AXBOROT SOATI MATERIALLARI 14 May 2019 Yil

AXBOROT SOATI MATERIALLARI 14 May 2019 Yil

Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin AXBOROT SOATI MATERIALLARI 14 may 2019 yil YANGILIKLAR VA VOQEALAR BIZ UCHUN TINCH VA OSOYISHTA HAYOT YARATGAN FIDOYI BOBOLARIMIZ XOTIRASI MANGUDIR Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda ¬yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida xizmat qilgan keksalarni eʼzozlash maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Ushbu ayyom kunlari bugungi tinch-osoyishta hayotga qanday ogʻir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yana bir bor chuqur his etamiz. Bu yoʻlda qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasiga taʼzim qilamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida urush qatnashchilari holidan xabar olish, yurt tinchligi va ozodligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishdek ezgu maqsadlar ifodasini topgan. Ushbu hujjatlarga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga Prezidentimiz tabriknomasi, 7 million 500 ming soʻm miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti va bayram sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Ularning har birini tibbiy va 1 Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin ijtimoiy himoya qilish maqsadida tegishli xodimlar biriktirilib, doimiy patronaj xizmati koʻrsatilmoqda. Sanatoriyalarga bepul yoʻllanmalar ajratilmoqda. Urush qatnashchilari va front orti faxriylari bilan birga mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga ham moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Xotin- qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, Badiiy akademiya, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi himoyachilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va maʼrifiy-badiiy kechalar oʻtkazmoqda. 9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga senatorlar, deputatlar, hukumat aʼzolari, harbiylar kelgan. Soat 8.30. Maydonga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi. Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi – harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Shu kuni Toshkent shahridagi Botanika bogʻida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 74 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan urush va mehnat faxriylari taklif etildi. Davlatimiz rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan alohida salomlashib, hol-ahvol soʻradi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qildi. Ramziy sahnada mashhur oʻzbek generali Sobir Rahimov qoʻmondonligidagi diviziyaning qahramonligi aks ettirildi. Prezident faxriylar bilan birga uni tomosha qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 74 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi. Bogʻda Ikkinchi jahon urushi davridagi kompozitsiyalar installyatsiyasi aks ettirilgan. Poyezd va harbiy texnikalar namoyish qilingan. Qoʻmondonlik shtabi, okop va blindajlar, tibbiyot punkti, dala oshxonasi qurilgan. Jang maydonlarida askarlarimiz koʻrsatgan mardlik va jasorat, urushdan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi, ota-bobolarimizning front orti mehnat faoliyati aks etgan. Sahna ortidagi ulkan monitorda xalqimizning urush davrida koʻrsatgan matonati va jasorati, yovqur oʻgʻlonlarning mislsiz qahramonliklari aks etgan lavhalar namoyish qilindi. Mardlik, Vatan, tinchlik tarannum etilgan shiorlardan yuraklar junbushga keldi. Davlatimiz rahbari gʻalabaga katta hissa qoʻshgan barcha vatandoshlarimizning jasorat va matonatini yanada chuqur oʻrganish, ularning hayoti va faoliyati haqida yangi ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilmlar va spektakllar yaratish, yoshlarimiz qanday fidoyi insonlarning jasorati evaziga bugungi tinch va baxtli zamonda yashayotganini bilishi va buning qadriga yetishi zarurligini taʼkidladi. Butun dunyoda millionlab insonlar umriga zomin boʻlgan, mislsiz yoʻqotishlar, talafot va musibatlar keltirgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirgʻin boʻlganini hech kim unutmaydi. Urush arafasida Oʻzbekistonda 6,5 million aholi yashagan. Urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq oʻzbekistonlikning yarim milliondan ziyodi halok boʻlgani, yana qancha-qanchasi mayib-majruh boʻlib qaytgani, qanchasi 2 Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin bedarak yoʻqolgani hisobga olinadigan boʻlsa, bu gʻalaba xalqimiz uchun naqadar qimmatga tushgani yaqqol ayon boʻladi. Xalqimizning urush yillaridagi chinakam matonat va jasorati butun insoniyat uchun ibratdir. Oʻzbek xalqi jang maydonlaridan yurtimizga evakuatsiya qilingan bir millionga yaqin kishiga oʻz uyidan joy berdi. Ular orasidagi 200 ming bolani yuzlab oʻzbek oilalari “Sen yetim emassan”, deb oʻz panohiga olgan, oxirgi bir burda nonini ular bilan baham koʻrgan. Toshkentlik Shomahmudovlar oilasi 14 nafar, kattaqoʻrgʻonlik Samadovlar oilasi 12, buxorolik Joʻrayev va Ashurxoʻjayevlar oilasi 8 nafardan bolani oʻz bagʻriga olgan. Bunday misollarni yana koʻplab keltirish mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Xalqlar doʻstligi maydoniga toshkentlik temirchi Shomahmudovlar oilasi xotirasiga hurmat sifatida barpo etilgan haykal qayta oʻrnatilgani bu bagʻrikenglikning yana bir namunasidir. Davlatimiz rahbari ayni vaqtda Toshkent shahrida Gʻalaba bogʻini barpo etish boʻyicha loyiha-qurilish ishlari boshlab yuborilganini qayd etdi. Albatta, bu bogʻ va uning tarkibida bunyod etiladigan Shon-shuhrat muzeyini meʼmoriy jihatdan eng goʻzal va mukammal loyihalar asosida yaratamiz. Bu muhtasham yodgorlik majmuasining ichki maʼno-mazmunini, muzey ekspozitsiyasini shakllantirishda biz muhtaram faxriylarimiz, tarixchi olimlarimiz, ijodkor ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalariga tayanamiz, dedi Prezident. – 1943 yil urushga ketdim, – deydi Sirdaryo tumani Dehqonobod mahallasida yashovchi Xolqoʻzi ota Toshqoʻziyev. – Gʻalabadan soʻng uzoq yillar kutubxonachi boʻlib ishladim. Turmush oʻrtogʻim Mukarramxon bilan oʻn farzandni ulgʻaytirdik. Oltmishdan ortiq nevara-chevaramiz bor. U davrlarni eslash biz uchun azob. Gʻalabaga hissa qoʻshgan oʻnlab quroldosh doʻstlarimiz xoki begona yurtlarda qolib ketdi. Ilohim u kunlar qaytib kelmasin. Sahnada va ulkan monitorda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi hayot aks ettirilgan lavhalar namoyon boʻladi. ... “Xotira mangu” kompozitsiyasi namoyish etiladi. Mashhur suxandon Yuriy Levitanning urush boshlangani toʻgʻrisidagi eʼlonni oʻqigan ovozi yangraydi. Yigitlar Vatan himoyasiga otlanadi. Monitorda Ikkinchi jahon urushi voqealari tasviri aks etadi. – Oʻzbekistonda Xotira va qadrlash kuni nishonlanayotgani zamirida juda katta maʼno-mazmun bor, – deydi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim. – Ikkinchi jahon urushi tugaganiga ancha boʻldi, lekin undan chiqariladigan saboq, xulosalar hali oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Bu esa gʻalabaning qadr-qimmatini yanada oshiradi. Oʻzbek xalqi ana shu ulkan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgani bilan faxrlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida fashizmga qarshi kurashda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning xotirasini yod etish, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish zarurligini taʼkidladi. Darhaqiqat, xotira bugungi avlodni tinchlikni qadrlashga oʻrgatadi. Prezidentingiz, shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar bilan hamkorligi bundan buyon ham mustahkamlanib borishini qayd etdi. Biz bu munosabatlarni gʻoyat qadrlaymiz. Oʻzaro hamkorligimiz bundan keyin ham izchil taraqqiy etaverishiga ishonamiz. Bayram dasturida atoqli shoir va sanʼatkorlarimizning sheʼr va qoʻshiqlariga keng oʻrin berilgani Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatiga mos tushgan. Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub “Sen yetim emassan” sheʼrining muallifdan yozib olingan parchalari eshittirilganda, qalblar larzaga keldi. 3 Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin Alisher Navoiyning “Mubtalo boʻldim sanga”, Muqimiyning “Ayrilmasin” gʻazallari, Kamtarning “Askar maktubi”, Xayriddin Salohning “Meni eslagil”, Isroil Vahobovning “Oʻzbekistonim”, Bulat Akudjavaning “Nam nujna odna pobeda”, Yakov Galiskiyning “Siniy platochek” kabi sheʼrlariga bastalangan qoʻshiqlar yangradi. Konsert harbiy orkestr va taniqli xonandalar ishtirokida davom etdi. ...Urush tugab, gʻalabaga erishilgani haqida Yuriy Levitan eʼlon qiladi. 74 yil oldingi bu quvonch,

View Full Text

Details

  • File Type
    pdf
  • Upload Time
    -
  • Content Languages
    English
  • Upload User
    Anonymous/Not logged-in
  • File Pages
    13 Page
  • File Size
    -

Download

Channel Download Status
Express Download Enable

Copyright

We respect the copyrights and intellectual property rights of all users. All uploaded documents are either original works of the uploader or authorized works of the rightful owners.

  • Not to be reproduced or distributed without explicit permission.
  • Not used for commercial purposes outside of approved use cases.
  • Not used to infringe on the rights of the original creators.
  • If you believe any content infringes your copyright, please contact us immediately.

Support

For help with questions, suggestions, or problems, please contact us