Samarqand-2018
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 5112000 Jismoniy madaniyat fakulteti Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi «GIMNASTIKA VA UNI O’QITISh USLUBIYATI» fanidan 2 bosqich talabalari uchun tayyorlagan o 'quv - uslubiy ishlar Tuzuvchilar: B.Z.Qosimov Samarqand-2018 1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Ro’yxatga olindi: «TASDIQLAYMAN» №___________________ O’quv ishlari bo’yicha prorektor 2018yil. «___»________ prof. A.A. Soliyev.________ «_____»____________2018 yil JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI SPORT TURLARINI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI “Gimnastika va uni o’qitish metodikasi” fanidan O’QUV USLUBIY MAJMUA Bakalavriat yo’nalishi «5112000» jismoniy madaniyat Tuzuvchilar: o’qit. B.Z.Qosimov SAMARQAND – 2018 2 o’qit: B.Z.Qosimov “Gimnastika va uni o’qitish metodikasi” fanidan o’quv-uslubiy majmua. – Samarqand: SamDU nashri, 2018y _________bet. Ushbu o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari bakalavriatura talabalari uchun mo’ljallangan. Taqrizchilar: Pedagogika fanlari nomzodi, professor Eshnazarov J.E BO’SM direktori gimnastika sport ustasi A.Abdurasulov SamDU o’quv-uslubiy kengashining 2018 yil ____________dagi ___-qarori bilan o’quv-uslubiy majmua sifatida nashrga tavsiya etilgan. Samarqand – 2018 3 Tuzuvchi: SamDU Jismoniy madaniyat fakulteti Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qit:B.Z.Qosimov Mazkur o’quv uslubiy majmua Samarqand Davlat Universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi, 5112000 – Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo’nalishilarining o’quv rejasidagi «Gimnastika va uni o’qitish metodikasi» fani bo’yicha Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi «Gimnastika va uni o’qitish uslubiyati » fanidan oraliq baholash variantlari tamonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasining 2018 yil ___ avgustdagi yig’ilishining № ___ bayonnomasi bilan tavsiya etilgan Kafedra mudiri : dots. Z.B.Boltayev Jismoniy madaniyat fakulteti o’quv uslubiy kengashining 2018 yilning ___ avgustdagi №___ bayonnomasi bilan tasdiqlangan. O’quv uslubiy kengash raisi: dots. Z.B.Boltayev SAMARQAND – 2018 4 MUALLIF HAQIDA MA’LUMOT Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi: B.Z.Qosimov 5 MUNDARIJA I. Fan dasturi ………………………………………………………………….. 7-20 II.Ishchi o’quv dasturi……………………………………………………….. 21-32 III.Sillabus……………………………………………………………………. 33-38 VI.Kalindar ish reja……………………………………………………………39-42 V. Maruza …………………………………………………………….…...... 43-157 VI. Seminar ……….……………………………………………………..... 158-182 VII. Amaliy mashg‘ulot materiallari……………………………….……….183-338 VIII. Testlar ...…………………………..…………………………………. 339-345 IX. Keyslar banki…………………………………………………………...346-347 X. Mustaqil ta’lim mavzulari ……..………………………………………..347-348 XI . Glossariy …...………………………………………….………..……..349-350 XII . Adabiyotlar ro‘yxati ….……………… …………..………………. ….....351 6 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI Ro‘yxatga olindi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim BD-5112000-3.06 vazirligi 2017-yil «____» ______ ______________________ 2017-yil «____» _______ GIMNASTIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FAN DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5112000 – Jismoniy madaniyat Toshkent – 2017 7 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vаzirligining 2017-yil “____” _________dаgi “____”-sоnli buyrug‘ining ___-ilovasi bilаn fan dasturi ro‘yxati tаsdiqlаngаn. Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017-yil “____”___ dagi “____” -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi. Tuzuvchilar: Maxmudov B.A - Nizomiy nomidagi TDPU “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsent v.b. Xojimirzayev A.D. - NamDU “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi p.f.n. Abdullayev N.M - NamDU “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o‘qituvchisi. Taqrizchilar: Raxmatova D.N. - O’zDJTI “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati” kafedrasi, p.f.n., dotsent. Talaboyev O`.R. - 1-Toshkent pedagogika kolleji “Jismoniy tarbiya” rahbari Fаn dаsturi Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti o‘quv -uslubiy kеngаshidа ko‘rib chiqilgan va tаvsiya qilingаn (2017-yil «___» _________dаgi __-sоnli bаyonnоmаsi). 8 Kirish Ushbu dastur jismoniy tarbiya darslarida gimnastika kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi va gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodlari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda gimnastika fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarni shakillantirish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida gimnastika vositalaridan samarali foydalanib o‘qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning interfaol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa, ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida talabalar egallagan bilimlarini amalda bajarib, ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi - talabalarda gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘qitishda, bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikani tashkil qilish va o‘tkazish, tahlil qilish, mashg‘ulotlarda shikastlanishning oldini olish, gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish joylarini jihozlanishi hamda uning gigienik holati, gimnastika mashg‘ulotlarini bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va gimnastika mashg‘ulotini o‘tkazishga qo‘yilgan talablarni amalga oshirishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari; gimnastika taraqqiyotining tarixiy tavsifi; jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o‘rni; gimnastikaga atamalar; Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar; gimnastika mashg’ulot joylari va ularni jihozlanishi; gimnastika mashg’ulotlarida shikastlanishi oldini olish; maktabda mashg’ulotlarning mazmuni va uni tashkillash; gimnastika mashqlarini o`rgatish metodikasi; gimnastika mashg'ulotlarini rejalashtirish va qayd etish; musobaqalar; Gimnastika chiqishlari; Talaba qizlar bilan gimnastika mashg'ulotlarini o‘tish; O‘rta, katta va keksa yoshdagilar bilan gimnastika mashg'ulotlari o‘tkazish haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak. - yuklamani ko‘chirish (olib o‘tish). Tirmashib chiqish. Muvozanat saqlash, oddiy va tayanib sakrashlar. Erkin mashqlar, akrobatika. Ommaviy gimnastik chiqishlar uchun mashqlar. Gimnastik jihozlarda (dastakli ot, halqalar, tayanib sakrashlar, bruslar, baland va past turnik, baland-past bruslar, xoda, brevno, koltso, 9 konstruchka va h.k.) mashqlar bajarish. Gimnastika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish. Gimnastika musobaqalarida hakamlik qilish. Gimnastika bo‘yicha o‘quv musobaqalari. Gimnastika va sport-mashqlari asosi. Gimnastik chiqishlar va bayramlar. Kasb-hunar ta`lim muassasalari dasturi va “Alpomish va Barchinoy” majmuasiga kiruvchi gimnastik materiallarni tahlil qilish. Gimnastika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlar metodikasini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - gimnastika bo‘yicha sport inshootlari to‘g‘risida qisqacha ma‘lumot. Sport inshootlari klassifikatsiyasi; sport inshootlarini shakllantirish; sport inshootining funktsional-texnik chizmasi; sport inshootlari qurilishini loyihalashtirishni tashkil etishning asosiy qoidalari; sport inshootlari ishini rejalashtirish; sport maydonchalarining materiallari va tuzilmasi (konstruktsiyasi), sport inshootlari va ularni jihozlash; bolalar sporti anjomlari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. - badiiy gimnastika tarixi; badiiy gimnastika mashg‘ulotlarning metodik xususiyatlari; badiiy gimnastika mashg‘ulotlarning metodik xususiyatlari; ta’lim tizimida badiiy gimnastika mashg‘ulotlarining o‘ziga xos tomonlari haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak. - badiiy gimnastika tarixi; badiiy gimnastika mashg‘ulotlarning metodik xususiyatlari; badiiy gimnastika mashg‘ulotlarning metodik xususiyatlari; ta’lim tizimida badiiy gimnastika mashg‘ulotlarining o‘ziga xos tomonlari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - aylanish va dumalashlar; burilish bilan tik sakrashlar; murakkab sakrash texnikalari; muvozanat murakkabligi jadvali; muvozanatni saqlash texnikasi; sakrash texnikasini; tik tayanch oyoqda burilishlar murakkabligi; to’lqin va egiluvchanlik; pakc kadamlari va raks kombinatsiyalari; o‘zbek milliy raqslari elementlari majmua xarakteriga mos musiqa asarlarini tanlash malakasini takomillashtirish haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, 1-2 kurs 1,2,3 va 4 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika,