OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MAGISTRATURA BOʻLIMI

Qoʻlyozma huquqida 330,3

ORIPOV MUXAMMADJON FARXOD OʻGʻLI

HUDUDLARDA INVESTITSION MUHITNI BARQARORLASHTRISIH ORQALI KORXONALARGA QOʻSHIMCHA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB ETISH IMKONIYATLARI

Mutaxassislik: 5A230602 -«Korporativ moliyani boshqarish va qimmatli qogʻozlar bozori» Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA

Ilmiy rahbar: i.f.d, prof. J Isakov

TOSHKENT-2019 1

MUNDARIJA KIRISH ...... 3

BIRINCHI BOB. HUDUDLARDAGI KORXONALARGA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISHDA INVESTITSION SIYOSATINING TASHKILIY HUQUQIY VA NAZARIY ASOSLARI ...... 9

1.1. Iqtisodiyotda korxona va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb etishning zarurligi va ahamiyati ...... 9

1.2 Hududlarda amalga oshirilayotgan investitsion siyosatining mazmun mohiyati, nazariy-huquqiy asoslari ...... 19

IKKINCHI BOB. MAMLAKATIMIZDA “ERKIN IQTISODIY ZONA”LARNI TASHKIL QILISH ORQALI KORXONALARGA HAMDA IQTISODIYOTGA QOʻSHIMCHA RESURSLARNI JALB QILISHNING AMALIY TAHLILI ...... 28

2.1. “”, “ANGREN”, “JIZZAX”erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tahlil .28

2.2. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalar jalb qilish va rivojlantirish bosqichlari ...... 42

UCHINCHI BOB. INVESTITSION FAOLLIKNI HUDUDLARDA AMALGA OSHIRISH VA ULARNING SAMARALI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH ...... 53

3.1.Investitsion faolligini hududlarda amalga oshirish va boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi ...... 53

3.2 Hududlarda investitsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirish masalalari 62

XULOSA ...... 72

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: ...... 74

2

KIRISH

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Tadqiqot ishining dolzarbligi eng avvalo, respublikamizga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar, korxona va tashkilotlarni qoʻshimcha moliyaviy resurslar bilan ta`minlab tashkil etish, ularni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini oʻrganish va Oʻzbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish holati tahlilini oʻrganib vujudga kelgan muammolar hamda ularni hal etish yoʻllarini bayon qilish bilan xususiyatlanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishishning muhim yoʻnalishlaridan biri barcha ichki manbalardan unumli foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishdir. Oʻzbekiston iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi tizimiga integratsiyalashuvi sharoitida mamlakatimizda eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosatini amalga oshirish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarib xorijga eksport qilish va shuningdek import oʻrnini bosuvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni joriy qilishda erkin iqtisodiy zonalardan foydalanish, shuningdek, mamlakatimizda “ochiq eshiklar siyosatini” amalga oshirish hamda xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish borasida rivojlangan davlatlarning, ayniqsa, jahon xoʻjaligida tezkor sur`atlarda rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Xitoy kabi mamlakatlarning tashqi savdo-sotiq siyosati tajribalaridan unumli foydalanish milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyotiga ijobiy samara beradi. Shunga koʻra, milliy iqtisodiyotni shakllantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali mamlakatning tashqi savdo-sotiq jarayonini va eksport salohiyatini yuksaltirish masalasi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga oʻtishning oʻziga xos jihatlarini hisobga olishni, ayniqsa, jahon iqtisodiyoti amaliyotida toʻplangan tajribalar va xalqaro qonun–qoidalar asosida mamlakatimizda olib borilayotga islohotlarni yanada takomillashtirish zarurligini talab etadi. ”Iqtisodiyotni rivojlantirishda aholi qo‘lida to‘plangan mablag‘larni investitsiya shaklida harakatga keltirish, odamlarda tadbirkorlik hissini kuchaytirish muhim vazifalarimizdan biridir. Shu

3 maqsadda Internet tarmog‘ida mahalliy va xorijiy investorlarni kerakli statistik axborotlar bilan ta’minlaydigan, biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot beradigan “Investitsiya portali” ochishni taklif etaman. Xorijiy tajribalar asosida barcha investorlar uchun tunu kun ishlaydigan bepul mobil telefonlar aloqasini tashkil etish zarur. Chet el investorlari uchun o‘z kapitalini tezroq olib chiqib ketmasdan, uni qayta investitsiya qilishga undaydigan rag‘batlantirish tizimini yaratish haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha faolligini oshirish zarur. Keyingi yildan boshlab joylarda investorlar uchun yaratilgan sharoitlarni aniqlash bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilib boriladi, kerak bo‘lsa, hudud rahbarlari faoliyatiga ayni shu mezon asosida baho beriladi.1” Hududlarda investitsion muhitni barqarorlashtirish va undagi faoliyatlarni samarali olib borishda xorij mamlakatlarining tajribalaridan va ularning usullaridan unumli foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanib mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mamlakatimizda jahon andozasiga mos ravishda yuqori texnologiyalar asosida sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini bugungi kun darajasiga koʻtarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov shunday degan edilar: “Iqtisodiyotni, avvalo, ishlab chiqarish sohalarini oqilona tashkil qilish, ularga yuksak texnologiyalarni joriy etish, shu asosda zamonaviy korxonalar barpo etib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonda jahon andozalariga mos, xalqaro bozordagi raqobatga bardosh bera oladigan tizimni yaratish bizdan, shubhasiz, katta vaqt, mehnat va shijoatni talab qiladi2” Shuningdek, bugungi kundagi muhim ustivor yoʻnalishlar va investitsiyalarni jalb qilish haqida toʻxtalib shunday degan edilar:

1 http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-o-22-12-2017 2 Karimov I.A. “O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi” T.: “O’zbekiston”, 2000y. Т.8. - 105 bet 4

“Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustivor loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra umumiy qiymati 24 mlrd. AQSh dollaridan ziyod boʻlgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ishlamoqdamiz3. Hozirgi kunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini aytadigan boʻlsak, oʻtgan 8 yil mobaynida u yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilgan. Oʻtgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan.4Milliy iqtisodiyotning yangi sifat holatiga erishuvi, mamlakat hududlari iqtisodiyotining rivoji investitsiyalarni va kreditlarni qay darajada jalb qilish va ulardan qanchalik samarali foydalanish darajasiga bogʻliqdir. Alohida hudud iqtisodiyotini rivojlantirishning samarali yoʻllaridan biri - shu hududda erkin iqtisodiy zonani tashkil etishdir. Chunki, koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat hududlarida investitsion muhitni yaxshilash uchun bir necha turda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish shu mamlakat iqtisodiyotining rivojiga sezilarli ta`sir koʻrsatgan “2019-yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018-yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda. Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz kerak. Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub'yektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy

3 Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” T. “O’zbekiston” 2009y. 37-bet. 4 Mirziyoyev.Sh.M”Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.” “O’zbekiston” 2017y. 29- bet . 5 jihatdan tartibga solish lozim. Investorlar mamlakatimizda o‘zini imkon qadar erkin his qilishlari uchun valyuta bozorini yanada erkinlashtirish talab etiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida har bir yil ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish, yurtimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi-yangi yutuqlar, bilim va tajribalar davri bo‘lib qolmoqda.”5 Oʻzbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali korxona va tashkilotlarga qoʻshimcha moliyaviy resrusrlarni jalb qilish uchun ular faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishning moliyaviy masalalari boʻyicha turli mamlakatlar tajribasini kengroq oʻrganish va uni Oʻzbekiston amaliyotida qoʻllashning zarurligi hozirgi dolzarb vazifalardan biridir. Ana shu ma`noda tanlangan mazkur tadqiqot ish mavzusi hozirgi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi Tadqiqot obyekti va predmeti. Mamlakatimiz hududlarida investitsion muhitni rivojlantirish orqali iqtisodiyotga hamda korxona va tashkilotlarga investitsiyalarni kiritish uchun erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini samarali olib borishni istiqbollari hamda takomillashtirish predmeti boʻlib hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiya ishining obyekti boʻlib, “Navoiy”, “Angren” hamda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tahlili, erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalar jalb qilish va rivojlantirish bosqichlari tadqiqot ishining obyekti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiya ishining bosh maqsadi boʻlib, korxonalarga moliyaviy resurslarni jalb qilishda davlat investitsion siyosatining nazariy-huquqiy asoslarini tadqiq qilish hamda muammolarni hal etish yuzasidan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish yoʻlida quyidagi vazifalarni hal etish belgilab olindi: -investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati va tasniflanishini oʻrganish;

5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi 6

- milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya faoliyatining ahamiyati va rolini ochib berish; -investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini asoslash; mamlakatda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining moliyaviy asoslarini bayon etish; Oʻzbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish faoliyati tahlilini amalga oshirish; milliy iqtisodiyotda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni amalga oshirishda iqtisodiy-huquqiy asoslarini oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyatini tahlil qilish; Tadqiqot ishning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda quyidagi ilmiy ishlarga erishildi: -investitsiyalarni jalb qilishda investitsion siyosatning oʻrni yoritildi; -milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini moliyaviy ragʻbatlantirishni koʻrib chiqildi; -hududlarda investitsion muhitni barqarorlashtirish orqali korxona iqtisodiyoti oʻrganildi; -mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini takomillashtirishning xorij tajribasini oʻrganishni yoritishdan iborat va amaliy taklif-tavsilar berildi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalariga asosan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amaliyotda qoʻllanilishi mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni “0” qiymatdagi ishlamay turgan korxona va tashkilotlarga kiritib, zamonaviy zavod, fabrikalarni yoʻlga qoʻyish istiqbollarining samarali tashkil etilishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi. Jahon iqtisodiyoti amaliyotida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdagi toʻplangan tajribalar va 7 xalqaro qonun–qoidalar asosida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish hamda xorijiy investitsiyalarni samarali tashkil etish masalalariga oid muammolarni tadqiq etish boʻyicha oʻzining alohida hissalarini qoʻshgan xorijlik iqtisodchi-olimlar Aleshin V.A., Zotova A.I., Neshitoy A.S., Polyaka G.B., Shaxovskaya L.S., Xoxlov V.V., O.G.Kulakovalarning6 hamda respublikamiz iqtisodchi-olimlari Vahobov A.V., Malikov T.S., Haydarov N.H., Joʻraev A.S., Z.Yoʻldoshevlar7 ilmiy ishlari, oʻquv qoʻllanmalari,darsliklarini nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilgan holda dissertatsiya tayyorlashda foydalanildi.

Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya jarayonida mantiqiy fikrlash, tizimli yondashuv, strategik tahlil, tarkibiy va qiyosiy tahlil, iqtisodiy taqqoslash, ilmiy umumlashtirish, statistik hisoblash va ilmiy bashoratlash usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishda keltirilgan nazariy va amaliy takliflar respublikamizga chet el investitsiyalarini jalb qilish, erkin iqtisodiy hududlardagi dolzarb muammolar va rivojlantirish yoʻnalishlari, investitsion faoliyatni samarali tashkil etish va tartibga solish amaliyotida qoʻllanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot ishining materiallaridan investitsiyalarga doir fanlardan oʻquv dasturlarini takomillashtirishda hamda oʻquv-uslubiy majmualar tayyorlashda foydalanish mumkin. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan va ilovalardan iborat.

6 Алешин В.А., Зотова А.И.. Финансы: учебник. - Ростов н/ Д: Феникс, 2009 г. – 346 стр.; Нешитой А.С. Финансы. Учебник. – М.: “Дашков и К ”, 2009 г. – 528 стр; Поляк Г.Б. Финансы и кредит. Учебник.– М.: Влотерс Клувер, 2010 г. – 800 стр.; Шаховская Л.С., Хохлов В.В., Кулакова О.Г. и др. Бюджетирование: теория и практика: учебное пособие / – М.: КНОРУС, 2009 г. – 400 стр

7 Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 316 b.; Jo’raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. – Toshkent: “Fan”, 2004. – 243 b.; Malikov T. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. – Toshkent: “Akademiya”, 2002. – 204 b.; Haydarov N.H. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari: O’quv qo’llanma. – Toshkent: “Akademiya”, 2007. – 256 b..; Yo’ldoshev Z., Malikov T. Uy xo’jaligi moliyasi. o’quv qo’llanma, Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. - 105 b.; Malikov T.S., Haydarov N.H. Moliya: umumdavlat moliyasi. / O’quv qo’llanma. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009. – 556 b 8

I BOB. HUDUDLARDAGI KORXONALARGA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISHDA INVESTITSION SIYOSATINING TASHKILIY HUQUQIY VA NAZARIY ASOSLARI

1.1. Iqtisodiyotda korxona va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb etishning zarurligi va ahamiyati

Bugungi kunda zamon taraqqiyot etayotgan bir vaqtda davlatlar ertangi kelajagi va bugunini oʻylab turli xil ishlar olib boradi. Bunga sabab davlatlarning rivojlanishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ertangi kelajagi uchun ularni ish bilan ta`minlash maqsadida mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilib oʻzi bosh islohatchi boʻlib turli xil sohalarga moslashgan faoliyat olib borishga harakat qiladi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirish, ularning texnik iqtisodiy asoslanishi va ekspertizasi, loyihaviy tahlil, loyihalarning samaradorligini baholash va monitoringi kabi bir qator yangi koʻplab tushuncha va iqtisodiy bilimlarni kashf etishi ularning bugungi iqtisodiy hayotimizda naqadar muhimligini anglab olishimizga sabab boʻlmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan hududlarda investitsion muhitni yaxshilash uchun qilinayotgan investitsiya loyihalari, asosan, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan boʻlib, shuning bilan birgalikda ichki bozorni, mahalliy xom ashyolarga tayanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan toʻldirishga qaratilmoqda. Bu esa respublikamizda milliy ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi, iqtisodiy faol mulkdorlar sinfining tobora shakllanib borishi, ishbilarmonlik, tadbirkorlikning, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning taraqqiy topishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan holda ular istiqboli uchun ham oʻz ijobiy ta`sirini koʻrsatmoqda. Bu holat, eng avvalo, mamlakatda mazkur yoʻnalishda davlat tomonidan maqsadli, faol va samarali investitsiya siyosatini yuritilishi, investitsiya jarayonlarining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarning yaratib berilayotganligi hamda uni tartibga solish va qoʻllab quvvatlashning ta`sirchan mexanizmi ishlab chiqilganligi bilan uzviy bogʻliqdir.

9

Oʻzbekistonda investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlab chiqarishga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. “Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.8” Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhitini barpo etish shart sanaladi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga mablagʻ sarflash uchun shart- sharoitlarning qulayligini, ya`ni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha hisob kitoblar majmuasini oʻz ichiga oladi. Investitsiya muhitining jozibadorligi unga ta`sir qiluvchi omillar darajasiga bogʻliqdir. Iqtisodiyotda korxona va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta boʻlib u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import oʻrnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yoʻnaltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi;

8 http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-o-22-12-2017 10

uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali oʻsib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi; toʻrtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnika bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabbiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga koʻmalashadi va hokazo. Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini qiymatini baholashni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishiga imkon beradi. Bu esa quyidagi jihatlari bilan bogʻliq boʻladi: -xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan Oʻzbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga koʻmaklashishi; -yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi; -eksportning intellektual mulk obyektlari litsenziyalarini hamda nau-xau shaklida texnik tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar koʻrsatish kabi turlarini rivojlantirish yoʻli bilan respublikamizda erishilgan ilmiy- texnik yutuqlarining jahon xoʻjaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish va hokazolar. Jahon iqtisodiyotining, shu jumladan Oʻzbekiston iqtisodiyotining ham kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bogʻliqligini bugungi kunda har bir bilim sohibi anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan chet el investitsiyalarini kengrok jalb etish ularning mamlakatimizda oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarining samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bogʻliqligini tushunib olish qiyin emas.9 Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabr yangi tahriridagi “Investitsiya faoliyati to‟g‟risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq:

9 Jo’raev A.S, Xo’jamqulov D.Yu.,. Mamatov B. «Investitsiya loyihalari tahlili» Toshkent «Sharq»2007-52b 11

-investitsiyalar-qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar; -investor-investitsiya faoliyati obyektlariga oʻz mablagʻlarini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti; -investitsiya majburiyati-investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning oʻzi qabul qiladigan majburiyati; -investitsiya faoliyati-investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari majmui; -investitsiya faoliyati ishtirokchisi-investorning buyurtmalari bajarilishini ta`minlovchi investitsiya faoliyati subyekti. Milliy iqtisodiyotni barqaror va jadal rivojlantirishni ta`minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan korxona va tashkilotlarga hamda iqtisodiyotimizga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni hajmini oshirishga va hukumat kafolati ostidagi investitsiyalarni pasayishiga olib kelinmoqda, bu esa xususiy sektordagi investitsiya loyihalarini koʻplab amalga oshirilishiga sabab boʻlib, yangidan yangi korxona, zavod, fabrikalarni ishga tushirilganligini guvohi boʻlishimiz mumkin. Bu esa oʻz navbatida tez sur`atlarda oʻsib kelayotga aholini ish bilan ta`minlab, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarib, mamlakat iqtisodiyotiga valyutani olib kirishiga hamda import oʻrnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda. Investitsion jozibadorlik obyekt sifatida muayyan bir miqyosda, ya`ni bironta loyiha, korxona, mintaqa, tarmoq hamda mamlakat darajasida koʻtarilishi mumkin. E`tiborli jihati shundaki, mazkur tizimda korxona asosiy tayanch nuqta hisoblanib, har bir investitsiya loyihasi muayyan bir korxona miqyosida amalga oshiriladi, ushbu korxona esa iqtisodiy faoliyat turidan kelib chiqib, muayyan tarmoqqa (sohaga) tegishli boʻladi. “2019-yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018-yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. 12

Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 2018-yil 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. 2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻp mablagʻ oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. E`tiborli jihati shundaki 84 ta loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard dollar mablagʻini oʻzlashtirish koʻzda tutilgan va bu loyihalar oʻz navbatida Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida tahlil qilinib, ularni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish boʻyicha chora- tadbirlar belgilab berildi10 ” Oʻzbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni ragʻbatlantirish siyosatini yoqlaydi. Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy oʻzgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.11Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu–investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan

10 https://www.mf.uz/uz/novosti-uzbekistana/opredeleny-osnovnye-zadachi-po-razrabotke-i-realizatsii- investitsionnykh-proektov.html 11 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. // “Xalq so’zi”, 8 fevral 2017 yil. 13 iborat. Shuning uchun ham, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni oʻzlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi(1.1-jadval). 1.1-jadval Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalar oʻsish sur`atlarining oʻzgarishi 12 Yillar Yalpi ichki Oldingi yilga Investitsiyalar, Oldingi yilga mahsulot (mlrd. nisbatan % (mlrd. AQSh nisbatan % AQSh dollari) dollari) 2013 47.2 108.0 13 111.3 2014 51.1 108.1 14.6 110.9 2015 55.2 108.0 15.8 109.5 2016 59.5 107.8 16.6 109.6 2017 48.7 105.3 11.9 109.7

Yuqoridagi jadvalda koʻrinib turibdiki, Respublikamizda YaIMning oʻsishi yuqori darajadadir. 2017-yilda YaIM 48.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa, bu 2016-yilga nisbatan 5.3 foizga oʻsgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar oqimining koʻpayishi muhim rol oʻynaydi. E`tibor qaratadigan boʻlsak, 2017-yilda mamlakatimizga 11.9 milliard AQSh dollarida investitsiya jalb etilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2016 yilga nisbatan deyarli 9.7 foizga oʻsgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur`atlarda oʻsishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:

12 www.stat.uz(O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti) 14

-mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi; -valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy oʻzgarishlar; -mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yoʻnalishlari belgilanganligi; -soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi; -jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelganligi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd AQSh dollaridan koʻproq, asosan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. Iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha jalb etilishiga e`tibor beradigan boʻlsak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida togʻ-kon sanoat ulushi yetakchi oʻrinni saqlab turibdi va shu bilan birgalikda pasayish tendensiyasiga ega. 2016-yil togʻ-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 31,1 foizini tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2017-yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa koʻpayish tendensiyasiga ega boʻlib, 2016-yilda 27,4 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2017-yilda 14,8 foizni tashkil etdi.

15

80 70 Jami investitsiyalar tarkibida xorijiy 60 investitsiyalarning ulushi % 50 40 Jami investitsiyalar tarkibida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 30 investitsiyalarning ulushi, % 20 Jami xorijiy investitsiyalar tarkibida 10 to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 0 investitsiyalarning ulushi, % 2013 2014 2015 2016 2017

1.1-rasm. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilish dinamikasi foizda13 Rasmda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilish dinamikasi (% hisobida) berilgan boʻlib, 2017-yilda jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar 26,9 foizni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 4,6 foizga oʻsgan. Shuningdek, 2017-yilda jami investitsiyalar tarkibida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ulushi 20,4 foizni tashkil etgan holda, jami xorijiy investitsiyalar tarkibida esa 76 foizni tashkil etdi. 2017-yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar boʻyicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. soʻm, axborot va aloqa – 467,4 mlrd. soʻm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 10,5 mlrd. soʻm, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. soʻm va boshqa koʻplab faoliyat turlari boʻyicha investitsiyalar oʻzlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda – 458,8 mlrd. soʻm, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd soʻm, aloqa – 544,0 mlrd. soʻm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 mlrd. soʻm va boshqa oʻnlab faoliyat turlari boʻyicha oʻzlashtirildi. Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. soʻm, elektr, gaz, va bugʻ bilan ta`minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. soʻm,

13 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlangan: www.mineconomy.uz

16 kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda– 209,5 mlrd. soʻm hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. soʻm 14. Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha olingan natijalarga qaraganda, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan Oʻzbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega boʻlishi muhimdir. Markaziy Osiyoning koʻpgina mamlakatlari qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarish sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishdi, Oʻzbekiston esa togʻ-kon, qishloq xoʻjaligi, energetika, xizmat koʻrsatish, toʻqimachilik va sayyohlik sohalarida koʻplab toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar koʻpligi sababli mamlakatlar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta`minlash muhimdir, biroq Oʻzbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar koʻproq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq Oʻzbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qoʻlladi.15 2018-yil davomida davlat aktivlari sotilishi boʻyicha roʻyxatga olingan 1153 oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha 478,9 mln. AQSH dollari hamda 2 888,0 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi- sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga koʻra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,4 mln. AQSH dollari va 1111,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9913 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. 2018-yil davomida 1153 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 29 ta shartnoma bekor qilindi, 63 ta shartnoma boʻyicha investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarildi va qabul qilindi.

14 https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2030-asosiy-kapitalga-investitsiyalar 15 Saidmamatov O., Salaev S., Eschanov B., Shimin L (2014). Renewable energy potential of developing countries: The drivers towards a green economy (a case study from ), International Journal of Green Economics, 8 (2): 134 – 143. 17

2018-yilda davlat aktivlari sotilishi boʻyicha roʻyxatga olingan 1061 ta oldi- sotdi shartnomalari boʻyicha 478,7 mln. AQSH dollari va 2 692,0 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 13 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga koʻra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,1 mln. AQSH dollari va 1 012,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 8177 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Amaldagi shartnomalarga koʻra, yil boshidan investorlar tomonidan 6,2 mln. AQSH dollari va 183,2 mlrd. soʻm investitsiya kiritilishi belgilangan boʻlib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 5,5 mln. AQSH dollari va 128,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Hisobot davrida 63 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 12 ta sotib olish qiymatida va 51 ta “nol” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 245 ming AQSH dollari va 93,2 mlrd. soʻm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 1736 ta ish oʻrinlari yaratilgan. Shu bilan birga, yil boshidan 33,1 mln AQSH dollari va 612,7 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 121 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan boʻlib, shundan: -118 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va boʻsh turgan binolar “nol” xarid qiymatida 33,1 mln AQSH dollari va 609,0 mlrd. soʻm investitsiya kiritish majburiyati bilan; -3 ta davlat aktivi 3,7 mlrd. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish qiymati bilan sotilgan.16

16 https://gkk.uz/uz/investitsiya-jalb-etish-dinamikasi/3443-2018-yil-i-choragida-investitsiya-majburiyatlarini- bajarilishi-yuzasidan-olib-borilgan-monitoring-natijalari 18

1.2 Hududlarda amalga oshirilayotgan investitsion siyosatining mazmun mohiyati, nazariy-huquqiy asoslari

Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining subyektlari va obyektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan. Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni ragʻbatlantiruvchi qonuniy-huquqiy bazaning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanganligini belgilamaydi. Bugungi kunda mamlakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday oʻrnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin. “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday shaklida boʻlishidan qat`iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning qabul qilingan umumiy me`yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta`minlaydi. Bu qonun Oʻzbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uygʻunlashishi uchun huquqiy asosni yaratadi.Ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat koʻrsatishini kafolatlaydi 19 va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga koʻmaklashish, uni jahon xoʻjalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan. Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosati-bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga oʻtish, ustuvor investitsion loyihalarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yigʻindisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda koʻproq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan. Davlat investitsiya siyosatining ustivor yoʻnalishlari deb quyidagilar hisoblanadi: -investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish boʻyicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish; -iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish; -investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish; -davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida oʻzgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustivor yoʻnalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bogʻliq. 20

Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar oʻtkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi17.” “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham davlatimiz rahbari topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3408–sonli Prezident qarori ijrosi doirasida tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish borasida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizim korxonasi hamda “Rudell” MChJ(ma`suliyati cheklangan jamiyat) ta`sischiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, tumanidagi sobiq paxta tozalash korxonasi oʻrnida soha korxonalari uchun zarur boʻlgan brezent matosi ishlab ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Shumanay Teks” MChJ(ma`suliyati cheklangan jamiyat) tashkil etildi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 6,7 mln. dollar boʻlib, shundan korxonaning oʻz mablagʻlari 3,6 mln dollarni, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining kreditlari 3,1 mln dollari tashkil etadi. Loyiha doirasida Hindiston, Yaponiya va Turkiya davlatlarining ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan 3,1 mln dollari qiymatidagi zamonaviy texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha import shartnomalari imzolandi. Mazkur toʻqimachilik kompleksi 2019-yilda toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 2019-yilda loyihani toʻliq amalga oshirilishi natijasida 495 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

17 Mamlakatimiz rahbarining 2018-yilning 28-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 21

“Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chiqdi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori 2018-yil 20-iyunda qabul qilinib, bu ham hududlarimizga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida qilinishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilab beradi. Oʻzbekistonning qonun hujjatlari bilan quyidagilar ta`minlanadi: -investitsiya faoliyatining milliy va chet ellik subyektlari uchun barcha qulayliklar; -chet ellik investorlar huquqlarining davlat kafolatlari, zarur hollarda qoʻshimcha kafolatlar va himoya tadbirlari; -mablagʻlardan foydalanish va mablagʻlarni oʻtkazish kafolatlari, investitsiya faoliyati toʻxtatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari; -ochiq axborotlardan erkin foydalanish. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish (tenderlar oʻtkazish, kontraktlar tuzish va ularni roʻyxatga olish, tarmoq jadvallarining, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi), mahalliylashtirish dasturlari monitoringi sohasida: sanoatni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlariga, tarmoq dasturlariga va investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi, kelishadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; ijro etuvchi agentlik tuzilmasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari loyihani amalga oshirish tarmoq jadvaliga muvofiq ularni foydalanishga topshirishga qadar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta`minlaydi; tender hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda kelishilishini ta`minlaydi, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilgunga qadar xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar bozori konyunkturasini marketing yoʻli bilan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan konsalting 22 kompaniyalarini jalb etgan holda oʻrganadi; tender (tanlov) savdolari oʻz vaqtida oʻtkazilishini, kontraktlar tuzilishini belgilangan tartibda ta`minlaydi, ularni ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkazadi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, xalqaro qoidalarga hamda tegishli xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining tartib-qoidalariga muvofiq tuzilgan kontraktlar boʻyicha asbob uskunalar, materiallar yetkazib berish hamda ishlar va xizmatlarni bajarish monitoringini amalga oshiradi; imzolangan kontraktlar boʻyicha investitsiya bitimlarining xorijiy sheriklari, yetkazib beruvchilar va pudratchilar, investitsiya loyihalarini tuzilgan kontraktlarga qat`iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida moliyalashtirish boʻyicha vakolatli banklar tomonidan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib boradi; Davlat investitsiya dasturi va boshqa dasturlar, shu jumladan, tarmoq dasturlarini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi; investitsiya loyihalari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni kelishilgan shakl boʻyicha muntazamlilik asosida Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etadi. Investitsiyalar va kreditlar jalb etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va tahlil qilish asosida ularni tezkor bartaraf etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va ushbu yoʻnalishda ish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Shuni ta`kidlash joizki, investitsiya faoliyatini boshqarish loyiha tashabbuskorlari va banklar zimmasida boʻladi, balki davlat tomonidan yaratilgan me`yoriy-huquqiy tizim, jumladan, investitsiyalar bilan shugʻullanuvchi muassasalarning roli, soliq va bojxona imtiyozlari, monetar omillar, investitsiya dasturi va boshqalar investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va samarali boshqarish imkonini beradi.

23

1.2-jadval18

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadigan rasmiy muassasalar

№ Investitsiya faoliyatini boshqaruvchi Vazifalari muassasalar 1 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi: - Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda, chet el muvofiqlashtirish departamenti investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish; - davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil etish va boshqala 2 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish va Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirliklar boshqalar 3 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish va boshqalar 4 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish va boshqalar 5 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirli Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatga olish va boshqalar 6 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy investorlarga va Oʻzbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarga vizalar berish va boshq 7 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorijiy investorlarni va Oʻzbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarni turar joyi boʻyicha roʻyxatga olish va boshq 8 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitas Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona bilan bogʻliq faoliyatini tartibga solish va boshq 9 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning oʻtkazilishini, valyuta mablagʻlaridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati va boshq. 10 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati koʻrsatish va faoliyat milliy bank loyihani moliyalashni amalga oshirish va boshqa

Oʻzbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlari kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi qonunning maqsadi Oʻzbekiston

18 Tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish asosida shakllantirildi. 24

Respublikasi hududida xorijiy investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilab berishdan iborat boʻlib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: -xorijlik investorlarning huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish boʻyicha kompleks choralarini shakllantirish. -xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalarning ayrim toifalari uchun qoʻshimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilash. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirish chogʻida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Davlat tomonidan chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning toʻliq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta`minlanadi. Bunday rejim Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarida belgilab qoʻyilgandir. Xorijlik investorlarga xorij valyutasidagi pul mablagʻlarini Oʻzbekistonga va undan tashqariga ular soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlashi sharti bilan, biron bir cheklashsiz erkin oʻtkazish kafolatlanadi. Davlat investitsiya siyosatining uch jihatiga e`tibor beradi: 1.Davlatning byudjet daromadlari va olgan qarzlari hisobidan mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltirish 2.Davlat tomonidan milliy va xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhitni yaratish. 3.Davlat sektori bilan barcha sektorlardagi investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish. Davlat dasturiga kiritiladigan investitsiya takliflari birinchi navbatda ekologik talab va me`yorlarga javob berishi kerak, uning asosiy mezonlari quyidagilar hisoblanadi: -ishlab chiqarish ahamiyatidagi obyektlar uchun:

25

-mahalliy xom ashyo va mineral resurslarni qayta ishlashni keng masshtablarda kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasiga yetkazish. -eksport salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan, yuqori texnologiyaga asoslangan va resurslar tejalib ishlatiladigan rentabelli ishlab chiqarishni yaratish. -bozorni birinchi navbatda kerakli tovar va xizmatlar bilan toʻldirish. 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 799 ta loyiha boʻyicha 9,9 trln.soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan boʻlib, 512,4 mln.dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksport qilindi va 3018 ta yangi ish oʻrni yaratildi.19 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmining 90 foizidan ortigʻi Toshkent sh. (4431,7 mlrd. soʻm), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (2303,3 mlrd. soʻm), Andijon (1844,0 mlrd. soʻm) va Toshkent (536,9 mlrd. soʻm) viloyatlari korxonalariga toʻgʻri keladi. Demak shulardan koʻrishimiz mumkinki, davlatning investitsion siyosatining bir qismi boʻlgan, mahalliylashtirish dasturlari orqali tashkil qilingan yangi korxona va zavodlari ishlab chiqargan mahsulotlar, chet elga eksport qilinishi bilan bir qatorda yangi ish oʻrinlari tashkil topgandir.

Birinchi bob boʻyicha xulosa

Xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyotimizga jalb qilish va ularni hisoblashga doir xalqaro iqtisodiy tashkilotlar yondashuvlarni tahlil qilish va mamlakatimizda jahon tajribasi asosida investitsiya siyosatini rivojlantirish hozirda dolzarb ahamiyat aks etadi. Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va proferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy sarmoyaning yildan – yilga oshib borayotganligi buning isbotidir. Shu bilan birga, ushbu erkin iqtisodiy zonalar joylashgan hududlarda mavjud boʻlgan xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish eksportga moʻljallangan mahsulotlar koʻlamini oshirishga, zamonaviy sanoat ishlab chiqarish

19 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi 26 quvvatlarining tashkil etilishi yangi ish oʻrinlari barpo etilishiga, bandlik darajasining yuqori boʻlishiga va pirovordida aholi farovonligining oshishiga olib keladi. Investitsiya faoliyatining rivojlanishi ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirishga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta`minlash va uning sifatini oshirishga, ijtimoiy sohalarni yanada rivojlantirishga, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta`sir koʻrsatadi. Shuningdek, korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, asosiy fondlarning jismoniy va ma`naviy eskirishiga yoʻl qoʻymaslik, ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish, korxonalar mahsulotlari raqobatbardoshligini ta`minlash, qimmatli qogʻozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga oʻz mablagʻlarini sarflash asosida foyda olish maqsadlariga erishish imkonini beradi. Mamlakatimizda investitsiya loyihalarini samarali boshqarish davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsad yoʻlida qabul qilingan koʻplab qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish investitsiyalarni amalga oshirish tartibi, investorlar uchun yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar va ragʻbatlantirish omillari investitsiya loyihalarini samarali boshqarishga ham birday ijobiy ta`sir koʻrsatadi. Davlat mamlakatning umumiy taraqqiyotini ta`minlash va uning iqtisodiy hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish uchun ustuvor tarmoq va ishlab chiqarishlarga investitsiyalar joylashni ragʻbatlantirish va ularni samarali boshqarish siyosatini amalga oshiradi. Iqtisodiyotda korxona va boshqa tarmoqlarga qoʻshimcha moliyaviy resurlarni jalb qilish bu, zamon talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda aholi bandligini ta`minlashga yordam beradi deb hisoblaymiz.

27

II BOB. MAMLAKATIMIZDA “ERKIN IQTISODIY ZONA” LARNI TASHKIL QILISH ORQALI KORXONALARGA HAMDA IQTISODIYOTGA QOʻSHIMCHA RESURSLARNI JALB QILISHNING AMALIY TAHLILI

2.1. “NAVOIY”, “ANGREN”, “JIZZAX” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tahlili

Erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ) tashkil etish ahamiyati shundan iboratki mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma`muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hudud hisoblashimiz mumkin. “Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir qancha sabablari bor. Jumladan, Oʻzbekistonni oʻzining salohiyatli hamkori, deb tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridir. Qoʻshimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq boʻlishiga imkon beradi. Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yoʻli aynan Oʻzbekiston orqali oʻtadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni bogʻlovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors koʻrfaziga chiquvchi temir yoʻl oʻtadi. Xitoy–Yevropa yoʻnalishi boʻyicha avtomobil transportida yuk tashish Oʻzbekiston orqali amalga oshirsa, Xitoy-Rossiya chegaralaridan oʻtuvchi marshrutga nisbatan yoʻl 1000 km ga qisqaradi va albatta, transport xarajatlari ham shunga muvofiq tarzda kamayadi. Konteyner poyezdi Toshkentdan Bandar-Abbos portiga 7 sutkada, Toshkentdan Tehron orqali Istanbulga 10 kunda yetib boradi, bu

28 yuklarni Oʻzbekistonni chetlab oʻtgan yoʻldan emas, balki yaqinroq yoʻldan tashish, masofani ikki barobar qisqartirish imkonini beradi.20 Navoiy hududi orqali temir yoʻlning barcha asosiy trassalari oʻtgan. U Janubda Eron va Turkiya portlariga, Gʻarb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bogʻlovchi eng qisqa temir yoʻl marshruti ham aynan Navoiy orqali oʻtadi. “Gʻuzor – – Qumqoʻrgʻon” temir yoʻlining ishga tushirilashi bilan Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonga tranzit yuklarini tashish yoʻli ancha qisqardi. Erkin iqtisodiy zona hududida 26 kmli avtomobil yoʻli mavjud21 , ushbu yoʻl orqali ishlab chiqarish obyektlariga kerakli boʻlgan asbob-uskunalarni, jihozlarni tashishga, qurilayotgan obyektlarga qurilish mollarini, ishlab chiqaruvchi sexlarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib berishda foydalanish mumkin. 2008-yilning noyabr oyida “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga koʻra, Navoiy xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida “Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona transkontinental intermodal logistika markazi tashkil etildi. Bugungi kunda “Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta`minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha turdagi havo transportlarini, shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblangan Boing-747 va AH-124 samolyotlarini ham qabul qila oladi22.“Navoiy” EIZdan 2000 km radiusda 11 ta mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik shaharlari joylashgan23 . Havo transportidan foydalanib, yuklarni tashishda Oʻzbekiston orqali oʻtadigan havo yoʻlaklaridan foydalanish – xarajatlarni va vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy – Sharqiy Osiyodan Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali

20 www.navoi-fiez.uza sayti ma’lumotlari 21 www.nfiez.uz sayti ma’lumotlari 22 www.regnum.ru sayti ma’lumotlari 23 www.nfiez.com sayti ma’lumotlar 29 uchilganiga nisbatan masofa 1000 km.ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 15 tonna yoqilgʻi iqtisod qilinadi. Erkin iqtisodiy zona rezidentlari yer, mol-mulk, foyda, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari, yagona soliq toʻlovi (kichik korxonalar uchun), yoʻl jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumiy ta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash, jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan belgilangan tartibda ozod etilgan. Ya`ni, investitsiyalar hajmi 3 milliondan 10 million yevrogacha boʻlsa, 7 yilga, 10 dan 30 million yevrogacha 10 yilga, foyda soligʻi va YaST stavkalari 5 yil muddatga 50 foizgacha, 30 million yevrodan ortiq boʻlsa, 15 yilga, foyda va YaST stavkalari 10 yilga 50 foizgacha pasaytiriladi24. Bu imtiyozni qoʻllash Navoiy EIZ hududida alohida soliq rejimini ta`minlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi. Imtiyozning amal qilish muddati yuridik shaxs EIZ qatnashchilari reestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi. U imtiyozni qoʻllash huquqiga ega boʻlgan oydan boshlab amal qilish muddati tugagunga qadar foydalanadi. Imtiyozni qoʻllash huquqi toʻgʻridan-toʻgʻri investistiyalarning belgilangan hajmiga erishilgan paytdan boshlab vujudga keladi. EIZda faoliyatni amalga oshirish uchun 19 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan. Shundan 16 tasi qoʻshma, 2 tasi shoʻba korxonasidir. “Olive Telekom” qoʻshma korxonasi, “Uzkor LIGHTING” MChJ QK Navoiy shahridan, “Hansang-Pharm” MChJ QK esa Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan. Bugungi kunda bu yerda 12 ta korxona faoliyat yuritmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi hamda alohida soliq rejimini ta`minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga asosan 9 ta korxona 7 yilgacha muddatda imtiyozga

24 www.uza.uz sayti ma’lumotlari 30 ega boʻlib, 2017-yilning toʻqqiz oyida jami 3 milliard 184.5 million soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalandi. (2.1-jadval) 2.1-jadval

Navoiy viloyatining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari25

№ Yillar Koʻrsatkichlar 2013 2014 2015 2016 2017 (mlrd soʻm) 1 Yalpi hududiy 5603.5 6587.3 7575.8 8981.4 10541.8 mahsulotlar 2 Sanoat mahsulotlari 5394.3 6656.9 8238.9 9286.9 10682.4

3 Iste`mol tovarlari 412 755.0 1112.2 1768.6 2143.2 4 Qishloq xoʻjaligi 1332.4 1780.4 1804.1 2081.9 2330.2 mahsulotlari 5 Asosiy kapitalga 1559.7 1622.7 1653.0 1690.7 2839.1 investitsiyalar 6 Ish bilan band 418.5 419.6 420.6 421.2 421.8 boʻlganlar soni (ming kishi) 7 Erkin iqtisodiy zona 12 14 17 21 24 ichida ochilgan korxonalar soni

2.1-jadval ma`lumotlari koʻrsatishicha, viloyatda yaratilgan YaHM 2017-yilda 10541,8 mlrd.soʻmni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 5,9 foizga koʻpaydi.Asosiy kapitalga investitsiyalar koʻrsatkichi esa 2017-yilda 2839,1 mlrd.soʻm bu 2015-yilga nisbatan 46,7 foizga oshgan. Ish bilan bandlik koʻrsatkichi ham oʻsish tendensiyasiga ega. Lekin oʻtgan 8 yil mobaynida bu yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilganligi, ularda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilganligini koʻrish mumkin. Oʻtgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan. Jumladan, “Oʻzbektelecom”

25 www.navoi.uz sayti ma’lumotlari 31 va Singapurning “Servetechno Pte. Ltd” kompaniyalari bilan hamkorlikda tuzilgan “Telecom Innovation” qoʻshma korxonasi tashkil etilgan. Ushbu loyihaning qiymati 1,6 mln. AQSH dollarini tshkil etadi. U yerda raqamli televideniya uchun yillik quvvati 50 ming dona boʻlgan tyunerlar ishlab chiqariladi.Ayni vaqtda ushbu korxona 30 dan ziyod yosh kollej bitiruvchilar bilan faoliyat yuritmoqda26. “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan polietilen va polipropilen quvurlarni ishlab chiqaruvchi 2 ta zavod mavjud boʻlib, u “Polietilen quvurlari” ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 7,2mln dollar ni tashkil etadi. Korxona ishlab chiqarish hajmi ya`ni uning yillik eksport hajmi 6 mln AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etadi. Bu korxonada hozirgi kunda 80 ga yaqin ishchi faoliyat yuritadi. Ikkinchi zavod “Polipropilen quvurlari” zavodi boʻlib, ushbu loyihaning qiymati 5,2 mln. AQSH dollariga teng, tayyor mahsulotning 50 foizi eksport qilish uchun moʻljallangan. Zavod 50 dan ortiq yosh mutaxassislarni ish bilan ta`minlagan27. “UzEraeCabele” qoʻshma korxona “Oʻzavtosanoat” AK va Erae cs Ltd” (Korea Respublikasi) bilan birgalikda tuzilgan. Loyihaning umumiy qiymati 13 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy iste`molchisi “GM Uzbekistan” uchun avtomobil sim oʻramlarini ishlab chiqaruvchi “Oʻzkodji” qoʻshma korxonasidir. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan mahsulotining 20 foizi “General Motors” ning xorijiy korxonalariga eksport qilinishiga moʻljallangan28 “AgroFresh” korxonasi “Navoiy” erkin industrial zonasida birinchilardan boʻlib ochilgan qoʻshma korxonalar sirasiga kiradi. Ushbu yangi korxona “Markazsanoateksport” GAVK va Birlashgan Arab Amirliklarining “Kefayat General Trading Co” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Qoʻshma korxona 3000 tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash imkonini beradigan, harorat gaz orqali boshqariladigan, Italiyaning muzlatish uskunalari bilan jihozlangan. Loyihaning umumiy qiymati 5,03 million dollarni tashkil etadi. Bu yerda

26 www.jahonnews.uz sayti ma’lumotlari 27 www.uza.uz sayti ma’lumotlari 28 www.agmk.uz/idex.php sayti ma’lumotlari 32 yigirmadan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Korxona mahsulotining qariyb 50 foizi eksportga chiqariladi. “HPC SYSTEMS” MCHJ - “Navoiy erkin iqtisodiy zonasida 400 kV gacha boʻlgan tikilgan polietillen izolyatsiyali kuchlanish kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi investitsion loyihaga asosan 2012-yilda «HPC Systems» MChJ qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Qoʻshma korxonaning Ustav fondi 18,8 mln.doll., tashkil etib, OKMK(Olmaliq kon metallurgiya kombinati)ning ulushi (50%), “Oʻzkabel” AJ qoʻshma korxonasi (25%) va “Gulf Cable Trading Company” (XHR) (25%)dan iborat boʻldi. «HPC Systems» MChJ Oʻzbekiston Respublikasi, Navoiy shahri, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Korxonaning qulay joyda joylashganligi, rivojlangan transport infrastrukturasi, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi soliq va bojxona rejimlari kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish uchun qulay imkoniyat, shart-sharoitlarni ta`minlaydi.29 «HPC Systems» MChJ - Osiyo mintaqasi va MDHdagi eng zamonaviy kabel zavodi hisoblanadi. Korxona eng zamonaviy yevropaning jumladan: «Maillefer Extrusion Oy» (Finlandiya), «Pourtier» (Fransiya), «Sikora» (Germaniya), «Elof» (Shvetsiya), «Kabmak» (Turkiya) va boshqa davlatlarning texnologik va sinov uskunalari bilan jihozlangan. Sinov uskunalarining oʻzi 1,5 mln. dollarni tashkil etadi, umuman olganda uskuna, jihozlar uchun investitsiyalar 10,5 mln dolllardan oshdi, qurilish esa 32 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

“Hayat Power Cable Systems” Qoʻshma korxonasi MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan kabellar va simlar jahonning eng ilgʻor analoglariga muvofiq boʻlgan holda, avallari respublikamizda ishlab chiqarilmagan, masalan 110 kV kuchlanishlar uchun mis kabellari (kabellar Niderlandiya qirolligi davlatida sertifikatlashtirish sinovlaridan oʻtkazilishga tayyorlanmoqda), uch tomirli ijrodagi misli yuqori kuchlanishli zirhlangan kabellar (kabellar Turkmanistonga eksport qilingan), yonmaydigan ijrodagi 630 kV.mm gacha boʻlgan yuqori voltli

29 Raimjonova M.A. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. Toshkent: Extremum-press, 2013. 33 kuchlanish mis kabellari (Toshkent IES modernizatsiyalash obyektlariga eksport shartnomalari asosida yetkazib berildi).Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yilda 12,2 mlrd.soʻm (ekv.da 4,76 mln.doll) ni tashkil qildi. 2017- yilning 6 oyi davomida 37,8 mlrd. 45 soʻmlik (ekvda 12,9 mln doll) mahsulot ishlab chiqarildi, bunda eksport hajmi 9,6 mln. dollar, eksport ulushi 74,6% ni tashkil etdi. Ta`kidlash joizki, yuqorida sanab oʻtilgan barcha ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi 2008-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalarni ishga tushirish, sanoat salohiyati, ishlab chiqarish, transport va 46 ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda xorijiy, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi korxonalarning asosiy faoliyati etib quyidagi yoʻnalishlar belgilangan: avtomobilsozlik, aniq mashinasozlik, elektronika va elektr texnikasi, farmatsevtika va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, plastmassalarni qayta ishlashga zamonaviy, yuqori samarali uskunalar, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, keng turdagi yuqori texnologiyali, eksportga yoʻnaltirilgan, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ma`lumki, yurtimizda avtomobilsozlik sanoati jadal taraqqiy etmoqda. Natijada iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻlgan tabiiy gaz yonilgʻisiga ham talab ortmoqda. Bu esa oʻz navbatida, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari tashkil etilishiga asos boʻldi. Yaqinda hududda avtomobillar uchun yuqori bosimli gaz balonlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushdi. Eng soʻnggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 55 litrdan 154 litrgacha boʻlgan yuqori bosimli metan gaz balonlari ishlab chiqariladi.

34

Hozirgi kunda bu yerda 100 nafar kishi ish bilan ta`minlandi. Korxona yiliga 120 ming dona gaz balon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu paytgacha respublikamizga yuqori bosimli metan gaz balonlari, asosan, xorijdan keltirilardi. Endilikda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot ichki ehtiyojlarimizni qondirish bilan birga ularni qoʻshni davlatlar, jumladan, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlariga ham eksport qilish imkoniyatini berdi. Kelajakda ushbu zavodda nafaqat metan, balki, propan, butan va kislorod gaz balonlari ishlab chiqarish rejalashtirilyapti30. 2017-yilda Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulotning oʻsish sur`ati 9,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 17,8 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 6,3, qurilish ishlari 11,8, chakana tovar aylanmasi 15,2 foizga oʻsdi. 2016-yilda sanoat sohasini rivojlantirishga doir 304, qishloq xoʻjaligida 696 ta loyiha amalga oshirildi. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2017-yilda 80,3 foizni tashkil etdi. Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 38 million dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2016-yilda bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar tomonidan 163 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Jizzax erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonga muvofiq, soliq va bojxona toʻlovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj toʻlovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil boʻlmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi farmoni asosida tashkil etilgan maxsus hududda oʻtgan qisqa muddatda 19ta zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy zonaning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14,

30 www.navoiy.uz/hokimiyat/101-n sayti ma’lumotlari 35

Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Doimiy ish oʻrniga ega boʻlganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 2017-yilda erkin iqtisodiy zonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard soʻmni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi31 Hozirgi kunda hududda avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikro toʻlqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda32Jizzax va viloyatlari hokimliklari tomonidan korxonalar qurilishi uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalar “yagona darcha” tamoyili boʻyicha berilishi tadbirkorlarga katta qulaylik tugʻdirmoqda. Erkin iqtisodiy zona uchun yaratilgan bunday qulaylik va imkoniyatlar, ayniqsa, xitoylik sarmoyadorlarda katta qiziqish uygʻotmoqda. 2017-yil dekabr oyida oʻtkazilgan biznes-forum doirasida xitoylik va jizzaxlik ishbilarmonlar 10ta loyiha boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishib, memorandumlar imzoladi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma`muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar boʻlgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, 2017 yilning 2-choragida yiliga 24 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega “Mingyuan Si Lu Industry” xorijiy korxonasining birinchi navbati ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi va bu ishga tushirildi. Xitoylik sarmoyadorlarning 109,7 million dollarlik investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ushbu yangi korxona toʻliq ishga tushirilishi bilan 391 yangi ish oʻrni yaratildi33 Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida telekommunikatsiya sohasida uchta korxona faoliyat boshlamoqda. “Jizzax” erkin

31 www.sizjizzakh.uz sayti ma’lumotlari 32 www.jizzax.uz/wp-content/uplo sayti ma’lumotlari 33 www.uza.uz>documents> jizzax-maxsus-insdustrial zona sayti ma’lumotlari 36 iqtisodiy zonasida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan xitoylik hamkorlar bilan uchta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xitoyning “ZTE Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshgan loyiha zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan qoʻshma korxona boʻlib, 20 ming dona videotelefon hamda shuncha “IP” telefonlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar “Oʻzbektelekom”ning yana bir hamkori “Huawei Tech. Investment Co. Ltd” kompaniyasini ham manfaatli sheriklikka undadi. Natijada 2 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoya evaziga mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Broadband Solutions” qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Majmuadagi uchinchi ishlab chiqarish tarmogʻi esa “Jiangsu Zhongtian Technology Co. Ltd” kompaniyasi bilan birgalikda 500 ming AQSH dollarlik sarmoya evaziga tashkil etilgan “ZTT Telekom” qoʻshma korxonasidir. Bu yerda optik tolali aloqa tarmoqlarida qoʻllaniladigan uskuna hamda ular uchun aksessuarlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 2013 yilda Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan OKMKning ulushi (50%), “Peng Sheng” (Oʻzbekiston QK MCHJ (17%) va “Wenzhou 50 Jinsheng Trade Co, LTD” (XHR) (33%)dan iborat oʻlgan “AWP”MCHJ qoʻshma korxonasi tashkil etilgan Qoʻshma korxonaning ustav fondi 7,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Qoʻshma korxonaning quvvati turli xildagi 1200,0 ming donadan iborat santexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etadi. Qoʻshma korxonaning asosiy faoliyati sanitar-texnika mahulotlari uchun yuqori texnologiyalar asosida smesitellarni, yopish armaturalari (zulfin)ini ishlab chiqarish, ularga jamlamalarni ishlab chiqargan holda ichki bozor talablarini toʻloqonli qondirish va mahsulotlar eksportini ta`minlashdan iboratdir. «AWP»MChJ Qoʻshma korxonasi santexnika mahsulotlari uchun smetitellar va yopish armaturalari, keng asosortimentdagi smesitellar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatimizdagi yagona korxona hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 2016-yildagi eksport hajmi 12,0 mlrd.soʻm (ekv.da 4,6 mln.doll)ni tashkil qildi. 2017-yilning 6 oyi davomida 37

20,0 mlrd. soʻm (ekv.da 6,8 mln.doll)tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, bunda eksport hajmi 4,4 mln. doll. eksport ulushi 66,5% ni tashkil etdi. “Angren” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. “Angren” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Angren” EIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etildi. Angren erkin iqtisodiy zonasi asosan “Angren” logistika markazi sifatida tashkil etilgan. Ayni damda bu logistika markazining 49% xorijiy investirlar qoʻlida. Asosan u avtomobil va temir yoʻl yuk tashuvchilari xizmatini koʻrsatishga ixtisoslashgan. “Angren” logistika markazi 2010-yilda Toshkent viloyatidagi temir yoʻl stansiyasi negizida tashkl etilgan. «KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MChJ qoʻshma korxonasi 2006-yilda tashkil etilgan. Korxonaning asosiy ish faoliyati TS 21407711-01:2015 muvofiq mis kuporasi va tarkibi aniqlab boʻlmaydigan maydaparchali mis kuporasi chuqur qayta ishlash hisoblanadi. Korxona xalqaro standartlar sifatiga mos keladigan mahsulot ishlab chiqaradi va uni dunyo bozorida samarali keng targʻib etmoqda. Qoʻshma korxonaning ustav fondi 1,9 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Qoʻshma korxonaning ta`sischilariga-xorijiy ishtirokchi tomonidan: «CONTESSA VENTURES LIMITED» kompaniyasi (Buyuk Britaniya)–60%. Oʻzbekiston tomonidan: «Olmaliq KMK»AJ - 40%. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2015-yilda 23,5 mlrd.soʻm (ekv. da 9,1 mln.doll.)ni eksport ulushi 98,8% ni tashkil etdi. Hozirgi kunda “Angren” erkin iqtisodiy zonasida jami 11 korxona faoliyat koʻrsatyapti. Ularda shakar va mis quvurlaridan tashqari, koʻchalar hamda binolar uchun tejamkor yoritkichlar, koʻmir briketlar, zamonaviy qurilish materiallari kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonalarda ish bilan band boʻlganlar soni esa, 1500 kishiga yetib qoldi (2.1-jadval).

38

2.1-jadval “Angren” erkin iqtisodiy zonada 2017-2018-yillarda amalga oshirilgan investitsiya loyihasi haqida ma`lumot34 № Yaratilgan Loyihaning nomi Chet el Quvvati JAMI Chet el ishchi va tashabbuskori investor investitsiyasi oʻrinlar soni Prista oil Ishlatilgan texnik Holding 43,0 mln 15,0 7,7 49 1 moyni qayta ishlash EAD tonna OAO Bolgariya Zamonaviy shakar Kio zavodi IP OOO investment 1000 tonna 108,5 108,5 200 2 “Angren” shakar Ptc LTD sutkada (Singapur) Energiyani “EA tejaydigan nurli Lightigs Co 48 mln dona 1,0 0,5 23 3 diodli lampalar LTD ” ishlab-chiqarish Korea OOO “EAL-NUR Mis quvur ishlab chiqarish zavodi 8,0 mln 35,48 168 4 - - tonna Texnik kremniy “Shingdong ishlab chiqarish Enercom 5 mln tonna 8,67 4,7 49 5 OOO “UzShindong inc” Korea Sition” Sanitary gigenik TTIOT FS keramika ishlab CO LTD 510 ming 28,8 20,0 300 6 chiqarish. DIP Korea dona “TIAT Ceramic” Jami 197,5 141,4 789

34 www.UzReport.uz ma’lumatlari asosida tayyorlandi 39

Umuman olganda, “Angren” EIZ ma`muriy kengashi tomonidan 23 ta loyiha ma`qullangan boʻlib, ularning qiymati qariyb 458 million AQSh dollarini tashkil qiladi.35 Amalga oshirilayotgan loyihalarning tarmoqlar va sohalar boʻyicha tahlili koʻrsatishicha, ularning qiymati boʻyicha yetakchi oʻrinni “Oʻzfarmsanoat” - 109,3 mln. AQSh dollari (30%), “Oʻzeltexsanoat” - 88,2 mln. AQSh dollari (24%), “Oʻzbekneftgaz” - 85,4 mln. AQSh dollari (23%) egallamoqda. 2018-yil 1-yanvar holatiga ko`ra Oʻzbekistondagi EIHlarda umumiy qiymati 300 million dollardan ortiq 38 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan. Bugungi kunda “Navoiy” EIZda “Olive Telecom” qoʻshma korxonasi, “Uzkorlighting”, “Hansang-Pharm”, “UzEraeAlternator”, “Oʻz Minda”, “Telecom Innovations”, “NB Cosmetics”, “Navoiy Hunan Pulp”, “Agrofresh”, “KO-UNG Cylinder”, “Hansang Pharm”, “Olive Telecom”, “Ariston Thermo-UTG” mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonalar, “Angren” MIZda “Jun long industrial” xorijiy korxonasi, “Angren quvur zavodi” unitar korxonasi, “Egl-nur”, “National ceramics”, Bricket Ugol Standart” qoʻshma korxonalari, “UzShindong Silicon”, “Angren elektrodlari” mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonalar hamda “Jizzax” MIZda “Hangzhou Zhongwu Electronic Meters”, “Golden Auto Parts”, “Sell Screw Products”, “Buy Fitting Product” mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonalar samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi EIZlarda maxsus soliq va bojxona imtiyozlarining amal qilishi, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining mavjudligi, sifatli va barqaror energiya va suv resurslari ta`minoti, investorlarga xizmat koʻrsatish uchun qulay sharoitlar, EIZlarning geografik qulay joylashuvi, mineral-xomashyo resurslarining mavjudligi hamda malakali mehnat resurslari EIZlar faoliyati samaradorligini ta`minlash imkonini beradi. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish koʻlamini yanada kengaytirish uchun respublikaning boshqa hududlarida ham maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

35 Stat.uz 40

2.1 rasm. 2018-yil yanvar-iyun oylarida hudular kesimidagi investitsiya36 2.1-rasmda asosiy kapitalga investitsiyalarning oʻzlashtirilgan hajmi boʻyicha hudular kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 24,3 %i oʻzlashtirildi. Shuningdek Buxoro viloyatida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan tushish kuzatilgan boʻlsada, investitsiyalar hajmi boʻyicha Respublikadagi ulushi Toshkent shahridan keyingi oʻrinda 11,0 % ni tashkil etmoqda. Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ushbu koʻrsatkich mos ravishda 10,2 va 10,7 %ni tashkil etdi. Xorazm hamda Jizzax viloyatlarida investitsiyalarning Respublikadagi ulushi 2,8 va 3,0 %ni tashkil etgan boʻlsa, Sirdaryoda bu koʻrsatkich boʻyicha eng kami boʻldi – 1,8 %.

36 https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-gks/4451-2018-yil-yanvar-iyun-oylarida-asosiy-kapitalga-investitsiyalar 41

2.2.Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalar jalb qilish va rivojlantirish bosqichlari

Bu kabi ma`lumotlarni tahlil qilganimizda, mamlakatda EIZni tashkil qilish, uning pirovard maqsadi emas. Hududlarni tashkil qilishdan maqsad, sanoat va iqtisodiyotning oʻsish darajasini tezlashtirish va ularni modernizasiyalash, ichki bozorni toʻldirish va eksportning oʻsishi hisobiga valyuta tushumlarini koʻpaytirishdir. Erkin iqtisodiy zonalarni tuzishdagi dastur–maqsadli boʻlishi, moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari hammasi uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni qayd etishi lozim. Bularga quyidagilar kiradi: -korxonalar xoʻjalik aloqalarini qayta tashkil etish; mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini xalqaro bozorda davlat tomonidan himoyalash; -erkin tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida mahalliy toʻrachilik va byurokratik toʻsiqlarni mavjudligi. Mamlakatda yetarlicha rivojlangan infratuzilma mavjud emas, xalqaro dengiz portlariga chiqish yoʻllari yoʻq, chet el investorlarini jalb qiluvchi va butun dunyo boʻylab tarqalgan va faoliyat koʻrsatayotgan hamda tashkil etilayotgan hududlar bilan raqobatda yutib chiqishni ta`minlaydigan “joziba” yetarli darajada emas. Lekin bu–Oʻzbekistonda tashkil qilinadigan Erkin iqtisodiy zonalarning kelajagi yoʻq, degani emas. Buning uchun Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanish modelini aniqroq belgilab olish kerak. Erkin iqtisodiy zonalarn tashkil etish amaliyotining koʻrsatishicha, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun infratuzilma zarur boʻlib, uni rivojlantirish yirik kapital qoʻyilmalarni talab etadi. Xitoyda masalan, 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya ta`minoti, shinam turar – joy uchun sarflash zarur boʻlgan. Xorij tajribasini tahlil qilgan holda, shunday xulosaga kelish mumkin: milliy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi koʻp jihatdan mamlakatning oʻz ichki bozorini 42 himoya qilishga, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga va investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratib berishga qaratilgan siyosatiga bogʻliq boʻladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini ragʻbatlantirishga umumiy qabul qilingan va oʻz samaradorligini koʻrsatgan, oʻzini oqlagan iqtisodiy vositalardan foydalanmasdan erishib boʻlmaydi. Ushbu vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin: soliq va kredit imtiyozlari, eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi moliyalash uchun davlat kafolatining boʻlishi, mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorga chiqishida davlatning hamkorligi, investorlarga qulay sharoit va ma`lum bir imtiyozlar “majmuasi” taklif qilinishi, chiqara olish uchun zarur boʻlgan infratuzilmani yaratib berish. Agarda u qulay hududda joylashgan boʻlsa ya`ni masalan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi shahardan yaqinroqda joylashgan, bunda Navoiy viloyatidagi mavjud tumanlarni bir-biriga bogʻlovchi yoʻl tashkil etish kerak. Qaysi tumanda qandaydir xom – ashyo mavjud boʻlsa u oʻsha yoʻnalish boʻyicha korxonalar ochilsa va bu korxona iqtisodiy zona direksiyasiga boʻysunsa va erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyozlar shu yerda ham qoʻllansa. Natijada investorga turli xil imkoniyatlar mavjud boʻladi va har bir tuman ham rivojlanishi, aholining bandligi oshishi, aholi yashash va ishlash uchun joy izlashiga hojat qolmaydi. Bundan tashqari Oʻzbekistonda EIZni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari keng. Shuni qayd etib oʻtish kerakki, Oʻzbekistonda tabiiy boyliklarning, mehnat resurslarining va hududlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligini hisobga olib, kelajakda EIZning koʻrinishlarini tashkil etish mumkin. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ular boʻyicha aynan bitta tashkilot mansub boʻlsa, xorijiy yoki mahalliy investor oʻz mablagʻini kiritib ishlab chiqarish tashkil etish uchun u kelga kim bilan bogʻlanish kerak degan tushunchalarga tez javob topish kerak. Bundan tashqari tashkil etilgan tashkilotda yetarlicha mablagʻ boʻlsa, Erkin iqtisodiy zonalar daromadiga qarab ma`lum bir 43 badallar toʻlasa shu badallar hisobidan yoki mavjud korxonalar tomonidan toʻlanadigan soliq va bojxona bojlarni davlat tashkil etilgan tashkilotga badal toʻlab borsa, qachonki qaysidir korxona moliyaviy ahvoli yomonlashsa, yoki bozorda narxlar tushib ketganda yordam bera olsa bu korxonalar uchun motivatsiya boʻladi va davlatga ishonchi ortadi. Natijada investor daromadi kafolatlanganligini koʻrish mumkin. Respublikamizda Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishga oid “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida:37

– erkin savdo zonalari;

– erkin ishlab chiqarish zonalari;

– erkin ilmiy – texnikaviy va boshqa zonalar tuzilishi mumkin. Erkin savdo zonalari omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrash-joylash, saqlash zonalarini oʻz ichiga oladi.Erkin savdo zonalari tutash punktlarida, aeroportlarda, temir yoʻl tuzellarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuzilishi mumkin. Hozirda koʻrishimiz mumkinki davlatimiz dengizga chiqish uchun Gʻarb bilan oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish maqsadida Oʻzbekiston Turkmaniston- Ozarbayjon-Turkiya orqali yoʻl ochilyapti. Bu kelajakda bunday zonalarni ochish uchun talab oshib boraveradi. Erkin ishlab chiqarish zonalari–tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida xoʻjalik – moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial – iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni oʻz ichiga oladi38. Erkin ilmiy – texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat boʻlib, u yerda ilmiy – ishlab chiqarish va oʻquv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot oʻrnatiladi (2.2-jadval).

37 O’zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zona to’g’risida”gi Qonuni 25.04.1996 yil. Qonun 38 Haydarov N. X., Ubaydullaeva S.F. “Xorijiy investitsiyalarni muvofiqlashtirish masalalari”. Toshkent - 2011y. 44

2.2-jadval Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida tashkil etilishi mumkin boʻlgan erkin iqtisodiy zonalar turlari 39 EIZ joylashtirish mumkin Tavsiya qilinadigan asosiy hududning nomi EIZning ixtisosligi imtiyozlar

Erkin ( sanoat ) ishlab chiqarish hududi Chirchiq sh. Sanoat Soliq, bojxona, moliyaviy, Olmaliq sh. ma`muriy Turizm hududlari 1. Samarqand vil. Turizm 2. Buxoro vil. Turizm Soliq, viza hujjatlari, bojxona, 3. Xorazm vil. Turizm 4. sh. Turizm ma`muriy 5. Fargʻona vodiysi. Turizm 6. Qoraqalpogʻiston Turizm Ilmiy texnopark

1.Toshkent sh. Sanoat Soliq, joylarni ijaraga berish, 2.Chirchiq sh. konsultativ-xizmatlar koʻrsatish Erkin savdo hududlari ( funksional)

1.Toshkent vil. 2.Jizzax vil Oziq – ovqat, qurilish mollari Soliq, moliyaviy, ma`muriy, 3.Surxondaryo vil. 4.Xorazm vil. ishlab chiqarish va boshqalar bojxona 5.Fargʻona vodiysi

Erkin ilmiy – texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovasiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi boy resursga egaligi va hududlarning tabiati, tarixiyligi bilan boshqa davlatlarning hududlaridan ajralib turadi. Shu sababli mazkur hududlarda turli xil iqtisodiy zonalarni tashkil etish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish zonalari sifatida Chirchiq sh va Olmaliq shaharlarini aytshimiz mumkin. Turizim hududlari sifatida Samarqand vil, Buxoro vil, Xorazm vil, Shahrisabz sh, Fargʻona vodiysi va Qoraqalpogʻiston Respublikalarini aytishimiz mumkin. Ilmiy

39 Magistrant tomonidan bir qancha adabiyot va jurnallardan foydalangan holda tuzildi. 45 texnopark Toshkent sh va Chirchiq sh. Erkin savdo hududlari Toshkent,.Jizzax, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Fargʻona vodiysi hududlari juda qulay hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiyalash maqsadida investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etilishining oʻsishiga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri, bu soʻnggi yillarda yurtimizda erkin iqtisodiy zonalar - “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi va Prezidentimizning tashabbusi bilan yana 4 ta yangi erkin iqtisodiy zonani tashkil etilishidir. Mazkur erkin iqtisodiy zonalarning barpo etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda yangi eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni oʻzlashtirishiga imkon berdi va investorlar faoliyatining yanada kengayishi uchun qoʻshimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratdi. Asosan, bular zamonaviy qurilish va jihozlash materiallari, iste`mol tovarlari, telekommunikatsiya, neftgaz texnologik uskunalari, kimyo, avtomobil va elektrotexnika sanoati hamda boshqa yuqori texnologik sanoat ishlab chiqarish yoʻnalishlaridagi mahsulotlardir. Shu bilan birga, ushbu erkin iqtisodiy zonalar joylashgan hududlarda mavjud boʻlgan xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish eksportga moʻljallangan mahsulotlar koʻlamini oshirishga, zamonaviy sanoat ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi yangi ish oʻrinlari barpo etilishiga, bandlik darajasining yuqori boʻlishiga va pirovordida aholi farovonligining oshishiga olib keladi. Bunday iqtisodiy zonalarni tashkil etish natijasida hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga katta yordam bermoqda. Yildan– yilga hududlarda jahon brendidagi turli xil mahsulotlarning ishlab chiqarilayotganini aytishmiz mumkin. Hozirgi kunda Navoiy erkin iqtisodiy zonasida hududida yangi korxonalar tashkil etilmoqda, natijada har bir korxona 250 ta yosh kadrni ish bilan ta`minlash maqsad qilinmoqda. Bundan tashqari Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida Fransiyaning “Pejo Sitroen” va “Oʻzavtosanoat” AK oʻrtasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqariladi.

46

Zavod “Peugeot” va “Sitroen” brendlari ostida yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Dunyoda nom qozongan bunday kompaniyalar bilan olib borayotgan hamkorligimiz qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz tarmoqlarini tubdan modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uning turini koʻpaytirish, jahon bozorlariga raqobatdosh yangi mahsulotlar bilan chiqish imkonini bermoqda.“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish hisobidan chet ellik investorlar bilan yoʻlga qoʻygan hamkorligimiz oʻzining yuksak samarasini koʻrsatmoqda. Eng muhimi, Oʻzbekistonda mahalliy va chet ellik investorlar nafaqat mablagʻ sarflab, daromad olmoqda, balki korxonalarni birgalikda boshqarmoqda, xorijlik muassislar qoʻshma korxonaga, avvalo, ilgʻor texnologiyalarni olib kirmoqda, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy qilmoqda. Bu boradagi tajriba hamkorlikning aynan mana shu shakli eng koʻp samara berayotgani va eng yaxshi istiqbolga ega ekanini koʻrsatmoqda. Hozirgi zamon taraqqiyot etgan sari mamlakatlar oʻz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mana bunday hududlarni tashkil etmoqda. Natijada Shimoliy Amerikada hozirda 266 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritmoqda. Markaziy Amerikada 228 taga yetdi. Janubiy Amerika davlatlarida 41 ta. Yevropa hududida 161 ta ga yetgan. Eng yuqori koʻrsatkichni Osiyo mamlakatlariga tegishli 280 ta teng. Biz Xitoy erkin iqtisodiy zonalarini kuzatadigan boʻlsak bu yerda 190 taga yetdi va ulardan yiliga 12.0 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi (2.3-jadval).

47

2.3-jadval

2017-yilda Erkin iqtisodiy zonalarning tashqi savdo koʻrsatkichlari ( mlrd AQSH dollari.)40 Qiymat (mln AQSH doll.) Oʻsish darajasi (%) MIZ Savdo Savdo aylanmasi Eksport Import aylanmasi Eksport Import

Shenzhen 537,36 305,72 231,64 15,1 12,7 18,5

Xiamen 84,09 52,35 31,74 12,9 15,3 18,5

Zhuhai 54,17 26,60 27,56 18,6 23,0 14,6

Shantou 9,23 6,60 2,63 4,9 7,1 -0,3

Hainan 14,98 3,71 11,27 4,6 18,2 0,8

Jami 699,83 394,98 304,85 14,7 13,6 16,2

2017-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Xitoy umumiy eksportining 47,3 % va importining 44,8 %ini tashkil etgan. Ular yuqori texnologiyalar eksportida ham muhim rol oʻynaydi. 2005-2013-yillarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan yuqori texnologiyalar eksporti 79 %dan 82 %ga koʻtarildi. Xitoyda faoliyat yuritayotgan Erkin iqtisodiy zonalar iqtisodiy rivojlaninshning muhim omillaridan biri boʻlib xizmat qilmoqda.41

40 www.tradingeconomics.com va Xitoy statistik ma’lumotlari asosida tayyorlandi 41 M. Hamdamov, i.f.n., dots., N. Xudoynazarova, JIDU. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил 48

2.4-jadval

Dunyo erkin iqtisodiy zonalar yillik YaIM42

Dunyo erkin iqtisodiy zonalar yillik YaIM Davlatlar Zonalar(soni) Export(mlrd AQSH Ish bilan band dollarida ) aholi AQSH 266 20 400.000 Xitoy 190 12 30.000.000 Indoneziya 115 4.2 200.000 Flippen 100 27.0 907.000 Tailand 30 4.7 120.000 Hindiston 13 1.3 87.000 Tayvan 5 6.1 90.000 Janubiy 3 5.0 80.000 Koreya

Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash,ularning ish bilan bandligini ta`minlash,turmush tarzini yaxshilash, sogʻlom iqtisodiyot muhitini shakllantirib sifatli, raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni yaratishdan iboratdir. Buning ijrosini ta`minlash maqsadida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonlaridan investitsiya muhitini yaxshilash uchun qarorlar qabul qilinmoqda. 2017-yilda Oʻzbekistonda umumiy qiymati 2,534 mlrd dollar boʻlgan 168 ta loyihani yakuniga yetkazish rejalashtirilgan. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi investitsion dasturi toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan hujjatga muvofiq, 2017-yilda umumiy qiymati 1,688 mlrd dollar boʻlgan 83 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi qurilishini yakunlash hamda qiymati qariyb 845 mln dollarlik 85 ta loyihani modernizatsiya qilish belgilangan. 2017-yilda tasdiqlangan loyihalarni yakunlash uchun 1,26 mlrd dollarlik mablagʻni

42 www.tradingeconomics.com va Xitoy statistik ma’lumotlari asosida tayyorlandi 49 oʻzlashtirish rejalashtirilgan. Jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” 1 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etuvchi 8 ta loyihani amalga oshiradi. Temir yoʻl kompaniyasi Buxoro-Miskin temir yoʻli qurilishining birinchi bosqichini yakunlash, Qarshi-Termiz uchastkasini elektrlashtirish, shuningdek Ispaniyadan ikki dona Talgo tezyurar poyezdini xarid qilishni rejalashtirdi. “Oʻzbekneftgaz” qiymati 281,5 mln dollarlik 11 ta loyihani amalga oshirishi lozim. Geologik razvedka ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalarni sotib olish kutilmoqda. “Oʻzbekenergo” yil oxiriga qadar Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qiymati 207,4 mln dollarlik elektr energiyasining avtomatlashgan hisobini yuritish tizimini joriy etishi rejaga kiritilgan. “Oʻzkimyosanoat” “Angren” erkin iqtisodiy zonasida avtomobil shinalarini ishlab chiqarish boʻyicha zavodning umumiy qiymati 214 mln dollar boʻlgan birinchi navbatini ishga tushiradi.Avvalroq xabar qilinganidek, Oʻzbekiston 2030-yil soʻngiga qadar iqtisodiyotning strategik sohalarida 40 mlrd dollardan ziyodroq qiymatdagi 657 ta loyihani amalga oshiradi. Hukumat ma`lumotlariga koʻra, mazkur loyihalarning amalga oshishi natijasida sanoat sektorining yalpi milliy mahsulot tuzilmasidagi ulushi 2030 yilga borib 2016 yildagi 32,9 foizdan 40 foizga ortadi. Prezidentning 2017 yil 18 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida"gi qarori yuqoridagi kabi tahlillar natijasida qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mamlakatimizda tarmoq va hududiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim yoʻlga qoʻyilmoqda va bu uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash kerak. Ushbu konsepsiya tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha strategik vazifalarni oʻz ichiga olgan hujjat boʻladi. Ikkinchi bosqichda rivojlanish konsepsiyasi asosida maqsadi va moliyalashtirish manbalari aniq boʻlgan 3 yillik, ya`ni 2019−2021 yillarga moʻljallangan loyihalar portfeli shakllantiriladi. Ushbu loyihalar Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan kelishilib, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida 50 ekspertizadan oʻtkaziladi. Har bir loyihani amalga oshirish boʻyicha batafsil kalendar rejasi ishlab chiqiladi. Uchinchi bosqichda tasdiqlangan 3yillik loyihalar portfeli asosida rivojlanish davlat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash talab etiladi. Investitsiyalar yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya va boshqa ilgʻor ilm-fan yutuqlariga asoslangan loyihalarni moliyaviy qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirilmoqda. Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilmasligi oqibatida zamonaviy obyektlarni ishga tushirish muddatlari kechikishi, bu esa talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning bozorga yetib borishiga, qancha-qancha odamlar, avvalo, yoshlarning ish bilan ta`minlanishiga salbiy ta`sir koʻrsatishini ta`kidlab, bunday holatlarga yoʻl qoʻygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat`iy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirdilar. 43 Ikkinchi bob boʻyicha xulosa Xulosa qilib aytadigan boʻlsak erkin iqtisodiy zonalar va ularni rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish, ularning huquqiy asoslarini ta`minlash, infratuzilmani shakllantirish va shu maqsadlarni amalga oshirishda xorij tajribalarini birlashtirgan holda quyidagi xulosalar shakllanadi: EIZ deganda, mamlakatning strategik maqsadlarini amalga oshirishda, xoʻjalik yurituvchi sub`yektlar qonun doirasidagi faoliyat bilan shugʻullanishi hamda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish qulay boʻlishi uchun maxsus boshqaruv tizimi (rejimi) oʻrnatilgan hudud, ya`ni mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va ragʻbatlantirishlar tizimi amal qiladigan hudud tushuniladi. Yaratilgan shart-sharoitlar EIZga tashqi dunyo bilan yuqori darajada iqtisodiy aloqada boʻlish imkonini beradi, bojxona, soliq va investitsion rejimlar ichki hamda tashqi investitsiyalar qulay hisoblanadi. Yangi ish oʻrinlari yaratiladi, malakali mutaxassislar shakllantirilib, mahalliy ishchi kuchi zamonaviy texnikadan foydalanishi natijasida yangi mehnat uslublarini oʻzlashtiradi, EIZlarga

43 Milliy iqtisodiyotning yetаkchi tarmoqlarini modernizаtsiya va diversifikаtsiya qilish orqali rаqobаtbаrdoshligini oshirish yo`llari ilmiy seminar ,Toshkent “Iqtisod-moliya”2018, M.Oripov “Investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish – eng muhim va dolzarb vazifa” 51 investitsiya jalb qilayotgan kompaniyalar yer va infratuzilma obyektlari uchun toʻlovlarni oʻz zimmasiga oladi va xizmat uchun haq toʻlaydi; mahalliy aholining turmush darajasi oshadi, daromadlari oʻsadi, ichki bozorning yuqori sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyoji toʻlaroq qondiriladi. Erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat koʻrsatayotgan kompaniyalar boshqalarga nisbatan yaxshiroq sharoitlarga ega boʻladi. Bunday zonalarda ishlab chiqarish sarf xarajatlari, xomashyo va materiallar olib kirish bilan bogʻliq soliq va bojlar yoʻqligi, ishchi kuchining nisbatan arzonligi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini pasaytirib, uning raqobatbardoshligini oshiradi. Hududlarda tadbirkorlik faoliyatining yanada jonlanishi, eksport salohiyatining oshishi kabilar hisobiga iqtisodiyotning ma`lum tarmoq va sohalari rivojlanishiga koʻmaklashadi. Erkin iqtisodiy zona muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun quyidagi shart- sharoitlar mavjudligi muhim jihat hisoblanadi, ya`ni: mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va qulay investitsion muhitning shakllanganligi; xorijiy va mahalliy investorlarni ragʻbatlantiradigan puxta ishlab chiqilgan huquqiy bazaning mavjudligi.

52

III BOB. INVESTITSION FAOLLIKNI HUDUDLARDA AMALGA OSHIRISH VA ULARNING SAMARALI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

3.1.Investitsion faolligini hududlarda amalga oshirish va boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi

Jahon tajribasining koʻrsatishicha ishlab chiqaruvchi kuchlarni hududiy joylashtirish va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha koʻp mamlakatlarda turli yondashuvlar mavjud, biroq ular bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bu davlatlarda mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish maqsadlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan: -rivojlanish jihatidan orqada qolayotgan mintaqalarda iqtisodiy oʻsishni ta`minlash; -markaziy hokimiyat organlarining katta qismini mahalliy boshqaruv tizimi zimmasiga yuklanishi; -yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishning toʻplanishini cheklash; yangi oʻzlashtirilgan hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishni ragʻbatlantirish. Mintaqaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishning eng ommaviy uslublaridan biri boʻlib hududlarni rivojlantirish jamgʻarmalarini tashkil etish hisoblanadi. Masalan, 1975 yilda Yevropa Ittifoqi qoshida hududiy muvofiqlashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Boshqa qator mamlakatlarda ham ayrim hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida maxsus jamgʻarmalar (Italiyada davlat subsidiyasi hisobiga faoliyat olib boradigan va janubiy hududlar infratuzilmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan “Janubiy xazinasi”; Bolgariyada ba`zi hududlar rivojlanishini jadallashtirish davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha jamgʻarma, Vengriyada ham maqsadli jamgʻarmani birlashtiruvchi hududlarni rivojlantirish markaziy jamgʻarmasi va boshqalar) tuzilgan. Jahonning koʻplab mamlakatlarida mintaqaviy investitsiya siyosati har bir

53 hududning ichki imkoniyatlari va shart-sharoitlaridan kelib chiqgan holda turlicha qoʻllanilishi mumkin. Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanish modeli va xorijiy investitsiyalarni jalb etish tajribasi Oʻzbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi xususiyatlar undagi demokratik vaziyatning oʻziga xosligi, qishloq xoʻjaligining iqtisodiyotidagi yuqori ahamiyati, qayta ishlash sanoatining taraqqiy etgan mamlakat ekanligi oʻziga xos shart- sharoitlar bilan tavsiflanadi. Bu mamlakatning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erishgan yutuqlari esa koʻp jihatdan uning mintaqada qulay nvestitsiya muhitning yaratilganligiga bogʻliqdir. Xitoyda ishchi kuchi qiymatining arzonligi, yerdan foydalanish, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital uchun keng koʻlamli imtiyozlar,ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning rivojlanganligi va boshqa holatlar bu mamlakatning soʻngi yillar ichida xorijiy investorlar uchun kapital kiritish obyektiga aylanishiga olib keldi. 1978-yilda Den Syaopin tomonidan olib borilgan “Ochiq eshiklar” siyosati va shu maqsaddagi islohotlar natijasida Xitoy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalasha boshladi hamda Xitoy YaIM yiliga oʻrtacha 10 % oʻsishga erishdi. 1979-2014 - yillarda Xitoyning aholi jon boshiga YaIM qariyb 16 marta, ya`ni 195 AQSh doll.dan 3583 AQSh dollariga oʻsdi. 2010-yilga kelib YaIM hajmi boʻyicha Yaponiyani ortda qoldirib, dunyodagi eng katta ikkinchi iqtisodiyotga aylandi. 1983-1991 yillarni oʻz ichiga oladi. Bu davrda xorijiy investitsiyalarni jalb etish siyosati takomillashtirildi. Mamlakatda qabul qilingan qonunlar va me`yoriy hujjatlarga asosan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga katta imtiyozlar berildi.44 Ular uchun daromad soligʻining stavkasi 33 foizgacha kamaytirildi. Vaholanki bu davrda mahalliy korxonalar uchun daromad soligʻi 55 foizni tashkil qilar edi. Agar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz faoliyatini maxsus iqtisodiy zonalarda amalga oshirayotgan boʻlsalar, ular uchun bu satvka yana ham kamroq miqdorda, ya`ni 15 foiz darajasida belgilangan edi. 1992 yilda hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ular uchun yopiq boʻlgan moliya, sugʻurta

44 https://www.independent.co.uk/topic/chinese-economy 54 va boshqa sohalarga ham jalb etilishi aynan 1992 yildan keyin boshlandi. Bundan samarali islohotlar natijasida Xitoy XXI asr boshida xorijiy invetitsiyalar uchun eng jozibali mamlakatlardan biriga aylandi 45 Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida afzalliklarga ega. Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida mintaqaviy investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, jamiyat va davlat oldida turgan maqsadlar va vazifalardan ularning miqyosi va amalga oshirish imkoniyatlarida kelib chiqib belgilanadi. Yaponiyada investitsiyalar va ishlab chiqarish quvvatlarini kam rivojlangan mintaqalarga jalb etishning tez moslashuvchan va qulay usullari qoʻllaniladi. Xitoy investitsiya siyosatining vositalaridan biri bu investitsiyalarga soliqlardir. Bu vosita orqali hukumat kapital qurilishining me`yordan ortiq oʻsib borishiga qarshi kurashdi. Biroq, agar korxonalar texnologik modernizatsiyalash uchun ichki bozordan jihozlarni sotib oladigan boʻlsa, ular yalpi foydaning 40 foiziga toʻlanadigan soliqdan ozod boʻlish imtiyozidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini investitsiyalashda quyida yoʻnalishlar ustuvor deb belgilandi: -sanoatning xom ashyo ishlab chiqarmaydigan tarmoqlari; -nobank moliya xizmatlari; -oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish; -infratuzilma avtomagistrallarni, bandargohlarni, elektroenergetika obyektlarini, ommaviy tezyurar transport tizimlarini qurish; -fuqarolar aviatsiyasi, meditsina va farmosevtika; mehmonxona biznesi va turizm;

45 O’zbеkistоn iqtisоdiyotni libеrаllаshtirish vа mоdеrnizаtsiyalаsh yo’lidа. Eksprеss-prоspеkt. (Bеkmurоdоv А.Sh., Bеrkinоv B.B., Usmоnоv B.B., Hаmidоv О.M., G’аfurоv U.V. vа Nе’mаtоv I.U.) T.: Iqtisоdiyot, 2009. – 5 b. 55

-elektron jihozlar va dasturiy ta`minot; -xususiy neftni qayta ishlash korxonalari; -mineral xom ashyoni qidirish va qazib olish; -maslahat xizmatlari va boshqalar. Hindiston investitsiyalarini ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha 20 dan ortiq mamlakatlar bilan xalqaro va ikki tomonlama bitimlarni tuzgan. Bu bitimlar investitsiyalarning erkin harakat qilishi va qaytarilishi imkonini beradi . Tailandda qulayroq investitsiya muhitini yaratish uchun iqtisodiyotni erkinlashtirish (bank sektori va tashqi savdo rejimiga e`tibor qaratish), makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, investitsiya ustuvorliklari, xususiylashtirish sohasida shaffoflikni ta`minlash, imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Samarali investitsiya siyosatini tashkil qilishda (ayniqsa uning shakllanishi bosqichlarida) davlatning roli yuqori sanaladi. Bunda davlatning funksiyalari faqat qulay investitsiya muhitini shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, zarur me`yoriy-huquqiy bazani yaratish va unga rioya qilish monitoringini amalga oshirish bilan cheklanmaydi.46 Bu yoʻnalishda inson va ijtimoiy kapitalni rivojlantirish, davlat institutlari institutsional salohiyatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yangi innovatsion sektorlarini rivojlantirishga investitsiyalarni koʻpaytirish singari masalalarni hal qilish muhim boʻlib hisoblanadi. Shu bilan birga, erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashib borishi bilan investitsiyalash jarayonlarini davlat tomondan toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solish miqyoslari qisqarib boradi, bilvosita vositalar orqali investitsiya oqimlarini ragʻbatlantirish funksiyalari esa muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini ragʻbatlantiruvchi qulay va mustahkam investitsiya muhiti. Bu holat jamgʻarmalar darajasini YaIMga nisbatan 20 foizdan kam boʻlmasligini, va shuningdek investitsiyalar oʻsish

46 Polyxeni Kechagia and Theodore Metaxas. FDI in Central Asia: Uzbekistan. Munchin Personal RePEc Archive. University of Thessaly, Department of Economics,Greece,2016 56 sur`atlarini YaIM oʻsish sur`atlaridan yuqori boʻlishini ta`minlaydi. Oxirgisi ustun darajada xususiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunga xususiy sektorga katta hajmdagi kreditlarning ajratilishi (Tailand, Hindiston) ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal qilishda erkin bozor kuchlari bilan davlatning faol rolining uygʻunlashuvi (inflyatsiyaning past darajasini ta`minlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikka qarshi kurashish va boshqalarini oʻz ichiga oladi. Xitoy YaIM hajmini 2016-yilda tahlil qiladigan boʻlsak, provinsiyalar boʻyicha Guangdong, Jiangsu va Shandong mos ravishda 10,6 %, 10,2 % va 9,3 % ulush bilan yuqori oʻrinlarni egallagan. Jadvaldagi ma`lumotlarga koʻra, YaIMda eng koʻp ulush erkin iqtisodiy zonalar joylashgan Xitoyning sharqiy va janubiy qirgʻoqboʻyi hududlariga toʻgʻri keladi47 Xitoyga kiritilgan toʻgʻridantoʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi yildan – yilga oʻsish tendensiyasiga ega. Ayniqsa, 2014–2016-yillarda eng yaxshi natija 124mlrd. AQShdoll.ni tashkil etgan boʻlib, Xitoy tarixidagi eng yirik mablagʻ hisoblanadi. Xitoy savdo aloqalarida MIZlar katta rol oʻynaydi. 2016-yilda ular tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi oʻtgan yilgigaya`ni 2015-yilga koʻra 14,7 % oʻsgan. Bunda eksport – 394,98 mlrd. AQSh doll. (+13,6 %)ni, import esa – 304,85 mlrd. AQSh doll. (+16,2 %)ni tashkil etgan. Xitoyda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sanoatning asosiy ulushini egallaydi. U 1990-2011-yillar davomida 2,3 % dan 25,9 %ga koʻtarilgan hamda ushbu sohaning YaIMdagi ulushi ham sezilarli darajada oʻsgan.482017-yilda Oʻzbekison Respublikasida jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida, iqtisodiyotning nodavlat sektorining ulushi 88,7 %ni yoki 15203,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Davlat sektori ulushiga esa 11,3 % yoki 1943,3 mlrd. soʻm toʻgʻri keldi. Nodavlat sektori boʻyicha xorijiy investitsiya va kreditlarning hududlar boʻyicha tarkibida yuqori koʻrsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi: Toshkent viloyatida 97,4 % (jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi), Navoiy viloyatida 96,9 % va Buxoro viloyatida 94,8 %. Nodavlat sektori ulushining eng

47 M. Hamdamov, i.f.n., dots., N. Xudoynazarova, JIDU. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил 48 www.tradingeconomics.com sayti ma’lumotlari 57 past darajasi Xorazm viloyatida kuzatilib, hududdagi jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 9,7 %ini tashkil etdi49(3.1-jadval). 3.1-jadval

2016 – yilda Xitoy davlatining YaIMning provinsiyalar boʻyicha taqsimlanishi50 Toʻlov Nominal qobiliyati Real Jami Provinsiyalar Oʻrni YaIM (CNY) YaIM (ming pareteti oʻsish YaIMdag AQSH doll.) YaIM darajasi i ulushi (ming (%) (%) AQSH dol Butun Xitoy 63,646,270 10,361,117 17,411,575 7.4 100 Guangdong 1 6,779,224 1,103,605 1,854,578 7.8 10.65

Jiangsu 2 6,508,832 1,059,587 1,780,607 8.7 10.23

Shandong 3 5,942,659 967,419 1,625,721 8.7 9.34

Zhejiang 4 4,015,350 653,668 1,098,471 7.6 6.31

Henan 5 3,493,938 568,786 955,829 8.9 5.49

Hebei 6 2,942,115 478,953 804,868 6.5 4.62

Liaoning 7 2,862,658 466,018 783,131 5.8 4.5

Sichuan 8 2,853,666 464,555 780,671 8.5 4.48

Hubei 9 2,736,704 445,514 748,674 9.7 4.3 Hunan 10 2,704,846 440,328 739,959 9.5 4.25

Bu yerda davlat ichida mavjud maxsus iqtisodiy zonalari 2017-yilda mamlakat YaIM da tutgan oʻrni va uning qancha miqdorda oʻsishini ham tasvirlagan. Koʻrib turubmizki Xitoy YaIM 10,361,117 ming AQSH dollarni

49 Stat.uz 50 https://qz.com/890084/chinas-official-2016-gdp-growth-was-6-7-and-the-government-promises-its-authentic/. 58 tashkil etgan. Yillik YaIM oʻsishi 7.8 %ni tashkil etgan. Butun Xitoy iqtisodiy zonalari ishlab chiqargan va xizmatlari 63,646,270 (CNY) tashkil etgan.Bunda hududlar boʻyicha eng katta koʻrsatkichni Guangdong EIZ bergan va u 6,779,224 (CNY) ga teng.Mamlakat YaIM ga mos ravishda toʻlov pariteti ham mos oʻsib boryapti

Korxonalarning investitsion faolligini jadallashuviga ta`sir etuvchi omillaridan yana biri mamlakatdagi valyuta siyosatidir. Albatta bu borada hozirgi vaqtda ijobiy siljishlarni koʻrishimiz mumkin. Markaziy bankning rasmiy kurslari va bozor kurslari oʻrtasidagi keskin farq qisqartirilishi eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchilar valyuta tushumlarini rasmiy sotilishi natijasida sezilarli moliyaviy yoʻqotishlarning oldini olinib , ularning eksportga mahsulot ishlab chiqarish faoliyati ragʻbatlantirilmoqda. AQSH-iqtisodiyoti juda rivojlangan va qonunchilik tizimi baquvvat mamlakat hisoblanadi. AQSHning investitsion iqlimi yetarli darajada yorqin va jozibalidir. Hozirgi kunda bu mamlakat chet el investitsiyalarini jalb qilish hajmi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda. Ya`ni dunyo miqyosida 20%ni tashkil qiladi. Bunday ajoyib natijalarga erishishda AQSH hukumati iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil sifatida chet el investitsiyalarini mamlakatning alohida shtatlariga kerakli vakolatlarni ajratib bergan. Ya`ni unga koʻra mamlakatdagi hududiy boshqaruv organlariga investitsiyalar oqimini oshirishda ragʻbatlantirish uchun umumiy mamlakatning bosh boshqaruv organiga nisbatan kam boʻlmagan vakolatlar beriladi. Amerika hukumatini shuni tushunib turibdiki, ya`ni chet el kapitalining AQSH iqtisodiyotiga kiritilishi faqatgina sanoat ,savdo va inflatsion jarayonga emas, balki butun mamlakatning milliy xavfsizligiga ham yetatlicha ta`sir koʻrsatadi. Natijada: -shtatlar va mahalliy boshqaruv organlariga “oʻz”hududining iqtisodiy rivojlanishi uchun mustaqillik taqdim etilgan boʻlib, xususiy biznes hamda xizmat va tovarlarning eksporti qoʻllab quvvatlashi kerak:

59

-chet el tadbirkorlik kapitalini jalb qilish va mos ravishda chet ellik investorlarni nazorat qilish; -xususiy xoʻjalikning oʻsishini ragʻbatlantirish -fiskal siyosatda motivatsiyalovchi aksiyalarni olib borishi lozim. Oxirgi natija shuni koʻrsatadiki, ya`ni ushbu omillar hozirda mamlakat shtatlaridagi oʻzaro raqobatni keltirib chiqarib mamlakatdagi investitsiyalar toʻgʻrisidagi qonunning rivojlanishiga oʻziga xos implus vazifasini bajarib beradi. Shu sababli AQSH iqtisodiyotida investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishda quyidagi qator muhim oʻziga xos xususiyatlarini ajratib oʻtishimiz mumkin; -kapital eksporti va imortni ragʻbatlantirishning teng darajadaligi, buning natijasida mamlakat “netto-importer”maqomiga ega boʻlgan; -chet el investitsiyalarining yuqori darajada nazorat qilishni suiste`mol qilish(korrupsiya, qonunchilik me`yorlari va moliya-kredit kelishuvlarining buzilishiga) yoʻl qoʻymasligi ; -boshqa qatnashchilar uchun bozorning ochiqligi; -investitsion qonunchilik va soliq tizimining rivojlanganligi; -investitsion faoliyatni ikki darajali tartibga solish tizimining mavjudligi; Shuni ta`kidlash kerakki, AQSHda investitsiyalarni boshqarishda iqtisodiy erkinlik tamoyiliga asoslanadi va iqtisodiy jarayonga jiddiy aralashmaydi, chunki bu yoʻl chegarani keltirib chiqaradi. Bunday maqsad esa AQSHdagi tashqi iqtisodiy faoliyat institutlarining asosiy ishi boʻlib, mamlakat va uning hududlaridagi maksimal eksport potensialini kengaytirish xalqaro iqtisodiy faoliyatda iloji boricha koʻproq qatnashchilarni jalb qilish uchun hukumat tomonidan ishlar olib borilmoqda. AQSH iqtisodiyoti 2030-yilda eng yirik boʻlib saqlanib qoladi, lekin uning jahon yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015-yildagi 23%dan 20%ga tushadi. Ushbu makroiqtisodiy ma`lumotlar yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha 2030-yilgacha

60 dunyo iqtisodiyotidagi 20 eng yirigini ,AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan hisoblab chiqilishi taklif etilgan.51

.

AQSH Xitoy Hindiston Yaponiya Germaniya Braziliya Buyuk Britaniya Fransiya Kanada Rossiya

(3.1 rasm). Eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlar 2030-yilda52 3.1-rasm prognoz koʻrsatkichlariga asosan AQSH liderlikni saqlab qoladi va mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2030-yilga kelib , 24.8trln dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi oʻrinda esa Xitoy egallaydi, uning yalpi ichki mahsuloti hajmi 22.2 trln dollarni tashkil qiladi. Keyingi oʻrinlarda Hindiston 6.6 trln doll, Yaponiya 6.5, Germaniya 5.2, Braziliya 4.9, Buyuk Britaniya 4.8 Fransiya 4.6 Kanada 3.8 , Rossiya 3.6 trln dollarni tashkil qiladi.

51 https://tradingeconomics.com/united-states/gdp 52 https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.MKTP.CD?locations=US 61

AQSH-XITOY savdo komissiyasi olib borgan tadqiqotlarning natijalariga koʻra Xitoyga investitsiya kiritgan 88% chet el investorlari va tashkilotlar foyda bilan ishlamoqda. Ularning 81%i butun dunyodagi aynan shu yoʻnalishda daromad olish boʻyicha koeffitsientdan yuqori, chet elda xususiy biznesni rivojlantirish boʻyicha 85% soʻrovchilar Xitoyni birinchi oʻringa qoʻymoqda. Hozirgi iqtisodiyotda bu xom-ashyoning 60 turidan foydalanib kelinmoqda. Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarining yangi bosqichi boʻlib mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni yaratish va rivojlantirish hisoblanadi Hozirgi zamonda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo`shadigan soha bu mamlakatda Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishdir.Tashkil qilingan hududning infratuzilmasini yaxshilab, investorlarga qulay imkoniyatlar yaratish orqali shu hududning iqtisodiyotini ko`tarib hamda aholining ish bilan band qilishga qaratilayotgan chora tadbirlar hisoblanadi.Katta shaharlarda EIZlarni tashkil qilish kichik shahar va tumanlarga nisbatan ko`proq investitsiya hajmini jalb qilish imkoniyatlari mavjud hamda bunday hududda ishga bo`lgan talab ham yuqoridir.53

3.2 Hududlarda investitsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirish masalalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonini bajarish yoʻlida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalashni kuchaytirishga, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar sonini cheklashga, qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklarini berishga, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirishga hamda davlat organlari faoliyatining aniqligini oshirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi PF-4010–sonli “Iqtisodiy nochor

53 https://www.sciencedirect.com/Infrastructure investments to promote sustainable regions/ 62 korxonalarni tijorat banklariga sotish toʻgʻrisidagi tartibni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash boʻyicha bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshimcha qiymat soligʻidan, uch yil davomida foyda soligʻidan, yagona soliq toʻlovi, mulk soligʻi va yer soliqlari toʻlashdan, boshqaruv kompaniy alariga berilganida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovidan ikki yil davomida ozod qilindi Investitsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda hududlar investitsiya faoliyatini boshqarishni samarali tashkil etish muhim oʻrin egallaydi. Hududlar darajasida investitsiyalarni boshqarish qator funksiyalarni oʻz ichiga oladi. Hududlarning investitsion faoliyati strategiyasini ishlab chiqish. Bu jarayonda yuqoridagi funksiyalarni amalga oshirish, hududdagi firmalarni umumiy rivojlanish strategiyasini va investitsion bozor konyunkturasini bashoratlash, uzoq muddatli davrda investitsion faoliyatning asosiy yoʻnalashlarini shakllantirish, yaqin istiqbolda investitsion faoliyatni eng muhim vazifalarini aniqlash va muammolarni yechishni koʻzda tutadi. Tashqi investitsiya vositalari va investitsiya bozori konyunkturasini bashoratlashni tadqiq qilish. Bunda, hudud investitsion faoliyatini amalga oshirishda bir necha funksiyalar bajariladi. Joriy investitsiya bozori konyunkturasi, omillarini aniqlash va tadqiq etish; alohida sohalar nuqtai nazaridan investitsiya bozori konyunkturasi bashoratlanadi. Hududlarning investitsion resurslarini shaklantirish strategiyasini ishlab chiqish. Bu jarayonda investitsiya resurlariga umumiy ehtiyojni bashoratlashni amalga oshirish, alohida bosqichda investitsion strategiyani ishlab chiqish va uni amalga oshirish, shaxsiy manbalar hisobidan investitsion resurslarni shaklantirish imkoniyatlarini aniqlash hamda bu borada boshlangʻich vositalardan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish nazarda tutiladi. Investitsion resurslarni tuzilishini optimallashtirish jarayonida qarz vositalari va ularning investitsiya bilan munosabatlarini muntazam ravishda ta`minlash, shuningdek, investitsiya

63 manbalarini kengaytirish va kelajakda hududdagi korxonalarning toʻlovga qobillilik hamda imkoniyatlarini oshirishni nazarda tutadi. Alohida loyihalarni investitsion jozibadorligini baholash va bularning ichidan eng samaralilarini ajratish. Bu funksiyalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya bozoridagi joriy takliflarni oʻrganish, hudud korxona va firmalarining investitsion strategiyalarini eng samaralilarini baholash va ekspertizadan oʻtkazish, har bir investitsion loyihani daromadlilik darajasini va boshqa iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblashni koʻzda tutadi.Hududlardagi investitsion portfelni shakllantirish va daromadlilik, tavakkalchilik va likvidlilik mezonlari boʻyicha ularni baholash. Bu funksiyalar investitsion rusurslar hajmi va ularning daromadlilik koʻrsatkichlarini hisoblash, har bir investitsion loyiha va moliyaviy vositalar boʻyicha tavakkal darajasini hisoblashni nazarda tutadi. Birinchi bosqichda real va moliya investitsiyalar oʻrtasidagi mutanosibliklarni investitsiya portfeli asosida shakllantiriladi.Hududlarda alohida investitsion dasturlar va loyihalarni tezkor boshqaruvini amalga oshirish hamda joriy rejalashtirish. Bu funksiyalarni bajarish jarayonida hududlarda turli joriy rejalarni investitsion portfelini shakllantirishni tezkor boshqaruvini ta`minlash va ularni ishlab chiqish nazarda tutiladi. Bu jarayonda alohida investitson loyihalarni amalga oshirishda kalendar reja va uning byudjeti muhim rol oʻynaydi.Hududlarda kapitalni qayta investitsiyalash va samarasiz investitsion loyihalardan voz kechish. Bu davrda hudud investitsiya bozori konyunkturasi oʻzgarishi, hududdagi kompaniyalarning moliyaviy holati, ulardagi investitsiya portfelini shakllanish jarayonlari,alohida investitsion loyihalar kutilayotgan samaradorligi oqibatlari hisoblab chiqiladi. Bunday sharoitda ushbu investitsion loyihalardan voz kechish yoʻllari tanlanadi Demak, hududlarning investitsion faoliyatini strategik boshqaruvining muhim funksiyasi bu – hudud investitsion strategiyasini ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bunda investitsiya faoliyat yoʻlida uzoq muddatli maqsadlarni shakllantirish tushiniladi va bunda eng samarali investitsion faoliyatga erishish koʻzda tutiladi. Hududlarning investitsion strategiyasini shakllantirish murakkab jarayon boʻlib, u hudud investitsiya bozori konyunkturasini bashoratlashga asoslanadi va 64 investitsiya faoliyati shartlarini amalga oshiradi. Bu jarayonni murakkabligi shundaki, bu davrda hudud investitsiya strategiyalarni shakllantirish, investitsion resurslarni izlab topish, muqobil investitsiya variantlarini baholash bilan birga amalga oshiriladi va u hudud firmalarining imidjini oshiradi va uni rivojlanishi belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday investitsion strategiya tezda oʻzgarmaydi, u ushbu hududdagi firmalarning iqtisodiy oʻsishining yangi imkoniyatlari va tashqi shartlarini inobatga olgan holda davriy tartibga solishlarni talab etadi.Hududda investitsion strategiyani shakllantirish shart-sharoitlari korxona va firmalarning iqtisodiy rivojlanishining strategik asosi boʻlib xizmat qiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, hudud investitsiya strategiyasi firmalarning samarali rivojlanishini ta`minlaydigan bosh omil boʻlib hisoblanadi va u investitsiyalarni samarali boshqarishga asoslanadi.Hudud korxonalarining investitsion strategiyasinini shakllantirish jarayoni bir necha bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Boshlangʻich bosqichda hudud investitsiya strategiyasi ishlab chiqiladi va uni shakllantirishni umumiy davri aniqlanadi. U investitsiya bozori va iqtisodiyot rivojlanishini oldindan koʻra olish, uning davriyligini baholash, korxona va firmalarning asosiy strategiyasini shakllanishi uchun yechimni qabul qilish, ularning tarmoqlarini oʻlchami kabi shartlar bilan bogʻliqdir. Investiitson faoliyatni shakllantirish maqsadi kapitalning qoʻshimcha oʻsish sur`atlarini ta`minlashga, investitsiyalarni daromadlilik darajasini oʻsishiga, moliyaviy investitsiyalash va texnologik oʻzgarishlarga, kapital qoʻyilmalar tuzilishining qayta ishlab chiqilishiga hamda pirovard natijada hududda iqtisodiy oʻsishga, aholining turmush darajasining oshishiga erishiladi. Hududdagi korxona va firmalarning investitsion faoliyati strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish firmadagi barcha maqsadlar tizimiga asoslanadi. Bu jarayonda quyidagilar ishlab chiqilishi koʻzda tutiladi: -istiqbolli davrning alohida bosqichlarida turli investitsiyalash shakllari; -investitsion faoliyatni tarmoq yoʻnalishlari; -investitsion faoliyatni hudud yoʻnalishlari aniqlanadi.

65

Hududlarda investitsiya resurslarini shaklantirish strategiyasini ishlab chiqish korxona va firmalarning, nafaqat, investitsion faoliyatining unsuri, balki, eng muhim moliyaviy strategiyasining unsuri ham hisoblanadi. U belgilangan hajmdagi investitsiya faoliyatini uzluksiz ravishda ragʻbatlantirishni ta`minlaydi hamda shaxsiy moliyaviy vositalardan eng samaralisidan foydalanadi va uzoq muddatli davrda istiqbolda hududdagi korxona va firmalarning moliyaviy barqarorligini oshiradi. Hududlarda bu strategiyalarni ishlab chiqish quyidagi bosqichlar boʻyicha amalga oshiriladi.Hudud investitsiya strategiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning aniq maqsadlarini va strategik vazifalarini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish jarayonida tashqi va ichki omillarni bir-biriga moslashtiriladi. Tashqi omillar hudud firmalarining strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni koʻzda tutadi, shuningdek, investitsiya bozori kon`yunkturasi oʻzgarishlarini bashoratlaydi. Ichki omillar investitsiyalashning alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishni koʻzda tutadi, shuningdek, bu jarayonda investitsiya resurslarini shakllantiriladi. Fikrimizcha hududda investitsiya strategiyalarini amalga oshirish jarayonida koʻplab omillar hisobga olinishi lozim. Hudud investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq: -hudud firmalarining umumiy strategiyasi bilan alohida firmaning investitsiya strategiyasini muvofiqlashtirish. Bu jarayonda strategiyani amalga oshirish bosqichlari, yoʻnalishlari hamda muvofiqlik maqsadlari tadqiq etiladi; -hududda investitsiya strategiyasini ichki muvozanatlashganligi. Bu jarayonda investitsion faoliyat yoʻnalishlari va alohida strategik maqsadlar oʻrtasidagi bogʻlanishlar aniqlanadi va natijalari baholanadi; -investitsiya strategiyalarini tashqi vositalar bilan muvofiqlashganligi. Bunda hududda ishlab chiqilgan investitsion strategiya bilan mamlakatning investitsion muhitdagi oʻzgarishlar muvofiqligi baholanadi hamda investitsiya bozori konyunkturasi bashoratlanadi;

66

-hudud investitsiya strategiyasi resurslarini salohiyatini hisobga olgan holda amalga oshirish darajasi. Bu jarayonda avvalo, firmalarning xususiy manbalari hisobidan moliyaviy resurslarni shakllantirish imkoniyati va salohiyati koʻrib chiqiladi. Kelajakda hudud investitsiya strategiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari moliyaviy, texnologik, energetik nuqtai-nazardan tahlil etiladi; -investitsion strategiyalarni amalga oshirishda ularni tavakkal darajasi bilan movofiqlashganligi. Bu jarayonda hududdagi asosiy investitsiyani tavakkal darajasi va ushbu hudud firmalarining moliyaviy imkoniyatlarini baholash koʻrib chiqiladi: -hudud investitsiya strategiyalarini natijaviyligi. Investitsion dasturlarni natijaviyligini baholash ularni iqtisodiy samaradoriligini amalga oshirish bilan baholanadi. Bu baholash jarayonida tashqi iqtisodiy natijalar sifatida firmalar imidjini oʻsishi,ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilanishi va boshqalar tahlil etiladi Davlat nuqtai-nazardan investitsiyalarni boshqarish jarayoni bevosita muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat, asosan, qonunchilik va ushbu jarayondagi barcha holatlarni nazorat qiladi. Investitsiya loyihalarini boshqarishda esa, asosan rejalashtirish va tashkil etish hamda loyihaning samaradorligini aniqlashdan iborat. Korxona yoki alohida xoʻjalik subyektlarida investitsiyalarni boshqarish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Korxonalarda qisqa muddatda kapital qoʻyilmasini boshqarish va uni foydaliligini nazorat qilish korxonaning kelajakdagi istiqboliga bogʻliqdir. Oʻz navbatida investitsiya faoliyatini boshqarishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi: -investitsiya faoliyatini rivojlanish strategiyasini qayta ishlash. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida rivojlanishning umumiy strategiyasi va tashqi iqtisodiy vositalarning bashorat hajmlarini butun tizimda va bundan tashqari investitsion faoliyatning butun koʻrsatkichlarini uzoq muddatli davrda ham shakllantiradi investitsiyalardan foydalanishning muhimligini koʻrsatib beradi, yaqin istiqboldagi yechimlarni asoslaydi va investitsiya siyosatini qayta ishlaydi; 67

-investitsiyalarni boshqarishning samarali axborot tizimini yaratish, boshqaruvning turli muqobil variantlarini asoslash. Bu bosqichda dastlabki tashqi va ichki ma`lumot manbalari shakllantiriladi, rivojlanishning asosiy parametrlari boʻyicha monitoring tashkil qilinadi va shu asosida investitsiyalardan foydalaniladi; -investitsion jarayonlarni turli jihatlarining tahlilini amalga oshirish. Hududda investitsion faoliyatning tezkor tahlili oʻtkaziladi. Investitsiyalardan samarali foydalanish koʻrsatkichlarining asosiy dinamikasi tadqiq etiladi. Omillarning fundamental tahlili amalga oshiriladi. Investitsion jarayonlarga ta`sir etuvchi koʻrsatkichlar aniqlanadi -investitsiyalardan samarali foydalanish va rejali rivojlantirishni amalga oshirish. Bu funksiyalarni amalga oshirish joriy rejalar tizimini qayta ishlaydi va investitsion resurslardan foydalanish boʻyicha tezkor byudjet tuziladi. Bu rejaga asosan investitsion jarayonlarni rivojlanish strategiyasi qayta ishlab chiqiladi; -investitsiya faoliyati doirasida samarali boshqaruv va nazorat tizimini amalga oshirish. Bu esa investitsiyalarni doimiy ravishda monitoring qilish imkoniyatini beradi; -investitsion bozorni rivojlanishini tahlil qilish va bashoratlash, investitsion bozor konyunkturasi va investitsion faoliyat boʻyicha umumdavlat ehtiyojlarini aniqlashga imkon beradi; -mamlakatning rivojlanish yoʻlida investitsiya siyosati yoʻnalishlari strategiyasini ishlab chiqish; -mamlakatning rivojlanish yoʻlida investitsiya siyosati yoʻnalishlari strategiyasini ishlab chiqish; -investitsion faoliyatni nazorat qilish va tartibga solish, ragʻbatlantirish borasidagi qonunchilik faoliyatini koʻrib chiqish -investitsion faoliyatni va barcha darajadagi tartibga solish choratadbirlarini amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, alohida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash.

68

Ushbu investitsiyalarni boshqarish funksiyalari barcha holatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Oʻz navbatida, hududlarda investitsiyalarni samarali boshqarishda quyidagi asosiy vazifalarga toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiq: samarali investitsion faoliyatni inobatga olgan holda, hududning yuqori sur`atli iqtisodiy rivojlanishini ta`minlash; -hududning kelgusidagi rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda strategik investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, hayotga tatbiq etish, muvofiqlashtirish va rejalashtirish; -hudud miqyosida byudjet daromadlarini oshirish, iqtisodiy oʻsishga erishish va pirovardida aholi turmush darajasini oshirish; -hududda investitsion faoliyat riski (tavakkalchiligi) borasida axborot berish. Biz yuqorida investitsiya faoliyatini boshqarishning asosiy funksiyalariga toʻxtalib oʻtib, ushbu funksiyalar turli nuqtai-nazardan tahlil qilib chiqdik. Oʻz navbatida, hududlar miqyosida investitsiyalarni boshqarishning funksiyalari bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadiki, har bir hududda investitsiyalarni samarali boshqaruv jarayoni ushbu hududning iqtisodiy oʻsishiga ijobiy ta`sir etadi. Investitsion siyosatni jadal olib borilishi nafaqat iqtisodiy oʻsish va tizimni isloh qilishning muhim omillari, balki sherikchilik aloqalarini oʻrnatish, ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qilish, turli moliyaviy institutlar bilan aloqalar oʻrnatish va davlatlararo aloqalar samaradorligini oshirishga erishishdir. Biz bilamizki, investitsiya iqtisodiy oʻsish omili sifatida moliyaviy – iqtisodiy rivojlanish uchun muhim dastaklardan biri boʻlib hisoblanadi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, Oʻzbekistonda investitsiya kiritish jarayonlari tezlashishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Oʻzbekiston iqtisodiyoti yanada kuchliroq, barqarorlashgan, jahon bozorida oʻz mustahkam oʻrniga ega boʻlmoqda, buning asosi esa doimiy dinamik oʻsishdir. Shuningdek respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz: -investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan oʻtkazish va mukammal tayyorlanishiga erishish; 69

-qoʻshma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazishdagi toʻsiqlarni butunlay olib tashlash Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir: 1) qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; 2) mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash boʻyicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish; 3) transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; 4) iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish; 5) turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga erishish.

Uchinchi bob boʻyicha xulosa

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashkilotlarda investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini takomillashtirish bilan bogʻliq masalalar majmuasini jiddiy anglash va tadqiq qilishni talab etadi. Boshqaruv faoliyatiga investitsiyalarni jalb qilish samaradorligining shakllanishining nazariy asoslari va konsepsiyasi, ularning bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos javob beradigan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini koʻrib chiqish, korxonalarda boshqarishning asosiy konseptsiyasiga asoslangan boshqaruv tizimlarining samarali amal qilishiga olib keladi. Xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan taklif etilgan investitsion loyihalarni boshqarish konseptsiyalarini tahlil etish natijasida ularni Oʻzbekiston bozor munosabatlarning shakllanish amaliyotida qoʻllash oʻziga xos iqtisodiyotni boshqarishni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqarishga yordam beradi. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida innovatsion muhitni shakllantirish va innovatsion faollikni ragʻbatlantirishda muammolarni kompleks tarzda yechish maqsadida ilmiy tahlilda bozor iqtisodiyotini boshqarish konsepsiyasi maqsadga muvofiqdir hamda korxonalarni innovatsion rivojlantirish ehtiyojlarini investitsiya bilan ta`minlash jarayonini samarali boshqarish ular egalaridan barcha yuqorida tilga olingan, nafaqat ularning raqobatbardoshligini

70 oshirish, balki oʻz zimmasiga katta ma`suliyat va tavakkalchilik yukini olib, yirik investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtrok etadigan investorlar manfaatlarini uygʻun birlashtirish imkonini beradigan ta`sir dastaklaridan moxirlik bilan foydalanishni taqozo etadi.

71

XULOSA

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga boʻlgan katta e`tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy ragʻbatlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish oʻta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish sharoitida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida investitsiya muhiti barqarorligini va uning jozibadorligini ta`minlash zarur, viloyatga va shaharga xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini ragʻbatlantirish asosida ularni yangi loyihalarga jalb etish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yoʻnaltirish sohasida qoʻshma korxonalar tashkil qilish, aholi bandligini ta`minlash, import o`rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, mahalliylashtirish dasturlaridan oqilona foydalanish, qo`shma korxonalarga soliq imtiyozlari berilishi natijasida ularning pul mablag`larini kafolatlash, EIZlarni tarkibiy tuzilmalarini yanada rivojlantirishda andoza bo`ladigan jahon mamlakatlari iqtisodiyotining tajribalarini qo`llash. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy zaminida aholini ish ta`minlash hamda turmush darajasini yaxshilashdir. Shuning uchun quyidagilarni o`z taklifim sifatida beraman yanada rivojlantirish maqsadida: birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat oʻsishiga ta`sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada koʻpaytirish; ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya`ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish; uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;

72

toʻrtinchidan, xorijiy iqtisodiy subyektlar bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish; beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay boʻlgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish; oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish; yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmalar tashkil etish. Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta`sir koʻrsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni toʻliq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

73

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: I.Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar 1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi– T.: “Oʻzbekiston”, 2014 y 1.2. Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2019-yil 28-yanvar,PF-5643-son 1.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevningning “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoni. // “Xalq soʻzi”, 8 fevral 2017 yil. 1.4. “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni. 1998 yil 30 aprel 1.5. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «2011-2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustivor yoʻnalishlari toʻgʻrisida»gi 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442 sonli qarori. 1.6 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2017 y. 623-son "Vazirlar Mahkamasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 10 apreldagi 196-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek vazirlar mahkamasining 2011 yil 10 yanvardagi 15-f-son farmoyishini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori 1.7. Mirziyoyev.Sh.M.”Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak.” “Oʻzbekiston” 2017y 1.8 Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochib berish – ustuvor vazifamizdir. –T.: Oʻzbekiston. 2015 1.9 Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‟zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yoʻl

74 ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”. 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasi.-T.:2016 1.10 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 apreldagi ““Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi 105-sonli Qarori. 1.11 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 23- dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya Dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori. 1.12 Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi // Xalq soʻzi, 2009 yil 14 fevral. 1.13 Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida»gi PF-4516-sonli Farmoni. 1.14. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida»gi PF-4436-sonli Farmoni 1.15. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. 1.16 Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 3631-sonli Farmon 1.17 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi 1.18 O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida 2018-yil 1-avgust

75

1.19 Investitsiya va boshqаruv kompаniyalаri fаoliyati to`g`risidagi nizomni tаsdiqlаsh haqida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-son qaroriga ilova 1.20 O‘zbekiston respublikаsi investitsiya dаsturini shаkllаntirish vа аmаlgа oshirishning sifаt jihаtidаn yangi tizimigа o‘tish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа PF 5717-son 14.05.2019

II.Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy toʻplamlar

2.1 Malikov T.S. Moliya: Oʻquv qoʻllanma. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi.-T.: “Iqtisod-moliya”, nashriyoti, 2018 y 2.2 Boltaboev M.R., Qosimova M.S. va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. –T.: TDIU, 2010y 2.3 Inomov H.H – Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Oʻquv qoʻllanma. – “Toshkent” 2009. 2.4 Mamatov B.S., Xoʻjamkulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. T.:Iqtisod-moliya, 2014. 2.5 Oʻzbekiston iqtisodiyoti. Axborot-tahliliy byuleten 2016-yil yanvar- dekabr.T.:Iqtisodiy tadqiqotlar markazi.2017. 2.6 Oʻzbekiston iqtisodiyoti. Axborot-tahliliy byuleten 2015-yil yanvar dekabr.T.:Iqtisodiy tadqiqotlar markazi.2016. 2.7 Mahmudov N.M, Madjidov Sh.A. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Oʻquv qoʻllanma. – T.: TDIU, 2010 2.8 Ткачeнко Ю., Малих Н Инвестиции учебное пособие. M.: Издательский центр «Akademiya» , 2009.. 2.9 Адрианов В Д. Rossiya: Экономический и инвестиционный потенциал Москва Экономика”, 1999. 2.10 Vaxobov A.V., Hajibakiyev Sh.X., Moʻminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. Oʻquv qo‟llanma. - Toshkent: Moliya, 2010 y 2.11 Данко T.P., Oкрут З.M.Свободние экономические зоны в мировом хозяйстве. Москва:INFRA-M, 2001.

76

2.12 Qayumov R., Xojimatov R. Investitsiyani tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010 2.13 Madumarov H. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish omillari. Bozor pul va kredit. Toshkent: 2010 2.14 Maqsudov F., Anorqulova I. Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun bevosita xorijiy investitsiyalar: ishlarning borishi va istiqbollari. Bozor,pul va kredit. 5-son, 1997 2.15 Imomov Hamidulla”Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” T: 2011 yi 2.16 Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T:. 2003 2.17 Raimjonova M.A. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. Toshkent: Extremum-press, 2013. 2.18 Haydarov N. X., Ubaydullaeva S.F. “Xorijiy investitsiyalarni muvofiqlashtirish masalalari”. Toshkent - 2011y. 2.19 Bank-moliya akademiyasi 2017 yil 26 aprel “Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy institutlarning investitsion faolligini yanada jadallashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‟tkazilgan respublika ilmiyamaliy konferentsiyasi tezislari toʻplami 2.20 “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – 2.21 Polyxeni Kechagia and Theodore Metaxas. FDI in Central Asia: Uzbekistan. Munchin Personal RePEc Archive. University of Thessaly, Department of Economics,Greece,2016. https://mpra.ub.unimuenchen.de/71326/1/MPRA_paper_71326.pdf 2.22 Gʻofurova U.F. – TMI, “Xalqaro moliya va hisob ” ilmiy elektron jurnali. № 6, dekabr, 2018 yil III Foydalanilgan boshqa adabiyotlar http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyoyevning-o-22-12-2017 77 http://www.uza.uz http://www.kun.uz http://www.stat.uz http://www.mf.uz http://www.mfer.uz http://www.lex.uz http://www.press-service.uz www.navoi-fiez.uza www.regnum.ru www.nfiez.com www.jahonnews.uz www.agmk.uz/idex.php www.navoiy.uz/hokimiyat/101-n www.yangiliklar.net www.zamin.uz>economy> www.tradingeconomics.com /china/gdp-per-capita. www.sciencedirect.com

78