“Tarmoq Texnologiyalari” Fanini O'qitishni Takomillashtirishning Ilmiy

“Tarmoq Texnologiyalari” Fanini O'qitishni Takomillashtirishning Ilmiy

1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI A.E. BEGBO‘TAYEV “TARMOQ TEXNOLOGIYALARI” FANINI O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY - PEDAGOGIK ASOSLARI MONOGRAFIYA Toshkent «Tafakkur» nashriyoti 2020 2 UO'K 378:621.39 KBK 74.58 “Tarmoq texnologiyalari” fanini o’qitishni takomillashtirishning ilmiy - pedagogik asoslari. Begbo’tayev A.E. Monografiya. – O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi. - Toshkent, «Tafakkur» nashriyoti, 2020. 125 bet. Ushbu monografiya respublika oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanining mazmunini zamonaviy komponentlar bilan boyitish, o’qitish metodikasini takomillashtirish va xorij tajribalaridan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan. Monografiya 5110700 - informatika oʻqitish metodikasi taʻlim yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalar, shuningdek, soha bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun moʻljallangan. Этот монография посвящена в высших учебных заведениях страны вопросам обогащения содержания предмета «Сетевые технологии» современными компонентами, совершенствования методики обучения и эффективного исползования зарубежного опыта. Монография предназначена для студентов и магистров обучающихся в сфере образования 5110700 - Методика преподавания информатики, а также исследователей, проводящих исследования в этой области. This monograph is devoted in higher educational institutions of the country to the issues of enriching the content of the subject "Network technologies" with modern components, improving teaching methods and effective use of foreign experience. Monograph 5110700-Teaching Methods of Informatics is intended for students and masters studying in the field of education, as well as researchers conducting research in this area. Ma’sul muharrir: R.M.Yusupov - texnika fanlari nomzodi, dotsent Taqrizchilar: F.N.Xaitov - texnika fanlari nomzodi, dotsent S.O.Tovboyev – texnika fanlari nomzodi, dotsent Ushbu monografiya Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. (2020 yil. 24 avgust. 1-son - qaydnoma) ISBN - 978-9943-24-384-2 © Begbutayev A.E. 2020 © «Tafakkur» nashriyoti, 2020 3 KIRISH Jahonda halqaro tashkilotlar (YUNESKO, YUNISEF, BMT) va rivojlangan davlatlar (Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va boshqalar) tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida ta’limning jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga etkazuvchi muhim omil ekanligi ta’kidlanib, sifatli ta’lim berish uchun virtual ta’lim texnologiyalari, ommaviy onlayn ochiq kurslar, mobil ta’lim texnologiyalari, ta’limni boshqarish tizimlari hamda elektron ta’lim modellaridan samarali foydalanilmoqda [133]. Bugungi kunda dunyoda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish indeksi (ICT Development Index) bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlatlarda (Janubiy Koreya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya, Singapur) ta’lim sohasida ma’lumotlar bazasi, kommunikativ tarmoqlar va SMART-texnologiyalardan keng miqyosida foydalanish maqsadida o‘quv jarayoni boshqaruvining axborot tizimlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Yevropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi”, SMART-texnologiyalar asosidagi Intel Education o‘qitish modeli, AQSH da Discovery Education kompaniyasining “Smart education” ta’lim muhiti, Janubiy Koreyadagi SMART Education – raqamli darsliklar tashabbusi va KERIS – edunet tizimi, IBM – aqlli sayyora uchun ta’lim konsepsiyasi, Xitoy PLS (Personal Learning Space) modeli tizimi va boshqalar ana shular jumlasidandir. Mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash, jahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim tizimining sifat darajasini oshirish, uzluksiz ta’lim amaliyotiga innovatsiyalarni joriy etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy – tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy – eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish” kabi ustuvor vazifalar qayd etilgan [5]. 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847 – sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi, 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi va 2017 yil 30 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora – tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5099-son Farmonlari; 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi va hayotga tatbiq etilishi zarur. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish, oʻquv adabiyotlari bilan taʻminlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish kabi vazifalar belgilab berilgan. Shu nuqtai nazardan, elektron axborot ta’lim resursi va virtual laboratoriyalar ishlab chiqish, boʻlajak mutaxassislarda kasbiy faoliyatga oid oʻquv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash metodlari, “Tarmoq texnologiyalari” fanidan oʻquv jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni yaratish dolzarb hisoblanadi. Monografiyada “Tarmoq texnologiyalari” fanini o’qitishni takomillashtirishning ilmiy - pedagogik asoslari tahlil qilingan bo’lib, uni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: − xorijiy va vatanimiz olimlarining pedagogik va ilmiy – metodik manbalari tahlili asosida pedagogika oliy ta'lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fani mazmuni va o‘qitish modelini takomillashtirish; − SMART – texnologiyalar asosida tashkil etiladigan integratsiyalashgan o‘quv muhitida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish; − talabalarning “Tarmoq texnologiyalari” faniga oid bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarini baholash metodikasini o‘quv 5 jarayonini nazorat qilish va monitoringini olib borishning zamonaviy usullarini qo‘llash asosida aniqlashtirish; − “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik asoslarini «Flipped classroom» modeli yordamida takomillashtirish va samaradorligini pedagogik tajriba-sinov orqali tekshirib ko‘rish. Monografiyaning yakuniy natijalaridan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim usullarini joriy etishda foydalanish mumkin. 6 I BOB. “TARMOQ TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISHDA SMART-TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY JIHATIDAN ASOSLANISHI § 1.1. SMART-texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirish vositasi sifatida Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Dunyo hamjamiyatida YUNESKOning “O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompenentligini rivojlantirish” dasturi [135] va “Yevropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi” [136] asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda elektron ta’limning takomillashgan shakli bo‘lib hisoblangan Smart-ta’lim (smart-education) jadal rivojlanmoqda. Yevropada Smart - ta’lim tamoyilida «Yagona Yevropa universiteti» ni shakllantirish dasturi, AQSH da ushbu o‘n yillikda Smart - ta’lim falsafasida ta’limda katta inqilob yaratish dasturi [137], Janubiy Koreyadagi SMART Education – raqamli darsliklar tashabbusi va KERIS – edunet tizimi [133], IBM – aqlli sayyora uchun ta’lim konsepsiyasi [141], Xitoy PLS (Personal Learning Space) modeli tizimi[140], Rossiyadagi Moskva, Omsk, Perm, Qozon universitetlarida “Aqlli universitet” [139] shakllanmoqda. Mamlakatimizda esa O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash» ustivor masala qilib qo‘yilgan [5]. Jamiyatni ijtimoiy

View Full Text

Details

  • File Type
    pdf
  • Upload Time
    -
  • Content Languages
    English
  • Upload User
    Anonymous/Not logged-in
  • File Pages
    126 Page
  • File Size
    -

Download

Channel Download Status
Express Download Enable

Copyright

We respect the copyrights and intellectual property rights of all users. All uploaded documents are either original works of the uploader or authorized works of the rightful owners.

  • Not to be reproduced or distributed without explicit permission.
  • Not used for commercial purposes outside of approved use cases.
  • Not used to infringe on the rights of the original creators.
  • If you believe any content infringes your copyright, please contact us immediately.

Support

For help with questions, suggestions, or problems, please contact us