Impact!@!M 'kƄV 'Vd09'kV Factor: 4.757|îðúîüëĀôĆƄûüô üúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020

VOLUME 1, ISSUE 4 1

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020

GEOGRAFIYA: TABIAT VA JAMIYAT | ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО GEOGRAPHY: NATURE AND SOCIETY №4 (2020) DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-0834-2020-4

11.00.00 – GEOGRAFIYA FANLARI

Bosh muharrir: Bosh muharrir o‘rinbosari: Главный редактор: Заместитель главного редактора: Chief Editor: Deputy Chief Editor:

Rafiqov Vahob Asomovich Sharipov Shavkat Muxamajanovich geografiya fanlari doktori, professor geografiya fanlari nomzodi, dotsent

“Geografiya: tabiat va jamiyat” jurnali tahririy maslahat kengashi Редакционный совет журнала “География: природа и общество” Editorial Board of the Journal of Geography: Nature and Society

11.00.01 – Tabiiy geografiya / 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish Физическая география / va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish / Physical geography Охрана окружающей среды и рациональное Urazbayev A.K.– g.f.d., professor использование природных ресурсов / Raxmatullayev A. – g.f.d., professor Enviromental protection and rational Abdunazarov O‘.Q. – g.f.n., dotsent use of natural resources Mirakmalov M.T. – g.f.n., dotsent Rafiqov V.A. – g.f.d., professor Ibragimova R.A. – g.f.n., dotsent Sabitova N.I. – g.f.d., professor Yarashev Q.S. – PhD, dotsent Nigmatov A.N. – g.f.d., professor Sharipov Sh.M. – g.f.n., dotsent 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya / Shamuratova N.T. – g.f.n., dotsent Экономическая и социальная география / Economic and social geography 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya / Tojiyeva Z.N. – g.f.d., professor Геодезия. Картография / Ahmadaliyev Y.I. – g.f.d., professor Geodesy. Cartography Komilova N.K. – g.f.d., professor Safarov E.Y – t.f.d., professor Safarova N.I. – g.f.n., dotsent Egamberdiyev A. – g.f.n., professor Tashtayeva S.K. – g.f.n., dotsent Musayev I.M. – g.f.n., dotsent Egamberdiyeva M.M. - g.f.n., dotsent Muborakov H. – t.f.d, professor Prenov Sh. – PhD 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo / Гидрология суши. 11.00.07 – Geoinformatika / Водные ресурсы. Гидрохимия / Land Геоинформатика / Geoinformatics Hydrology. Water resources. Hydrochemistry Safarov E.Y – t.f.d, professor Hikmatov F.H.– g.f.d., professor Gulyamova L.X. – g.f.n., dotsent Adenbayev B.Y. – g.f.d., dotsent Mirmaxmudov E. – t.f.n., dotsent Myagkov S.V. – g.f.d., professor Abdullayev T.M. – t.f.n., dotsent Yunusov G`.X. – g.f.n., dotsent Qurbonov B.T. – t.f.d, dotsent

11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya / Метеорология. Климатология. Агрометеорология / Meteorology. Climatology. Agrometeorology Egamberdiyev X.T. – DSc, dotsent Abdullayev A.Q. – g.f.d., professor Petrov Y.V. – g.f.n., professor Xolmatjonov B.M. – DSc, dotsent Xolboyev G. – g.f.n., dotsent

Page Maker | Верстка | Саҳифаловчи: Хуршид Мирзахмедов

Контакт редакций журналов. www.tadqiqot.uz Editorial staff of the journals of www.tadqiqot.uz ООО Tadqiqot город Ташкент, Tadqiqot LLC the city of Tashkent, улица Амира Темура пр.1, дом-2. Amir Temur Street pr.1, House 2. Web: http://www.tadqiqot.uz/; Email: [email protected] Web: http://www.tadqiqot.uz/; Email: [email protected] Тел: (+998-94) 404-0000 Phone: (+998-94) 404-0000

2

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020 МУНДАРИЖА / СОДЕРЖАНИЕ / CONTENT

1. Хакимов Кошкар Махкамович ЖОЙ НОМЛАРИДА ТАБИАТ ВА ЖАМИЯТ АЛОҚАДОРЛИГИНИНГ АКС ЭТИШИ……..4

2. Тошбоев Зафаржон Махрамқулович МИРЗАЧЎЛ ВОҲА ЛАНДШАФТЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИ…10

3. Авезов Мухриддин Мақсуд ўғли ЧЎЛ ВА ВОҲА ТОПОНИМЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ҲАМДА ТАРҚАЛИШИДАГИ ҚОНУНИЯТЛАР (БУХОРО ВИЛОЯТИ ТОПОНИМЛАРИ МИСОЛИДА)…………………………………………………………….…..16

4. Ортиқова Иқбола Олимбоевна, Алтибоева Мақсуда ПРЕЗИДЕНТ МАКТАБЛАРИДА ГЕОГРАФИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШНИНГ ИННОВАЦИОН МЕТОДЛАРИ………………………………………………23

5. Khabillayeva Makhliyo, Rahkimova Dildora LINGUISTIC GEOGRAPHY IS AS ONE OF THE MODERN DIRECTIONS OF LINGUISTICS…………………………………………………………………29

6. Махкамов Элёрбек Ғайратович РЕКРЕАЦИЯ ВА ТУРИЗМНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ТАБИИЙ ШАРОИТНИ БАҲОЛАШНИНГ НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ…………………………………………………..34

7. Komilova Nilufar Qarshibayevna, Maxmudov Bahodir Xakimjon o’g’li FARG’ONA VILOYATIDA JINOYATCHILIK TURLARI VA HUDUDIY TAFOVUTLARI…………………………………………….………..38

8. Soyibova Dilovar Yoriyevna XITOY TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLATI……….…44

9. Ibragimova Ra’no Alimbaevna, Pirnazarova Soxiba Axmatovna TEXNOGEN OMILLAR TA’SIRI NATIJASIDA ATROF-MUHITNING O’ZGARISHI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)…………………………………….….50

10. Sharipov Shavkat Muxamajanovich, Mamadiyorov Adhamjon Qo‘chqar o‘g‘li ZOMIN MILLIY TABIAT BOG‘IDA TURISTIK OBYEKTLAR NEGIZIDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI………………………….…57

11. Шамуратова Нигора Тахировна, Жўраева Мавлуда Қудратовна КИТОБ ТУМАНИДА ЭКОТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОРҚАЛИ ҲУДУД ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ ТАРАҚҚИЁТИНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ………..65

12. Авезбаев Саъдулла, Кенжабоев Муродил, Аскаров Жасурбек GPS ВА ГЛАНАСС НАВИГАЦИЯ ТИЗИМЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИБ ИНШООТЛАР ДЕФОРМАЦИЯСИНИ АНИҚЛАШ…………………………………………..70

3

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020

11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Komilova Nilufar Qarshibayevna, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi professori, g.f.d. E-mail: [email protected] Maxmudov Bahodir Xakimjon o’g’li, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti “Geografiya” mutaxassisligi 2-kurs magistranti E-mail: [email protected]

FARG’ONA VILOYATIDA JINOYATCHILIK TURLARI VA HUDUDIY TAFOVUTLARI

http://dx.doi.org/10.26739/2181-0834-2020-4-7

ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Farg’ona viloyatida sodir etilgan jinoyatlar ularning ijtimoiy-geografik jihatlari, jinoyatchilik turlarining hududiy tafovutlari haqida bayon etilgan. Bundan tashqari jinoyatchilik darajasi hamda turlari bo’yicha viloyatning shahar va tumanlari guruhlashtirilgan. Shahar va qishloq joylar jinoyatchiligiga alohida e’tibor berilgan. Mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: jinoyat, jinoyatchilik, shaxsga, mulkka qarshi jinoyatlar, giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar, potensial xavf.

Комилова Нилуфар Каршибаевна, д.г.н., профессор кафедры “Экономическая и социальная география” Национального университета Узбекистана им. Мирзо Улугбека E-mail: [email protected] Махмудов Баходир Хакимжон угли, Магистрант 2-го курса по направлению “География” Национального университета Узбекистана им. Мирзо Улугбека E-mail: [email protected]

ВИДЫ ПРЕСТУПНОСТИ И ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ РАЗЛИЧИЯ В ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ АННОТАЦИЯ В статье описаны преступления, совершенные в Ферганской области, их социально- географические аспекты, региональные различия по видам преступлений. Кроме того, города и районы области сгруппированы по уровню и виду преступности. Особое внимание

38

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020 уделяется городской и сельской преступности. Даны соответствующие выводы и рекомендации по теме. Ключевые слова: преступление, преступления против личности и имущества, преступления, связанные с наркотиками, потенциальная опасность.

Komilova Nilufar, Professor of Economic and social geography department of National University of named after Mirzo Ulughbek E-mail: [email protected] Makhmudov Bahodir Khakimjon ogli, 2nd year master`s degree in the direction of Geography National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulughbek E-mail: [email protected]

TYPES OF CRIME AND TERRITORIAL DIFFERENCES IN REGION

ANNOTATION This article describes the crimes committed in the , their socio-geographical aspects, regional differences in the types of crime. In addition, the cities and districts of the region are grouped by level and type of crime. Particular attention is paid to urban and rural crime. Appropriate conclusions and recommendations on the topic are given. Key words: crime, crimes against the person and property, drug-related crimes, potential danger.

KIRISH VA DOLZARBLIGI Zamonaviy jinoyatchilik tarkibiy qismlarining yaxlitligi, ularning o'zaro bog'liqligi, ma'lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jinoyatlar ko'p xususiyatlarning umumiyligiga qaramay, juda xilma-xildir. Bu obyektning hujum va tayziqqa uchrashi, subyektlarning xulq-atvori, motiv va maqsadlari, dunyoqarashining xilma xilligi, xatti-harakatlarining xususiyatlari, hayotiy vaziyat tarkibidagi farqlar tufaylidir. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda yangi jinoyatchilik turlari paydo bo’layotganini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. Har bir jinoyat turiga qarshi kurashish, chora-tadbirlar ishlab chiqish dunyodagi har bir davlatning xususan, mamlakatimizning muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Insonlarning tinch yashashi, dam olishi, mehnat qilishi bir so’z bilan aytganda, sog’lom ijtimoiy muhitni yaratish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan qaror va farmonlar imzolanishi o’z samarasini bermoqda1. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida jinoyatchilik va uni oldini olishga qaratilgan ishlar keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Biroq, bunday say-harakatlarga qaramasdan mamlakatimizning ba’zi bir viloyat va tumanlarida jinoyatchilikning salmog’i yuqoridir. Ana shunday jinoyatchilik darajasi yuqori bo’lgan viloyatlardan biri bo’lgan Farg’ona viloyatining jinoyatchilik turlari, hududiy tafovutlari, ijtimoiy- geografik jihatlarini o’rganish ushbu ishning asosini tashkil etadi. METODLAR VA O’RGANILISH DARAJASI Jahonda jinoyatchilik geografiyasini shakllanishi va rivojlanishida AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya davlatlarida jinoyatchilikning sabablari va uni oldini olish masalalari bilan shug’ullangan T.Mor, Sh.Monteskyu, F.Bekon, I.Kant, I.Bentham, P.Feyerbax, Ch.Bekariya, A.Ketle, A.M.Gerri, E.Burges, K.Shou, G.Makkay, G.Y.Shnayder, J.Uilks, K.Gerold kabi olimlarni xizmatlari katta bo’ldi. Xususan, jinoyatni o'rganishda hududiy jihatlarni hisobga olgan holda birinchi tadqiqotlar fransuz kriminologi A.M.Garri va belgiyalik sotsiolog A.Ketlega (1833-1835 y) tegishlidir 6. Respublikamizda jinoyatchilik geografiyasi, jinoyatchilik turlarining hududiy jihatlari, geokriminogen vaziyat to‘g‘risidagi dastlabki ilmiy maqolalar A.S.Soliyev va uning shogirdlari tomonidan e’lon qilingan. 2006-yilda professor A.Soliyev ilmiy rahbarligida A.Qayumov

39

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020 “O‘zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari” mavzusida tadqiqot olib borgan. Biroq, bu ish O’zbekiston miqyosida tadqiq qilingan, Farg‘ona viloyati miqyosida to’laligicha geografik jihatdan, hududiy xususiyatlari o‘rganilmagan. Tadqiqotda statistik, qiyosiy tahlil, tizim-tarkib usullaridan foydalanildi. TADQIQOT NATIJALARI O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizda 2019-yilda jami ro’yhatga olingan jinoyatlar soni 46089 tani tashkil etib, bunda 42487 nafar shaxslar ishtirok etgan. Ushbu yilda qayd etilgan jinoyatlar soni eng yuqori ko’rsatkichlari bo’yicha Toshkent shahri (6718 ta), Toshkent (5816 ta) va Farg’ona (5079 ta) birinchi “uchlik” tashkil qilmoqda. Ushbu hududlarda jinoyatlar sonining nisbatan ko‘pligini bir qator sabab va omillar bilan izohlash mumkin. Masalan, aholi zichligi yuqoriligi, etnik jihatdan rang-baranglik, yuqori darajadagi urbanizatsiya, sanoatning ancha rivojlanganligi, yirik sanoat markazlarining mavjudligi va h.k. Shuningdek, bu hududlarda jinoyat sodir etish uchun obyektlar (turli xil resurslar) hamda ma’lum darajada “sharoit” mavjuddir. Yuqorida keltirilgan hududlar ichida Farg’ona viloyati jinoyatchilik turlarining hududiy farqlari bo’yicha o’ziga xos ijtimoiy- geografik xususiyatga ega. Xususan, Toshkent shahri va viloyatida sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismi shahar hududiga to’g’ri kelmoqda. Farg’ona viloyatida esa bunday vaziyat biroz boshqacharoq. Viloyatda jinoyatchilik “keng” miqyosdagi geografiyaga ya’ni, har bir shahar hamda tumanlarda jinoyatchilikning ma’lum bir turi, yuqori ko’rsatkichi bilan ajralib turadi. Farg’ona viloyati prokuraturasi bergan statistik ma’lumotlar tahlili viloyatda jinoyatchilik turlarini quyidagi o’ziga xos hududiy xususiyatlarini aniqlashga imkon berdi2: a) Shaxsga qarshi jinoyatlar xususan qasddan odam o’ldirish jinoyatlarining eng ko’p sodir etiladigan markazi Farg’ona va Qo’qon shaharlari bo’lib, bu yerga 2019-yil davomida ushbu turdagi sodir etilgan jinoyatning har uchtadan biri (31%) to’g’ri keladi. Bundan tashqari O’zbekiston (15.4%) va Furqat (11.5%) tumanlari ham yuqori ko’rsatkichga ega. E’tiborlisi, 2019-yil davomida Quvasoy shahar, , Rishton, Buvayda, va So’x tumanlarida bunday jinoyat qayd etilmagan. Badanga qasddan og’ir jarohat yetkazish, suiqasd qilishga urinish holatlari eng ko’p (viloyatda ushbu turdagi sodir etilgan jinoyatlarning yarmi) Qo’qon, Farg’ona va Marg’ilon shaharlarida kuzatilingan. Tumanlar ichida Beshariq (5.6%), , Uchko’prik va O’zbekiston yuqori ko’rsatkichga ega. Jinsiy erkinlikka qarshi, nomusga tegish kabi jinoyat turlari asosiy markazi Qo’qon shahri (25%), Qo’shtepa va Beshariq tumanlari hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko’ra, nomusga tegish kabi jinoyatlarning asosiy qismi yoz oylarida sodir bo’lishi aniqlangan. b) Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat turlaridan o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish jinoyatlarining asosiy markazlariga Farg’ona, Qo’qon shaharlari, Oltiariq tumanini kiritish mumkin (viloyat bo’yicha ushbu turdagi sodir etilgan jinoyatlarning yarmi). So’x tumanida har 100 ta jinoyatdan 23 tasi (viloyatda 3.1 ta) mazkur jinoyat turiga to’g’ri keladi. Bosqinchilik va talonchilik jinoyatlari eng ko’p tarqalgan hudud Farg’ona shahri hisoblanadi. Mazkur mintaqada ushbu jinoyat turlari respublika o’rtacha ko’rsakichlaridan birmuncha yuqoriligi bilan ajralib turadi. O’g’irlik jinoyati viloyatda eng keng tarqalgan jinoyat turi bo’lib, viloyatning barcha shahar va tumanlarida yuqori ko’rsatkichga ega. Qo’qon shahriga viloyatda sodir etilgan har to’rtta o’g’irlik jinoyatining bittasi to’g’ri keladi. Shuningdek, Farg’ona shahri, Farg’ona va Oltiariq tumanlarida ushbu jinoyatning salmog’i yuqori. Firibgarlik ya’ni aldash yoki ishonchini suiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni qo’lga kiritish jinoyati viloyatda eng ko’p uchraydigan jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. 2019-yil 12 oy davomida viloyatda sodir etilgan jinoyatlarning har beshtadan bittasi ushbu jinoyat turiga to’g’ri keladi. Asosiy markazi Farg’ona (viloyatda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarning 32.6%), Qo’qon (15%) va Marg’ilon (9%) shahri. Har 100 ming aholiga hisoblaganda viloyat bo’yicha o’rtacha 26 ta jinoyat (respublikada 18.6 ta) to’g’ri kelgan holda, eng yuqori Farg’ona (111 ta), Qo’qon (58 ta), Marg’ilon (37 ta), Quvasoy (32 ta) shaharlari hamda Farg’ona (24), Beshariq (22ta) tumanlari, eng past esa So’x (2,6 ta), Furqat (3.4 ta), (7 ta) tumanlari ajralib turadi. c) Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlardan bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish kabi

40

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020 jinoyatlarning asosiy markazi Farg’ona shahri hisoblanadi. Shaharga 2019-yil 12 oy davomida viloyatda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarning har uchtadan bittasi (29.4 %) to’g’ri keladi. Nisbatan yuqori ko’rsatkich bilan Beshariq (15.3 %) tumani hamda Qo’qon shahri (14.1%) ajralib turadi. E’tiborlisi, 2019-yil davomida Farg’ona, Yozyovon va So’x tumanlarida bunday jinoyat qayd etilmagan. d) Giyohvand moddalarni sotish, tayyorlash, saqlash, olib yurish jinoyatlarining asosiy rayoni Qo’qon shahri hisoblanadi. Shaharga 2019-yil 12 oy davomida viloyatda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarning har uchtadan bittasi (32.6 %) to’g’ri keladi. Nisbatan yuqori ko’rsatkich bilan Farg’ona shahri (9.2%), Qo’shtepa (5.6%), Oltiariq (4.7) tumanlari ajralib turadi. Har 100 ming aholiga hisoblaganda viloyat bo’yicha o’rtacha 9 ta jinoyatlar (respublikada 9.9 ta) to’g’ri kelgan holda, eng yuqori Qo’qon (43.5 ta), Farg’ona (10.7 ta) shaharlari hamda Qo’shtepa (10 ta) tumani, eng past esa So’x (2,6 ta), Buvayda (3.1ta), Quva (3.5 ta) tumanlari ajralib turadi. e) Transport vositalarining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o’lim bilan tugagan yo’l transport hodisalari Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon shaharlari hamda Oltiariq, Dang’ara tumanlarida ko’proq uchraydi. Ushbu turdagi jinoyatlarning ko’p uchrashishiga avvalo, yuqori darajadagi tranzit holati, transport tizimining hududda nisbatan zich joylashuvi, shuningdek aholining yo’l harakati qoidalarini bilmaslik kabi omillar ta’sir ko’rsatgan. f) Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlardan poraxo'rlik, mansab vakolatini suiste'mol qilish kabi jamiyat rivojiga rahna soladigan jinoyatlarning asosiy markazi Farg’ona shahri hisoblanadi. Shaharga 2019-yil 12 oy davomida viloyatda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarning 40 % to’g’ri keladi. Nisbatan yuqori ko’rsatkich bilan Qo’qon (8.6%) va Marg’ilon shahri (6.5 %) hamda Farg’ona (6.5 %), Rishton tumanlari ajralib turadi. E’tiborlisi, 2019-yil davomida Quvasoy shahar, Yozyovon va Furqat tumanlarida bunday jinoyat qayd etilmagan. g) Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar xususan soxta tadbirkorlik, qalbaki va qimmatli qog'ozlar yasash, valyuta operatsiyalari qoidalarini buzish, O’zbekiston respublikasi hududiga kirish hamda chiqishdagi kabi jinoyatlarning asosiy markazi Farg’ona tumani hisoblanadi. Tumanga 2019-yil 12 oy davomida viloyatda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarning 22.6 % to’g’ri keladi. Nisbatan yuqori ko’rsatkich bilan Farg’ona (16%), Qo’qon (14 %) va Quvasoy shahri (10.7%) hamda Oltiariq (5 %), Rishton (4.1%) tumanlari ajralib turadi. Farg’ona viloyatida sodir etilgan jinoyat va ularning turlari, jinoyatchilik darajasini tahlili viloyatdagi shahar va tumanlarlarni guruhlashtirishga imkon berdi (1-jadval). 1-jadval Farg’ona viloyatining shahar va tumanlarida jinoyatchilik darajasi hamda turlari bo’yicha guruhlashtirish Jinoyat- Har 100 ming Eng ko’p uchraydigan № Hududlar chilik kishiga jinoyatchilik turlari darajasi jinoyatlar soni Barcha turdagi jinoyatchilik turlari Farg’ona va Qo’qon 1 Juda yuqori 300< uchraydi va yuqori ko’rsatkichga shaharlari ega. Giyohvand moddalar bilan bog’liq Farg’ona, Oltiariq jinoyatlar, firibgarlik, o’g’irlik, 2 tumanlari, Quvasoy va Yuqori 150-200 fohishalik, poraxo’rlik, O'zbekiston Marg’ilon shaharlari Respublikasidan chiqish va kirish, transport bilan bog’liq jinoyatlar Shaxsga qarshi, giyohvand moddalar Qo’shtepa, Beshariq, bilan bog’liq jinoyatlar, talonchilik 3 Quva, Dang’ara, Furqat, O’rtacha 100-149 va bosqinchilik, o’g’irlik, bezorilik, O’zbekiston poraxo’rlik, transport bilan bog’liq jinoyatlar O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan Yozyovon, Uchko’prik, talon-taroj qilish, o’g’irlik, badanga 4 Bog’dod, Rishton, Past 100> qasddan og'ir jarohat yetkazish, Buvayda, , So’x poraxo’rlik

41

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020 Yuqoridagi guruhlarning birinchisi Farg’ona va Qo’qon shaharlarida jinoyatchilikning barcha turlari keng tarqalgan hamda yuqori ko’rsatkichga ega. Hatto, ularning ba’zilari bo’yicha respublikada yetakchi hisoblanadi. 2019-yil davomida viloyatda sodir etilgan jinoyatlarning har uchtadan bittasi bu ikki shaharlarga to’g’ri keldi. Ushbu hududlarda jinoyat sodir etishning ko’pligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatish mumkin:  Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi va urbanizatsiya jarayoning nisbatan yuqoriligi.  Aholining zich joylashuvi va migratsiya jarayonlarining intensivligi.  Aholi milliy tarkibining ko’pligi va turlichaligi.  Aholi orasida ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qo’yilganligi.  Miliy urf-odat aholi e’tiqodining susayib ketganligi  Bozor, park, tungi klub, yirik savdo markazlarining shu hududlarda to’planganligi hamda jinoyat sodir etishga qulay sharoit borligi.  Yuqori darajada tranzit holati, transport tizimi to’rining zich joylashuvi. Umuman, shaharlarda potentsial xavf katta ahamiyatga ega bo'lib, bunda aholining kichkina hududga to'planishi tufayli kichik aholi punktlariga nisbatan jinoyatchilik o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Shaharlarda qishloq joylariga qaraganda jinoyat sodir etish 3-4 marta ko’proq. Chunki qishloq ijtimoiy muhitida barcha bir-birini taniganligi sababli jinoyat qilish, o’g’irlangan narsalarni yashirish yoki sotish kabi hodisalar qiyinroq kechadi. Qishloq joylarda yashovchi aholining turmush darajasi ko’p jihatdan bir-biriga o’xshaydi. Shuningdek, qishloqlarda sodir etilgan jinoyatlar mahalla jamoasi va atrofdagi kishilarning e’tiboriga muhokamasiga sabab bo’ladi. Shaharlarda esa, odatda, aholi o’ta zich, turli millat vakillari yashaydi. Ular aksariyat hollarda ko’p qavatli, an’anaviy qo’shnichilik munosabatlar uncha rivojlanmagan sharoitda istiqomat qilishadi. Ba’zan bir domda yashab bir-birlarini tanimaydilar. Shuningdek, shaharlarda turli hududlardan kelgan aholi ko’pchilikni tashkil qiladi. Budan tashqari, alohida ishchilar yoki talabalar shaharchalarining mavjudligi ham o’ziga xos ijtimoiy muhit va geokriminogen vaziyatni vujudga keltiradi. Shaharlarda bu vaziyat bozor, ko’cha-kuy, vokzal, parklar, bar va tungi klublarda boshqa shunga o’xshash joylar atrofida nisbatan keskinroq bo’ladi 3. Demak, shahar va qishloqqa xos bo’lgan jinoyat turlari mavjud bo’lib, shahar joylarida asosan shaxsiy kvartiralarda sodir etiladigan og’rilik, bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash va sotish, qasddan badanga shikast yetkazish kabilar hisoblansa, qishloqda asosan taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, sotish, mol-qo’y o‘g’irlash, noyob hayvonlarni ovlash, yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallab olish kabilar uchraydi. XULOSALAR Xulosa qilib aytganda, jinoyatchilik ma’lum hududga xos xususiyatlarga ega bo’lib, viloyatida sodir etilgan jinoyatchilik turlarini tahlili shuni ko’rsatdiki, yirik shaharlarda (Far’gona, Qo’qon, Marg’ilon, Quvasoy) deyarli barcha turdagi jinoyatlar yuqori ko’rsatkichga ega. Ushbu hududlarning jinoiy faoliyatida aholi zichligi, urbanizatsiya darajasi, aholining milliy-etnik tarkibi, yuqori darajadagi tranzit holati, iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning ta’siri katta va alohida e’tibor talab etadi. Deyarli barcha qishloq tumanlarida esa o’g’rilik, firibgarlik, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish kabi jinoyatlarning salmog’i yuqori. Shuningdek, Farg’ona, So’x, Rishton tumanlarida iqtisodiy jinoyatlar (xususan, nazorat o’tkazish punktidagi), Dang’ara, Uchko’prik, Qo’shtepa, Quva tumanlarida transport va yo’l harakati bilan jinoyatlar yuqori salmog’ga ega. Ushbu hududlarda profilaktika ishlarini olib borishda yuqoridagi omil va xulosalarni hisobga olish zarur.

Иқтибослар/Сноски/References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833- sonli qarori. T., 2017-yil 14-mart. 2. “Farg’ona viloyati prokuturasining jinoyatchilik bo’yicha statistik ma’lumotlari”. Farg’ona. 2019-yil

42

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020 3. “Farg’ona viloyati statistik axborotnomasi”. Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi.  Farg’ona. 2020-yil 28-yanvar. 4. Qayumov A.A. “O’zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari”. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. Т., 2006-y. 5. Soliyev A, Raxmatov E. “Jinoyatchilik geografiyasining dolzarb masalalari” (Toshkent viloyati misolida). O’zbekiston geografiya jamiyati axboroti. 20-jild. Т., 1999-y. 117-120 s. 6. Сикач К.Ю. Географические факторы динамики преступности на Украине в 1990-2012 гг.: дис. кон. геогр. наук. – Симферополь, 2016. – 213с.

Internet resurslari 7. https://lex.uz/ru/docs/-3141186 8. http://farstat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/4083-demografik-tahlil

43

!@!M 'kƄV 'Vd09'kV|îðúîüëĀôĆƄûüôüúïëôúìąðýþíú|!@!MJ%kƄ:V[M:Q@'Vk№4 | 2020

ISSN 2181-0834

Doi Journal 10.26739/2181-0834

GEOGRAFIYA: TABIAT VA JAMIYAT 1 ЖИЛД, 4 СОН

ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО ТОМ 1, НОМЕР 4

GEOGRAPHY: NATURE AND SOCIETY VOLUME 1, ISSUE 4

Editorial staff of the journals of www.tadqiqot.uz Контакт редакций журналов. www.tadqiqot.uz Tadqiqot LLC the city of Tashkent, ООО Tadqiqot город Ташкент, Amir Temur Street pr.1, House 2. улица Амира Темура пр.1, дом-2. Web: http://www.tadqiqot.uz/; Email: [email protected] Web: http://www.tadqiqot.uz/; Email: [email protected] Phone: (+998-94) 404-0000 Тел: (+998-94) 404-0000

76