O`Zbek Adabiyoti Tarixi XVII-XIX Asr Adabiyoti

O`Zbek Adabiyoti Tarixi XVII-XIX Asr Adabiyoti

O`ZBEKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`zbek adabiyoti kafedrasi «O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni NUKUS - 2012 1 KIRISh Reja: 1. «Adabiyoti tarixi» tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o`rni. 2. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixining ob`ekti. 3. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari 4. XU1-X1X asrlar adabiyotining alohida davr sifatida o`rganilish sabablari. Adabiyot tarixi Vatan tarixining ajralmas qismi bo`lib, ahamiyati jihatidan Fuqarolik tarixi, Davlatchilik tarixi, Madaniyat tarixi kabi tariximizning boshqa jabhalaridan kam emas. Adabiyot tarixi ma`naviy meros va milliy qadriyatlar majmuasi bo`lgani uchun ham u nafaqat o`tmish adabiyotini o`rganish va tushunishda, balki bugungi adabiy an`analarning mohiyatini anglashda, ildiz va manbalarini aniqlashda ham benazirdir. Tabiiyki, bugungi adabiyotning shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan adabiy meros kelajakka ham asqotishi, buyuk davlatchilikning ma`naviy poydevori bo`lib xizmat qiladi. Hujjatlardan anglashilgan tarix qariyb uch ming yillikni o`z ichiga olgan ekan, adabiyot tarixi undan ham qadimiyroq ekani o`z-o`zidan anglashiladi. Dastlabki yozma yodgorlik sifatida tan olingan «Avesto»dan tortib to Istiqlol davri adabiyotiga qadar davom etgan adabiy-ma`naviy davr o`ziga xos tarix sifatida jahon adabiyotining ham uzviy qismi ekani, jahon ma`naviyati xazinaini minglab daho san`atkorlar hisobiga boyitgani barchaga oydin haqiqat. Ana shu muhtasham tarixning har bir davrida yaratilgan an`ana va o`ziga xosliklarini tushunish uchun adabiyotimiz tarixini davrlashtirish muammolariga e`tibor qaratish lozim. O`zbek adabiyoti tarixini, shuningdek, umumturk adabiyoti tarixini davrlashtirishga intilish XX asrning boshlaridan boshlangan. Ushbu yo`nalishda dastlabki tasnifni turk olimi Mahmat Fuod Ko`prulu 1926 yili yozgan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida bergani ma`lum: 1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 2. Islom ta`siri ostidagi adabiyot (1X-XU1 asrlar adabiyoti). 3. G`arb madaniyati ta`siri ostidagi adabiyoti (XUP-XX asrlar) Ushbu tasnifning dastlabki ikki qismi umumturk tarixiga dahldor bo`lsa-da, «g`arb ta`siri» ostidagi adabiyot deyilganda olim, asosan, usmonli adabiyotini nazarda tutgan. Chunki taxminan XUP asrdan usmonli adabiyoti g`arb,xususan, frantsuz adabiyoti ta`siri ostida rivojlangan, Bizning o`zbek adabiyotida esa, «g`arb ta`siri» X1X asrning P yarmidagi Rusiya ishg`oli bilan bog`liq holda kechgan. Shuning uchun ham ushbu tasnifni to`la holda o`zbek adabiyoti tarixi uchun qabul qilib bo`lmaydi. 20-yillarda tarixchi olim Bo`lot Soliev, adabiyotshunos Fitrat va Otajon Hoshim tomonidan ilgari surilgan davrlashtirishga oid miulohazalar sho`rolar davri talablarrg`ini o`zida aks ettirganini anglash qiyin emas: 1. Qabilaviy adabiyot namunalari (qadimgi davrlardan UP asrgacha) 2 2. Feodalliq davri adabiyoti (USh asrdan Islomiy adabiyotgacha) 3. Savdo sarmoyasi davri adabiyoti («Qutadg`u bilig»dan «Boburnoma»ga qadar yaratilgan adabiy asarlar) 4. O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti (XU1-X1X asrlar adabiyoti) 5. Jadid adabiyoti (XX asr boshlari) Bu fikrlar Fitratning 1928 yilda yozgan «O`zbek adabiyoti namunalari» asarida o`z aksini topgan. Ushbu tasnif garchi formatsiyalar bo`yicha tarixiy davrlashtirish tamoyillarini o`zida aks ettirgan bo`lsa ham, asosan, adabiy asarlarga tayangan holda ish ko`rgani bilan e`tiborga molikdir. Shunday qilib, fitrat talqinida «16 asrdan so`ngra o`zbek adabiyoti» alohida adabiy davr sifatida o`rganilgan bo`lib, u qariyb uch yuz yillik adabiyotimiz tarixi materiallarini o`zida aks ettiradi. 20-yillarda Ozarbayjonda chiqqan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida esa, Ismoil Hikmat ayrim daho iste`dodlar zakovati bilan bog`liq holda davrlashtirish tamoyillarini ishlab chiqishni ma`qul ko`rgan. Bu qarashlardan chuqur xabardor bo`lgan olim Vadud Mahmud «Navoiygacha turk adabiyoti» maqolasida o`zbek adabiyoti tarixini yuqoridagicha, «Navoiygacha, Navoiy davri va Navoiydan keyingi davr» sifatida talqin qilgan. Demak, 20-yillarda amalga oshirilgan tasnif va davrlashtirish tamoyillari, asosan, adabiy asarlar va ijodkorlar siymosi nuqtai nazaridan kelib chiqqani bilan ahamiyatli ekan. Davrlashtirish masalalariga sho`rolar davrida bir necha marta murojaat qilingan bo`lsa-da, ma`lumki, bunday davrlashtirish tamoyillari asosan, ijtimoiy tazyiq ostida kechgan edi. Istiqlol davriga kelib, ushba masalaga qayta yondoshilganda biz quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etgan bo`lar edik: 1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 2. Ilk turk-islom davlarlari davri adabiyoti (1X-XP asrlar) 3. Chingizxon istilosi davri adabiyoti (XSh-X1U asrning 1 yarmi) 4. Temuriylar davri adabiyoti (X1U asrning P yarmi- XU asr) 5. O`zbekxonlar va uch xonlik adabiyoti (XU1-X1X asrning 1 yarmi) 6. Rusiya istilosi davri adabiyoti (X1X asrning P yarmi XX asr boshlari) 7. Sho`rolar davri adabiyoti (1017-1991 yillar) 8. Istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyin) Bizga tavsiya etilgan qator manbalarda, ayniqsa, sho`rola davri adabiyoti manbalarida «O`rta Osiyoda uch xonlik davri» deb nomlangan atama anglatilgan davr adabiyoti muammolarini o`zida to`la aks ettira olmaydi. Chunki, Markaziy Osiyoda uch xonlik ko`rsatilayotgan XU1 asr boshlarida emas, balki XUSh asrning o`rtalariga kelib to`la ravishda shakllangan. Shunday .kan, bu nomlanish tavsiya etilayotgan davrning qariyb 150 yillik tarixini o`z qamroviga atama jihatilan ololmay qoladi. Ikkinchidan, tariximizda sifat jihatidan mutlaq o`ziga xos davr bo`lgan «Temuriylar davri adabiyoti» ham sho`rolar davrida alohida bosqich sifatida o`rganilmagan edi. Adabiyot tarixidagi mana shu davrning adabiy manbalarini tiklash barobarida undan keyingi «Shayboniylar davri»ga ham alohida 3 xususiyat sifatida qarash lozim. 20-yillar manbalarida bu davrni «o`zbekxonlar» davri deb atashgan. Biroq birgina «O`zbekxonlar davri» deb nomlash ham undan keyinroq o`lkada yaratilgan ko`plab adabiyo yodgorliklarni, xususan. Xiva va Qo`qon xonligi yodgorliklarini inkor qilishga olib keladi. Mana shulardan kelib chiqqan holda, 1501 yil voqealari bilan Markaziy Osiyoda temuriylar davri inqiroz topib, Shayboniyxon mamlakat tarixiga chiqqan ekan, bu voqealar so`zsiz badiiy adabiyotga o`z ta`sirini ko`rsatgani uchun ham yangi adabiy davrni mavhumroq qilib, XU1, ayrim manbalarda esa, XUP asrdan boshlab emas, balki mana shu O`zbekxonlar davrida yaratilgan adabiy yodgorlikning tabiatidan kelib chiqqan holda belgilash lozim. XU1 asr boshlarida Xiva va XUSh asr o`rtalarida Qo`qon xonligining barpo bo`lishi bilan Buxoro xonligi bartaraf etilgani yo`q, balki uning tarkibidan kelib chiqqan yangi xonliklar mustaqil davlat sifatida shakllana boshladilar. Shunday ekan, «O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti» deb nomlash bizningcha, tarix haqiqatiga ham, bu davrda yaratilgan adabiy manbalar tabiatiga ham mos keladi. Tayanch so`z va tushunchalar Adabiyot tarixi, Adabiy meros, Davrlashtirish tamoyillari, Milliy qadriyat, Temuriylar davri adabiyoti, «O`zbekxonlar davri» adabiyoti, «G`arb ta`siri» Savol va topshiriqlar 1. «O`zbek adabiyoti tarixi» deyilganda qanday tarixni tushunasiz? 2. «O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning ob`ekti, maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 3. «O`zbek mumtoz adabiyoti»ning adabiyot tarixidagi o`rni. 4. Adabiyot tarixini davrlashtirishda qanday tamoyillarga amal qilinadi? 5. 20 asr boshlaridagi mavjud davrlashtirishga intilishlarda qanday tamoyillar asos qilib olingan? 6. 20—yillardagi tasniflarga munosabat. 7. Adabiyot tarixini davrlashtirish masalasida ilmdagi so`nggi qarashlar qaysilar7 8. «XU1-X1X asrlar adabiyoti» alohida davr sifatida o`rganilishining sababi. Adabiyotlar: 1. O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. 2. Asrlar nidosi. - T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1982. 3. Fitrat. O`zbek adabiyoti namunalari. - T.: 1928. 4. Qayumov A. Qo`qon adabiy muhiti. - T.: 1961. XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti Reja: 1. Davr adabiyotini o`rganilish tarixi. 2. Davr adabiyotining manbalari. 3. Adabiy manbalarni o`rganishdagi amal qilinadigan tamoyillar. 4 4. Tarixiy sharoit va adabiy-ma`naviy muhit xususiyatlari Sharq mumtoz adabiyotida an`anaviy adabiyotshunoslik «Il-mi adab» va uning tarkibiga kirgan «Ilmi bade`», «Ilmi aruz», «Ilmi qofiya» singari ilmiy risolalar hamda tazkira va manoqib kitoblarida davr adabiyotidagi poetik hodisalar, ayrim ulug` adiblarning ijodi va ularning uslubiy xususiyatlari aks etmagan bo`lsa ham, uch yuz yildan mo`lroq davom etgan bu adabiy davr manbalarini o`z ichiga olgan «adabiyot tarixi» XX asr boshlariga qadar yaratilmagan edi. Asrimizning 20- yillarida, dastlab, «adabiy manbalar» sifatida jamlangan va nashr etilgan majmualarni ham bu yo`ldagi dadil qadamlar deb aytish mumkin. Bu jihatdan 20- yillarda adabiyot tariximizga oid ko`plab manbalar to`plandi, tartibga solindi, ayrimlari nashr qilindi va, nihoyat, «adabiyot tarixi» yaratish uchun muayyan zamin hozirlandi. 1918-20 yillarda faoliyat ko`rsatgan «Chig`atoy gurungi» tashkiloti bu jihatdan ilmiy faoliyat boshlagan birinchi ilmiy jamiyat bo`ldi. Keyinroq 1919 yili Turkiston Muxtor jumhuriyati hukumati va Turkiston o`lka mumulmon byurosi mahalliy xalqlar adjabiy merosini to`plab, nashr qilish haqida qaror qabul qildi. Ko`lamli bu ishlarni amalga oshirish uchun Nazir To`raqulov (rais), Fitrat (rais mulvini) va Laziz Azizzoda (kotib)dan iborat boshqaruv hay`ati belgiladi. Bu vaziflarning amalga oshirish uchun Abdurahmon Sa`diy,

View Full Text

Details

  • File Type
    pdf
  • Upload Time
    -
  • Content Languages
    English
  • Upload User
    Anonymous/Not logged-in
  • File Pages
    77 Page
  • File Size
    -

Download

Channel Download Status
Express Download Enable

Copyright

We respect the copyrights and intellectual property rights of all users. All uploaded documents are either original works of the uploader or authorized works of the rightful owners.

  • Not to be reproduced or distributed without explicit permission.
  • Not used for commercial purposes outside of approved use cases.
  • Not used to infringe on the rights of the original creators.
  • If you believe any content infringes your copyright, please contact us immediately.

Support

For help with questions, suggestions, or problems, please contact us