toshvil.uz Har bir vazifa – jiddiy e’tiborda Sessiyada “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni ambulator sharoitda aniqlash, tashxis qo‘yish, davolash va reabilitasiya qilish jarayonlarida viloyatning tegishli boshqarma boshliqlari hamda sektor rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqildi. Ushbu masala bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i T. Arziqulov, viloyat davlat sanitariya- epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari A. Sotvoldiyev va boshqa mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Ma’lumotlarda viloyat hududida mavjud 8 ta PSR laboratoriyasida jami 9 ta PSR apparati bo‘lib, ularning kunlik quvvati 2 ming 184 ta tahlilni tashkil etadi. Karantin davrida viloyat aholisi, karantin markazlari, sanitariya nazorat punktlaridan jami 304 684 ta namuna olingan bo‘lib, ulardan 179 510 ta namuna viloyatdagi PSR laboratoriyalari tomonidan tekshirilgan, 1 ming 148 ta namuna esa belgilangan tartibda hamda muddatlarda tekshirish uchun saqlanmoqda.

Joriy yilning 2 avgust holatiga viloyatda koronavirus kasalligi tasdiqlanganlar soni 3 ming 511 nafarni tashkil etib, ularning 1 ming 660 nafari ayol, 1 ming 851 nafari erkaklardir. Kasallanganlarning 2 ming 527 nafari 72 foizi butkul sog‘aydi, 16 nafari, ya’ni, 0,5 foizi vafot etgan.

Ayni paytda jami 5 ming 518 nafar fuqaro maxsus muassasalarda karantinga olingan. Jami 3 ming 990 provizor va gospital o‘rinlar tashkil etilgan, ulardan 2 540 o‘rin provizor (kasallikka gumon qilinganlar). Shundan 1 ming 185 o‘rin faoliyat yuritib, hozirda 604 nafar fuqarolar davolanmoqda, shuningdek, 1 ming 355 zaxira o‘rni tayyorlab qo‘yildi.

Shu bilan birga, barcha shahar va tumanlarda dezinfeksiya ishlari olib borildi. Lekin bu borada ba’zi kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Xususan, oxirgi 1,5 oy mobaynida Angren shahri, Yuqori va Yangiyo‘l tumanlarida maxsus texnika yordamida biron marotaba ham dezinfeksiya ishlari olib borilmagan.

Shuningdek, , Yangiyo‘l shaharlari, Zangiota, , O‘rta Chirchiq, Toshkent, Yangiyo‘l, Piskent tumanlarida epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Xususan, shu yil 1 avgustgacha kasallikni yuqtirish sabablari o‘rganilganida, 3 ming 378 nafar fuqarodan 1 ming 156 nafar (34,2 %) tanish yoki qarindoshlar bilan muloqot natijasida, 664 nafari (19,7 %) ish yoki xizmat joylarida, 434 nafari (12,8%) chet davlatlardan kirib kelish, 693 nafari (18,9%) boshqa holatlarda, 431 nafarida (14,4 %) kasallik manbasi aniq.

Kasallik aniqlangan bemorlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda asosan, virus manbai Toshkent shahri bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, hududlarda karantin talablarini buzgan holda zaruratsiz uydan chiqish, ijtimoiy masofani saqlamaslik, tibbiy niqoblardan foydalanmaslik yoki to‘g‘ri foydalanmaslik, korxona va tashkilotlarda karantin tadbirlarini to‘liq yoki umuman bajarmaslik, yo‘nalishsiz taksilar hamda yo‘nalishli yengil avtotransportlarda yo‘lovchilar tashilishi (Toshkent, Bo‘stonliq tumanlari, Yangiyo‘l shahar va tumani) oqibatida kasallik ko‘payotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bois, tegishli boshqarma boshliqlari, tuman va shahar hokimlariga ahvolni nazoratga olish va zarur chora-tadbirlarni ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i T.Arzikulov, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi direktori A.Sotvoldiyev hamda Nurafshon, Yangiyo‘l shaharlari, Zangiota, Qibray, Toshkent, Yangiyo‘l va Piskent tumanlaridagi sektor rahbarlari ogohlantirildi.

Joriy yilning 3 avgust kuni Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi

1 toshvil.uz

XIV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada bir qator masalalar muhokama qilindi.

Dastlab, mamlakatimiz Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini viloyatda amalga oshirish bo‘yicha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari B. Mullaxonov, Bekobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari F. Xudoyberdiyev, Bekobod shahar prokurori, 2- sektor rahbari F. Mirzayev, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A. Aliasqarov, Piskent tumani DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari A. Abduvaliyevlarning hisobotlari eshitildi.

Ma’lumki, Farmonga ko‘ra, Toshkent viloyatida ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10,0 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tomonidan ajratildi. Mablag‘lar maqsadli va haqiqiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarga yetkazilishini ta’minlash maqsadida barcha tuman va shaharlarning 4 ta sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlarga asosan, oilada 1-3 nafar fuqarolar yashaydigan bo‘lsa, 500 ming so‘mdan, 3 tadan ortiq oila a’zolari istiqomat qilayotgan honadonlarga 1 000 mln.so‘mdan, jami 12 ming 990 ta oilarga 10 mlrd. 611 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Ammo ro‘yxatlarni shakllantirishda ayrim hududlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yildi. Masalan, shahar hamda Piskent, Bekobod, Oqqo‘rg‘on tumanlarida ro‘yxatlar sifatsiz shakllantirilishi natijasida oilalar ro‘yxati bu hududlarda bir necha bor o‘zgartirildi.

– Ba’zi oilalar uchun 100 ming so‘m ham katta pul, – deydi viloyat hokimi Rustam Xolmatov. – Lekin ba’zi sektorlar rahbarlari nochor oilalar ro‘yxatlarini shakllantirishda chalkashlikka yo‘l qo‘yishayotganligini oqlab bo‘lmaydi. Oqibatda ehtiyojmandlar qolib, boshqalarning ham pul olish holatlari kuzatilyapti. Bunday paytda sektorlar rahbarlari odamlarning oldiga o‘zlari borishi kerak. Masalan, bilamiz, Ohangaron tumani katta hudud. Uning ba’zi qishloqlaridan odamlar hozirgi karantin paytida biror bir yumush bilan hokimni izlab kelib, topolmay ketishi mumkin. Aslida hokim va boshqa sektorlar rahbarlari odamlarning oldiga o‘zlari borishlari kerak.

Bugungi kunda, Bekobod tumanida 1 ming 448 nafar ehtiyojmand oilalarga 1 262,5 ming so‘m ajratish uchun ro‘yxatlar shakllantirilgan bo‘lsa, tarqatish jarayonida 353 ta oilaga 311 500 ming so‘m mablag‘ ortiqcha ajratilganligi ma’lum bo‘ldi. Albatta, ortiqcha pullar banklarga topshiriladi.

Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida Olmaliq shahri hamda Piskent, Bekobod, Oqqo‘rg‘on tumanlari sektor rahbarlari ogohlantirildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (B.Mullaxanov), viloyat hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i (I.Xudaybergenov), viloyatdan biriktirilgan vakillar, mahalliy Kengash deputatlari hamda tuman, shaharlar sektor rahbarlari zimmasiga ikki kun muddatda mahallalar kesimida “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini ularning haqiqiy muhtojligi va oila a’zolarining soniga qarab aniqlashtirib, yakuniy ro‘yxatlarni shakllantirish vazifasi yuklatildi.

Viloyat prokuraturasiga aholining muhtoj qatlamlariga moddiy yordamning yetkazilishida mablag‘larning talon-taroj bo‘lishi, ta’magirlik, firibgarlik, vakolatni suiste’mol qilish holatlari bo‘lmasligini nazoratga olish, bunday holatlar aniqlanganda, unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar faoliyatiga huquqiy baho berish, ajratilgan moddiy yordam mablag‘larining manzilli tarqatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, moddiy yordamni taqsimlashni ta’minlovchi hamda uni ommaviy axborot vositalari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof tizim ishlab chiqilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

2 toshvil.uz

3