Pazandachilik Asoslari
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O’ZBEKISTON XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI M.Z.MURTAZAYEV., M.E.ESHONQULOVA S E R V I S PAZANDACHILIK ASOSLARI O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tavsiyasi bilan darslik sifatida tasdiqlangan o‘quv dasturlariga binoan Davlat grant loyihasi asosida kengaytirib tayyorlangan UMUM O’RTA TA’LIM MAKTABLARINI VI-SINFILARI UCHUN DARSLIK «Fan va texnologiya» nashriyoti TOSHKENT 2012 y UDK_____372.864(075) BBK 74.200.52.M 47 Ya 72. Ushbu darslik mehnat ta’limining pazandashilik asoslari yo‘nalishi bo‘yicha 6- sinflarga mo‘ljallangandir. 6-sinflar uchun ynli va sutli mahsulotlardan taom rayyorlash texnologiyalari hamda o’zbek milliy taomlariga oid dars materiallariga tegishli kengaytrilgan holdagi manbalar mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan. Ushbu darslik Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 62-son umum o‘rta ta’lim maktabi, Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumani № 7–Son umum o’rta Ta’lim Maktabi, Jizzax shahar № 36–son umum o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax tumani № 54-son umum o‘rta ta’lim maktablarining uqityvchilari tomonidan ko‘rib chiqilgan. A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti ilmiy kengashda (2011 yil 29 dekabr, № 4) va Jizzax viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi o’quv uslubiy kengashida (2012yil 14 iyun № 4) nashr etishga tаvsiya qilingan. TAQRIZCHILAR: 1. Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ”Mehnat ta’limi” kafedrasining mudiri dosent B.M.Mironov. 2. Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ”Mehnat ta’limi” kafedrasining mudiri dosent U.M.Maxmudov. 3. Respublika Ta’lim Markazi “Musiqa, san’at, mеhnat ta'limi, Jismoniy kamolat va salomatlik” bo‘limi boshlig‘i Z. Shamsiyeva. 4. Toshkent shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 62- son umum o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi T.P.Poshshaxo‘jayeva.(mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan darsliklarining muallifi). 5. Jizzax shahar № 36 –son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi Z.Turopova. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi). 6. Jizzax tumani № 54-son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi A.Yu.Yuldoshev. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi). 7. Jizzax tumani kasb-hunar kolleji o’qituvchisi M.X.Xydoynazarova. ISBN: 978-9943-10-760-1 «Fan va texnologiya» nashriyoti 2 KIRISH Umum o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limning amaliy samarasini oshirishga o‘quv jarayonini muvofiq tashkil qilish, o‘qitish mobaynida ta’limni usul va formalaridan oqilona foydalanish, o‘quv ustaxona va kabinetlarni talab darajasida jihozlash va ulardan unumli foydalanish, o‘quv dasturlarini milliylikni e’tiborga olgan holda tuzish, milliylik asosida o‘quv darsliklarini yaratish kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Jumladan, mehnat ta’limini barcha yo‘nalishlari kabi “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishni samarali tashkil qilishga oid bo‘lgan muammolar qatoriga milliylik g‘oyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil qilishga qaratilgan o‘quv dasturlari tuzish va shu asosida o‘quv darsliklari yaratish muammolarini kiritish mumkin. Hozirgi kunga qadar mehnat ta’limini “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha mavjud darsliklarda milliylikga etarli darajada e’tibor berilmagan. Shu boisdan xam ushbu darslikka mo‘ljallangan darslikda tuzuvchilar 6-sinflarda o‘quvchilar o‘zlashtirish qobiliyatini hisobga olgan holda unli ba sutli mahculotlardan taomlar ba milliy uzbek taomlariniga tayyorlash texnologiyaslariga oid kengaytirilgan dars materiallari va yil davomida o‘zlashtirish texnologik bilimlarni mustahkamlash uchun yozgi 6 kunlik o‘quvchilarni foydali va unumli mehnat jarayonini tashkil qilishga uslubiy tavsiya va manbalarni aniq bir tizimga keltirishga harakat qilingan. Ushbu darslikining ahamiyati 6-sinflar uchuno‘rgatishga mo‘ljallangan milliylikka asoslangan taomlar ba ularni tayyorlashga oid manbalarni umumlashtirib ma’lum didaktik tamoyil asosida tizimga solishgaharakat qilishganligidandir. Shu nuqtai nazardan keng qamrovli milliylik milliylikka asoslangan dars mantablari bilan to‘ldirilgan 6- sinflar uchun darslik sifatidatayyorlashga bo‘lgan uslubiy urinishlar ilk marotabalaridan biri bo‘lgani xato va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Shu boisdan 6-sinflar uchun mehnat ta’limining “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha darslikda o‘rgatishga mo’ljallangan texnologiyalarga oid keltirilgan manba materiallariga uslubiy fikrlar, mulohazalar, tuzatishlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar bildirishlarni tuzuvchilar o‘rinli deb xisoblab e’tibor qilganlari uchun minnatdorchilik birdirishadi. 3 I-BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. 1.1. INSON ISTE’MOL QILADIGAN OZIQ OVQAT MAHSULOTLAR TARKIBIDA DORIVOR, ZIRAVOR VA OVQATGA ISHLATILADIGAN KISLOTALARNI BO’LISH AHAMIYATI. Insonlarning ovqatlanishida taomlar uchun vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bolalar va umumiy ovqatlanish oziq-ovqatlari hamda konditer mahsulotlari sifatida chiqariladi. A, S, Vb V2 va D vitaminlarining tabiiy manbai bo’lgan yoki shu vitaminlar bilan sun’iy boyitilgan turli mahsulotlardan maxsus tayyorlangan aralashmalar ham mavjud. Masalan, ba’zi bir margarinlar A va D vitaminlari bilan, ba’zi bir un sortlari esa V gruppa vitaminlari bilan boyitilgan holda savdoga chiqariladi. 1 yoshdan oshgan bolalar uchun vitaminlashtirilgan sabzavot un aralashmasi chiqariladi, ularga S vitaminiga boy bo’lgan na’matak qaynatmasi qo’shiladi. Shuningdek, tarkibida ko’p miqdorda karotin (A provitamini) bo’lgan ko’k no’xot, sabzi, ismaloq, o’rik pyurelari, qora smorodina pyuresi, S vitamini bilan boyitilgan sut, A va V gruppa vitaminlari bilan boyitilgan guruch va jigar aralashmalari ishlab chiqarilmoqda. Vitaminlashtirilgan mahsulotlarning ovqatga ishlatilishi organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko’rsatishi va bolalarning yaxshi o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Insonlarning ovqatlanish meyori tarkibida dorivor, ziravor va ayrim kislotalarni bu juda muhimdir. Ziravorlar va dorivorlar tarkibida efir moyi, glikozid, alkaloidlar bor ta’m beradigan mahsulotlardan iborat. Ular o’tkir, xushbo’y, ko’pincha juda achchiq ta’mli bo’ladi. Ziravor va dorivorlar ovqatning ta’m xususiyatlarini yaxshilaydi, oshqozon suvi ajralishini tezlatib, ovqat hazm bo’lishiga yordam beradi. Dorivorlar ovqat ta’mini va xushbo’yligini yaxshilaydi, uning to’yimliligini va hazmliligini oshiradi. Xo’raki xantal, xo’raki erqalampir, mayonez, adjika dorivorlarga kiradi. Dorivorlar oziq-ovqatlarning lazzatini oshirish uchun ishlatiladi. Ko’p ziravorlar ovqatning lazzatinigina emas, balki to’yimliligini ham oshiradi. Keng tarqalgan va uy pazandaligida ko’p ishlatiladigan dorivorlarga vanil, kalampirmunchoq, inbir (zanjabil), kardamon, dafna yaprog’i, murch, kalampir, zira (qora zira) va boshqalar kiradi. Dorivorlar me’da shirasini ko’p ishlab chiqarib, ovqat hazm bo’lishini engillashtiradi. Me’yordan ortiq iste’mol etilgan dorivorlar me’da-ichak organlari uchun zararlaydi. Uy pazandaligida dorivorlar me’yori, odatda oila a’zolarining ta’biga ko’ra aniqlanadi. Dafna bargi soya joyda kuritilgandan keyin yashilroq rangli, quruq bargining uzunligi kamida 3 sm bo’lishi kerak Ta’mi sal achchiq, xushbo’yligi yoqimli. Dafna bargi tarkibida 3% gacha efir moyi bo’ladi. U qog’oz paketlarga 25, 30 va 100 g dan qilib qadoqlanadi. Murch-qalampir to’rt xil bo’ladi: qora murch, oq murch, xushbo’y murch va qizil qalampir. 4 Qora murchsudraluvchi tropik o’simlik dumbul mevasining quritilgan alkoloid, 2% gacha efir moyi bo’lib, murchni shular spesifik o’tkir, achchiq va yoqimli xushbo’y qilib turadi. Sifatli murchning donlari shirasimon (diametri 3-5 mm), burishqoq, qora, yarqiramaydigan, jigar rang tus aralash bo’lishi kerak Yanchilgan murch to’q kulrang kukunsimon mahsul, uning ko’rsatkichlari asosan donador qora murchda ko’rsatkichlarining huddi o’zi. Qora murch universal ziravor bo’lib, u go’shtli, baliqli, sabzavotli ovqatlar tayyorlashda, konserva qilishda ishlatiladi. Xushbo’y murch (qalampirmunchoq, yamay) bu tropik daraxtning dumbulligida quritilgan mevasi. Donlarining yuzasi burishqoq, to’q jigar rang. Sifatli xushbo’y murchning hidi kuchli va qalampirmunchoq, dolchin va muskat yong’oqning hidi aralash murakkab, ta’mi achchig’i bor yoqimli. Qizil qalampir ituzumdoshlar oilasiga mansub papriki o’simligining butunligicha quritilgani yoki quritib kukun qilinganidan iborat. Qizil qalampir tarkibida 1% gacha kapsaisin alkaloid bo’lib, bu uni o’tkir, achitadigan ta’mli qilib turadi. Mayda qizil qalampir ikki - achchiq va sal achchiq turda 25-30 g dan paketchalarga qadoqlangan tarzda chiqariladi. Vanil - tropik arxideyaning kuritib olingan g’o’ra qo’zog’i bo’lib, uning mevasi tarkibida 3% gacha vanilin bor, vanilning juda xushbo’yligi shundan. Vanil jahon bozoridagi eng qimmat ziravorlardan, chunki uni etishtirish qiyin. Shuning uchun hozirgi vaqtda sun’iy almashlovchi - vanilin ishlab chiqariladi. Sun’iy vanilin - bu kristall kukun bo’lib, uning kuchli vanil hidi va o’tkir vanil ta’mi bo’ladi. Ishlatish qulay bo’lishi uchun vanil bilan qand tolqon aralashmasi vanilli qand 2,5 va 3 g dan qo’shqavat qog’oz paketlarga qadoqlab chiqariladi. Uni muzqaymoq, konditerlik mahsulotlari va hokazolar tayyorlashda ishlatiladi. Qalampirmunchoq-bu tropik mamlakatlarda