Navoiy Viloyati Statistika Boshqarmasi
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi m NAVOIY VILOYATININGINING CHAKANA SAVDO TOVAR AYLANMASI (2019 yil yanvar-маy*) Navoiy viloyati bo`yicha joriy yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 2466,6 mlrd. so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 % ga o`sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 300,5 mlrd. so`mni (o`sish sur`ati 80,3 %), kichik tadbirkorlik sub`ektlarining tovar aylanmasi 2166,1 mlrd. so`mni (o`sish sur`ati 1,5 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 345,5 mlrd. so`mni (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 9,7 % ga kamaygan) tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi hajmiga ijobiy ta'sir ko’rsatgan viloyat hududlari qatoriga Navoiy shahri, Karmana tumani, Qiziltepa tumani, Xatirchi tumani va Zarafshon shahrini misol keltirishimiz mumkin. Hududlar kesimida (mlrd.so’m) chakana savdo tovar aylanmasi hajmi, ____________________ *-dastlabki ma’lumotlar 1 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi 2018 yilning shu davriga nisbatan viloyatning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o`sish sur`atlari kuzatilib, nisbatan o`sish sur`atlari Navoiy shahri, Xatirchi, Tomdi, Karmana tumani, Navbahor, tumanlarida qayd etildi. Shuningdek, eng yuqori ko’rsatkich viloyatda Navoiy shahriga va aksincha eng past ko’rsatkich Uchquduq tumaniga to’g’ri kelmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasining o’sish sur’atlari, % 2 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Kichik tadbirkorlik va yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasidagi hajmi Jamidan Jami Yirik Kichik Ulushi, Ulushi, (mlrd.so`m) korxonalar tadbirkorlik %da %da (mlrd.so`m) (mlrd.so`m Navoiy viloyati 2466,6 300,5 12,2 2166,1 87,8 shahar va tumanlar: Navoiy shahar 958,3 284,4 29,7 673,9 70,3 Zarafshon shahar 184,6 2,9 1,6 181,7 98,4 Karmana tuman 391,6 1,1 0,3 390,5 99,7 Konimex tuman 65,8 0,4 0,5 65,4 99,5 Qiziltepa tuman 284,5 3,9 1,4 280,6 98,6 Navbahor tuman 124,7 0,4 0,3 124,3 99,7 Nurota tuman 85,2 1,1 1,3 84,1 98,7 Tomdi tuman 15,2 0,1 0,8 15,1 99,2 Uchquduq tuman 88,5 0,3 0,4 88,2 99,6 Xatirchi tuman 268,2 5,9 2,2 262,3 97,8 Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 80,3 % ga o`sdi va 300,5 mlrd. so`mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 12,2 % ulushiga to`g`ri keladi. Kichik tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko`ra, 2166,6 mlrd. so`mni tashkil etib, 2018 yilning yanvar-may oylariga nisbatan 1,5 % ga o`sdi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 87,8 % ga teng kelmoqda. 3 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Chakana savdo tovar aylanmasida yirik korxonalar va kichik tadbirkorlikning ulushi, % Joriy yilning yanvar-may oylari tahliliy natijalariga qaraganda, chakana savdo tovar aylanmasida kichik tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi bo`yicha Navbahor (99,7%), Karmana (99,7%), Uchquqduq (99,6%), Konimex (99,5%) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 12,2 % ni tashkil etib, eng katta ulush asosan Navoiy shahrida (29,7 %), Xatirchi tumani (2,2 %) kuzatilgan. 4 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Mulkchilik shakli bo’yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi, (mlrd.so’m) Jami Nodavlat mulki Davlat mulki Navoiy viloyati 2466,6 2462,9 3,7 shahar va tumanlar: Navoiy shahar 958,3 954,6 3,7 Zarafshon shahar 184,6 184,6 - Karmana tuman 391,6 391,5 0,05 Konimex tuman 65,8 65,8 - Qiziltepa tuman 284,5 284,5 - Navbahor tuman 124,7 124,7 - Nurota tuman 85,2 85,2 - Tomdi tuman 15,2 15,2 - Uchquduq tuman 88,5 88,5 - Xatirchi tuman 268,2 268,2 - Mulkchilik shakli bo’yicha chakana savdo tovar aylanmasi ulushi, (%) 2018 yil yanvar-may 2019 yil yanvar-may 5 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Yuqoridagi solishtirma diagrammalardan ko’rinib turibdiki, mulkchilik shakli bo’yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmining asosiy qismi nodavlat mulki hisoblanib, 2019 yil yanvar-may oylarida 2462,9 mlrd.so’mni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan (umumiy hajmga nisbatan ulushda) 0,06 foizga kamaydi. Xuddi shuningdek, mulkchilik shakli bo’yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi davlat mulki 2019 yil yanvar-may oylarida 3,7 mlrd.so’mni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan (umumiy hajmga nisbatan ulushda) 0,01 foizga ko’paydi. 6 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Chakana savdo tovar aylanmasi hajmida katta ulushga ega bo’lgan Navoiy shahri (38,8 foiz), Karmana tumani (15,9 foiz), Qiziltepa tumani (11,5 foiz), Xatirchi tumani (10,9 foiz), va Zarafshon shahri (7,5 foiz) chakana savdo tovar aylanmasining o'sishiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Jumladan, 2019 yilning yanvar-may oylari mobaynida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,5 % ni tashkil etib, 61,5 mlrd. so`mga yetdi yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 % o`sishga erishildi. Bunda jami savdo aylanmasining 89,4 % ulushi kichik tadbirkorlik sub`ektlari ulushiga to`g`ri kelmoqda. Hududlar kesimida ovqatlanish tashkilotlari savdo aylanmasi hajmi (mlrd. so’m) 7 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Shuningdek, ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi 6,5 mlrd. so`mni (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 % ga ko’paygan), kichik tadbirkorlik sub`ektlarining tovar aylanmasi 55,0 mlrd. so`mni (o`sish sur`ati 3,7 %), tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibidagi ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi hajmiga ijobiy ta'sir ko’rsatgan viloyat hududlari qatoriga Navoiy shahri, Karmana tumani, Zarafshon shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlarini misol keltirishimiz mumkin. Mulkchilik shakli bo’yicha ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi,(mlrd.so’m) Jami Nodavlat mulki Davlat mulki Navoiy viloyati 61,5 59,4 2,1 shahar va tumanlar: Navoiy shahar 26,9 24,9 2,0 Zarafshon shahar 7,6 7,6 - Karmana tuman 10,5 10,5 0,05 Konimex tuman 1,1 1,1 - Qiziltepa tuman 4,6 4,6 - Navbahor tuman 1,9 1,9 - Nurota tuman 1,3 1,3 - Tomdi tuman 0,6 0,6 - Uchquduq tuman 2,1 2,1 - Xatirchi tuman 4,7 4,7 - 8 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Navoiy viloyatida mulkchilik shakli bo’yicha ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi ulushi, (%) 2018 yil yanvar-may 2019 yil yanvar-may Yuqoridagi solishtirma diagrammalardan ko’rinib turibdiki, mulkchilik shakli bo’yicha ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi hajmining asosiy qismi nodavlat mulki hisoblanib, 2019 yil yanvar-may oylarida 59,4 mlrd.so’mni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan (umumiy hajmga nisbatan ulushda) 0,1 foizga kamaydi. Xuddi shuningdek, mulkchilik shakli bo’yicha ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi hajmidagi davlat mulki 2019 yil yanvar-may oylarida 2,1 mlrd.so’mni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan (umumiy hajmga nisbatan ulushda) 0,1 foizga ko’paydi. 9 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi NAVOIY VILOYATININGINING ULGURJI SAVDO TOVAR AYLANMASI (2019 yil yanvar-may*) 2019 yil yanvar-may oylarida viloyat bo`yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 863,9 mlrd. so`mni tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga nisbatan 93,2 foizni tashkil etdi. Hududlar kesimida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi , (mlrd.so’m) Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmiga to`g`ri kelib, mazkur hajm 2019 yil yanvar-may oylari yakunlariga ko`ra, 457,9 mlrd. so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 84,8 %ni tashkil qildi. Ushbu sektorning umumiy ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi esa 53,0 %ni tashkil qilmoqda. ___________________ *-dastlabki ma’lumotlar 10 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Ulgurji savdo tovar aylanmasining tarkibida kichik tadbirkorlik sub`ektlari aylanmasining ulushi esa 47,0 % ni tashkil etdi. 2018 yilning shu davriga nisbatan viloyatning barcha hududlarida ulgurji savdo tovar aylanmasining o`sish sur`atlari kuzatilib, nisbatan o`sish sur`atlari Karmana tumani, Xatirchi tumani, Qiziltepa tumani, Zarafshon shahri, Nurota tumanlarida qayd etildi. Shuningdek, eng yuqori ko’rsatkich viloyatda Karmana tumaniga va aksincha eng past ko’rsatkich Navoiy shahriga to’g’ri kelmoqda. Ulgurji savdo tovar aylanmasining o’sish sur’atlari, % 11 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Quyidagi jadval ma’lumotlari tahlili asosida viloyatda faqatgina Navoiy shahrida va Xatirchi tumanida yirik korxonalar tomonidan ulgurji savdo tovar aylanmasi mavjud bo’lib, qolgan 8 ta hududda asosan ulgurji savdo tovar aylanmasi kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, shahar va tumanlar orasida eng yuqori ulgurji savdo tovar aylanmasiga ega bo’lgan hudud bu Navoiy shahri bo’lib, uning tovar aylanmasi 591,3 mlrd.so’mni tashkil etadi (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 88,5 % ni tashkil qiladi. Ulgurji savdo tovar aylanmasida yirik korxonalar va kichik tadbirkorlikning hajmi Kichik Yirik Jami Ulushi, Ulushi, korxonalar korxonalar (mlrd.so`m) %da %da (mlrd.so`m (mlrd.so`m) Navoiy viloyati 863,9 406,0 47,0 457,9 53,0 Navoiy shahar 591,3 133,8 22,6 457,5 77,4 Zarafshon shahar 22,5 22,5 100,0 - - Karmana tuman 151,8 151,8 100,0 - - Konimex tuman 4,7 4,7 100,0 - - Qiziltepa tuman 28,9 28,9 100,0 - - Navbahor tuman 32,0 32,0 100,0 - - Nurota tuman 3,3 3,3 100,0 - - Tomdi tuman 0,9 0,9 100,0 - - Uchquduq tuman 5,7 5,7 100,0 - - Xatirchi tuman 22,7 22,3 98,2 0,4 1,8 12 Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi Hududlar kesimida mulkchilik shakli bo’yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi, (mlrd.so’m)