O'zbekiston Respublikasi Oliy Va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “KIMYO VA UNI О‘QITISH METODIKASI” kafedrasi H.U.Dehqonov, S.A.Movlonova KIMYO (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma) TOSHKЕNT – 2020 Kirish. Kimyo fani mo’jizakor fan. Kimyo fani yutuqlarini har sohada ko’rishimiz mumkin. Kiyib yurgan kiyimimiz, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari, xo’jalik mollari, parfyumeriya sohasi, energetika sohasi va bir qancha sohalarda kimyo fanining o’rni beqiyos. Kimyo fanini o’rganish davomida biz uning qanday fan ekanligini, o’rganilish sohalarini, kimyo fanidagi kimyoviy jarayonlarning reaksiya tenglamalari orqali ifodalanishini o’rganamiz. Hozirgi kunda kimyo fanini o’rganishda kompyuterdan foydalanish, ya’ni demonstratsion tajribalarni kompyuter yordamida tushuntirish talabalarning tasavvur qilish qobiliyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu o’quv qo’llanma pedagogika universitetlarining geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun tasdiqlangan, kimyo о‘quv dasturi asosida tuzilgan bо‘lib, asosiy maqsad nazariy-amaliy va mustaqil mashg‘ulotlarni talabalar tomonidan osonroq о‘zlashtirilishiga qaratilgan, ayniqsa mustaqil bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni sifatli uyushtirish uchun, talabalarni о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash zarur. Hozirgi mavjud qо‘llanmalar asosan rus tilida, о‘zbek tilida chiqqanlari aynan universitet shu yо‘nalish talabalari uchun dastur asosida yozilmagan. Talabalar kurs davomida mustaqil ishlash uchun anorganik birikmalarning nomenklaturasini, tuzilishini, olinish usullarini, fizikaviy va kimyoviy xossalarini sinchkovlik bilan о‘rganishlari talab qilinadi. Buning uchun ular: anorganik moddalar о‘rtasidagi genetik bog‘lanishni, modda molekulasini kimyoviy tuzilishini, elektron tuzilishini, qutblanish va orbitallarni tuzilishini, modda molekulalari о‘rtasidagi boradigan reaksiyalar, reaksiya mexanizmlari, reaksiy turlari, muhitning ta’siri hamda olingan bilimlarni amaliy jihatdan qо‘llay bilishlari kerak.
[Show full text]