marhamat 138 283 -145 79 219 -140 Qishloq joylar 58 113 -55 49 37 12 11. Paxtaobod 71 207 -136 73 168 -95 Qishloq joylar 40 109 -69 34 86 -52 12. Ulug’nor 42 105 -63 189 177 12 Qishloq joylar 26 58 -32 159 89 70 13. Xo’jaobod 44 150 -106 44 150 -106 Qishloq joylar 23 58 -35 922 512 410

30

14. Shaxrihon 47 270 -223 47 270 -223 Qishloq joylar 20 114 -94 3202 1674 1528 Жадвал Андижон вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган Lekin shuni qayd qilish kerakki, aholining tabiiy va mexanik (migratsiya) xarakatidagi o‟zgarishlar faqat mexnat resurslarini soni va sifatiga ta‟sir qilishdan tashqari yana aholining milliy, yosh va jinsiy tarkibiga ham o‟z ta‟sirini ko‟rsatadi. Aholining yosh , jinsiy va milliy tarkibi Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko‟rsatkich hisoblanadi. Bunda mehnat resursining, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning, nafaqaxo‟rlarning hozirgi va kelajakdagi soni ayniqsa, ahamiyatlidir. Aholining jinsiy va yosh tarkibi istiqbolini belgilash, aholining takror barpo qilish uchun ham zarur ko‟rsatkichdir. Masalan, agar jinslar nisbatan teng yoki yaqin bo‟lsa, aholi tarkibida yosh avlod salmog‟i katta bo‟lsa, nikohlanish va tug‟ilish ( tabiiy o‟sish ) imkoniyati katta bo‟ladi [17]. [20] Aholining yoshi va jinsiy tarkibini o‟rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Viloyat aholisining yoshi va jinsiy tarkibini aniq bilish mehnat resurslarini hisoblab chiqishga va kelajakda mehnat resurslari soni qanchaga yetishini bilishga yordam beradi. Yana shuni aytish o‟rinliki, turli jins va yoshdagi aholi uchun zarur bo‟lgan keng iste‟mol mollarini ishlab chiqarishni rejalashtirishni aniqlash imkonini beradi. Yana, jinsiy va yosh tarkibiga taluqli ma‟lumotlarni bilishga yordam beradi. Bu yuqoridagi ko‟rsatkichlarni bilish, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilishga va rivojlantirishni rejalashtirishga ham katta ta‟siri bor. O‟zbekiston, jumladan Andijon viloyati aholisining jinsiy va yosh tarkibi o‟ziga hos xususiyatga egadir. Inqilobdan oldingi davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy rivojlanish jarayonlar bilan bog‟liq holda quyidagi xususiyatlarga egadir. Erkaklar ayollarga nisbatan ko‟pchilikni tashkil qilishi, oiladagi uy-ro‟zg‟or yumushlari asosiy qismini ayollar zimmasiga tushushi, qizlarni erta turmushga berishi, ko‟p bolali onalar hamda tibbiyot xizmati va onalikni muxofaza qilishdagi qoloqlik ayollar o‟rtasida o‟limni yuqori bo‟lishiga olib kelgan. O‟zbekiston aholisining jinsiy tarkibidagi ayrim xususiyatlar, hattoki 1939 yildagi Butun ittifoq aholi ro‟yhati ma‟lumotlarida ham o‟z aksini topgan bo‟lib, erkaklar 51,6%, ayollar esa 48,4% ni egallagan edi. Vatan urushi oqibatlari ham aholining jinsiy tarkibiga ta‟sir ko‟rsatib, O‟zbekistonda 1959 yili erkaklar jami aholining 48,0% ni tashkil qilgan, ayollar esa 52% ni tahkil qilgan. Bundan ko‟rinib turibdiki, urush vaqtida erkaklarni safarbar etilishi aholini jinsiy tarkibidagi katta o‟zgarishlarni olib keldi. Ya`ni buning natijasida ayollarning ulushi erkaklarning nisbatan ortib ketdi. 7-jadval

31

Andijon viloyati aholisining jinsiy tarkibi (01.01.2013 yil) № Shahar va tumanlar Doimiy aholi soni (kishi) nomi Jami Erkaklar Ayollar Viloyat bo’yicha 2721,8 100% 1299,2 100% 1297,2 100% 1 Andijon shahar 379,4 14,6 188,7 14,5 190,6 14,7 2 Asaka shahar 58,3 2,2 29,1 2,2 29,2 2,3 3 Xonobod 37,7 1,5 18,5 1,4 19,1 1,5 Tumanlar 1 Andijon 215,5 8,3 107,4 8,3 108,1 8,3 2 Asaka 205,6 8,0 102,4 8,0 103,1 8,0 3 Baliqchi 161,4 6,2 81,3 6,3 80,1 6,2 4 Bo‟z 58,2 2,2 29,0 2,2 29,2 2,3 5 Buloqboshi 116,9 4,5 58,7 4,5 58,2 4,5 6 Izboskan 198,8 7,7 100,0 7,7 98,8 7,6 7 Jalolquduq 155,6 6,0 78,2 6,0 77,4 6,0 8 Marhamat 141,5 5,5 71,0 5,5 70,5 5,4 9 Oltinko`l 145,6 5,6 72,3 5,6 73,3 5,7 10 Paxtaobod 158,2 6,1 79,2 6,1 78,9 6,1 11 Qo‟rg‟ontepa 176,7 6,8 88,3 6,8 88,4 6,8 12 Ulug‟nor 50,4 2,0 25,3 2,0 25,1 2,0 13 Xo‟jaobod 92,1 3,5 46,4 3,6 45,7 3,5 14 Shahrixon 243,7 9,4 122,4 9,4 121,3 9,3

Жадвал Андижон вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‟zbekistondagi aholining jinsiy tarkibidagi nomutanosiblik asta-sekin yo‟qola bordi. Mana hozir Andijon viloyatida 2003 yilga kelib 49,9% ni erkaklar, 50,1% ni ayollar tashkil qilgan. Shuni aytish o‟rinliki, aholi tarkibidagi ortiqcha ayollarning asosiy qismi yuqori yoshdagilar hisobiga to‟g‟ri keladi. 1970-1974 yillardagi erkaklar 12,5 ming tashkil qilsa, ayollar esa viloyatda 16,1 ming kishi to‟g‟ri kelgan, yoki 3,6 ming kishi ortiqdir. Ayollar umumiy aholiga nisbatan 56,3% ni, erkaklar esa 43,7% ni tashkil qilganlar. Bunga xozir ham Vatan urushini ta‟siri mavjuddir. Yana ko‟p hollarda aholining barcha guruhlarida erkaklar orasida o‟limning ayollarga nisbatan yuqoriligi o‟z ta‟sirini ko‟rsatadi [17]. [20]. 32

Aholining jinsiy tarkibi Andijon viloyatida 2003 yilga nisbatan ham hozirgi kunda aholining jinsiy tarkibida ham farq bor. Masalan: viloyatda 2003 yil erkaklar salmog‟i 1138,5 kishi yoki, 49,9% ni, ayollar esa 1141,2 kishini yoki, 50,1% ni tashkil qilgan. 2011 yilga kelib, erkaklar va ayollar o‟rtasidagi nomutanosiblik tugadi natijada erkak va ayollarning ulushu tenglashdi. Erkaklar 50,0%ni, ayollar ham 50,0% ni tashkil qildi. Yana bunda 2012 yil ma‟lumotini ko‟rib aytishimiz mumkinki erkaklarning nisbati son jihatdan ayollarnikidan ustundir. Masalan: Andijon viloyatida aholining jinsiy ko‟rsatkichidagi farq erkaklar 1 299,2 kishini tashkil qilgan bo‟lsa, ayollar esa 1 297,2 kishini tashkil qilgan. Bu esa viloyatda erkaklarning ulushi ayollarning ulushidan 2000 kishiga ko‟p demakdir. Viloyat tumanlarida aholining jinsiy tarkibi bo`yicha bir oz farq bor. Yuqoridagi jadvalga ko`ra Baliqchi, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Paxtaobod, Ulug`nor, Xo`jaobod, Shahrixon tumanlarida erkaklar ayollarga nisbatan son jihatdan bir oz ustunlikka ega. Masalan, Baliqchi tumanida erkaklar ayolardan 1266 kishiga, Buloqboshida 432 kishiga, Jalaquduq tumanida 746 kishiga, Izboskan tumanida 1182 kishiga, Marhamat tumanida 557 kishiga, Paxtaobod tumanida 359 kishiga, Ulug`nor tumanida 168 kishiga, Xo`jaobod tumanida 702 kishiga, Shahrixon tumanida 1446 kishiga ko`p. Andijon, Asaka, Xonobod shaharlarida va Andijon, Asaka, Bo`z, Oltinko`l, Qo`rg`ontepa tumanlarida ayollar erkaklarga nisbatan son jihatdan bir oz ustunlikka ega. Viloyatda turli yoshdagi guruhlarning salmog‟i ham o‟ziga hos bo‟lib ularni o‟rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni berilgan 8-jadvaldan ko‟ramiz. 8-jadval Andijon viloyati aholisining jinsi va yoshlar bo‟yicha tarkibi (01.01.2013. ming kishi hisobida) № Yoshi Jami aholisi Shundan Erkaklar Ayollar Soni % soni % Soni % 2718 100,0 1371,5 100,0 1350,7 100,0 1. 0-4 271,8 10,0 142,6 10,4 131 9,7 2. 5-9 337 12,4 174,2 12,7 163,4 12,1 3. 10-14 342,5 12,6 174,2 12,7 166,1 12,3 4. 15-19 309,8 11,4 157,7 11,5 152,6 11,3 5. 20-24 252,8 9,3 127,6 9,3 124,3 9,2 6. 25-29 228,3 8,4 116,6 8,5 113,5 8,4 7. 30-34 209,3 7,7 104,2 7,6 105,4 7,8 8. 35-39 184,8 6,8 90,5 6,6 94,6 7,0

33

9. 40-44 168,5 6,2 85 6,2 86,5 6,4 10. 45-49 116,9 4,3 57,6 4,2 59,4 4,4 11. 50-54 81,5 3,0 41,2 3,0 41,9 3,1 12. 55-59 40,7 1,5 20,6 1,5 20,3 1,5 13. 60-64 59,8 2,2 28,8 2,1 31,1 2,3 14. 65-69 43,5 1,6 20,6 1,5 21,6 1,6 15. 70-74 35,3 1,3 15,1 1,1 18,9 1,4 16. 75-79 19 0,7 8,2 0,6 10,8 0,8 17. 80-84 8,2 0,3 2,7 0,2 5,4 0,4 18. 85-89 2,7 0,1 1,4 0,1 2,7 0,2 19. 90- yuqori 2,7 0,1 2,7 0,2 2,7 0,2 Жадвал Андижон вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган

O‟zbekistonda va jumladan, Andijon viloyatida aholi tabiiy o‟sish darajasining yuqoriligi, aholining yosh tarkibiga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Shuning uchun O‟zbekistonda, jumldan Andijon viloyati aholisi orasida yosh bolalar va o‟smirlar salmog‟ini ko‟pligi va keksalar salmog‟ining kamligi bilan harakterlidir. Masalan: O‟zbekistonda yosh avlod va o‟smirlar 0-16 yoshgacha 1989 – yili 43%, 16 – 60 yoshgacha erkaklar, 16 – 55 yoshgacha ayollar yoki mehnatga qobilyatlilar 49% ni, keksalar 60 yoshdan yuqori, ayollar 55 dan yuqori, erkaklar 7,9% ni tashkil qilgan edi. Farg‟ona vodiysida esa: yosh avlod o‟smirlar 43,1% ni, mehnatga qobilyatli yoshdagilar 16 – 60 yoshgacha erkaklar va 16 dan 55 yoshgacha ayollar 49 % ni egallagan. Keksalar esa 60 yoshdan yuqori erkaklar, 55 yoshdan yuqori ayollar 7,9 % ni tashkil qilgan. Shuni aytish o‟rinliki, qishloq joylarda esa yosh bolalar va o‟smirlar guruhi qisman yuqori 45,4%, mehnatga qobilyatlilar esa kamroq 47,5% , keksalar ham kamroq 7,1% ga to‟g‟ri kelgan edi. Bu jaroyon Andijon viloyatida 1989 – yili yosh bolalar va o‟smirlar 44,7%, mehnatga qobilyatlilar 48,1% ni, keksalar esa 7,2 % ni tashkil qilgan. 1989 – yilda sobiq SSR da yoshlar va o‟smirlar 27,3% ni, mehnatga qobilyatlilar 55,6% ni va keksalar esa 17,1% bo‟lgan. Bu jarayon hamdo‟stlik mamlakatlarning ko‟pchiligida tug‟ulishni kamayib borishi natijasida aholining “ qarib borishi” kuzatilgan bo‟lsa, O‟zbekistonda, jumladan Andijon viloyatida aksincha tug‟ulish ko‟rsatkikchlarini yuqori darajada saqlanib borishi sababli aholini “ yosharib borishi “ yoki aholining progressiv tarzda o‟sib borishi kuzatilmoqda [17]. Andijon viloyatida 2011 yilga kelib, yosh bolalar va o‟smirlar 1989 yilga qaraganda qisman kamaygan. Chunki, keyingi yillarda ko‟p o‟lkalar qatori Respublikamiz va Andijon viloyatida ham tug‟ilish koeffitsientlari qisman kamaydi. Andijon viloyatida 1000 aholiga

34

nisbatan tabiiy o‟sish 1989 yilga qaraganda (26,3 kishi) ancha pasaydi. 1999 yilda tug‟ilish 19,6 ‰, o‟lim koeffitsienti 4,9 ‰, tabiiy o‟sish 14,7 ‰ga to‟g‟ri kelgan, 2008 yilda tug‟ilish koeffitsienti 24,7 ‰, o‟lim koeffitsienti 7,7 ‰, tabiiy o‟sish esa 17,0 ‰ga to‟g‟ri kelgan. 2009 yil esa tug‟ilish koeffitsienti 24,7 ‰, o‟lim 4,9 ‰, tabiiy o‟sish esa 19,8 ‰ga yetdi. Bundan ko‟rinib turibdiki, 1989 yildan 1999 yilgacha bo‟lgan davrda tabiiy o‟sish ancha pasaygan va hozirgi kunga kelib tabiiy ko‟payish bir necha promillega oshdi. Shuning hisobiga umumiy aholiga nisbatan yosh va o‟smirlar salmog‟i kamaydi. Yoki 2012 yilda yosh va o‟smirlar 852,2 ming kishini tashkil qildi yoki umumiy aholini 37,4% ga to‟g‟ri keladi. Lekin mehnatga qobilyatlilari viloyatda 1989 yilga nisbatan yuqori bo‟lib, 2011 yili 1466,6 ming kishini yoki 55,6% ni tashkil qildi. Keksalar shu yillari 1609 ming kishini tashkil qilib uning salmog‟i 7,1% ga to‟g‟ri kelgan. Bu esa, o‟z navbatida aholining progressiv o‟sishini, kelajakda viloyat aholisining takror barpo bo‟lishi va mehnat resurslari safini to‟ldirib borish imkoniyatlarini beradi. 9-jadval Andijon viloyati aholisining 2001-2012-yillardagi milliy tarkibi va dinamikasi, % 2001 2004 2007 2012 O`zbek 96 91.6 91.9 92 Rus 0.6 1 0.9 0.8 Qozoq 0.01 0.03 0.03 0.03 Ukrain 0.02 0.08 0.07 0.06 Koreys 0.06 0.1 0.1 0.1 Tatar 0.3 0.5 0.4 0.4 Tojik 0.7 1.3 1.3 1.3 Qirgi`z 1.7 3.8 3.8 3.7 Ozarbayjon 0.02 0.07 0.06 0.06 Arman 0.05 0.05 0.04 Yahudiy 0.03 0.03 0.02 boshqalar 0.59 1.44 1.36 1.49 Жадвал Андижон вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган

Yuqoridagi jadvalda so`ngi 2001-2012-yillarda aholi milliy tarkibidagi o`zgarishlar qayd etilgan ( 9-jadval ). So`ngi yillarda rus, arman, yahudiy millat vakllarining mamlakat aholisidagi tarkibi qisqargan. Aksincha koreys, ozarbayjon, tojik, qirg`iz millat vakllari ulushi ortgan. 10-jadval

35

Andijon viloyati aholisi milliy tarkibi ( 01.01.2013 y ) Millatlar nomi Jami aholi soni Shahar aholisi Qishloq aholisi Jami 2721 847 1358361 1190686 o`zbek 2 349 431 1249555 1099876 Qirg`iz 94851 39801 55050 Tojik 33029 17011 16018 Rus 20718 18868 1850 Tatar 9996 9282 714 Koreys 2420 2389 31 Ukrain 1605 1273 332 Ojarbayjon 1517 1093 424 Arman 1126 1061 65 Yahudiy 779 696 83 Qozoq 719 498 221 Belarus 467 162 305 Gruzin 184 93 91 Turkman 158 60 98 Qoraqalpoq 144 122 22 Moldavan 124 43 81 Nemis 82 71 11 Litvaliklar 17 12 5 Boshqa millat 31676 16271 15405 vakillari

Жадвал Андижон вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган Hozirda Andijon viloyatida ko`plab millat vakillari istiqomat qilmoqda. Ular orasida o`zbeklardan tashqari qirg`iz, tojik, rus, tatar, koreys, ukrain, ozarbayjon, arman, yahudiy, qozoq va boshqa millat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda.

II.2. Aholi joylashuvi va zichligi Aholi zichliga bo‟yicha Andijon viloyati faqat O‟zbekistondagina emas balki Markaziy Osiyoda eng zich hudud bo`lib, 1km.kv. ga 647 kishi to‟g‟ri kelib, O‟zbekistonnig o‟rtacha zichligiga qaraganda 10 barobar, Navoiy viloyatiga nisbatan 47 marta, Buxoro viloyatiga qaraganda 16 marta zichdir. Respublika bo‟yicha 1km.kv ga 63 kishi to‟g‟ri keladi. Bunday 36

bo‟lishiga sabab, Andijon viloyati hududi Respublikada iqtisodiy jixatdan yaxshi o‟zlashtirilgan, paxta kompleksi va boshqa qishloq xo‟jalik maxsulotlarini ko‟plab ishlab chiqadigan hamda sanoati bo‟yicha O‟zbekistonda yaxshi rivojlangan viloyatlardan biri hisoblanadi. Lekin iqtisodiy-ijtimoiy va geografik sabablarga ko‟ra viloyatni ichki qismida aholi joylashuvi va zichligi bir xilda bo‟lmasdan bir qancha tafovutlar mavjud. Ularni xisobga olib, viloyat aholisini joylashuviga va zichligiga ko‟ra 5 arealga ajratilgan. I - areal – aholisining zichligi bo‟yicha 600 kishidan ortiq bo‟lgan tumanlar. Bularga Asaka, Shahrixon, Izboskan, Buloqboshi va Paxtaobod tumanlari kirib, viloyat aholisining 41,2% ni tashki qiladi. Aholisining o‟rtacha zichligi 1 km.kv ga 685,3 kishini tashkil qiladi. Bu guruh tumanlar viloyatda eng yaxshi iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlangan regionlardir. II - guruh arealga kiruvchilarni aholi zichligi 500 kishidan 600 kishiga bo‟lgan tumanlar to‟g‟ri kelib, bunga Andijon tumani kirib, viloyat aholisining 8,3% ni va aholisining zichligi 1 km.kv ga 596.8 kishi to‟g‟ri keladi. III - bu guruh areallar viloyatda iqtisodiy jixatdan yaxshi o‟zlashtirilgan, Baliqchi, Marhamat, Jalolquduq, Xo‟jaobod va Shahrixon shahari hamda , Andijon shaharchalarga egadir. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari boy va xilma-xilligi, transport tizimi yaxshiligi bu arealda aholi zich joylashishiga ijobiy ta‟sir ko`rsatgan. Bu guruh arealida aholi zichligi 400-500 kishi bo‟lib, aholisining zichligi 1 km.kv ga 444 kishi to‟g‟ri keladi. Viloyat aholisining 21,2% ni tashkil qiladi. IV – arealga kelsak, aholining o‟rta zichligi 300-400 kishiga to‟g‟ri kelib, bu arealga faqat Qo‟rg‟ontepa tumani kirib, aholisining zichligi 1 km.kv ga 635,6 kishi to‟g‟ri kelib va viloyat aholisining 6,8% ni tashkil qiladi. III-IV- gurux areallarga kiruvchi tumanlar, keyingi yillarda keng iqtisodiy jixatdan o‟zlashtirilib borayotgan tumanlar xisoblanib, yana bu hududlarda qishloq xo‟jaligi uchun qulay hisoblangan tog‟ oldi, adirliklarni mavjudligi tufayli zichligi uncha yuqori bo‟lmagandir. V – guruh areali, bu viloyatning eng g‟arbiy qismida, Markaziy Farg‟ona zonasida joylashib eng yosh iqtisodiy jihatdan o‟zlashtirilib borayotgan tumanlar ekanligi, hamda hududi qumli, shag‟alli, sho‟rxok yerlar bo‟lib, bu yerga aholi eng keyin kelib o‟rnashgan va o‟rnasha borayotgan hamda arealning maydoni kattaroqligi ham aholining zichligini kamroq bo‟lishiga olib kelgan. Masalan: bu arealga 2 ta tuman kirib, o‟rtacha zichligi 195,2 kishi, shundan Bo‟z tumanida 1 km.kv yerga 308.4 kishi, Ulug‟nor tumanida esa 1 km.kv yerga 375.3 kishi to‟g‟ri keladi. Bu tumanlarning viloyat aholisidagi ulushi 4,2% ni tashkil qiladi. Shuni aytish o‟rinliki, aholi zichligidagi mavjud o‟zgarishlarda aholining tabiiy o`sishi, ichki va tashqi migratsiya, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni ham ta‟siri bo‟ldi (11-jadval).

37

Bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni qayta qurish, milliy sanoatni rivojlantirish, yoshlarni o‟qishga intilishi va boshqa omillar bilan bog‟liq xolda qishloq – shahar yo‟nalishda aholining ko‟chishi ancha rivojlanmoqda.

11-jadval Andijon viloyati maydoni aholisi va zichligi (01.01.2013) № Sharlar va tumanlar Maydoni Aholisi ming Aholi zichligi Aholi km.kv kishi 1 km. kv ga punktlar soni Andijon viloyati 4303 2718 647 538 Shaharlar 1 Andijon shahri 62,1 393.9 6343.8 2 Asaka shahri 11,1 58,3 525.9 Tumanlar 1 Andijon 372,3 222.2 596.8 34 2 Asaka 272,0 279.4 1027 53 3 Baliqchi 338,9 172 507.6 47 4 Buloqboshi 189,0 124.2 657 22 5 Bo‟z 200,4 61.8 308.4 39 6 Jalolquduq 368,7 163.2 442.5 52 7 Izboskan 282,5 204.7 724.6 54 8 Ulug‟nor 356,7 51.6 375.3 26 9 Marhamat 305,4 150.2 144.7 23 10 Oltinko‟l 222,0 151.2 491.7 37 11 Paxtaobod 260,0 165.3 681 35 12 Qo‟rg‟ontepa 498,6 187.1 635.6 39 13 Xo`jaobod 229 95.9 419 23 14 Shahrixon 334,6 256.6 767 52 38

Жадвал Андижон вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган

Urbanizatsiya mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini ko‟rsatib beruvchi indikatorlardan biridir. Urbanizatsiya (lotincha-urbanus-shahar) muayyan hududda shaharlar va shahar aholisi salmog‟ining o‟sishi, shaharlar aglomeratsiyasining tarkib topishi va rivojlanishidir, umumiy olganda esa shahar turmush tarzining keng yoyilishi hisoblanadi. Urbanizatsiya XVIII-asrda sanoat inqilobi tufayli tarkib topdi va kuchaya bordi. Urbanizatsiyaning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jixatlari ham bor. Shuning uchun urbanizatsiya bilan bo‟g‟liq muammolar hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shuning uchun ham urbanizatsiyaning shakillanishi, rivojlanishi jihatdan tafovutlarni Andijon viloyati misolida ko‟rib chiqamiz. Aholining shahar va qishloq o‟rtasida taqsimlanish darajasi, viloyatning qaysi hududlarida sanoat va qishloq xo‟jaligining qay darajada taraqqiy etganligiga bog‟liqdir. O‟zbekiston jumladan, viloyatda sanoatning rivojlanishi tufayli viloyat aholisining shahar va qishloq o‟rtasida taqsimlanishida muhim ijobiy siljishlar yuzaga keldi va shahar aholisining salmog‟i ancha tez o‟smoqda. Masalan: Andijon viloyatida shahar aholisi 1959 yilda 174 ming kishi yoki viloyat aholisining 22,6% tashkil qilgan, 1979 yilda 387 ming kishi yoki 28,7% i, 1989 yilda 559 ming kishi yoki 32,3%, 1999 yili 646,5 ming kishi – 30,0%, 2004-yil 687 ming yoki 29.8 % , 2009-yil 1338.9 ming yoki 53.6 2012 yili 1380,5 ming kishi bo‟lib, viloyat aholisini 53,2% ini tashkil qildi. Viloyat shahar aholisi soni 1959 – 2012 yillarda 1380,4 ming kishiga ko‟paydi. Ayniqsa 1970-1993 yillarda yuqori suratlar bilan o‟sdi. Natijada shahar aholisi salmog‟i 24% dan 32,3 % ga ko‟tarildi. Lekin 1993-2008 yilgacha shahar aholisining o‟sishi bir oz pasaydi. 2008 yil Respublikada urbanizatsiya 37 % ni tashkil qilgan holda Andijon viloyatida atiga 29 % ga teng bo‟lishi muayyan sabablar bilan tavsiflanadi. Ulardan eng asosiylari viloyatda sug‟orma intensiv dexqonchilikni ustunligi, sanoatning yaxshi taraqqiy etmaganligi, tub millat vakillari qishloqlarda yashashni avzal ko‟rishi urbanizatsiya darajasini unchalik yuqori bo‟lmasligiga olib keldi. Lekin sug‟orma dexqonchilik ustun bo‟lgan viloyat uchun urbanizatsiya darajasini past deb baholash bir oz noto‟g‟ri bo‟ladi. Viloyat shaharlari ichida Andijon shahri alohida ajralib turadi. Shahar aholisining umumiy soni 01.01.2013 yil ma‟lumotiga ko‟ra 394,5 ming kishini tashkil etib, viloyat jami aholisining 14,5 %ini, viloyat jami shaharlar aholisining 27,5% i aynan shu shaharga to‟g‟ri keladi. Andijon viloyatining ma‟muriy, sanoat, madaniyat, ilm–fan o‟quv markazi bo‟lib, bu shahar O‟zbekistondagi qadimgi shaharlardan xisoblanadi.

39

Andijon shahar aholisi tezlik bilan o‟smoqda, 1959 yilda 131 ming kishi bo‟lsa, 1979 yilda 230 ming, 1989 yili 293 ming, 1999 yili 334,2 ming, 2008 yili 316.9 ming, 2013 yili 394.5 ming kishiga yetdi. 1979-2012 yillar o‟rtasida shahar aholisi soni 262.9 kishiga ko‟paydi. Andijon viloyatining eng katta va istiqbolli shaharlaridan biri Asaka shahri hisoblanadi. Bu shahar 1938 yildi Temir yo‟lga yaqin Andijon-Farg‟ona yo‟li bo‟yidagi yirik Asaka qishloq o‟rnida Asaka shahri tashkil topgan. O‟zbekiston avtomobil sanoati poytaxtiga aylangan shahar hisoblanadi. Aholisining soniga ko‟ra Shahrixon shahri viloyatning ikkinchi shahriga aylangan. Xozirgi vaqtda Shaxrihon shahrida 65 mingdan ortiq kishi yashaydi. Tuman jami aholisining 28,3% ni, viloyat shaharlari aholisining 5% ni tashkil qiladi. Shuningdek, viloyatning yirik sharlari ichida Poytug‟-25,8 ming kishi, Paxtaobod-34,0 ming kishi, Oxunboboyev-23.8 ming kishi, Xo‟jaobod- 20,1 ming kishi, Marxamat-20,1 ming kishi salmoqli o‟rin tutadi. Andijon viloyati tumanlari ichida urbanizatsiya darajasi bo‟yicha Qo‟rg‟ontepa tumani alohida ajralib turadi. Tuman aholisining 43.8% i shaharlarda yashaydi. Mazkur tumanda yirik sanoat korxonalarining barpo etilishi boshqa tumanlarga nisbatan shaharlar tarmog‟ining rivojlanishiga olib keldi. Bu tumanda viloyatning eng yirik shaharlar toifasiga kiruvchi 2 ta shahar Xonobod (38.5 ming kishi), (32,7 ming kishi) va Qo‟rg‟ontepa (30,4 ming kishi) shaharlari mavjud. Shuningdek Marhamat (79.9%), Andijon (75.4%), Oltinko‟l (53,6%) tumanlarida urbanizatsiya darajasi boshqa tumanlarga qaraganda yuqori (01.01.2013). Hozirgi kunda urbanizatsiya darajasi eng past bo‟lgan tuman bu Ulug‟nor tumani hisoblanib, bor yo‟g‟i 10,5% ni tashkil etadi xalos . O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009-yil 13-martdagi № 68-sonli “O‟zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma‟muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‟shimcha chora tadbirlar to‟g‟risida” gi qarori qabul qilinib, bunda asosiy ko‟rsatilgan maqsad Respublika hamda viloyatlarda urbanizatsiya darajasini oshirishga qaratilgan va shu jarayon amalga oshirildi. [24] 2009 yilda yangi tashkil etilgan shaharlar “ agroshaharlar “ Andijon viloyati qishloq tumanlarining umumiy (demografik) urbanizatsiya ko‟rsatkichini tubdan o‟zgartirdi. Masalan: Oltinko‟l, Ulug‟nor, Baliqchi tumanlarining shahar aholisi butunlay shu yildan boshlab shakillandi. Andijon, Buloqboshi, Marxamat tumanlari shahar aholisining asosiy qismi ham aynan yangi shaharchalar xissasiga to‟g‟ri keladi va faqat Shahrihon, Qo‟rg‟ontepa, Asaka hamda Bo‟z tumanlarida bunday urbanistik to‟lqin kuzatilmadi (12-jadval).

40

Shu yili Respublika bo‟yicha jami 965 ta aholi punktlari shahar va shaharcha maqomiga ega bo‟ldi. Shundan 78 tasi Andijon viloyatiga to‟g‟ri keladi. Ushbu holat viloyat tumanlarida quyidagicha ko`rinishga ega: Andijon tumani -Bo‟taqara, Guliston, Gumbaz, Zavroq, Qoraqalpoq, Kuyganyor, Kunji, Qo‟shariq, Namuna, Og‟ullik, Oqyor, Rovvot, Xartum, Chilon, Chumbo‟g‟ich, Ekin tekin, Yangiobod, Ayrilish. Oltinko‟l tumani- Dalvarzin, jalabek, Ko‟makay, Qo‟shtepa, Madaniy Mehnat, Markaz, Maslaxat, Namuna, Xondibog‟i, Ijtimoiyat, Bo‟ston. Marxamat tumani-Boboxuroson, Qorabo‟g‟ish, Qoraqo‟rg‟on,Ko‟tarma Jalaquduq tumani- Beshtol, Yorqishloq, Jalaquduq, Ko‟kalam, Qo‟shtepa, Oyim Xo‟jaobod tumani- Guliston, Dilkushod, Xo‟jaobod, Ko‟tarma, Manak, Xidirsha Asaka tumani- Kujgan, Navkan, Oqbo‟yra, T. Aliyev. Baliqchi tumani- Baliqchi, Xo‟jaobod, Chinobod, Chinobod markaz. Buloqboshi tumani- Andijon, Uchtepa, Buloqboshi, Shirmonbuloq Paxtaobod tumani- Nodirabegim, Do‟stlik, Izboskan, Pushmon Izboskan tumani- Gurkirav, Maygir, To‟tko‟l, Uzunko‟cha (Chuvama) Shahrixon tumani- Vaxm, Cho‟ja, Segazaqum. Bo‟z tumani- Xoldovonbek, M. Jalolov Qo‟rg‟ontepa tumani-Sultonobod Ulug‟nor tumani- Xonobod shahri- Fozilman Marhamat- Rovot, O‟qchi, Xakka, Boboxuroson, Qorabo`g`ish, Qoraqo`rg`on, Ko`tarma, Marhamat, Xo`jaariq Jami 78 ta shaharchalarning 18 tasi birgina Andijon tumanida joylashgan. Oltinko‟lda ularning soni 11 ta, qolgan tumanlarda esa ozroq, Ulug‟nor hamda Qo‟rg‟ontepa tumanlarida esa atiga bittadan (Oqoltin va Sultonobod) aholi punktlariga shaharcha nomi berildi. Bunday shaharchalar kechagi qishloqlar orasida aholi soni bo‟yicha eng avvalo, Buloqboshi (32,5 ming kishi), Baliqchi (22,9 ming kishi), Chinobod-markaz (22,7 ming kishi), To‟rtko‟l (19,4 ming kishi), Pushmon (19,2 ming kishi), Marxamat (19,0 ming kishi) va boshqalar ajralib turadi. Bu aholi punktlari respublika qishloqlari va yangi shaharchalar ro‟yxatida eng oldingi o‟rinlarda turadi.[24] Umuman olganda, respublikamizda 20 ming va undan ortiq aholisi bor avvalgi qishloqlar hozirgi “agroshaharchalar”ga aylangan, bundan biz Andijon viloyatidagi ayrim xududlarni ko‟rsatishimiz mumkun: Buloqboshi - 32.5 ming kishi, Baliqchi – 22.9 ming kishi va Chinobod

41

markazi – 22.7 ming kishi. Bu agroshaharchalar viloyatda emas balki respublikada ham aholisi eng ko‟p hisoblanadi. Andijon viloyatida hozirgi zamon urbanizatsiyaning muhim formasi – shaharlar aglomeratsiyasi – Andijon aglomeratsiyasi tarkib topmoqda. Aglomeratsiya tarkibiga Andijon, Asaka, Poytug‟ shaharlari va Kuyganyor shaharchasi kiradi. U shimolda Poytug‟ shahridan boshlanib, janubda Asaka shahrida tugaydi. Andijon aglomeratsiyasi monosentrik aglomeratsiya bo‟lib, meridional yo‟nalishda 30 km masofaga cho‟zilgan. Andijon aglomeratsiyasida bugungi kunda salkam 450 ming kishi istiqomat qiladi. 12-jadval O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009-yil 13-martdagi № 68-sonli qarori asosida Andijon viloyatida tashkil etilgan yangi shaharchalar haqida ma‟lumot № Qishloq tumanlari Tashkil etilgan Aholisi, kishi Jami shahar yangi aholisiga nisbatan shaharchalar foizda soni 1 Andijon 18 146631 93,1 2 Asaka 4 22203 28,3 3 Baliqchi 4 61000 100,0 4 Buloqboshi 4 64002 85,1 5 Bo‟z 2 5328 27,1 6 Jalaquduq 6 33978 54,0 7 Izboskan 4 38604 60,4 8 Marxamat 9 91728 82,2 9 Oltinko‟l 11 75058 100,0 10 Paxtaobod 4 34272 52,2 11 Ulug‟nor 1 5185 100,0 12 Xo‟jaobod 6 18683 50,6 13 Shahrixon 3 12800 16,7 14 Qo‟rg‟ontepa 1 18110 23,6 Xonobod sh/k 1 4520 30,2 Jami viloyat bo‟yicha 78 642584 48,0 Jadval Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki aholining joylashuvida turli omillar va geografik o‟rin muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi eng avvalo markazda, yoki suvga yaqin joyda, dehqonchilik 42

qilishga qulay joylarda yashashga intiladi va o‟ta zich joylashadi. Har bir inson borki yaxshi yashash uchun makon tanlaydi. Shuning uchun ham aholining turli joylarda turlicha joylashishi va buning sabablarini aniqlash, aholi yashashi uchun qulay sharoitni yaratish aholi geografiyasining eng muhim vazifalaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining prezidenti I.A.Karimov ta‟kidlaganidek: "Respublikadagi alohida demografik vaziyat o`z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`lini tanlab olishi zarurligini belgilab beruvchi g`oyat muhim xususiyatlardan biridir. O`zbekiston tug`ilish darajasi va aholining tabiiy o`sishi yuqori bo`lgan mamlakatlar jumlasiga kiradi. Keyingi o`n yilliklar mobaynida respublika aholisi har yili o`rtacha xisobda 2,5% ko`payib bordi. Bu esa iqtisodiy o`sish sur‟atiga, ish bilan bandlik muammolarini xal qilishga alohida talablar ko`yadi [2].

III.3.Andijon viloyati qishloq joylar rivojlanishining ijtimoiy-demografik muammolari

Mamlakatimizda kechayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlarning asl mohiyati aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bu borada ayniqsa qishloq joylarda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga e‟tiborni kuchaytirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Ma‟lumki, har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini shu joyda mavjud bo„lgan shart- sharoitlar belgilab beradi. Bu borada infratuzilma ishlab chiqarishning va kishilar faoliyatining umumiy shart-sharoitlarini ta‟minlab beradigan majmua hisoblanadi. Chunonchi, ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ijtimoiy infratuzilma xizmat ko„rsatish va bajarish funksiyasiga ko„ra bir-biridan farq qiladi, ammo har ikkalasida ham aholining moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarini qondirish, namunali xizmat ko„rsatish asosiy vazifalardandir. Aholiga ko„rsatilayotgan madaniy-maishiy, ijtimoiy xizmat gurlari ichida ayniqsa uy-joy, kommunal xizmati sohalarining faoliyatini alohida ta‟kidlash o„rinli bo„ladi. Aynan mana shu tarmoqlar o„rganilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, axolining turmush sharoitini belgilovchi asosiy mezon bo„lib xizmat qiladi. Shu jihatdan aholi o„sishi va rivojlanishidagi muammolarni yoritishda ijtimoiy infratuzilmaning qishloq aholisi turmush sharoitida tutgan o„rnini o„rganish muxim masalalardan biri hisoblanadi [13]. Aholining ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bilan ta‟minlashda bu joylarda mavjud bo„lgan ijtimoiy tarmoqlar xizmatlarini alohida e‟tirof etish lozim. Masalan,

43

aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyadan foydalanish imkoniyatlari shaharlarda kengroq. Tadqiqotlar natijasi shuni ko„rsatadiki, ijtimoiy infratuzilma elementlarining rivojlanish darajasi respublikamizda, jumladan Andijon viloyatida o„ziga xos xususiyatlarga ega. Ayni vaqtda agrar sohadagi islohotlarning negizi qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ijobiy hal etishi, bu joylarda zamonaviy infratuzilma tizimining yaratilishi, aholining moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarini qondirilishi, turmush darajasining yaxshilanishiga yo„naltirilgan. “Andijon viloyati aholisi o`ziga hos harakteri, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan ajralib turadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning so`zlari bilan aytganda, Andijon nafaqat mamlakatimizning, balki butun Markaziy Osiyoning jannatga teng go`shalaridan biri bo`lib, betakror tabiati, sahiy va mard, g`ururli, oriyatli, mehnatsevar kishilari bilan o`ziga munosib nom taratgan”5. Aholi zich yashaydigan viloyat qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish shahar joylarga qaraganda ancha qulay, ammo bu tizimning hozirgi holati qishloqlarda ancha nochordir. Ana shu holatlar viloyat qishloq aholisiga xizmat ko„rsatish, aholi ehtiyojlarini shu joyda qondirish vazifalarini dolzarb qilib qo„yadi. Bundan kelib chiqadiki, ayni vaqtda qishloq aholisi uchun zarur bo„lgan kundalik ahtiyojlar mumkin qadar ular yashaydigan joylarning o„zida qondirilishi lozim. Bu esa qishloq ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning ahamiyatini yanada oshiradi. Aytish joizki, aholi joylashuviga turli tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‟sir ko„rsatgan xolda viloyat aholi hududiy tizimlari joylashuvi o„ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, aholining aksariyat qismi transport va irrigatsiya, gidrografik to„r tizimlari yaxshi rivojlangan mintaqalarda istiqomat qiladi va shunga mos ravishda bu joylarda aholi zichligi ham yuqori. Ta‟kidlab o„tish joizki, aholi joylashuviga transport bilan bir qatorda hududning gidrografik to„ri ham juda katta ta‟sir ko„rsatadi. Buni Asaka, Shahrixon, Qo„rg„ontepa, Izboskan, Jalaquduq tumanlari misolida ko„rish mumkin. Ayni vaqtda transport va irrigatsiya tizimlari yaxshi rivojlanmagan Bo„z, Ulug„nor tumanlarida aks holat yaqqol ko„zga tashlanadi. Shundan xulosa qiblib aytish mumkinki, yer resurslari cheklangan Andijon viloyatida aholining bunday zich yashashi tabiiy hol hisobdanadi. Demak, aholining zichlik ko„rsatkichlari ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishni talab etadi. Ayniqsa, qishloq aholisiga, uy-joy xo„jaligi, kommunal xizmat ko„rsatish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda Andijon viloyati qishloq joylarida yuqorida

5 I.A. Karimov.Jannarmakon Andijon. −T., Toshkent Islom Unversiteti, 2002 44

ko„rsatib o„tilgan tarmoqlarni hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Viloyat qishloq joylarida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning negizini aholi turmush sharoitini yaxshilash, ma‟naviy, ahloqiy va jismoniy jihatdan yosh avlodni sog„lom qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bu borada ayniqsa qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish, ta‟lim-tarbiyani to„g„ri yo„lga qo„yish, aholining salomatligiga e‟tibor qaratish katta ahamiyatga ega bo„lmoqda. Ma‟lumki, ijtimoiy infratuzilma kishilar faoliyatining umumiy shart-sharoitlarini ta‟minlab beradigan majmuadan iborat. Ta‟kidlash kerakki, ishlab chiqarish infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilma bir-biridan farq qiladi. Ammo, har ikkalasida ham aholining moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko„rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, aholiga ko„rsatilayotgan xizmat turlari ichida xususan, kommunal-maishiy xizmat kabi ijtimoiy infratuzilma elementlarini alohida ta‟kidlash o„rinli. Zero, aynan yuqorida aytib o„tilgan sohalar mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining turmush sharoiti va tarzini belgilab beruvchi asosiy mezonlar hisoblanadi. [12]. [13]. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy infratuzilmaning qishloq aholisi turmush sharoitidagi tutgan o„rnini tadqiq qilish ayniqsa hozirgi iqtisodiy sharoitda juda zarurdir. Andijon viloyati qishloq aholi manzilgohlarida ijtimoiy sohalarning rivojlanganlik darajasini bir xil deb bo„lmaydi. Chunki, qishloq aholi manzilgohlari geografik o„rni, ular orasidagi masofaning uzoq-yaqinligi, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik rivojlanishi kabi o„ziga xos xususiyatlarga ega. Andijon viloyati qishloq joylar aholisining ijtimoiy-maishiy rivojlanishining muhim masalalaridan biri aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan kommunal xizmat ko„rsatish hisoblanadi. O„rganishlardan ma‟lumki, aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanish darajasi viloyatda o„ziga xos hududiy xususiyatlarga ega. Viloyatning ayrim qishloqlari geografik joylashgan o„rni yangi o„zlashtirilgan cho„l va tog„ oldi hududlariga to„g„ri keladi. Bunday relef sharoit mazkur suv tarmoqlarini joylashtirishda ma‟lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. O„z navbatida, ko„pgina qishloq aholi manzilgohlarida yashovchi aholi asosan tog„lardan oqib keluvchi soy suvlaridan, tog„ yonbag„irlaridagi buloq suvlaridan iste‟mol qilishadi. Ichimlik suvi bilan bir vaqtda tabiiy gaz bilan ta‟minlash ham qishloq aholisining turmush sharoitini belgilovchi mezonlardan hisoblanadi. Bugungi kunda tabiiy gaz bilan aholini ta‟minlash darajasi respublikada 65 foizga yetgan, va bu ko„rsatkich tez sur‟atlarda o„sib bormoqda. Andijon viloyati miqyosida tabiiy gaz bilan ta‟minlanishi darajasi qishloq joylarga nisbatan shaharlarda yuqori ko„rsatkichlarga ega bo„lsa, qishloq aholi manzilgohlari orasida

45

qishloq fuqarolar yig„ini markazlari, shaharga yaqin qishloqlarda bu vaziyat birmuncha ijobiy mazmun kasb etadi. Qishloq joylar ijtimoiy taraqqiyotda ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan bir qatorda elektr energiya bilan ta‟minlanish alohida o„rin egallaydi. Boshqa ijtimoiy infratuzilma elementlaridan farqli ravishda elektr energiyasi bilan ta‟minlanish eng yuqori ko„rsatkichni tashkil etadi. Respublika viloyatlarida bu ko„rsatkich 93-100 foizni tashkil qilgan holda, u qishloq joylarda o„rtacha 96,6 foizga teng. Andijon viloyatida aholiga xizmat qiluvchi infratuzilma, ya‟ni ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda mahalliy hokimiyat idoralari, o„z-o„zini boshqarish organlari tomonidan ko„rilayotgan chora-tadbirlarni alohida ta‟kidlash joiz. Hozirgi kunda aholini toza ichimlik suvi hamda tabiiy gaz bilan ta‟minlash, qishloqlarni elektrlashtirish, kanalizatsiya tarmoqlarini o„tkazish kabi masalalarga katta e‟tibor berilmoqda. Chunonchi, viloyatda aholini toza ichimlik suvi bilan ta‟minlash 90.7 foizni, tabiiy gaz bilan ta‟minlanish esa 71.8 foizni tashkil etadi. Har bir aholiga o„rtacha 9,8 m.kv. uy-joy to„g„ri keladi [17]. Viloyatda aholini uy-joy bilan ta‟minlash muammosi mavjud, lekin aholini tabiiy gaz hamda ichimlik suvi bilan ta‟minlanish darajasini ijobiy baholash mumkin. Aholining toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanish ko„rsatkichlari bo„yicha Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Oltinko„l, SHaxrixon, Xo„jaobod tumanlari yuqoriligi bilan ajralib tursa, eng past ko„rsatkich Ulug„nor va Marhamat tumanida kuzatiladi (73.0 va 78.4 ). Tahlillar shuni ko„rsatadiki, Andijon tumani aholisining 81.6 foizi, Bo„z tumanining 80.4 foiz aholisi tabiiy gaz bilan ta‟minlangan. Ayni vaqtda, Jalaquduq (44.0 foiz), Izboskan (49,0 foiz) tumanlarida aholini tabiiy gaz bilan ta‟minlash dolzarb masala sanaladi. Aholi punktlarini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‟minlash qishloqlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishning asosi bo„lib xizmat qiladi. Andijon viloyat aholisini markazlashtirilgan suv bilan ta‟minlash 82,4 foizni tashkil qiladi, ammo qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanishi shahar aholisiga nisbatan birmuncha past. Ayni vaqtda ushbu kommunal xizmatdan foydalanish darajasi barcha tumanlarda bir xil ta‟minlangan, deb bo„lmaydi. Masalan, cho„l zonasidagi aholi punktlarida toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanish ancha past.

13- jadval

Andijon viloyati aholisining ijtimoiy infratuzilma elementlari bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari (2012 yil holati bo‘yicha)

46

№ Shahar va tumanlar Qishloq aholi Uy-joy bilan, Ichimlik suvi Tabiiy manzilgohlari soni kv.m bilan, foizda gaz bilan, foizda 1 Andijon sh - 0,1 100 99,4 2 Asaka sh - 0,4 95 93,5 3 Andijon 18 9.2 86.9 81.6 4 Asaka 49 10.0 99.7 67.8 5 Baliqchi 43 10.4 96.8 59.4 6 Buloqboshi 18 7.6 91.5 71.6 7 Bo„z 37 10.0 85.0 80.4 8 Jalaquduq 47 10.0 83.2 44.0 9 Izboskan 50 9.8 80.6 49.0 10 Marhamat 14 13.1 78.4 63.0 11 Oltinko„l 26 11.0 93.9 63.8 12 Paxtaobod 31 9.2 79.3 56.7 13 Ulug„nor 25 9.1 73.0 67.8 14 Xo„jaobod 17 12.0 92.0 61.3 15 Shahrixon 49 9.1 91.9 77.0 16 Qo„rg„ontepa 34 10.0 86.5 53.5 Viloyat bo‘yicha 460 9.8 90.7 71.8 Jadval viloyat statistika Boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzildi.

Marhamat, Paxtaobod, Izboskan, Oltinko„l, Baliqchi tumanlarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanish darajasi o„rtachadan yuqori, lekin shunga qaramasdan tumanlardagi katta qishloqlarda aholi o„zlarining mablag„lari evaziga artizan quduqlarni qazishib, toza ichimlik suviga bo„lgan ehtiyojlarini, biroz bo„lsada, yaxshilash imkoniyatiga ega bo„lishmoqda. Axolining toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanish darajasi 50 foizgacha bo„lgan guruxga Bo„z va Ulug„nor tumanlari, 70-85 foizgacha ta‟minlangan tumanlarga Marhamat, Paxtaobod, Izboskan, Oltinko„l, Baliqchi kiradi, yaxshi va yaxshidan yuqori darajasiga Jalaquduq, Qo„rg„ontepa, Xo„jaobod, Andijon, Asaka tumanlari kiradi. Toza ichimlik suvi Xonobod shahridan Andijon shaxriga yo„nalgan bo„lib, Jalaquduq, Qo„rg„ontepa, Xo„jaobod, Andijon, Asaka tumanlarining bu tarmoqqa bog„langanligi aholiga ancha qulayliklar yaratadi. Ular yuqori darajada markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta‟minlangan. Andijon suv omboridan keladigan suv, suv tindirgichlar orqali o„tib undan keyin oqova suv quvurlari yordamida aholi punktlariga yetkazib beriladi [31]. Tuman markazlaridan tashqari hududlarda yashovchi aholi asosan kanallardan, soylardan, buloq va quduqlardan foydalanishadi. Tuman qishloqlarining markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta‟minlashning imkoniyatini qiyinligi ularning geografik joylashgan o„rniga, tuman markazlari bilan oradagi masofalarning kattaligiga, asosiy ichimlik suvi keladigan yo„nalishga nisbatan ularning teskariligidadir. Bugungi kunda viloyatda 47

axolini ichimlik suvi bilan ta‟minlashda 100 dan ortiq suv manbaidan foydalanilmoqda. Ularning bir kecha-kunduzda suv berish imkoniyati 82,4 foizni tashkil qilib, sutkasiga aholi jon boshiga 150 litrga teng. 4-rasm

Андижон вилояти аҳолисининг уй-жой билан

таъминланиш кўрсаткичлари, кв.м кв.м 14 13,1 12 12 11 10,4 10 10 10 9,8 10 10 9,2 9,2 9,1 9,1 7,6 8

6

4

2 0,1 0,4

0

Бўз

Асака

Улуғнор

Балиқчи

Асака ш

Избоскан Олтинкўл

Андижон

Хўжаобод

Марҳамат Шаҳрихон

Пахтаобод

Жалақудуқ

Қўрғонтепа

Булоқбоши Андижон ш шаҳар ва туманлар

Ma‟lumki, 2005 yil 25 mayda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Farg„ona vodiysi viloyatlarining qo„shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlarida aholining kommunal va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, aholi bandligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan dastur ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq Andijon viloyati qishloq joylarida 216,3 ming kv. m, uy-joy, 420 qatnovga ega bo„lgan 8 ta qishloq vrachlik punkti qurilib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 22 ta qishloq vrachlik punktlarida ta‟mirlash ishlari olib borildi. Aholiga savdo va pullik xizmat ko„rsatishni yanada yaxshilash maqsadida Qo„rg„ontepa, Xo„jaobod, Marhamat, Paxtaobod, Buloqboshi tumanlarida 8 ta savdo shahobchalari bunyod etildi. Hozirgi kunga kelib, viloyatda 10500 ga yaqin savdo, 1135 ta umumiy ovqatlanish, 8764 ta maishiy xizmat shahobchalari faoliyat ko„rsatmoqda. Shunday qilib, Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning o„ziga xos imkoniyatlari mavjud. Masalan, viloyat hududining kichikligi, shahar va qishloq joylar orasidagi masofaning yaqinligi, qishloqlar to„ri hamda tizimining yaxshi shakllanganligini alohida ta‟kidlash mumkin. Shuningdek, transport infrastrukturasining taraqqiy etganligi bilan bir qatorda kommunikatsiya tizimining yaxshi rivojlanganligi qishloq joylarda aholiga xizmat qiluvchi infrastrukturani yanada yuksaltirishga yordam beradi.

48

Aholining madaniy-maishiy xizmat turlariga bo„lgan talabi va ehtiyoji ham zamonga mos holda rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda klublar, stadionlar, kutubxonalar, savdo shaxobchalari, hammom, sartoshxona va boshqalar barcha qishloq aholi manzilgohlarida mavjud. Biroq, ularning nisbiy ko„rsatkichlari, ya‟ni aholi sonining umumiy ta‟minlanish darajasi tumanlarda bir xil emas. Shunday qilib, Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishda qator muammolar mavjud. Ularni ijobiy hal etish bozor munosabatlariga o„tish davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning negizini tashkil etishini alohida ta‟kidlash joiz. Suv quvurlari orqali ichimlik suvi bilan ta‟minlash viloyatning barcha hududlarida ham qoniqarli deb bo„lmaydi. Aholi o„rtasida tozalanmagan oqova suvlardan foydalanish kishilar salomatligiga ta‟sir qilib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, (bezgak, sariq singari yuqumli kasalliklar) bunday holatni, ayniqsa dalalarda qishloq xo„jaligi ekinlariga, tokzorlar va bog„larga kimyoviy ishlov berayotganda ko„p kuzatish mumkin. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so„ng hukumatning aholini toza ichimlik suvi bilan ta‟minlashni yaxshilash borasida olib borayotgan ishlari tufayli viloyatning o„nlab qishloqlariga suv quvurlari orqali toza ichimlik suvlari yetkazilib berilmoqda. Xususan, bolalar bog„chalari, maktablar, shifoxonalar, umumiy ovqatlanish shahobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari ta‟minoti birinchi galdagi vazifalarga kiradi.

5-rasm

49

Andijon viloyati aholisining ichimlik suvi bilan ta`minlanishi, foizda

120 100 99,7 95 96,8 100 91,5 93,9 92 91,9 86,9 85 83,2 86,5 80,6 78,4 79,3 80 73

60 foiz

40

20

0

Bo`z Andijon Baliqchi Oltinko`l Ulug`nor Asaka sh Asaka sh Izboskan Xo`jaobod Andijon sh Buloqboshi Jalaquduq Marhamat Paxtaobod Shahrixon Qo`rg`ontepa hududlar

Viloyatda yuzlab kilometr masofalarga suv quvurlari yotqizilib, markazlashgan toza ichimlik suvi tizimini shakllantirishga katta e‟tibor qaratilmoqda-ki bu ham aholini ijtimoiy muxofaza qilishning bir yo„nalishi hisoblanadi. Axolini tabiiy gaz bilan ta‟minlash ham muxim masaladir. Ayni paytda viloyat axolisini tabiiy gazdan foydalanish darajasi 62 foizga teng. Tabiiy gazga bo„lgan talab shahar joylarda qishloqlarga nisbatan yaxshiroq qondirilyapti. Viloyat hududi bo„ylab tarqalgan gaz tarmoqlarining umumiy uzunligi 6356,9 km,ga teng bo„lib, shundan 5611,2 km gaz quvurlari qishloq aholi punktlariga tortilgan. Axolini tabiiy gaz bilan ta‟minlash Asaka tumanida 80,3%, Shahrixonda 77% va Xo„jaobod tumanida 71,3 foizga teng. Biroq ayrim tumanlarda bu ko„rsatkich pastroq. Mdsalan, Paxtaobodda U 55,0%, Izboskanda 49,4% va Jalolquduqda 43,5 foizni tashkil etadi. 1997-2000 yillarda Xo„jaobod tumanida yirik gaz ombori qurilib ishga tushirilish munosabati bilan aholini gazga bo„lgan ehtiyojini qondirish ancha yaxshilandi. Natijada, Xo„jaobod, Qo„rg„ontepa, Jalaquduq tumanlari aholisining turmush sharoitida qator ijobiy o„zgarishlar yuzaga keldi.

6-racm

50

Andijon viloyati aholisining tabiiy gaz bilan ta`minlanishi, foizda

120

100

80

60 foiz

40

20

0

Bo`z Andijon Baliqchi Oltinko`l Ulug`nor Asaka sh Asaka sh Izboskan Xo`jaobod Andijon sh Buloqboshi Jalaquduq Marhamat Paxtaobod Shahrixon Qo`rg`ontepa hududlar

Ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish masalalari mazkur sohalarni o„rganish yoki tahlil etish bilan chegaralanib qolmaydi, aksincha, barcha aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan madaniy-maishiy, transport, savdo, aloqa kabilar rivojlantirish ham muxim o„rin egallaydi. Sababi-bu xizmat turlari ham aholining kundalik, hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishda asosiy tarmoqlar sanaladi. Jumladan, viloyatda aholini elektr energiyasi bilan ta‟minlash yaxshi yo„lga qo„yilgan. Barcha aholi manzilgohlariga elektr tarmoqlari tortilgan bo„lib, eng chekka qishloqlar ham elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatlariga egadirlar. Andijon viloyat aholisining uy-joy fondi 587,71 ming kv, metrni tashkil qiladi. Ushbu masala mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so„ng birmuncha yaxshilandi. Bunga asosan aholiga shaxsiy uy-joy qurish uchun yer uchastkalarining berilishi, qurilish materiallari bilan ta‟minlanish darajasining yaxshilanishi, aholining o„zi tomonidan maxalliy xom-ashyolardan qurilish materiallarining ishlab chiqarilishi va davlat tomonidan ko„p miqdorda pul kreditlarining berilishi sabab bo„ldi. Umuman olganda : 1. Viloyatning barcha qishloqlariga toza ichimlik suvi bilan ta‟minlaydigan vodoprovodlar tortilmagan. Ijtimoiy sohaning bu tarmog„i asosan chekka qishloqlarda ayanchli ahvolda. Aholi hanuz ariq va zovurlarning suvlaridan iste‟mol qilishadi. Bu esa, o„z navbatida, aholi o„rtasida turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo„ladi. Shu o„rinda, viloyatning hamma qishloq aholi manzilgohlarida toza ichimlik suvi bilan ta‟minlashni yo„lga qo„yish mahalliy hokimiyatlarning kechiktirib bo„lmas vazifalaridan biri bo„lishi kerak1.

51

Viloyatda aholini tabiiy gaz va elektr energiya bilan ta‟minlash asosan sovuq davrlarda yomonlashadi. Buni yaxshilash uchun tabiiy gaz va elektr energiyasini taqsimlash ishlarini tartibga solish va nazoratni kuchaytirish hamda foydalanilgan gaz va energiya xaqqini o„z vaqtida to„lashni yaxshi yo„lga qo„yish lozim. 1 Xodiev B.Yu va boshqalar. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari» nomli asarini o„rganish bo„yicha o„quv qo„llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009. – 120 b.

XULOSA Andijon viloyatining ijtimoiy-demografik rivojlanishida, shu bilan birga viloyat ishlab chiqarish kuchlarini to„g„ri tashkil etishda ijtimoiy sohalarning o„rni benihoya katta. Mavjud statistik ma‟lumotlar asosida viloyat demografik rivojlanishining hozirgi holatini tahlil qilish asosida viloyat ijtimoiy taraqqiyotining ustivor yo„nalishlari quyidagilarda ko„rish mumkin. Shunday qilib, Andijon viloyati demografik vaziyatini tahlil qilish quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: 1. Qishloq joylar demografiyasini tadqiq etish ijtimoiy geografiyaning dolzarb ilmiy yo„nalishlaridan biri bo„lib qolishi lozim. Zero, bunday tadqiqotlarning amaliy yechimlari, taklif va tavsiyalaridan qishloq tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Demografik vaziyat tahlili shuni ko„rsatadiki, Andijon viloyatida aholi soni asosan tabiiy ko„payish hisobiga o„sib bormoqda. Ayniqsa qishloq joylarda aholi sonining o„sishining yuqoriligi xanuz saqlanib qolmoqda. Demak, qishloq joylarning ijtimoiy-demografik rivojlanishi joylarda ijtimoiy infratuzilma tizimi va mehnat bozorini taraqqiy ettirishni taqozo qiladi. 3. Viloyatda ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishda joylarning demografik xususiyatlarining hisobga olgan holda ta‟lim, sog„liqni saqlash, maishiy xizmat ko„rsatish soxalarini jadal rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, “Qishloq” dasturida ham aynan yuqorida ko„rsatib o„tilgan muammolarni hal etishga asosiy urg„u berilgan. 4. Qishloq aholisiga ko„rsatilayotgan ijtimoiy infratuzilma xizmatlari orasida sog„liqni saqlash, umumiy ta‟lim, savdo, uy-joy, kommunal-maishiy, transport, aloqa xizmati kabi sohalar faoliyatini alohida ta‟kidlash joiz. Aynan mazkur tarmoqlar o„rganilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining turmush sharoitini belgilovchi asosiy mezon bo„lib xizmat qiladi. Shu bois ham, ijtimoiy

52

infratuzilmaning qishloq aholisi turmush sharoitida tutgan o„rni va ahamiyatini o„rganish muhim masalalardan biridir. 5. Qishloq aholisini turar-joy bilan ta‟minlash jiddiy masala hisoblanadi. Shu sababli, qishloq joylarda yakka tartibdagi turar joy massivlari qurilishini jadallashtirish, aholining uy-joy sotib olishi uchun qanday tabaqalarga mansubligini hisobga olish muhimdir. Ushbu masala eng avvalo, Respublika Prezidentining “Andijon viloyati turarjoy massivlarining kommunal infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo„yicha 2011-2015 yillarga mo„ljallangan chora-tadbirlar to„g„risida” gi qarori bilan chambarchas bog„liq. Xulosa qilib aytganda, qishloq joylarni iqtisodiy geografik tadqiq etish xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo„lib qolmoqda. Vaholanki, bunday izlanishlar qishloq joylarning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy, demografik va ekologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI

1. Karimov I. A. O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida.-T. : O„zbekiston, 1995. 268 b. 2. Karimov I.A. O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: O„zbekiston, 1997. 326 b. 3. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. –T.: O‟zbekiston, 2008.-46 B.

53

4. Karimov I. A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari. –Toshkent: O„zbekiston, 2009. -53 b. 5. Karimov I. A. O‟zbekiston mustaqillika erishish ostonasida.− T.: O‟zbekiston, 2011. 5-6 B. 6. Andijon viloyati iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi. Statistik to‟plam. – Andijon, 7. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O„zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasi. 8. Ahmedov E.A., Saydaminova . O„zbekiston Respublikasi.Qisqacha ma‟lumotnoma. – T.: O„zbekiston. 1998. -400 b. 9. Jannatmakon Andijon. Toshkent Islom Universiteti, 2002 10. Kodirov R. B. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida mehnat resurslaridan foydalanishning hududiy jihatlari (Andijon viloyati misolida): geogr. fan. nom. ilmiy dar. olish uchun avtoreferat. – Toshkent, 2003. -22 b. 11. Mamajonov M. Andijon viloyati aholisini ijtimoiy muhofaza qilishning geografik jihatlari. geogr. fan. nom. ilmiy dar. olish uchun avtoreferat. – Toshkent, 2004. -26 b. 12. Nazarov M., Tojiyeva Z. Ijtimoiy geografiya. –Toshkent, 2003. -92 b. 13. Ollayorov. N., Jo„rayev. T. Ijtimoiy infrastruktura: uning mohiyati, rivojlanishi va istiqbollari. (nazariy-uslubiy, amaliy muammolar)- T., 1992, 139 b. 14. Soliyev A.Hududiy majmualarning nazariy asoslari.-Toshkent,2007.-90 b. 15. Soliyev A., Qarshibayeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari. –Toshkent, 1999. -181 b. 16. Soliyev A.,Axmedov E., Maxamadaliyev R va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. – T.2003. 304 6. 17. Soliyev A., Bo„riyeva M., Tojiyeva Z., Nazarov M., Muxamedov O., Atajonov M. Qishloq joylar demografiyasi-T., 2005, - 140 b. 18. Soliyev A.S., Nazarov M. O„zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.2009.-212 b 19. Soliyev A.S., Nazarov M., Qurbonov Sh. O„zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. T., 2010. 20. Tojiyeva Z. Iqtisodiy va demografik statistika. O‟quv qo‟llanma. –T., 2002 21. To„hliyev N., Xaqberdiyev K., Ermamatov Sh., Xolmatov N. O„zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – Toshkent, 2006, -279 b. 22. Xodiyev B.Yu va boshqalar. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon

54

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari» nomli asarini o„rganish bo„yicha o„quv qo„llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009. – 120 b. 23. O„zbekiston Respublikasining qishloqlar infrastrukturasi rivojlanishi davlat dasturi.-T.: «O„zistiqbolstat» qo„mitasi.1996. 24. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 martdagi “O„zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma‟muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” gi qarori. 25. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyati turarjoy massivlarining kommunal infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo„yicha 2011-2015 yillarga mo„ljallangan chora-tadbirlar to„g„risida” gi qarori.- T. 2010. 26. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori: « Mustahkam oila yili» Davlat dasturi to`g`risida. Xalq so`zi gazetasi. 2012-yil 28-fevral, № 41(5461) 27. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009 yil 13-martdagi № 68 -sonli qarori. 28. Qishloq taraqqiyoti va farovonligi. (Amaliy qo„llanma).-T.: ”Ilm-ziyo”, 2009. 29. Qodirov R. B. Farg‟ona vodiysi aholisi dinamikasi // Ilmiy xabarnoma. 2010.№2. –B. -47-49. 30. Qodirov R. B. Farg‟ona vodiysida urbanizatsiya jarayoni va unga xos xususiyalar Iqtidorli talabalar va yosh olimlarning Respublika ilmiy-amaliy kanfrensiyasi materiallari. –T., 2010. –B. -105-109 31. Hatamov A., Mamajonov M. Farg„ona vodiysi qishloq infratuzilmasini takomillashtirish // O„zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. № 11-12.-T., 2000.-B.26.

55