XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI (Uslubiy Qo’Llanma)

XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI (Uslubiy Qo’Llanma)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI (uslubiy qo’llanma) NAMANGAN – 2019 Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. O’quv qo’llanma. Madrahimov Zohid Sharofovich., Kenjayev Erkinjon Habibullayevich., Norqo’ziyev Dadaxon Raxmonjonovich Ushbu uslubiy qo`llanma O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001- yil 16- avgust va 2015- yil 10- yanvardagi “Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20-apreldagi “Oliy ta`lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909- sonli, 2018- yil 5- iyundagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3775- sonli va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. Mazkur uslubiy qo’llanma ma`lumotlaridan 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalari uchun o`tiladigan “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” fani bo`yicha dars mashg`ulotlarida foydalanish mumkin. Mazkur uslubiy qo’llanmada Jahon tarixining eng qadimgi davrlaridan to bugungi kunga qadar bo’lgan davriy chegara oralig’ida mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi siyosiy aloqalar va diplomatik munosabatlar tarixi yoritiladi. Mas`ul muharrir: Erqo’ziyev Anvarjon Ashurovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent Taqrizchilar: Agzamova Gulchehra Azizovna, tarix fanlari doktori, professor Xalmuratov Bahtiyor Rejavaliyevich, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 2 KIRISH “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” fani Jahon tarixining eng qadimgi davrlaridan to bugungi kunga qadar bo’lgan davriy chegara oralig’ida mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar tarixini o’rganadi. Turli davrlarda mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlar va elchilik aloqalari tarixini yoritish kursning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ma’lumki, iqtisodiy asosi qulchilik munosabatlarini o’z ichiga olgan qadimgi dunyoda diplomatiya davlatlarning tashqi siyosatga doir masalalarini hal etuvchi muhim omilga aylangan. Quldorlik tuzumi taraqqiyotdan to’xtab qolmagan. U bosqichma-bosqich bir nechta jarayonlarni boshdan kechirgan. Urug’-qabilaviy munosabatlardan butkul qutilib ulgurmagan ilk quldorlik jamiyatlari Qadimgi Misr, Ossuriya, Xett podsholigi, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston kabi davlatlarning shakllanishiga muhim turtki berdi. Ushbu diniy- harbiy boshqaruvga asoslangan davlatlarning tashqi siyosati asosan bosqinchilik xarakteriga ega edi. Yangi yerlarni bosib olish, qullar va chorva mollarini qo’lga kiritish, boyliklarni talash maqsadida tez-tez urushlar sodir bo’lar edi. Bunday urushlar xalqaro masalalarni hal etishning yagona yo’li hisoblangan. Quldorlik tuzumining asta-sekin mustahkamlanib borishi bilan davlatlar o’rtasida diplomatik munosabatlarga ehtiyoj sezilgan. Qadimgi Sharqning yirik hukmdorlari ba’zi o’zaro masalalarni diplomatik yo’l bilan hal etishga alohida e’tibor qarata boshlaganlar. Nikoh diplomatiyasi xalqaro munosabatlarda o’z o’rniga ega bo’lib bordi. Lekin bosqinchilik urushlari Qadimgi Sharq dunyosida xalqaro masalalarga yechim topishda asosiy vosita bo’lib qolavergan. Tovar-pul munosabatlariga asoslanuvchi rivojlangan quldorlik jamiyatlari – Qadimgi Yunoniston va Rimda xalqaro munosabatlar hamda diplomatiya yangi bosqichga qadam qo’ygan. O’z yerlarini kengaytirish, qullarni qo’lga kiritish, bozorlarga egalik qilish maqsadida tashqi siyosat olib boruvchi ushbu davlatlar o’z maqsadlariga erishishi yo’lida ittifoqlar tuzganlar, turli siyosiy diplomatik o’yinlarni amalga oshirganlar. Bunday diplomatik jarayonlar ayniqsa, Yunon– 3 Eron, Rim–Karfagen munosabatlarida yaqqol namoyon bo’lganligini ko’rish mumkin. Yunon–Rim jamiyatida zamonaviy elchilikning dastlabki kurtaklari shakllangan, diplomatik munosabatlarni tartibga soluvchi alohida davlat tashkilotlari vujudga kelgan, professional diplomatlar yetishib chiqqan, diplomatiga oid bilimlar takomillashib borgan. Elchilarning daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan, ularning huquq va majburiyatlarini ifodalovchi dastlabki qonun hujjatlari yaratilgan. Yunon-Eron, Peleponess, Puni urushlari davomida nafaqat harbiy kuch-qudrat, shuningdek, diplomatiya ham urushlar taqdirini hal qiluvchi muhim kuchga aylanganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Ayniqsa, Rim diplomatiyasiga oid bilim va tajribalar asosida o’rta asrlar so’ngida zamonaviy diplomatiya shakllangan. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yangi me’yorlar, tamoyillar, qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. “Bo’lib tashla va hukmronlik qil” deb nomlangan Rim tamoyili keyingi davrlarda ham eskirmagan holda dunyoga hukmronlikni da’vo qiluvchi yirik davlatlarning asosiy tamoyiliga aylangan. Yangi va eng yangi davrga kelib xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda diplomatiya yagona yechim sifatida tan olinadigan bo’ldi. Birinchi va ikkinchi jahon urushi davrida, “sovuq urush” munosabatlari avj olgan yillarda va yadro urushi xavfi susaymagan bugungi kunda ham diplomatiyaga bo’lgan ehtiyoj o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Insoniyat jamiyatining saqlanib qolishi va kelgusida ham mavjud bo’lishi xalqaro munosabatlardagi muammo va kelishmovchiliklarni faqat va faqat diplomatiya yo’li bilan hal etishga bog’liq bo’lib qolganligi bugun hech kimga sir bo’lmay qoldi. Hozirgi kunda jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab jarayonlarni to’liq anglab etish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga oid bilimlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan o’quv- uslubiy qo’llanma qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xalqaro munosabatlar va diplomatiyaga oid tarixiy jarayonlarni tahlil etishga yordam beradi. Mualliflar 4 QADIMGI SHARQDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA REJA: 1. Qadimgi Mesopotamiya diplomatiyasi. 2. Qadimgi Misr diplomatiyasi. 3. Qadimgi Xett diplomatiyasi. 4. Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi. 5. Qadimgi Hindiston diplomatiyasi. 6. Qadimgi Xitoy diplomatiyasi. Tayanch so’z va iboralar: Diplomatiya. Lugal. Lagash. Gir’avn maktublar uyi. Nikoh diplomatiyasi. Garovga olish diplomatiyasi. Xazianu. Kontragent shartnoma. Aso odami. Ashshurbanipal kutubxonasi. Al-Amarna arxivi. Abarakku. Rabshakku. Marshipri. Mandala. Artxashastra. Duta. Yuyshi. Qadimgi Mesopotamiya. Diplomatiya qadimgi davrdagi xalqaro munosabatlarda davlatlarning siyosiy hamda qulchilikka asoslangan iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Aynan qulchilik munosabatlari qadimgi Misr, Akkad, Bobil, Ossuriya diplomatiyasi, Xett, Hindiston va Xitoy kabi davlatlarning vujudga kelishi hamda gullab-yashnashida muhim rol o’ynagan. Miloddan avvalgi IV–III ming yilliklarda diniy, harbiy xarakterga ega bo’lgan kuchli davlatlar o’z iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida qo’shni davlatlarga bostirib kirganlar hamda ularning boyliklarini talaganlar, aholisni esa qulga aylantirgan. Xalqaro masalalar faqatgina urush bilan hal qilingan. Miloddan avvalgi II ming yilliklarga kelib qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasidagi xalqaro munosabatlarda diplomatiyaning o’rni kuchayib borgan. Miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda Mesopotamiyada yigirmaga yaqin “en”lar, ya’ni, shahar-davlatlar mavjud bo’lib, Mesopotamiyada gegemonlikka da’vogarlik qiluvchi dastavval “Kish podshosi” unvoniga ega bo’lishi kerak 5 bo’lgan. “Kish lugali” unvoni podsho-gegemonning an’anaviy unvoni bo’lib qolgan. Mesopotamiyaning tashqi aloqalari asosan, Sharq tomonga qaratilgan edi. Miloddan avvalgi IV ming yillikda Mesopotamiya Eronning yassi tog’lik hududlari bilan jadal savdo aloqalariga ega bo’lgan. Miloddan avvalgi III ming yillikda Mesopotamiyaga keltirilgan mahsulotlarning aksariyat qismi aynan savdo karvonlari orqali ta’minlangan. Bu esa savdo karvonlarining yorkin qatnovini ta’minlovchi o’zaro kafolatlarni vujudga keltirishni talab qilgan. Kish hukmdori Menbaragessi (mil. avv. 2600-y.) ishtrokidagi bizga ma’lum bo’lgan harbiy to’qnashuvlardan eng qadimgisi Elam bilan bog’liq edi. Elam keyingi asrlar davomida eng xavfli dushmanga aylanib, Mesopotamiya davlatlari aynan shu paytda to’xtovsiz harbiy to’qnashuvlar davriga kirib borgan. Kish hukmdorlaridan tashqari Ur, Uruk, Lagash hukmdorlari ham o’zlarini “Kish podshosi” deb nomlay boshlaganlar. Akkad sulolalariga tegishli bo’lgan shohlar ham keyinchalik ushbu unvonni o’zlarining unvonlari qatoriga kiritganlar. Butun Mesopotamiya hududlarini o’z ichida qamrab olgan davlatni birinchi bor Akkad podshosi Sargon I (mil. avv. 2316–2261) Shumerni va Mesopotamiyani katta barpo etgan. Akkad deb nomlangan bu davlat o’zining tuzilishi jihatidan ham konfederatsiya, ham markazlashgan davlatni eslatgan. Yaqin Sharqda Misr va Elamning asosiy raqobatchisiga aylangan Akkad davlati uchun harbiy yurishlar an’anaviy tus olgan. O’zini “to’rt iqlim podshosi” deb e’lon qilgan Naramsin (tah. mil. avv. 2237–2200) va elamliklar hukmdori Xita (mil. avv. XXIII asr) o’rtasidagi birinchi xalqaro shartnoma hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shartnomaga ko’ra mag’lub tomon hisoblanuvchi Elam podshosi katta tovon to’lashdan tashqari Akkadga nisbatan samimiy va do’stona munosabatda bo’lish, uning dushmanlariga qarshi harakatlarda harbiy yordam ko’rsatish, dushmanlik kayfiyatidagi qochoqlarni tutib berish, Naramsinga dushmanlik qilganlarga panoh berishdan voz kechish kabi majburiyatlarni o’z zimmasiga

View Full Text

Details

  • File Type
    pdf
  • Upload Time
    -
  • Content Languages
    English
  • Upload User
    Anonymous/Not logged-in
  • File Pages
    240 Page
  • File Size
    -

Download

Channel Download Status
Express Download Enable

Copyright

We respect the copyrights and intellectual property rights of all users. All uploaded documents are either original works of the uploader or authorized works of the rightful owners.

  • Not to be reproduced or distributed without explicit permission.
  • Not used for commercial purposes outside of approved use cases.
  • Not used to infringe on the rights of the original creators.
  • If you believe any content infringes your copyright, please contact us immediately.

Support

For help with questions, suggestions, or problems, please contact us