O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI M. HAMROYEV, D. MUHAMEDOVA, D. SHODMONQULOVA, X. G‘ULOMOVA, SH. YO‘LDOSHEVA O N A T I L I 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim, defektologiya, pedagogika va psixologiya, maktabgacha tarbiya fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT «IQTISOD-MOLIYA» 2007 Taqrizchilar: filologiya fanlari nomzodi, professor R. Yunusov dotsent M.Umarova Hamroyev M. Ona tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / M. Hamroyev, D. Muhamedova, D. Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva; O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2007. 276 b. Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo'ldosheva Sh. Filologiya fanlari nomzodi M.A.HAMROYEV ning umumiy tahriri ostida Mazkur darslik Nizomiy nomidagi TDPU professorlari D.A.Muha- medova va D.X.Shodmonqulovalar tomonidan tuzilgan “Ona tili” dasturi asosida yozildi. Bu darslik oliy o'quv yurtlarining boshlang'ich ta’lim metodikasi, defektologiya, pedagogika-psixologiya, maktabgacha ta’limi kabi nofilologik (ya’ni 0 ‘zbek tilini chuqur o'rganishga ixtisoslashmagan) fakultetlar talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, umumiy tilshunoslikdan hamda ona tili fanining barcha bo'limlari bo'yicha shu mutaxassisliklar fan dasturlari hajmida ma’lumot beradi. © «IQTISOD-MOLIYA», 2007 О M. Hamroyev, 2007 Oliy ta ’lim jonkuyari, chin inson, .marhuma Ra’no opa Ikromovaning porloq xotirasiga bag'ishlaymiz. Mazkur darslik Nizomiy nomidagi TDPU professorlari D.A.Muha- medova va D.X.Shodmonqulovalar tomonidan tuzilgan “Ona tili” dasturi (2006-y.) asosida yozildi. Bu darslik oliy o‘quv yurtlarining boshlangich ta’lim metodikasi, defektologiya, pedagogika-psixologiya, maktabgacha ta’limi kabi nofilologik (ya’ni o'zbek tilini chuqur o'rganishga ixtisos- lashmagan) fakultetlar talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, umumiy tilshunoslikdan hamda ona tili fanining barcha bo'limlari bo'yicha shu mutaxassisliklar fan dasturlari hajmida ma’lumot beradi. Bu darslikni yozishda «Ta’lim haqidagi Qonun», “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi davlat ahamiyatiga ega bo'lgan hujjatlar va jahon hamda o'zbek tilshunosligi bo'yicha keyingi yillarda yaratilgan ilmiy ishlar dasturulamal bo'lib xizmat qildi. Darslikda tilshunoslik fani, uning o'rganish ob’ekti, tilning ijtimoiy mohiyati va tuzilishi, tilshunoslik fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o'mi, dunyo tillarining tasnifi, o'zbek tilining fonetikasi, lug'at boyligi, leksikografiyasi, grammatik qurilishi, uslubiyati va tinish belgilari haqida keng ma’lumot beriladi. Darslik an’anaviy tilshunoslikning boy tajribasidan hamda sistem-struktur tilshunoslikning keyingi yillarda qo'lga kiritgan ijobiy yutuqlaridan unumli foydalangan holda yaratildi. Darslikni yozishda mualliflaming ishtiroki quyidagicha bo'ldi: “Sintaksis” bo'limi D.A.Muhamedova tomonidan, “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Leksikografiya”, “Orfografiya”, “Orfoepiya” bo'limlari X.G‘ulomova tomonidan, “Frazeologiya”, “Uslubiyat”, “Ishorat qoidalari”, “Olmosh”, “Modal so'zlar”, “Undov so'zlar”, “Taqlid so'zlar”, “O'zga gap” bo'limlari M.A.Hamroyev tomonidan, “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Fe’l”, “Ravish” bo'limlari D.X.Shodmonqulova tomonidan, “Yordamchi so'zlar” bo'limi Sh.Yo'ldosheva tomonidan yozildi. l-§. Tilshunoslik fani haqida ma’lumot Ma’lumki, hozirgi zamon fanlari tizimi quyidagi asosiy yo'nalishlardan tarkib topgan: 1. Tabiiy fanlar. 2. Texnika fanlari. 3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 4. Matematika fanlari1. Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-guma­ nitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy ta - biati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillaming ish ko'­ rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”2. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog'liq. Tilshunoslik - ko‘p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va x u s u s i y , nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi. Umumiy tilshunoslik barcha tillar bo'yicha to'plangan ma’lumotlarni umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini. mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi fanning sathlarini va ularni o'rganuvchi sohalami belgilash; 3) tillaming tasnifini yaratish; 4 ; lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar. Xususiy tilshunoslik - alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, o'zbek tilshunosligi - o'zbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi - qozoq tili haqidagi fan, rus tilshunosligi - rus tili haqidagi fan va h.k. O'z-o'zidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma’lum bir k o n k r e ; tilga xos bo'lgan ma’lumotlami o'z ichiga oladi. Nazariy tilshunoslik til haqidagi nazariyani o'rgansa, amaliy tilshunoslik lingvistik bilimlarni amalda qo'llash bilan shug'ullanadi. 2-§. Til ijtimoiy hodisadir Til kishilaming o'zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo'lgan ehtiyoj natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo'lgandan keyin (bu, olimlaming taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. T il 1 A-Nurmonov. B. Yo’Idoshev. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. “Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bcah tahririyati. -T : 2001, 11-bet. 2 A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi daviat ilmiy nashriyoti - 1 :002, 107-bet. jamiyat uchun, uning a'zolari boMmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor boMib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog'liq. Til boMmasa, jamiyatning boMishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo4lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shadi. Shu munosabat bilan o‘tgan asming 80-90-yillaridagi o'zbek tilining ahvolini eslash c'rinlidir. Bu davrda o'zbek tilining faoliyat ko'rsatish doirasi juda torayib, uning yo'q boMib ketish xavfi paydo boMdi. Ana shunda jamiyatimizning ilg‘or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg'urib, amaliy harakatlami boshlashdi va buning natijasida 1989 yil 21-oktyabrda o4zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo'yilgan dastlabki qadamlardan biridir. Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog'liq. Har qanday fikr til materiallari asosida shakllanadi. 3-§. Tilning tuzilishi Til tuzilishiga ko'ra murakkab hodisa boMib, u bir-biri bilan uzviy bogMangan quyidagi qismlardan iborat: 1. Tovushlar tizimi. 2. Lug‘at boyligi yoki leksika. 3. Grammatik qurilishi. Ma’lumki, inson tili tovush tilidir. Har bir tilning o‘z tovushlar tizimi mavjud. Tovushlar so‘zlami, iboralami, grammatik shakl va ko;rsatkichlami shakllantiradi. Tovushlardan iborat boMgan so‘z va iboralar yig‘indisi tilning lug‘at boyligini tashkil qiladi. Lug‘at boyligidagi so‘z va iboralar fikmi ifodalovchi gap uchun qurilish materiali boMib xizmat qiladi. Gap, uni qurish qonun-qoidalarini tilning grammatik qurilishi belgilaydi. Demak, tilning tarkibiy qismlari sanalmish tovushlar tizimi, lug'at boyligi, grammatik qurilishi o'zaro chambarchas bogMangan boMib, biri ibckinchisining boMishini talab qiladi. Har bir konkret til o'zining ana shu nzvlari bilan bir butun tizimni, sistemani, til tizimini tashkil etadi. 4-§. Til - taraqqiy qilib, o‘zgarib boruvchi hodisa Til to‘xtovsiz ravishda o'zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog'liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug'at boyligida o'z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o'zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o'zgaradi. Buni til tarixini o'rganish orqaligina sezish mumkin. O'zbek tili - o'zbek millatining tili, o'zbek tili - O'zbekiston Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o'zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o'sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug'at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomillashuvida katta o'zgarishlar yuz berdi. O'zbek milliy tili hozirgi o'zbek millatiga mansub bo'lgan barcha kishilaming umumiy va yagona tilidir. U o'zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog'liq. O'zbek millati shakllangunga qadar u urug' tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib keldi. O'zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug'at tarkibida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so'zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so'zlar hisobiga boyib borishi ko'zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo'jaligidagi, madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko'pgina o'zgarishlar yangi tushunchalami, yangicha munosabatlami keltirib chiqardi. Bulaming hammasi o'zbek tili leksikasining ko'pgina yangi so'zlar hisobiga hamda boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'zlar hisobiga boyishiga sabab bo'ldi. Masalan: broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o'zbekcha so'zlaming ma’nosida o'zgarishlar ro'y berib, ular boshqa ma’nolarda
Details
-
File Typepdf
-
Upload Time-
-
Content LanguagesEnglish
-
Upload UserAnonymous/Not logged-in
-
File Pages276 Page
-
File Size-