ALPOMISH O‘Zbek Xalq Dostoni
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI O‘ZBEK TILI, ADABIYOTI VA FOLKLORI INSTITUTI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI DAVLAT ADABIYOT MUZEYI ALPOMISH O‘zbek xalq dostoni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti davlat korxonasi Toshkent – 2018 Oyina.uz portali kutubxonasi UO‘K: 398.22(=512.133) KBK: 82.3 (5O') Aytuvchilar: Umir baxshi Safarov, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li Yozib oluvchilar: Oxunjon Sobirov, Qosimxon Muhammedov Nashrga tayyorlovchilar: To‘ra Mirzaev Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqul filologiya fanlari doktori, professor A54 (“Alpomish” ”) – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti davlat korxonasi – 2018. – 368 b. ISBN 978-9943-19-485-4 UO‘K: 398.22(=512.133) KBK: 82.3 (5O') “Alpomish” dostonining ko‘plab variantlari mavjud. Bu variantlarning bir qismi chop etilib, xalqimizga taqdim etildi. Ular orasida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li kabi baxshi-shoirlarimizning dostonlari alohida ajralib turadi. Bu dostonlar allaqachon kitobxonlarning eng sevimli kitobiga aylanib ulgurdi. Mazkur jilddan Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktabining yirik vakillari – Umir Safar hamda Avliyoqul Mardonaqul “Alpomish” dostoni variantlari joy olgan. Har ikkala variant ham syujet va motivlarning rang-barangligi, musiqiyligi, ohangdorligi hamda qiziqarli voqealarga boyligi bilan siz aziz o‘quvchilarni bee’tibor qoldirmaydi degan umiddamiz. ISBN 978-9943-19-485-4 © O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti davlat korxonasi Oyina.uz portali kutubxonasi “Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning og‘zaki ijodi – folklor san’atida, doston va eposlarida mujassam topgan bo‘lib, ular millatning o‘zligini anglash, uning o‘ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.” Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 3 Oyina.uz portali kutubxonasi MARDLIK VA JASORAT ULUG‘LANGAN DOSTON O‘zbek xalq dostonlari ichida “Alpomish” o‘zining ko‘plab variant- larga egaligi, vatanparvarlik, sevgi, muhabbat, mardlik va jasorat yuk- sak pardalarda kuylanganligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitobdan janubiy O‘zbekiston dostonchiligining etuk vakil- lari Umir baxshi Safarov va Avliyoqul Mardonaqul o‘g‘illarining “Al- pomish” dostoni variantlari joy olgan. Har ikki variant ham O‘zbekis- ton Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining Folklor arxivida saqlanadi. Ushbu arxivda 1254-inventar raqami ostida saqlanayotgan dastlabki variant1 Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan baxshi Umir Safarovdan 1958 yil 28 iyunda yozib olingan. Yozib oluvchi Oxunjon Sobirov. Qo‘lyozma krill alifbosida bo‘lib, 160 sahifachigacha A4 formatdagi qog‘ozga, 162–382 sahifagacha bo‘lgan qismi esa oddiy daftarga yozib olingan. Dostondagi jami she’riy misra 6012, nasriy qismi esa 6435 qatorni tashkil etadi. Umir Safarovning ijodiy merosi o‘zbek folklorshunosligida etarli da- rajada o‘rganilmagan bo‘lsa-da, ayrim tadqiqotlar mavjud. “Alpomish” 4 dostonining yozib oluvchisi Oxunjon Sobirov va To‘ra Mirzaevning izlanishlari shular jumlasidandir. Doston janubiy voha dostonchilik maktabining g‘oyaviy-badiiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgani bilan juda muhim ahamiyatga ega. Dostonning nasriy bayoni quyidagicha: Qadim zamonda, Qozog‘is- ton tomonda, o‘zbek xalqining Qo‘ng‘irot urug‘idan Boybo‘ri va Boysa- ri degan aka-uka o‘tgan edi. Boybo‘ri va Boysarining otasini Davanbiy, Davanbiyning otasini Alponbiy der edi. Boybo‘ri va Boysari chorvador, ikkovi ham boy kishilar edi. Ikkalasining ham farzandi bo‘lmagani uchun, odamlar ularni kamsitib yurishgan. Kunlardan bir kuni ular birga ovga chiqishadi. Ov paytida Boysari bir kiyikni Boybo‘riga ko‘rsatadi: “Boybo‘ri sen yoshsan, ko‘zing o‘tkir, sen ot”, – deydi. Boysari miltiqda kiyikni otmoqchi bo‘ladi, biroq kiyikning bo‘g‘oz ekanini ko‘rib, irim qilib uni otmaydi. Boybo‘rining xotini Kuntug‘mush, Boysariniki esa Oytug‘mush edi. Ular cho‘lda turib, xotinlari farzand ko‘rishsa, quda bo‘lishni niyat qilishadi. Boybo‘ri o‘g‘il, Boysari qiz ko‘radi. Ikkalasi ham elga to‘y beradi va to‘yda quda bo‘lishni niyat qilganliklarini osh- 1 O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi. Inv . №1254. Oyina.uz portali kutubxonasi kor etishadi. Boybo‘ri o‘g‘lining ismini Hakim, Boysari qizining ismini Oybarchin qo‘yishadi. Hakim suyagi yirik alp yigit bo‘lgani uchun, odamlar unga Alpomish deb nom beradi. Alpomish va Oybarchin bir- ga o‘ynab yurib, Alpomish Oybarchinni shappatlab uradi. O‘rtaga ular- ning onalari tushib, bu voqea katta janjalga aylanadi. Boysari kelib qolib Kuntug‘mushni kaltaklaydi. Keyin Boybo‘ri kelib, Boysarini uradi. Ik- kovi urishib qolgani uchun, Boysari ko‘chib ketishga qaror qiladi. Yorti- boy oqsoqol, Nodir elbegi, Ko‘char elbegi, Shozamon mergan, Chuvdali so‘filar Boybo‘ri va Boysarini chaqirib olishib, maslahat qilishadi. Bir- oq, Boysari ularning maslahatiga quloq solmaydi. Mingta uy ham ular- ga qo‘shilib ko‘chadi. Ular Qalmoq yuritiga oshib boradi. Chilvir de- gan cho‘liga borib joylashadi. Ular qalmoqlarning maysasisiga qo‘yini qo‘yib yuborgani uchun qalmoq dehqonlari kelib, ularni javobgar qiladi. Ular qo‘zilardan besh yuztasini saralab, Toychixon podshoning oldiga olib borishadi. Toychixonning Tunjirxon degan mahrami ularni savol- javob qilib, podshoning huzuriga kirgizadi. Toychixon ularni mehmon ekan, deb gunohidan o‘tadi va dehqonlarni ham soliqdan ozod qiladi. Shunday qilib, Boysari bu erda yetti yil yashaydi. Kunlardan bir kuni Toychixonning uchta mahrami Barchinoyni ko‘rib qolib, uni podshoga maqtab boradi. Podsho uch mahramni Boysarinikiga 5 sovchilikka yuboradi. Boysari nima deb javob aytishini bilmay, elu yurt- dan maslahat so‘raydi. Barchinning maslahati bilan, Boysari podshodan olti oy muhlat so‘raydi. Mahramlar ketgandan keyin, Boysariga Alpo- mishga xabarga kimni yuborishni bilmay turganda, Elomon degan etilib o‘sgan bir pahlavon xizmatkori bo‘lib, xabarga men boraman, deydi. Elomon oziq-ovqatni g‘amlab, piyoda yo‘lga tushadi. Elomon Oqdaryo bo‘yida parcha nonni suvga botirib eb, Dengraz cho‘lida bolaligi esiga tushib, bir muddat turib qoladi. Keyin suv tortayotgan ayollardan suv so‘rab ichadi. Boysari va Oytug‘mush Alpomishdan boshqaga ko‘rinma degani uchun, kechasi Boybo‘rinikiga keladi va unga Boysarining xati- ni beradi. Boybo‘ri xatni o‘qib ko‘rib, xatni xotiniga bekitib qo‘yishni buyurib, Elomonni kechasi yana iziga qaytarib yuboradi. Alpomish oshiq o‘ynab yurganda, oshig‘ining soqqasi Govqiz momoning charxini sindiradi. Uning jahli chiqib, unga qarab: “Zo‘r bo‘lsang qalmoqdan Barchin yoringni borib olib kel”, – deydi. Unga Boysari bilan Boybo‘ri quda bo‘lishga ahdlashganini, Boysarining arazlab ketib qolganini aytib beradi. Alpomish onasidan kelib Barchin to‘g‘risida so‘raydi. Onasi rostini aytmaydi. Uning Qaldirg‘och degan singlisi Boysaridan kelgan xatni topib olib, mazmunini akasiga gapirib Oyina.uz portali kutubxonasi beradi. Alpomish Olpon ko‘lga ot tanlagani boradi. Boybo‘ri Qultoyga tayinlab qo‘ygani uchun, Alpomishni haydab yuboradi. Ot olmasdan ke- layotganini ko‘rgan Qaldirg‘och: “Aka, bir cho‘ponga gaping o‘tmay- digan odam bo‘lsang, qalmoqdan yoringni qanday olib kelasan?” – deb tanbeh beradi. Alpomish jahli chiqib, yana Qultoy oldiga keladi va u bilan kurash tushib, uni engadi. Alpomish tutgan yuganga Boychibor kelib kallasini tiqqach, uni Alpomish uch marta haydab yuboradi. Qul- toy unga: Bu otning tulporligini aytib, shu otni olishni maslahat beradi. Alpomish Qultoydan duo olib, Qaldirg‘och egarlab bergan otda yo‘lga tushadi. Bu orada Elomon kelib Boybo‘rining kelolmasligini Boysariga aytib beradi. Alpomishning kelolmasligi butun elga tarqaydi. Qalmoq shoh esa, yo‘lga Alpomish kelsa o‘tib ketmasin, deb odam qo‘yib qo‘ygan edi. Qalmoqning uchta oti bor edi. Ko‘kqulon sakkiz yoshda, Ko‘kcho‘noq olti yoshda, Ko‘kdo‘nan to‘rt yoshda. Ayniqsa, Ko‘kdo‘nani hammasi- dan zo‘r edi. Ko‘kdo‘nan uch kun ovqat emasdan, kishnab qo‘yadi. Ot- boqar Obdal ham sababini bilmay Ko‘kaldoshga aytadi. Maston quran- doz kampir otning kasali yo‘qligini, Alpomishning qalmoqqa kelganini biladi. Podsho bilan maslahatlashib qalmoq alplarining zo‘ri Qorajonni 6 yo‘lga chiqarishadi. Yuz yo‘l ayrilgan joyda, Alpomish yo‘l izlab kelayotganda Qora- jonga duch keladi. U avvaliga, Alpomishni nazariga ilmaydi. Ikkalasi kurash tushishga chog‘lanadi. Shunda Alpomish: “Biz o‘zbeklarda ku- rash tushishdan oldin ko‘rishish odati bor”, – deydi. Ikkalasi ko‘rishadi. Ko‘rishganda Qorajonning belini sindiradi. Alpomishning zo‘rligini bil- gan Qorajon u bilan do‘st tutinadi. Qorajon uni ergashtirib Nodir Elbe- gining uyiga tushiradi. Elu yurt Alpomishning kelganini bildi, Barchin, Boysaridan suyunchi oldi. Ko‘kaldosh Qorajonning engilib, do‘st bo‘lganini bilib, Alpomish- ning oldiga kelib, uni kurashga chorlaydi. Qorajon uni yo‘ldan qaytar- moqchi bo‘ladi. Biroq, Ko‘kaldosh uning gapiga kirmaydi. Xullas, pod- sho bilan maslahatlashib uchta shartda bellashishga kelishadi. Ot poy- gasi, kurash, oltin qovoqni nishonga urish. Qorajon Alpomish o‘rnidan poygada qatnashmoqchi bo‘ladi. Qalmoq sinchisi hech bir ot Boychi- borga tenglasholmasligini aytadi. Ko‘kaldosh uning bu gapiga achchig‘i kelib, shappatalab urib, ko‘zini ko‘r qiladi. Bolqan tog‘idan otda poyga qilib kelishga chog‘lanishadi. Qorajon gapga kirmagach, qalmoqlar uni shu tog‘da bog‘lab tashlashadi, otning oyog‘iga gulmix urishadi. Bir mahal Qorajon o‘ziga kelib,