Majolis Un-Nafois (II- Qism) Alisher Navoiy Salotini Izom Va Avlodi
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
Majolis un-Nafois (II- qism) Alisher Navoiy Majolis un-Nafois (II- qism) Alisher Navoiy YETTINCHI MAJLIS Salotini izom va avlodi vojub ul-ehtiromlari zikridakim, ba’zi yaxshi mahallarda xub bayt oʻqubturlarkim, filhaqiqat oʻzlari aytqondek xubdur va ba’zi nazm latoyifiga mashgʻul boʻlubturlarkim, ul dagʻi matlub va margʻubdur Muluk shajarlarining boʻstoni va salotin gavharlarining ummoni, xoqoni jahongiri sohibqiron, ya’ni: Temur Koʻragon(1) — agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe’da oʻqubdurlarkim, aningdek bir bayt oʻqugʻoni ming yaxshi bayt aytqoncha bor. Tabarruk haysiyatidinkim, ul hazratning muborak ismi bu muxtasarda boʻlgʻay va ul latoyifdin biri bila ixtisor qushilur. Mundoq naql qilurlarknm, chun Tabrizda Mironshoh Mirzo(2) chogʻirgʻa koʻp ishtigʻol koʻrguzdi. Dimogʻi va mizoji e’tidol tariqidin inhirof topib, andin nomuloyim amr koʻp surat tuta boshladi. Samarqandda ul hazrat arzigʻa bu nav’ yetkurdilarkim, uch nadimi borkim, mufrit chogʻir ichmakka bois alardurlar. Hukm boʻldikim, tavochi miod bila chopib borib uchalasining boshin keltursun. Alardin biri Xoja Abdulqodir erdi va yana biri Mavlono Muhammad Koxin erdi va yana biri Ustod Qutb Noyi erdi. Tavochi bo-rib ikkisini yasoqqa yetqurdi. Ammo Xoja Abdulqodir qochib qalandar boʻlub, oʻzin devonaliqqa solib mulkdinmulkka mutavori yurur erdi, to ulkim, ul hazrat yana Iroq yurushi qildi. Ul mamolikda Xojaning ul holi ba’zigʻa ma’lum boʻlub, yuqori arz qildilar. Hukm boʻldikim, tutub keltursunlar. Ul hazrat taxtda erdilarkim, Xojai faqirni devonaliqqa qoʻymay, sudrab taxt ilayiga kelturdilar. Andin burunkim, siyosat hukm boʻlgʻay, chun Xojaning kamolotidin biri qur’on hifzi va qiroat ilmi erdi, filhol biyik un bila qur’on oʻqumoq bunyod qildikim, ul hazratning gʻazabi lutfqa mubaddal boʻlub, fazl va kamol ahli sori boqib, bu misra’ni ba vaqt oʻqudikim: Abdol zi biym chang bar mushaf zad(3). Andin soʻngra Xojagʻa iltifot va tarbiyatlar qilib, oʻz oliy majlisida nadim va mulozim qildi. Idrok va fahm ahli bilurkim, yillar balki qarnlarda mundoq latif soʻz voqe’ boʻlmas. To olam ahli bilgʻaylarkim, Sulton sohibqirongʻakim, majolisda paydar-pay xub abyot va yaxshi soʻzlar darmahal voqe’ boʻlur dagʻi. mavrusiydurkim, nisbatin ul jaddi buzurgvorgʻa tuzaturkim, ul birining makoni ravzai jinon va bu biri jahon mulkida jovidon boʻlsun!. Xoqoni Said Shohrux Mirzo(4) kim, avlodi vaamjod orasida sohibqiron otasining qoyim maqomi boʻldi. Ham nazmgʻa mashgʻulluq qilmas erdi, ammo xub bayt va yaxshi soʻzlar 1 library.ziyonet.uz/ Majolis un-Nafois (II- qism) Alisher Navoiy koʻp ul hazratdin ham voqe’ boʻlur erdi. Muni ham bir naql bila ixtisor qililur. Bu faqiri haqir Bobur Sulton muborak tilidin mundoq eshittimkim bir majlisda akobir sari bo-qib Shohrux Mirzodin naql qildilarkim, ustod Qivomiddin me’morgʻa bir imorat jihatidin e’tiroz qilib bir yil mulozamatdin mahrum ekondur. Yil boshida taqvim istixroj qilib bu vasila bila shoyad Mirzoning muborak dindorin koʻra olgʻaymen deb eshikka kelib, sudurni vosita qilib, oni sudur koʻrguzub taqvimin arz qilibturlar, Mirzo tabassum qilib bu baytni oʻqubdurlarkim: Tu kori zaminro naku soxti Ki, bo osmon niz pardoxti(5). Aningdek otadin mundoq oʻgʻul hech ajab emas. Abobakr Mirzo — nabira boʻlur. Bahodirlugʻi va qilichi zarbi Chigʻatoi ulusida mashhurdur. Chun tab’ida nazm choshnisi bor ermish. Hamul bahodirlugʻ tavrida bu tuyuq andin mashhurdurkim: Er kerak oʻrtansa yonsa yolina, Yora yeb yotsa otining yolina. It oʻlumi birla oʻlsa yaxshiroq, Er otonib dushmanigʻa yolina. Agarchi ba’zi alfozi turkonarohdur, ammo tajnisini yaxshi topibdur. Sulton Iskandar Sheroziy ham nabiradur. Saltanat tajammulini, derlarkim salotindin ozi oncha qilmish boʻlgʻay. Yetti yo sakkiz yilliq saltanatida goʻyoki uch ganj topibdur. Mavlono Haydar turkigoʻy, aning modihi ekandur. Bu aning masnaviysidindurkim: Himmat elidur yadi bayzo degan, Er nafasidur dami Iso degan. va Sulton Iskandarni derlarkim, tab’i nazm erdi. Va bu tuyuqni andin naql qilurlarkim: Toʻlun oygʻa nisbat ettim yorumi, Ul xijolatdin kam oʻldi yorumi. Tori moʻyungning zakotin men beray, Yo Misrki, yo Halabni yo Rumi. Burungʻi tuyuqdin bu turkonaroqdur. 2 library.ziyonet.uz/ Majolis un-Nafois (II- qism) Alisher Navoiy Xalil Sulton(6) — hazrat sulton us-salotinning voqeasidin soʻngra Samarqand taxtida saltanat qildi. Zurafo va shuaro majlisida jam’ boʻlurlar erdi. Mashhurdurkim, oʻzi she’r aytur erdi. Andoqkim, devoni ta’rifida Xoja Ismatulloh qasida aytibdur, ammo tilab topilmadi, ushbu matlaidin oʻzgakim: Ey turki pari paykarimiz, tarki jafo qil, Komi dilimiz, la’li ravonbaxsh ravo qil. Ulugʻbek Mirzo(7) — donishmand podshoh erdi. Kamolati bagʻoyat koʻp erdi. Yetti qiroat bila qur’oni majid yodida erdi. Hay’at va riyoziyni xoʻb bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bogʻladi va holo aning ziji oroda shoye’dur. Bovujudi bu kamolot gohi nazmgʻa mayl qilur. Bu matla’ aningdurkim: Harchand mulki husn ba zeri nigini tust, Shoʻxi makunki, chashmi badon dar kamini tust(8). Boysungʻur Mirzo(9) — xushtab’ va saxiy va ayyosh va hunarparvar podshoh erdi. Xattot va naqqosh va sozanda va goʻyandadin muncha benazir kishikim, aning tarbiyatidin orogʻa kirdi, ma’lum emaskim, hech podshoh zamonida paydo boʻlmish boʻlgʻay. Ulcha imkoni bor, olamni xushluq bila oʻtkardi. Derlarkim, bu matla' aningdurkim: Nadidam on du rux, aknun du moh ast, Vale mehrash base bar joni mo hast(10). Taxallusi budurkim: Gʻulomi roʻi u shud Boysungʻur Gʻulomi xubroʻyon podshoh ast(11). Bobur Mirzo — darveshvash va foniy sifat va karim ulaxloq kishi erdi. Himmati olida oltunning dagʻi kumushning tosh va tufrogʻcha xisobi yoʻq erdi. Tasavvuf risolalaridin «Lama’ot»(12) bila «Gulshani roz»(13)gʻa koʻp mash’uf erdi. Tab’i dagʻi nazmgʻa muloyim erdi. Bu ruboiy aningdurkim: Chun bodavu jomro baham payvasti, Medon ba yaqinki, rindi bolo dasti, Jomast shariatu, haqiqat boda Chun jom shikasti, ba yaqin badmasti(14). 3 library.ziyonet.uz/ Majolis un-Nafois (II- qism) Alisher Navoiy Agarchi turkcha nazmlar ham aytur erdikim, barchagʻa qabul erdi. Ammo u bayt ham aningdurkim: Necha yuzung koʻrub hayron oʻlayin, Ilohi, men sanga qurbon oʻlayin. Abdulatif Mirzo(15) — savdoyi mizoj va vasvasiy tab’ va devonasor kishi erdi. Mundin oʻzga dagʻi gʻarib badfe’lliqlari bor erdikim, zikridin behijobliq lozim kelur. Oʻtar dunyo maslahati uchun donishmand va podshoh otasin oʻlturdi. Har oyinakim, saltanat Shiruyagʻa vafo qilgʻoncha anga qildi. Ammo tab’i nazm erdi va she’rni obodon aytur erdi. Bu matla’ aningdurkim: Bar dilu jon sad balo az yak nazar ovard chashm, Chun biguyam shukri in, yo rab, nabinad dard chashm(16). Jahonshoh Mirzo(17) — dagʻi she’r aytur erdi. Bu maqta’ aningdurkim: Az lutfi doʻst yoft haqiqi murod dil, Be jiddu jahdi toatu be minnati amal(18). Ya’qub Mirzo(19) — turkman salotinida aningdek pisandida zotligʻ va hamida sifotligʻ yigit oz boʻlgʻay. Darveshsifat va foniyvash erdi. Bu ruboiy aningdurkim: Olamki, dar u sabot kam mebinam, Dar har tarabash hazor gʻam mebinam, Chun koʻhna rabotestki, az har tarafash Rohe ba biyoboni adam mebinam(20). Sayid Ahmad Mirzo(21) — salim tab’ va pok zehn kishi erdi. Xili mashhur nazmlari bor. Ham gʻazal, ham masnaviy, ham turkiy, ham forsiy gʻazal tavrida devoni bor. Va masnaviy tavrida «Latofatnoma» aningdur. Bu turkcha matlai yaxshi vaqe’ boʻlubturkim: Sayd etti firoqing meni murgʻi sahariydek, Qil odamiyliq, qilma nihon yuzni paridek. Bu forsiy matla’ ham aningdurkim: Maham gar pesh az in pinhon bimonad, Ajab, gar bedilonro jon bimonad(22). 4 library.ziyonet.uz/ Majolis un-Nafois (II- qism) Alisher Navoiy Sulton Ahmad Mirzo — darveshvash, yaxshi axloqlik, pisandida atvorliq, odamisheva kishidur. Ota jonibidin xushtab’liq anga mavrusiydur. Yillar Xuroson taxtida hukumat qildikim, hech kishi andin shikoyat qilmadi va ta’n etmadi. Va Sulton sohibqirongʻa ota mayobasidadur va ikki devon ixtiyori va mulku mol mushorun ilayhi va sipohi va cherik mu’tamaddun alayhi uldur va gohi nazm ham aytur. Bu bayt aningdurkim: Sen kiby shoʻxi sitamgar dunyida paydo qani, Sehr bobida koʻzungdek kofiri yagʻmo qani? Boyqaro Mirzo — bovujudi ulkim, Sulton Sohibqironning tugʻqon ogʻasi erdi. Yillar Balx (qubbat ul-islomiy)da saltanat qildi. Va lekin shikasta nafsliq va kichik koʻngulluk, tavozu’ va ta’zimliq kishi erdi va haqshunosligʻi a’lo martabada erdi. Tab’i dagʻi nazm hul’yasidin muarro emas erdi. Bu matla’ aningdurkim: Zihi tajallii husni tu dar jahon paydo, Va z-in tajallii u gashta joni mo shaydo(23). Kichik Mirzo(24) — xub tab’liq, tez idrokliq, shoʻx zehnlik, qaviy hofizaliq yigit erdi. Oz fursatda yaxshi tolibi ilm boʻldi va koʻproq ulum va funundin oʻz mutolaasi bilan vuquf hosil qildi. She’r va muammoni xub anglar erdi, balki koʻngli tilasa ayta ham olur erdi. Bovujudi bu fazoyil darveshliqlarga moyil boʻlub, Makka ziyorati sharafigʻa musharraf boʻldi. Ammo bagʻoyat mustagʻni kishi erdi. Boʻla olurkim, faqir istigʻnosi erkan boʻlgʻay. Bu ruboiy aningdurkim: Umre basaloh mesutudam xudro, Dar shevai zuhd menamudam xudro. Chun ishq omad kadom zuhdu chi saloh, Alminnatulillah, ozmudam xudro(25). Ba’zi derlarkim, bu ruboiy hazrat Maxdumiy Nuran bila tavorud(26) voqe’ boʻlubtur. Andoq dagʻi boʻlsa ulugʻ davlat turur. Sulton Badiuzzamon Mirzo(27) — husni surat va husni siyrat bila orosta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidin ichmak va bagʻishlamoqda bemonand. Tab’i ham nazm uslubida muloyimdur. Bu matla’ aningdurkim: Mahi man, be guli roʻyat dilam xum gashta chun lola, Jigar ham az