Toshkent Viloyati Ohangaron Tumani ―Do'stlik Siuning Sug'orish Tarmoqlarini Modernizatsiyalash.Pdf
Total Page:16
File Type:pdf, Size:1020Kb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI Qo‘lyozma huquqida УДК 626.84.001.76 G’ULOMOV DAULET KARIM O’G’LI Toshkent viloyati Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash 5A450205 – ―Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish‖ mutahassisligi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA Ilmiy raxbar: t.f.d. Sherov A.G‘ TOSHKENT -2020 y 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI «Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish» kafedrasi «Tasdiqlayman» Kafedra mudiri __________ ―___‖ _______ 2020 y. Magistrlik dissertastiyasi Topshirig’i Magistrant: G’ulomov Daulet Karim o’g’li (familiyasi, ismi, otasining ismi) 1. Dissertastiya mavzusi: « Toshkent viloyati Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash » Mavzu institut rektorining 2018-yil 5-noyabrdagi 1341/t sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 2. Magistrlik dissertatsiyasini topshirish muddati: 05 iyun 2020 yil. 3. Dissertatsiyani bajarish uchun dastlabki ma’lumotlar va asosiy manbalar: Mavzuga oid adabiyotlar, ilmiy maqolalar, hisobotlar, dissertatsiyalar. Respublika qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga tegishli Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari. Suv Xo‘jaligi Vazirligi, Chirchiq-Ohangaron ITHB, Ohangaron ITB ma‘lumotlari, mavjud gidromeliorativ tarmoqlarni holatini yaxshilash borasidagi amalga oshiriladigan tadbirlari, me‘yoriy xujjatlar, statistik ma‘lumotlari. Mavzuga oid o‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar, maqolalar. Internet saytlari, ekspress ma‘lumotlar. 2 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI Mutaxassisligi 5A450205 – ―Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish‖ Kafedra: GMTF Ilmiy rahbar: t.f.d.Sherov A.G‘ O’quv yili: 2018-2020 Magistrant: G‘ulomov D.K « Toshkent viloyati Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash » mavzusidagi MAGISTRLIK DISSERTATSIYSASI ANNOTATSIYASI Mazkur dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda Respublikamizda suv taqchilligi kuzatilayotgan ayni davrda, sug‘oriladigan maydonlarda sug‘orish suvidan tejamli va samarali foydalanish, sug‘orish suvi bilan bog‘liq muamolarni bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyati Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash misolida chora- tadbirlar ishlab chiqish orqali sug‘orish suvidan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan. Mazkur yo‘nalishda, sug‘orish tarmoqlarining barqaror ishlashini taminlash, filtratsiya orqali sodir bo‘layotgan suv yoqotishlarini aniqlash va bartaraf etish, Suv Xo‘jaligi boshqaruv ishini takominlashtirish va soddalashtirish, yosh kadrlarni tayyorlash, aholi va fermerlar o‘rtasida suv madaniyatini shakllantirish, yangi innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy qilish va ularni amalda qo‘llash vazifalari belgilab olindi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda davlatimiz tomonidan huquqiy asos yaratilgan va 2008-2016 yillar mobaynida davlat bydjetidan 1 trln 648 mlrd so‘m mablag‘lar irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini takomillashtirish uchun yo‘naltirilganligining ozi ham ko‘rsatib turibdi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida tuproq o‘zanli 3 kanallardan filtratsiya natijasida sodir bo‘layotdan suv qiymatlari aniqlandi va ularga ularga qarshi beton qoplamalardan foydalanildi. Yana bir filtratsiyaga qarshi samarali material geomembrano hisoblanadi. Geomembranolar kelajakda beton mahsulotlarini o‘rnini egallaydi, chunki sement xom ashyosi tabora kamayib borayapganligidan ham bilish mumkin. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 28-noyabrdagi PQ-3405-sonli qarorida ―2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida‘‘gi qaroriga asosan Respublikada yuzaga kelgan suv tanqisligini e‘tiborga olganda suvdan sug‘orishda tejab foydalanish, sug‘orishda suv sarfini kamaytirish hozirgi kundagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shuning uchun sug‘orishda tejamkor sug‘orish usullarini, texnika va texnalogiyalarini qo‘llash yaxshi samara beradi [1]. Mamlakatimizda qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining jadal rivojlanishi oqibatida suv resurslari istemolining ortib borishiga olib keladi, bu esa sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash, ilg‘or chet el tajribalaridan foydalanishni oldimizga hayotning o‘zi vazifa qilib qo‘ymoqda [2]. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 dekabrdagi ―2019-2021 yillarda Toshkent viloyatining irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha Davlat dasturi‖ VM-984 sonli qarorlari qabul qilindi [3]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi PQ- 4486-son qaroriga 6-ilovasiga ko‘ra Suv xo‘jaligi obektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarining ro‘yxati. 1. Toshkent viloyati Parkent tumanida Qizilsoy sel suv omborini qurish 2. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Toshtepa suv omborini qurish 3. Toshkent viloyati Parkent tumanida Parkentsoysuv omborini qurish [4]. Ushbu uchta loyiha amalga oshishi natijasida Parkent va Ohangaron tumanlarini sug‘orish suvi bilan taminlash sezilarli darajada yaxshilanadi. 4 Yuqoridagi vazifalarni bajarish maqsadida ushbu magistrlik dissertatsiya ishlari bajarilgan. Tadqiqot obyekti: Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIU sug‘orish tarmoqlari. Ilmiy ishning maqsadi: Toshkent viloyati Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash asosida sug‘orish suvidan samarali foydalanish. Ilmiy ishning vazifalari: Mavjud sug‘orish tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish va yaxshilash; Sug‘orish tarmoqlarining FIK va sug‘oriladigan yerlarning YeFKni aniqlash va oshirish; Sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash asosida suvdan tejamli foydalanish. Ilmiy ishning gipotezasi: Toshkent viloyati Ohangaron tumani ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash misolida-Respublikamizda suv taqchilligi kuzatilayotgan ayni davrda sug‘oriladigan maydonlarda sug‘orish suvidan tejamli foydalanish, hamda suv bilan bog‘liq muamolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish amaliyoti o‘tkaziladi. Mazkur yo‘nalishda yangi innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar ishlab chiqiladi. Ularni amalda qo‘llash mexanizmlari taqdim etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ―Do‘stlik‖ SIUning sug‘orish tarmoqlari bo‘yicha ilg‘or avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: sug‘orish taqmog‘ining filtratsiya koeffitsienti aniqlandi; sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsienti oshirildi; sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiyalash. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur himoya qilinayotgan dissertatsiya ishi xalqaro, respublika va institut miqiyosidagi anjumanlarda 5 muhokama qilingan va maqullangan. Hususan, ―Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari‖ mavzusidagi XVIII-ananaviy ilmiy-amaliy anjumanining ―Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish muammolari‖ yo‘nalishida faxrli II-o‘rin bilan taqdirlangan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 93 betni tashkil qiladi. ______________________ Ilmiy rahbar (imzo) Magistratura talabasi ___________________ (imzo) 6 MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN TASHKENT INSTITUTE OF IRRIGATION AND AGRICULTURAL MECHANIZATION ENGINEERS Specialty: 5A450205 – ―Use of hydro-ameliorative systems‖ Chair: UHAS Supervisor: Ds.Sherov A.G Academic year:2018 - 2020 Master’s student: Gulomov D.K ABSTRACT OF MASTER'S DISSERTATION At the same time, when there is a shortage of water in the country, it is planned to develop measures for the economical and efficient use of irrigation water in irrigated areas, to eliminate problems with irrigation water. In this regard, to ensure the sustainable operation of irrigation networks, detection and elimination of water losses through filtration, improvement and simplification of water management, training of young people, the formation of water culture among the population and farmers, mechanisms for the introduction of new innovative ideas and technologies and their application in practice are presented. Relevance of the topic: According to the Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan dated November 28, 2017 No. PD-3405 "On the State Program for the Development of Irrigation and Improvement of Irrigated Lands in 2018-2019" Taking into account the water shortage in the country, the rational use of water for irrigation, reducing water consumption for irrigation is one of the current problems. Therefore, the use of economical irrigation methods, techniques and technologies in irrigation gives good results. Extensive work is being carried out in our country to create the necessary economic, organizational and legal framework for the development of agriculture and water management. As a result of the rapid development of the agricultural sector, the consumption of water resources is increasing, which is 7 the task of modernizing the irrigation system, the use of advanced foreign experience. Resolution