O'zbekiston Respublikasi Oliy Va O'rta Maxsus Ta'lim
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA USLUBIYOTI KAFEDRASI Qo’lyozma huquqida UDK DAVRONOV NURZOD ISMOILOVICH O’ZBEKISTONDA FUTBOL TARIXI VA ISTIQBOLLARI 5A112001- Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahbar: prof. Botirov X. BUXORO – 2017 1 Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasida bajarilgan Ilmiy rahbar: prof. X.Botirov Rasmiy opponent: p.f.n., dots B.B.Ma’murov Kafeda mudiri: Q.P.Arslonov katta o’qituvchi Magistratura bo’limi boshlig’i: X.Muminov Magistrant: N.I.Davronov 2 MUNDARIJA KIRISH ......................................................................................................... 4 I BOB. O’ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANISh TARIXI. 7 I.1.O’zbekistonda futbol rivojlanishining nazariy asoslari…………………… 7 I.2. Futbolni rivojlantirish imkoniyatlari ........................................................ 25 I bob bo’yicha xulosalar ................................................................................... 29 II BOB. O’ZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISh 30 ISTIQBOLLARI …………………………..……………………………….. II.1. O’zbekistonda erkaklar futbol jamoalarini shaklantirish va ularni 30 tashkil etish. ………………………………………………………………… II.2. Ayollarni futbol jamoalarini shaklantirish va ularni tashkil etish. 48 …………………………………………………………………………………. II bob bo’yicha xulosalar ……….…………………………………………… 66 III BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN FUTBOL MAKTABLARIDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNING TASHKILIY-METODIK ASOSLARI VA SAMARADORLIGI ……........................................... 67 III.1. Ixtisoslashtirilgan futbol maktablarida mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish ……………………………………………………………………… 67 III.2. Futbol mashg’ulotlarini takomillashtirish va uning samaradorlik natijalarini aniqlash ............................................................................... 77 III bob bo’yicha xulosalar................................................................................. 93 Xulosalar.................................................................................................... 94 Tavsiyalar ……………………………………………………………………… 95 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.................................................................... 96 Ilovalar............................................................................................................ 99 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish yo’lidan jadal hamda samarali odimlayotgan respublikamizning hozirgi taraqqiyot bosqichida sanoat va qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yangi pog’onaga ko’tarishning muhim sharoitlaridan biri yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Har tomonlama va barkamol rivojlangan shaxs tizimida jismoniy tarbiya va sport sohasini, xususan futbolni rivojlantirish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Barkamol avlodni tarbiyalash, qobliyatli yoshlarni sportga jalb etish, milliy futbolimizni yanada qo’llab quvvatlash va rivojlantirish uchun shart sharoitlar yaratish, yosh futbolchilarni tanlab olish va ularda profissonal maxorat hamda ko’nikmalarni chuqur rivojlantirishni ta’minlash, shuningdek, ulardan futbol bo’yicha mamlakat klublari va terma jamoalariga ishonchli zahirani shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidneti va Vazirlar Mahkamasining bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu xujjatlarda yosh futbolchilarning nazariy tayyorgarligi va texnik taktik ko’nikmalarni takomillashtirish, professional fazilatlarni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy futbolni rivojlantirish xalqaro talablariga muofiq xolda yosh futbolchilarni tayyorlash jarayonini ilmiy uslubiy tavsiyalar asosida tashkil etish vazifalarni belgilanadi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi istiqbollarini ko’zlagan holda, O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport haqidagi» qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul qilindi. Shundan so’ng, O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qator qonunlari e’lon qilindi: 1. «O’zbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash to’g’risida»gi Qonuni (144-sonli; 18.03.1993). 4 2. «O’zbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini tubdan amalga oshirish to’g’risida»gi Qonuni (27-sonli, 17.01.1996). 3. «O’zbekistonda futbol taraqqiyoti jamg’armasining faoliyatini yaxshilash va uni qo’llab quvvatlash to’g’risida»gi Qonuni 1998-yilning 6-iyulida qabul qilindi. Bu qonun O’zbekistonda futbolni rivojlantirish bo’yicha 2006-yilgacha amalda bo’ladigan milliy dasturga ishora edi. 4. 1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish siyosati aniqlab olindi. O’zbekiston chempionatining Oliy Ligasida hozirga kelib, 16ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yo’llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Shuning uchun ham O’zbekistonda futbolning tarixi va keyingi istiqbol yo’llarini belgilash muammosi dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: O’zbekistonda futbol tarixini o’rganib, futbol o’yini tarixida qo’llanilayotgan zamonaviy usullar, texnik- taktik harakatlarni aniqlash orqali o’zbek futbolini istiqbol yo’llarini belgilash hamda futbolchilarda faoliyat samaradorligi va o’yin natijalari samaradorligini oshirish. Tadqiqot ob’ekti: Arxiv materiallarni o’rganish orqali O’zbekistonda futbol tarixini aniqlash jarayoni. Tadqiqot predmeti: futbol tarixida qo’llangan zamonaviy usul va tezkor taktikalar orqali O’zbekistonda futbol istiqbollarini rivojlantirish yo’llari. Tadqiqot vazifalari: -O’zbekistonda futbol rivojlanishining nazariy asoslarini o’rganib chiqish; -Futbolni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash; - O’zbekistonda erkaklar va ayollar futbol jamoalarini shaklantirish va ularni tashkil etish bo’yicha olib borilgan ishlarni o’rganish. - bolalar va o’smirlar sport maktablarida futbolni rivojlantirish samaradorligini oshirishda maxsus mashqlarni ishlab chiqish va uni amalda qo’llash. 5 Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O’zbekistonda futbol tarixi to’liq va mukammal holda o’rganib chiqiladi. O’zbekistonda erkaklar, ayollar va yoshlar futbol jamoalarini shaklantirish va ularni tashkil etish bo’yicha qilingan ishlar tizimga solinadi. Bolalar futbolini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqotning farazi. Agar O’zbekistonda futbol tarixi to’liq va mukammal holda o’rganib chiqilsa, ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston futboli to’liq yoritilsa, mahallalarda futbolni rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora tadbirlar belgilansa, yosh va iqtidorli futbolchilarni o’z vaqtida aniqlash va tanlash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilsa, yoshlar o’rtasida futbol bo’yicha turli an’anaviy musobaqalar o’tkazib turilsa O’zbekistonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash samaradorligi yanada oshadi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi. O’zbekistonda futbolning tarixi Eduard Avanesov (“O’zbek futboli 80 yoshda”), Gennadiy Krasnitskiy (“O’zbek futboli yuz yoshda”), Mirabror Usmonov (“O’zbekiston futbolining yangi tarixi yozilish arafasida”), R.Akramov (“Yosh futbolchilarni tanlab olish va tayyorlash”) , Sultonov Sh. U. (“Futbol o’yininig paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi”), Yusupov N.M. (“Yuqori malakali futbolchi qizlar tezlik-kuch tayyorgarligining vosita va usullari”) kabilar tomonidan o’rganib chiqilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalari tarixiy manbalarni o’rganish bo’yicha mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini ilmiy- nazariy, uslubiy nuqtai nazardan boyitishga yordam beradi. Ishning xulosa va amaliy tavsiyalaridan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli o’quv yurtlari, jismoniy madaniyat soha fakultetlari, akademik litsey, kasb- hunar kollejlarida “Jismoniy tarbiya va sport tarixi”, “Futbol tarixi”, kabi fanlarni o’qitishda foydalaniladi. Tadqiqotda qo’llaniladigan metodlar: tadqiqot muammosiga doir tarixiy, pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, suhbat, testt, mavzuga doir ish hujjatlarini o’rganish, pedagogik eksperiment savol – javoblar, matematik, statistik metodlar, pedagogik kuzatish. 6 Dissertatsiya tuzilmasining tavsifi. Ish kirish, 3 bob, 6 fasl, xulosa, 80 nomdagi adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, jami 98 sahifani tashkil etadi. I BOB O’ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANISh TARIXI I.1.O’zbekistonda futbol rivojlanishining nazariy asoslari Futbol - O’zbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. Turkistonda futbol so’zi birinchi marta XIX asr boshlarida ya’ni, 1906 yildan buyon qo’llanilib kelinmoqda. O’zbekiston hududida uyushmagan jamoalar birinchi bo’lib Farg’onada paydo bo’ldi. Bunga to’g’rirog’i hududimizga kelgan chet ellik mutaxassislarni Laun – tennis, hamda futbol o’ynashlariga qiziqqan bolakaylarni hizmati katta. Albatta, charm boshmoq nimaligini bilmagan bolakaylar uchun to’pni orzu, tasavvur qilish ham qiyin edi. Shunga qaramay ishtiyoqmand bolalar ikki do’ppini ichiga latta – puttani solib, o’rtasidan uni tikib o’zlariga koptok yasab olganlar. «Millionlar o’yini» deb atalayotgan mazkur o’yin «kasalligi» bilan Farg’ona va Qo’qonning butun aholisi «og’rigan» edi. O’zbek futboli tarixidagi ilk