Murakkab Relyefli Qishloq Xo'jalik Yerlarini
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI УДК: 332.334.2. (575.121) Қўл ёзма ҳуқуқида PATIDINOV FAZLIDDIN ULUG‘BEK O‘G‘LI MURAKKAB RELYEFLI QISHLOQ XO‘JALIK YERLARINI LANDSHAFTLI TASHKIL ETISHNING USLUBIY MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH (ANDIJON VILOYATI ANDIJON TUMANI MISOLIDA) MAVZUSIDAGI 5А410701 – «Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish» mutaxassisligi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSSERTATSIYA Ilmiy rahbar: Babajanov A.R 1 Toshkent – 2020 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ X O„JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI «Yerdan foydalanish » kafedrasi «Tasdiqlayman» Kafedra mudiri: ____________dots. Babajanov A.R «____» ____________ 20__ й Magistrlik dissertatsiyasi Topshirig’i Magistrant: Patidinov Fazliddin ulug‘bek o‘g‘li 1. Dissertatsiya mavzusi: Murakkab relyefli qishloq xo‘jalik yerlarini landshaftli tashkil etishning uslubiy masalalarini takomillashtirish (andijon viloyati andijon tumani misolida) mavzusidagi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‟jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti rektorining 2018 yi 5 noyabrdagi 1341/т sonli buyrug‟I bilan tasdiqlangan. 2. Magistrlik dissertatsiyasining topshirish muddati: _01.06.2020й.____ 3.Dissertatsiyani bajarish uchun dastlabki ma’lumotlar va asosiy manbalar: 1.Tuman to„g„risida umumiy ma‟lumotlar. 2.Tuman yer balansi. 3.Tumandagi qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlar to„g„risida ma‟lumot. 2 4. Dissertatsiya matnining mazmuni, yechimi talab etilgan masalalar ro‘yxati va ularni bajarish calendar rejasi. Yechimi talab etiladigan masalalarning Bajari № Izoh ro‘yxati va bo‘limlar nomi sh muddati Kirish 1 Landshaftlar to‟g‟risida umumiy ma‟lumot va ularning xususiyatlari. 2 Tuproq eroziyasi, uning murakkab relyefli yerlarga ta‟siri, eroziyaga qarshi tadbirlar va ularning samaradorligi 3 Landshaftni rejalashtirish va yer tuzish. Xulosa va takliflar Ilovalar Foydalanilgan adabiyotlar 5. Garfik yechimlar ro‘yxati (asosiy injinerlik yechimlar chizmalarining nomlari) Mavzuga oid slayd materiallari - _________ sahifadan iborat. 6. Dissertatsiya bo‘limlarining maslaxatchilari Imzo ,sana Bo„l Maslahatchilar Topshiriq Qabul imlar berildi qilindi 7. Topshiriq berilgan sana _______________20__yil Ilmiy raxbar _____________ dots. Babajanov A.R 3 (imzo) Bajarish uchun qabul qildim ______________ Patidinov F.U (imzo) MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING DASTLABKI NUSXASINI TUGALLASH NAMUNASI 1 BOB. Landshaftlar to‟g‟risida umumiy ma‟lumot va ularning xususiyatlari. 2 BOB. Tuproq eroziyasi, uning murakkab relyefli yerlarga ta‟siri, eroziyaga qarshi tadbirlar va ularning samaradorligi 3 BOB. Landshaftni rejalashtirish va yer tuzish. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi. __________________ (imzo) Dissertatsiya “Yerdan foydalanish” kafedrasida 2020 yil «_____» ________da o„tgan dastlabki himoyasida ilmiy rahbar tomonidan berilgan topshiriqlar bajarildi: Ilmiy raxbar: Babajanov A.R. ________ (imzo) Magistrant: Patidinov F.U. tomonidan topshiriqlar qabul qilindi _________ (imzo) 2020 yil «_____» ________ 4 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ X O„JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI Mutaxassisligi: 5А410701-“Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” Kafedra: “Yerdan foydalanish” Ilmiy rahbar: dots. Babajanov A.R. O„quv yili: 2018-2020 Magistratura talabasi: Patidinov F.U. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Muammoning dolzarbligi. Jamiyat ishlab chiqarishining har qanday vositasidan oqilona va samarali foydalanishni yo‟lga qo‟yish, eng avvalo, uning xususiyatlarini bilish hamda shu asosda tashkil etish bilan uzviy bog‟liqdir. Bu qoida, birinchi galda, shunday vositalardan biri xisoblangan yerga, undan foydalanishni amalga oshirishga taaluqli bo‟lib, uning barcha xususiyatlari xossalarini chuqur o‟rganish, ular joylashgan hududning barcha tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xolatlarini xisobga olish ushbu jarayonni samarali tashkil etishga, iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona joylashtirishga imkon beradi. Yerlardan foydalanishni tashkil etish tizizmida ayniqsa, landshaftli xududlardagi qishloq xo‟jaligi ekin maydonlarini to‟g‟ri tashkil etishga alohida e‟tibor beriladi. Gap shundaki, respublikamizning sug‟oriladigan ekin maydonlarining deyarli 1/3 qismi landshaftli birmuncha murakkab bo‟lgan xududlarda joylashgan. Bunday xududlarning nishabligi kata bo‟lgan joylarda suv eroziyasi kuzatiladi. Jumladan “Davyergeodezkadastr” qo‟mitasining bergan ma‟lumotlariga qaraganda, respublika umumiy ekin yerlarining 300,0 5 ming gektari suv eroziyasiga uchraydi.[8] Buning natijasida qishloq xo‟jalik ekinlarining hosildorligi pasayadi. Xususan G‟.A.Temirovning bergan ma‟lumotlariga qaraganda, suv eroziyasiga kamroq uchragan xududlarda paxtaning xosildorligi eroziyaga uchramagan xududlarga nisbatan 10-15,0% ga, o‟rtacha uchragan hududlarda 28-30,0% g ava kuchli darajada uchragan xududlarda 45-50,0% ga pasayadi.[18] Shunday ekan sug‟oriladigan ekin yerlarida yuz beradigan eroziya jarayonlarini oldini olish yoki unga qarshi ma‟lum bir chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda yerlardan foydalanish tizimida qo‟llash bunday jarayonlarni kamaytirish va bartaraf etishga, shu asosda ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligiga imkon beradi. Bu xususda 2019 yil 17 iyunda O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‟jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi “PF/-5742 sonli Farmoni”ga binoan qabul qilingan “Qishloq xo‟jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi”da e‟tirof etilgan. “Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, shamol va garmseldan muhofaza qilish maqsadida biomeliorativ tadbirlar qo‟llashni kengaytirish, ixotazorlar barpo etish va qayta tiklash hamda o‟rmon fondi yerlarida cho‟l-ozuqabop o‟simliklar plantatsiyalari va ularni tashqi ekologik omillardan muxofaza qiluvchi yaylovlarni yaratish”.[9] Darhaqiqat, tuproq eroziyasini oldini olish yoki uni ko‟payib ketishiga qarshi ma‟lum tadbirlar belgilash hamda ularni qishloq xo‟jaligi amaliyotida qo‟llash bo‟yicha ma‟lum tashkiliy ishlarni amalga oshirish istiqbolda katta ijobiy samara beradi. Ma‟lumki, tuproq eroziyasiga qarshi kurash bo‟yicha qator tadbirlar majmuasi yaratilgan va uzoq yillardan beri qo‟llab kelinadi. Bunday tadbirlarga asosan tashkiliy-xo‟jalik, agrotexnik, o‟rmon-meliorativ va gidrotexnik tadbirlar kiradi. Ularni har bir hududning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiyva ekologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalda qo‟llash eroziyani oldini olishda yoki bartaraf etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Albatta, tuproq eroziyasini oldinin olishga yo‟naltirilgan tadbirlarni qo‟llash ma‟lum tashkiliy-xo‟jalik ishlarini bajarilishini ko‟zda tutadi. Bunda hudud uchun maxsus tadbirlarni o‟zida mujassamlshtirgan yer tuzish loyihalari alohida o‟rin egallaydi. Aynan shunday loyihalarni har bir eroziyaga uchragan murakkab landshaftli hududlardagi sug‟oriladigan ekin yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etishga yo‟naltirilgan ichki yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishning ilmiy va uslubiy qirralarini takomillashtirish bo‟yicha tadqiqotlar olib boorish, ular natijalarini amaliyotga joriy etish, so‟zsiz, qishloq xo‟jaligi yerlaridan foydalanish tizimini yaxshilaydi. Aynan ushbu fikr-mulohazalar ilmiy tadqiqot oldiga qo‟yilgan muammoning dolzarbligini ko‟rsatadi. 6 Muammoni o’rganilganlik darajasi. Dissertatsiya ishi murakkab landshaftli hududlarda sug‟oriladigan ekin maydonlarida uchraydigan suv eroziyasiga qarshi tadbirlar ishlab chiqish asosida ular samaradorligini oshirish bo‟yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga bog‟langan. Respublikamizning sug‟oriladigan yer maydonlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish, bunda tuproqlar eroziyasi jarayonlarini o‟rganish va ularni bartaraf etish bo‟yicha ma‟lum tadbirlar majmuasini yaratish, mamlakatda davlat yer kadastrini yuritish, yer tuzish ishlarini o‟tkazish, yer monitoringini olib borish, yerdan foydalanishni uzoq muddatli prognozlash masalalarini doimiy ilmiy va amaliy jihatlardan o‟rganib borish muhim ahamiyatga egadir. Darhaqiqat bu qayd qilingan masalalar bo‟yicha respublikamizdagi va umuman, butun dunyodagi olimlar tomonidan qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va bugungi kunda hali bunday ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yer maydonlaridan foydalanishni tuproqlar eroziyasiga qarshi tadbirlar asosida tashkil etish bo‟yicha Rosssiyalik olimlardan Volkov S.N, Sulin V.A., Zakletin V.Ya., Sarekina O.A., Burixin A.N., Qozog‟istonlik olimlardan Gendelman M.A., Madl Ya.Ya., Tiachuk S.A., Qirg‟izistonlik olimlardan Denisov V.V., Ismoilova Q.Ch., Bayikova A.J., O‟zbekistonlik olimlardan Maqsudov A.K., Akramova L.A., Tolipov G‟.A., Haqberdiyev O.A., Qo‟ziyev R.Q., Avezbayev S.A., Chertovitskiy A.S., Grechixin V.N., Babajanov A.R., Ramazanov O.R. va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini keltirish mumkin. Ularning aksariyat qismi aynan tuproq eroziyasiga qarshi tadbirlar asosida yer maydonlarini tashkil etishga, yer tuzishga, yerlardan foydalanishga, shuningdek tuproqlar eroziyasi jarayonlariga bag‟ishlangan. Ammo, bugungi kundagi iqtisodiy va yer islohotlari yerdan foydalanishning oldingi shaklllarini tubdan o‟zgartirib yubordi, yerga egalik qilish huqulari o‟zgardi, yangi shakldagi qishloq xo‟jalik korxonalari vujudga keldi. Bunday sharoitda landshafti murakkab xududlarda eroziyaga qarshi tadbirlarni qo‟llash asosida sug‟oriladigan ekin yerlaridan