
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI «Axborot texnologiyalari» kafedrasi O.R.Haydarov, I.I.Jo’rayev «JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» FANI BO`YICHA O`QUV-USLUBIY MAJMUA Buxoro - 2020 yil УДК: : 6П2.15.3.71 O.R.Haydarov, I.I.Jo’rayev Jismoniy tarbiya va sportda axborot texnologiyalari fani bo`yicha o`quv-uslubiy majmua. - Buxoro: 187 bet. G`oya mualliflari: O.R.Haydarov, I.I.Jo’rayev Taqrizchilar: Yo’ldoshev SH.S - BuxMTI, “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Sayidova N.S – BuxDU, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti - Axborot texnologiyalari kafedrasining 202 _ yil __ _____dagi -sonli majlisida muhokama qilingan. O`quv-uslubiy majmua Buxoro davlat universiteti o`quv uslubiy Kengashining 2020 yil - 28‖ avgustdagi 1-sonli qaroriga muvofiq 2020 - 2021 o`quv yillar jarayoniga tatbiq etish uchun tavsiya etilgan. © Buxoro, 2020 yil O`QUV-USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY TUZILISHI № Мажмуанинг таркибий қисмлари Бетлар Мажмуанинг қисқача аннотацияси I. Фаннинг меъёрий-услубий таъминоти 1.1. Ўқув дастури 1.2. Ўқув курси проспекти 1.3. Маъруза машғулотлари режаси 1.4. Фаннинг календарь режаси II. Фаннинг мазмуни ва ахборот-ресурс таъминоти 2.1. Мавзулар бўйича матн аннотацияси ва охирги янгиликлар (Мавзуга оид адабиётлар, журналлар ва интернет тармоғидан олинган тарқатма материаллар, мақолалар) 2.2. Мавзулар бўйича тақдимот слайдлари ва видео роликлар 2.3. Амалий мавзулар бўйича матн аннотацияси ва охирги янгиликлар (Мавзуга оид адабиётлар, журналлар ва интернет тармоғидан олинган тарқатма материаллар, мақолалар) III Фанни ўқитишнинг интерактив технологиялари 3.1. Қўлланиладиган педагогик технологиялар шарҳи 3.2. Мустақил таълимга оид топшириқлар 3.3. Глоссарийлар 3.4. Тавсия этиладиган электрон журналлар ва интернет сайтлар MAJMUANING QISQACHA ANNOTATSIYASI O`quv-uslubiy majmua – Buxoro davlat universitetida bakalavriat va magistratura ta`lim bosqichilarining O`quv rejalarida aks etgan fanlar bo`yicha professor-o`qituvchining dars jarayoniga o`quv-uslubiy tayyorligini tasdiqlovchi eng muhim mezon, me`yoriy-uslubiy hujjatdir. Majmuaning asosiy maqsadi - avvalombor fanning o`qituvchisi, xuddi shuningdek talaba uchun, fanni har tomonlama sermazmun, chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda yetkazish (talaba uchun - o`zlashtirish) uchun yagona o`quv-uslubiy va axborot-resurs manbaini yaratish hisoblanadi. O`quv-uslubiy majmua Buxoro davlat universiteti bakalavriat ta`lim yo`nalishlari uchun mo`ljallangan bo`lib, u jumladan quyidagi tarkibiy tuzilishga ega: -fanning me`yoriy-uslubiy ta`minoti, -fanning mazmuni va axborot-resurs ta`minoti, -fanni o`qitishning interaktiv texnologiyalari, -talabalarning bilimini baholash uslubiyoti, -qo`shimcha elektron ta`lim resurslarini o`z ichiga olgan. Ilg`or xorijiy tajriba bilan uzviylik. Mazkur majmua ilg`or xorijiy tajribani keng o`rganish, umumlashtirish va undan ta`lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. О`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev о`zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta`kidlaganidek, - Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda - Raqamli О`zbekiston – 2030 dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur1. Shuningdek, О`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev о`zining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо`risida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmonida ta`kidlaganidek, - Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini kо`rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda2. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 7 fevralda "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida" №PF-4947 sonli O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga ko`ra mamlakatimizda 2017-2021 yillarda "...iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo`naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo`jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo`yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish ko`zda tutilgan"3. 1 О`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// «Xalq sо‗zi», 2018 y., 29 dekabr. 2 О`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni. 3 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so‗zi. 2017 yil 8 fevral. Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta`lim va tadqiqotlarning mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Dankin Universiteti, Massachusets Texnologiya instituti va Nyu-York Davlat Universiteti (AQSH), Oksford Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk Britaniya), Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (Yaponiya), Kemyong Universiteti (Koreya Respublikasi), Shanxay Universiteti (XXR) va boshqa yetakchi xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi. Majmuani takomillashtirish masalalari. Elektron o`quv-uslubiy majmua o`quv yili mobaynida sport sohada zamonaviy information-kommunikatsion texnologiyalari bo`yicha fundamental bilimlarni ko`nikma va amaliy malakani shakllantirish, xalqaro va milliy sport tizimidagi o`zgarishlar va tendensiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada chop etilgan yangi o`quv va ilmiy adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam takomillashtirilib boriladi. Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarni zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir. - Jismoniy tarbiya va sportda axborot texnologiyalari fani o`z ichiga quyidagi vazifalarni oladi: - birinchidan, zamonaviy operatsion tizimlarning funksional imkoniyatlari bilan tanishtirish; -ikkinchidan, amaliy dasturlar yordamida matn va jadval ma`lumotlarini qayta ishlash, hamda kompyuter taqdimotlarini yaratish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirish; - uchinchidan, algoritmlarni va namunaviy tuzilmasini ishlab chiqish va zamonaviy dasturlash tillari yordamida dastur tuzish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirish; - to`rtinchidan, Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko`nikmalarni berish; - beshinchidan, zamonaviy axborot tehnologiyasi, ishlash prinsipi haqida nazariy bilimlarni shakllantirish; - oltinchidan, axborot tizimlarini usullari va texnologik funksional imkoniyatlari bilan tanishtirish va ularni sport sohalariga tadbiq qilish usullarini o`rgatish. Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sportda axborot tehnologiyalari fani o`quv rejaning matematik va tabiiy-ilmiy fanlardan biri bo`lib, Matematika, Sport biomexanikasi, Sport metrologiyasi, sportda matematik tahlil asoslari va boshqa fanlarni o`rganishda asos bo`lib xizmat qiladi. O`QUV DASTURI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLANDI” Oʻquv ishlari boʻyicha prоrеktоr _________ M.I. Daminov 2021 yil “____” __________ JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR FANINING ISHCHI FAN DASTURI (1-bosqich) Bilim sohalari: 100 000 – Gumanitar 200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 600 000 – Xizmatlar Ta’lim sohalari: 110 000 – Pedagogika 610 000 – Xizmat ko‘rsatish Ta’lim 5112300 – Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda sport yo‘nalishlari: 5610500 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) Umumiy oʻquv soati 30 soat Shu jumladan: Maʻruza – 14 soat (2 semestr – 14 soat) Amaliy mashgʻulotlar – 8 soat (2 semestr – 8 soat) Laborotoriya mashgʻulotlar – 8 soat (2 semestr – 8 soat) BUXORO -2021 Fanning ishchi oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 202_ yil “___“ ________dagi №___-sonli buyruqning___- ilovasi bilan tasdiqlangan “Jismoniy tarbiya va sportda axborot texnologiyalari” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Tuzuvchilar: Haydarov O.R. - BuxDU, “Axborot texnologiyalari” kafеdrasi oʻqituvchisi. Jo’rayev I.I. - BuxDU, “Axborot texnologiyalari” kafеdrasi oʻqituvchisi. Taqrizchilar: Yo’ldoshev
Details
-
File Typepdf
-
Upload Time-
-
Content LanguagesEnglish
-
Upload UserAnonymous/Not logged-in
-
File Pages130 Page
-
File Size-