O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

TARJIMONLIK FAKULTETI

TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI

Bakiev Faxriddin

INGLIZ TILIDAGI ANIQLOVCHILARNING SINTAKTIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI

5220600 – tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilayotgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: dots. Raximov G’.X.

Mazkur bitiruv malakaviy ishi “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” Kafedrasi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi.

Bayonnoma № ______2014 yil Kafedra mudiri: f.f.n. Turdiyeva N.Yo.

Samarqand – 2014

2

MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………………3

I BOB. ANIQLOVCHI IKKINCHI DARAJALI GAP BO’LAGI SIFATIDA

1.1. Aniqlovchi: sintaktik va semantik xususiyatlari ……..……………………… 8

1.2. Aniqlovchining ifodalanishi .………………...……………………………….. 13

1.3. Aniqlovchining gapdagi o’rni .……………...………………………………... 18

I bob bo’yicha xulosa ..……………………………………………………………. 21

II BOB. ANIQLOVCHINING ARTIKLGA TA’SIRI

2.1. Aniqlovchining turlari va ularning artiklga ta’siri ....……...………………. 24

2.2. Aniqlovchi ergash gaplar ….……………………………………...………….. 31

II bob bo’yicha xulosa ..…………………………………………………………… 35

III BOB. ANIQLOVCHINING TARJIMADA IFODALANISHI

3.1. Aniqlovchili birikmalar qatnashgan gaplarni o’zbek tilga tarjima qilishda uchraydigan muommolar ………………………………………………………… 37

3.2. E. Voynichning “So’na” asari tarjimasi badiiy tahlili …………………… 39

III bob bo’yicha xulosa ..………………………………………………………….. 44

XULOSA VA TAKLIFLAR .……………………………………………………... 47

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .…………………………... 54

ILOVA

3

KIRISH

Respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgach, o’z yo’lini, rivojlanish dasturini mamlakatning o’ziga xosligi, tarixi, madaniyati hamda rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda belgilab oldi. Ammo boshqa yangi mustaqil davlatlar singari darhol mavjud tuzumdan voz kechib, “shok terapiyasi” yoki boshqa bir qator “tez rivojlanish dasturlari”ni tanlamadi. Buning tog’riligini vaqtning o’zi isbot etdi. Mamlakatimiz mavjud tizimni sekinlik bilan isloh etib, bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o’tish yo’lini tanladi. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan bu dastur rivojlanishning “O’zbek modeli” deya butun dunyoda e’tirof etildi va xalq farovonligi, yurt tinchligiga o’z hissasini qo’shdi va qo’shmoqda. Bunday islohotlar nafaqat iqtisodiy-siyosiy sohada balki ta’lim sohasida ham olib borildi. Kril alifbosidan yangi o’zbek alifbosiga o’tildi. Maktab darsliklari o’z madaniyatimiz va ma’naviyatimiz asosida, so’ngi fan bilimlarini o’z ichiga olgan holda qayta ishlab chiqildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu asosda litsey, kollijlar barpo etildi. Ta’lim sohasida boshqa qator ishlar qilindi va qilinmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ingliz tili xalqaro aloqalar tiliga aylandi. O’zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalasharkan, mamlakatda ham ingliz tilining ahamiyati oshib bormoqda. Shuningdek xalqaro tarmoq (internet) materiallarini, ko’plab fan-texnika yangiliklarini ingliz tilida topish mumkin. Biz ingliz tilini nafaqat mamlakatimiz rivojiga hissa qo’shishi mumkin bo’lgan fan texnika yangiliklari, xalqaro muloqot uchun o’rganamiz balki mamlakatimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz haqida ma’lumot berish, an’analarimiz, madaniyatimizni targ’ib qilish uchun ham o’rganishimiz zaruratga aylandi. Shu sababli ingliz tilining ta’lim sohasida ahamiyati oshdi. Mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon

4

hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. “Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi.” [11] Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida Yurtboshimiz I. A. Karimov tomonidan 2012-yil dekabr oyida “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ingliz tili ahamiyatli ekan uni tadbiq etish, har tomonlama chuqur o’rganish ham muhim. O’zbek tilidagi ingliz tili darsliklari kam. Ayniqsa tilning sintaksis bo’limi kam o’rganilgan. Bu bo’lim albatta tarjimada katta ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilida aniqlovchilarning o’ziga xos xususiyatlari, uning artiklga ta’siri haqida izlanish olib borar ekanman, aniqlovchi bo’yicha qator hal etilmagan masalalarga duch keldim. Masalan, “aniqlovchi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?” Bu tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashilgan savol. Mavzuning dolzarbligi yana ingliz tili aniqlovchilarining o’zbek tilida tarjimasida ko’rinadi. Tarjima lingvistika, madaniyatshunoslik, qiyosiy etimologiya, informatika, qiyosiy sotsiologiya va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog‘liq fandir. Ayniqsa uning tilshunoslik bilan aloqasi beqiyosdir. Haqiqatda ham tarjimaning tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liqligi ba’zilarni tarjima borasidagi noto‘g‘ri bahs-munozaralarga, masalan, uni tilshunoslikning bir qismi deb talqin etishga olib kelgan. Bunday fikr tarafdorlari 5

tarjimani amaliy yoki qiyosiy tilshunoslikning bir qismi deb hisoblashadi. Strukturalistlar ta’siri ostidagi bu qarash tarafdorlari tilshunoslar tomonidan keltiriladigan kontekstdan tashqari misollarga mos kelmaydigan muloqotning rolini rad etishga urinadilar. Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu malakaviy ishning asosiy maqsadi ikki soha ya’ni, tilshunoslik va tarjima sohalarini bir-biridan farqlagan holda ularning o‘zaro aloqalarini o‘rganish va ingliz tili aniqlovchilarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning artiklga ta’sirini aniqlashdan iborat. Mazkur bitiruv malakaviy ishida ingliz tilidagi aniqlovchilarning sintaktik va semantik xususiyatlari, ularning ifodalanishi, gapdagi o’rni, turlari, ularning artiklga ta’siri va o’zbek tilga tarjima qilish usullari haqida muhokama qilinadi. Ishning predmeti va obyekti. Sistem tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o‘rganadi. Demak ingliz tilida anqilovchilarning o’ziga xos xususiyatlar va artiklga ta’sirini o’rganishda tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashiladi va ish shu tarzda olib borildi. Shu bilan birgalikda ularning o’zbek tilida ifodalanishiga ham katta e’tibor qaratildi. Tarjima etika, estetika, stilistika, tilshunoslik, psixolingvistika, madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq ekan, ishning predmeti va obyekti nutqiy jarayon, badiiy asarlar hamda turli tillardagi tarjima asarlari hisoblanadi. Tilshunoslik nuqtai nazaridan esa til birliklari ayni shu vazifadadir. Ishning nazariy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy ahamiyati tilshunoslik fanining sintaksis bo’limi bugunga qadar erishgan yutuqlarini o‘rganish ularni umumlashtirish, uning istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan. Unda aniqlovchi, uning ifodalanishi, gapdagi o‘rni, turlari va ularning artiklga ta’siri, tarjimada ifodalanishi borasida so‘z yuritiladi. Talabalar “aniqlovchi nima?”, “u qanday ifodalanadi?”, “ingliz tilida aniqlovchilarning qanday o’ziga xos xususiyatlari bor?”, “aniqlovchi artiklga qanday ta’sir ko’rsatadi?”, “ingliz tili aniqlovchilarni o’zbek tiliga qanday tarjima qilish mumkin?” kabi savollarga ilmiy asoslangan javoblar olishadi. 6

Ishning amaliy ahamiyati. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e`tiborini o`ziga ko`proq jalb qilib kelayotgan tilshunoslikning sintaktik bo’limi chuqur lingvistik bilimni talab qiladi. Tarjimada aniqlovchilarni tog’ri ifodalash esa asliyatda ifodalangan zaruriy ma`noni to`la-to‘kis yetkazib berishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu malakaviy ishning аmаliy аhаmiyati shundаn ibоrаtki, ingliz tili aniqlovchilarining o’ziga xos xususiyatlari, aniqlovchining artiklga ta’siri haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, ularning tahlilini, tаrjimаdа bеrilishini, asosli misollar bilan yoritish; mаvzu bo‘yichа talabalar uchun qo‘shimcha yoki asosiy qo‘llanma sifatida o‘zlarining mustaqil ishlarida, referatlarida foydalanish yoki mа’ruzа mаtnlarigа mаxsus mаvzu sifаtidа kiritish mumkin. Ishda qo‘llanilgan metodlar. Bizga ma’lumki, biror nutqni tarjima qilishda tarjima qilinayotgan nutq ona tili bilan solishtirilib, qiyoslab tarjima qilinadi. Xuddi shunday ikkita asar ya’ni, asliyat va tarjima asari bilan ishlaganda qiyoslash metodidan foydalanib undagi o‘xshash va farqli tomonlar o‘rganiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishda ham qiyoslash, tahlil qilish va sintаktik jаrаyonlаrni tushuntiruvchi trаnsfоrmаtsiоn mеtоdlardan foydalanildi. Ishning tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ish 56 betda ifodalangan mundarija, kirish qismi, uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovadan iborat. Kirish qismi yurtimizning o’ziga xos tanlagan yo’li, bunda ingliz tilining ahamiyati, tilni o’rganishda sintaksis bo’liming muhimligi, ingliz tilida aniqlovchilarning o’ziga xosligini o’rganishning dolzarbligi va uning artiklga ta’siri haqida ma’lumot beruvchi yettita tarkibiy qism: ishning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, ishning predmeti va obyekti, ishning nazariy ahamiyati, amaliy ahamiyati, bitiruv malakaviy ishida qo‘llanilgan metodlar va ishning tarkibi kabi qismlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bobda aniqlovchi o’zi qanday gap bo’lagi ekanligi, uning sintaktik, semantik xususiyatlari, o’ziga xos jihatlari, aniqlovchining ifodalanishi va gapdagi o’rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bob aniqlovchining turlari: tasvirlovchi va ajratuvchi aniqlovchi, sitata 7

bilan ifodalanadigan aniqlovchilar, izohlovchilar, ularning turlari va aniqlovchi ergash gaplar va ularning artiklga ta’sirini qamrab olgan. Asosan aniqlovchining artiklga ta’siriga e’tibor berilib, bu turli misollar bilan tahlil etilgan. Bu bobda nisbiy olmoshlarning aniqlovchi ergash gaplarni hosil qilishini hisobga olib ularning ishlatilishiga alohida to’xtalib o’tilgan. Uchinchi bobda ingliz tilidagi aniqlovchilarning o’zbek tiliga tarjima qilish yo’llari, usullari va bundagi muomolar ko’rib chiqilgan. Ingliz adibi E. Voynichning “So’na” asari aniqlovchilar tarjimasi bo’yicha ingliz, rus va o’zbek tillarida o’zaro qiyoslanib tahlil etilgan.

8

I BOB Aniqlovchi ikkinchi darajali gap bo’lagi sifatida 1.1. Aniqlovchi: sintaktik va semantik xususiyatlari Aniqlovchi ikkinchi darajali gap bo’laklari o’rtasida ajralib turadigan sintaktik birlik. U o’z tuzilishi, turlari, o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. “Ikkinchi darajali bo’laklardan to’ldiruvchi va hol fe’lga bog’lanib kelsa, aniqlovchi otga bog’lanib keladi. To’ldiruvchi va hol gapning mustaqil bir bo’lagi sifatida doimo kesimga tobe bo’lib kelsa, aniqlovchi esa birikma tarkibida uning bir elementi sifatida ega, kesim, to’ldiruvchi, hol va hatto bir aniqlovchi ikkinchisiga tobe bo’lib kelishi ham mumkin” [8, 65]. Aniqlovchining yana bir o’ziga xos xususiyati u o’zi aniqlayotgan bo’laklardan ham oldin ham keyin kela olishidir. Shu sababli ingliz tilshunos olimi B. Ilish aniqlovchilarni “prepozitiv” hamda “postpozitiv” [20, 221] atamalari bilan nomlagan. Aniqlovchi tilshunoslikdagi murakkab atamalardanki, tilshunos olimlar asarlarini o’qirkanmiz o’zgacha bahsga duch kelamiz. Bu B. Ilish ta’kidlaganlaridek ikkinchi darajali bo’laklarning o’ziga xos xususiyatlari o’rganilmaganligidan bo’lsa kerak. Domla O’. U. Usmonov aniqlovchiga “gapning ikkinchi darajali bo’laklaridan biri bo’lib, u gaplarda ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalangan gap bo’laklarini, sifat va ularning belgilarini ko’rsatadi” deb ta’rif berganlar [8,65]. To’g’ri, ko’plab adabiyotlarda aniqlovchi otni aniqlab keladi deb, to’liq ta’rif berilmagan. Bu ta’rifda aniqlovchi ot va otlashgan so’zlarning belgisini bildira olishi aniqlovchini batafsil tavsiflasada, lekin aniqlovchining sifatning belgisini bildira olishi biroz tushinarsiz. Bunga keltirilgan adabiyotda yetarli misollar berilmagani sababdir. Ingliz tilshunoslaridan K. N. Kachalova va Е. Е. Izrayelovichlar aniqlovchini quyidagicha tavsiflashadi: “Определение называется второстепенный член предложения, который обозначает признак предмета. Определение относится к существительному. Значительно реже оно относится к местоимениям-

9

существительным” [18, 377]. Ta’rifda aniqlovchini faqatgina predmetning belgisini bildira olishi va u otga bog’lanib kelishi aytilmoqda va bu ta’rif aniqlovchini to’liq tavsiflay olmayapdi (aniqlovchi nafaqat predmetni balki shaxsni ham belgisini bildirib kela oladi, masalan: a beautiful girl), lekin aynan Kachalova va Izrayelovichlar aniqlovchini olmoshning ham belgisini bildirib kela olishiga e’tibor qaratishgani diqqatga sazovar, chunki aniqlovchining bu jihatiga boshqa adabiyotlarda ko'p e'tibor qaratilmagan. Ingliz tili tilshunoslaridan yana biri V. Kaushanskaya aniqlovchiga quyidagi ta’rifni beradi: “The attribute is a secondary part of the sentence which qualifies a noun, a pronoun, or any other part of speech that has a nominal character… It may be expressed by any part of speech.” [17, 252] Bu yerda olimaning aniqlovchini to’liq tasvirlay olganini ko’rish mumkin, chunki aniqlovchi ot va olmoshni aniqlab kela oladi va har qanday so’z turkumi bilan ifodalana olinadi. Shuni aytib o’tish kerakki, ko’pgina adabiyotlarda aniqlovchi ergash gaplar aniqlovchining bir turi sifatida qaralmoqda va aniqlovchi nafaqat ot, olmosh balki gaplarni ham aniqlab keladi deya ta’rif berish mumkin. Tilshunos olim B. Ilish esa: “An attribute can either precede or follow the noun it modifies. Accordingly we use “prepositive” and “postpositive” attribute. The position of an attribute with respect to its head word depends on the morphological peculiarities of the attribute itself, and partly on stylistic factors” [20, 221] deb aniqlovchining gapdagi o’rniga e’tibor qaratadi. Mashhur Oksford izohli lug’atida “The attribute” (aniqlovchi) atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “The attribute – grammatical modifier, in linguistics, a unit, either a word, or clause, that modifies a noun.” [8, attribute] Qator adabiyotlarni o’rganib, xulosa sifatida aniqlovchiga quyidagicha ta’rifni berish mumkin: Aniqlovchi sintaktik birlik ya’ni 2-darajali gap bo’lagi hisoblanib, u what? what kind of? (qanday?), whose? (kimning?), which? (qaysi?), how much? (qancha?), how many? (nechta?) kabi so’roqlarga javob bo’lib, shaxs va predmetning 10

belgisini bildirib keladi. Gapda mustaqil so’zlar, ularning vazifadosh shakllari, frazalar va ergash gaplar (sifat, sifatdosh, sifatdoshli ibora, son, olmosh, ot, infinitiv, gerundiy) bilan ifodalanib bosh va ikkinchi darajali gap bo’laklari hamda gaplarni izohlab kela oladi. Aniqlovchi izohlayotgan, aniqlayotgan hokim qism – aniqlanmish ot bilan ba’zida olmosh (one, some, any, every, no olmoshlaridan yasalgan olomoshlar) bilan ifodalanadi. Shu sababli “aniqlovchi otni [18, 377] va otlashgan so’zlarni aniqlab keladi deb ta’rif beriladi. Aniqlovchi ingliz tilida “The attribute”, “The attributive”, “The adjectival phrase” “An attributive or noun” atamalari bilan nomlanadi, ammo “The attribute” atamasi keng qo’llanadi va bu termin bizningcha tegishli sintaktik birlikni to’liq tavsiflay oladi. Ammo ingliz tili nazariy grammatikasiga doir adabiyotlarda aniqlovchining qanday gap bo’lagi borasida qizg’in bahs ketadi. Bu borada B. Ilish ko’plab misollarni keltirgan. Olim ko’proq “aniqlovchi o’zi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?” savoliga javob topishga harakat qiladi. Olimning mushohadalariga e’tibor qarataylik: “Hozirgi ingliz tilida otdan oldin keladigan aniqlovchilarning hajmi katta bo’lishi mumkin. Bu artikl va ot o’rtasida har qanday so’z kelaverishiga bog’liq, aynan shu o’rtada qo’llanilgan so’z yoki so’zlar aniqlovchi deb tushiniladi. Aniqlovchining ma’lum miqdorda uzun bo’lishini odatdagi badiiy uslubda uchratish mumkin. Quyidagi misolda buni ko’rish mumkin. The younger, Leander, was above all young, it seemed to him, charmingly, crashingly so, with only a slightly greater than usual grace and a deep reserve to distinguish him from any of his friends who had joined them. (BUECHNER). Bu gapda artikl va ot o’rtasida turgan slightly greater than usual otning aniqlovchisidir. Keyingi misol bilan taqqoslang: … her courage was not equal to a wish of exploring them after dinner, either by the fading light of thr sky between six and seven o’clock, or by the yet more partial tough stronger illumination of a techerous lamp. (J.AUSTEN) Bu misolda aniqlovchi anchagina uzun (yet more partial tough stronger), ammo illumination (yoritish) oti va artikl o’rtasida joylashgan. Artikl va ot o’rtasida boshqa otning qo’llanmasligi muhim.

11

Bu gapda aniqlovchini kengaytirish uchun ergashtiruvchi bog’lovchi though ikkinchi aniqlovchini taqdim etmoqda. Bunaqa aniqlovchilar butun ergash gapni ifodalay olganligi sabali, hajviy adabiyotda mutonosiblikga erisha olmoqda. Masalan Britaniya qotillik filmlari haqidagi maqoladan bir gapga e’tibor qarataylik: Here are two possibilities only, and the threadbare variations are endlessly woven around them: “I-ain’t-askin’-no- questions-just-tell-me-what-to-do” kind and the “My-God,-Henry,-you-must-believe- me” kind (which can also be described as the “Why-the-devil-can’t-you-leave-my- wife-alone-Can’t-you-see-she’s-distrought” kind). Bu yerda turli elementlarni bog’lab turgan chiziqchalar albatta uzun, ulkan so’zni birlashtirish uchun emas. Uning vazifasi berilgan qismning aniqlovchi funksiyasini bajaroyotganini ko’rsatishdan iborat. Bu nutqda aytilmaydi, bu aniqlovchida ayniqsa sifatda son, rod, kelishik yo’qligi bilan izohlanadi.” [20, 222] Olim turli misollarni o’rganib chiqarkan aniqlovchini ikkinchi darajali gap bo’lagi emas, balki doim tobe munosabatda bo’ladigan, hatto boshqa bir ikkinchi darajali gap bo’lagiga ham ergashib kela oladigan fraza (level of phrase [20, 222]) deb nomlaydi. Darhaqiqat misollar shuni ko’rsatmoqda: - Mr. Brown was given an unusual gift by his old friend on his birthday. Bu misolda aniqlovchilar to’lqinsimon chiziq bilan belgilangan. Gapning egasi - Brown. Bu yerda aniqlovchining yana bir turi izohlovchini ko’rish mumkin: Mr. – izohlovchi (appostion, the close apposition [17, 256]) Sintaktik aloqa – tobe-hokim munosabatda. Aslida barcha ikkinchi darajali gap bo’laklari bosh bo’laklarga tobe munosabatda bo’ladi, B. Ilish bu kabi vaziyatga emas an unusal gift so’z birikmasiga o’xshash vaziyatlarga e’tibor qaratadi. Bu yerda a gift so’zi was given kesimi bilan tobe munosabatda bog’langan va gapning to’ldiruvchisidir. Unusual esa aniqlovchi, bu so’z to’ldiruvchiga nisbatan tobe-hokim munosabatda. Shu jihatdan gapda aniqlovchi boshqa ikkinchi darajali gap bo’laklari singari alohida o’ziga xoslik kasb etmayabdi, balki “ikkinchi darajali gap bo’laklaridan past darajada turibdi” [20, 222] Bu kabi jarayonni keyingi aniqlovchilarda ham ko’rish mumkin: by his old friend so’z 12

birikmasida friend so’zi predlogli to’ldiruvchi, u kesimga tobe bog’langan, his, old so’zlari esa shu to’ldiruvchiga tobe bog’langan. Keyingi aniqlovchida ham ayni shu holat takror kelmoqda, ammo bu safar aniqlovchi holga tobe bog’langan: on his birthday - aniqlovchi (his) + hol (on birthday). Misollardan ko’rinib turibdiki, aniqlovchi B. Ilish ta’kidlaganidik “ikkinchi darajali gap bo’laklari tarkibida keladigan fraza (the level of )dir”, ammo bu aniqlovchinig 3-darajali gap bo’lagi ekanligini ko’rsatmaydi. Quyidagi misolga e’tibor qarataylik: “In the rich brown atmosphere peculiar to back rooms in the mansion of a For- syte, the Rembrandtesque effect of his great head, with its white hair, against the cushion of his high-backed seat, was spoiled by the moustache, which imparted a somewhat military look to his face. (GALSWORTHY)

Bu gapdagi in the rich brown atmosphere, the Rembrandtesque effect, of his great head, with its white hair, a somewhat military look so’z birikmalarini tahlil qilamiz. Bularni ikki xil tahlil qilish mumkin: (1) in the atmosphere – o’rin holi, rich va brown so’zlari – ikkinchi darajali gap bo’lagi, shuningdek hol takibida. The effect so’zi esa gapning egasi, Rembrandtesque – aniqlovchisi; with hair – to’ldiruvchi, its va white so’zlari aniqlovchilar; a look to’ldiruvchi, military aniqlovchi, somewhat daraja miqdor holi, oxiridagi bu ikkisi aloda ikkinchi darajali gap bo’laklaridir va to’ldiruvchidan tashqarida; (2) in the rich brown atmosphere – o’rin holi, rich va brown aniqlovchi sifatida frazali qismlar va ikkinchi darajali gap bo’laklaridan past darajada; the Rembrandtesque effect – gapning egasi; Rembrandtesque esa fraza bo’lagi, gap bo’lagi emas; with its white hair – to’ldiruvchi; white – aniqlovchi, frazali bo’lak; a somewhat military look – to’ldiruvchi, somewhat va military – frazali bo’laklar, gap bo’lagi emas. [20, 223]Aniqlovchining ikkinchi darajali gap bo’lagi ekanligidan ko’ra uning B. Ilish ta’kidlaganidek “frazali bo’lak” yoki “gapning biror bo’lagining bir qismi” (a part of the phrase) ekanligi oydinlashdi. Ammo bir narsani eslatib o’tish joiz, agar aniqlovchi tushirib qoldirilsa grammatik xatolik yuzaga keladi. Masalan, yuqoridagi of his great head misolidagi his va great aniqlovchilarni tushirib qoldirsak ingliz tilida tushinarsiz so’z birikmasi yuzaga keladi: the effect of head. 13

Bunday holatda aniqlovchining tushirib qoldirilishi so’z tartibiga ta’sir qilmasada, u gapda sezilarli o’zgarishga sabab bo’ladi va gap quyidagicha davom ettirilishiga to’g’ri keladi: … the moustache, which imparted a look to his face. Demak aniqlovchi sintaktik tahlilga ta’sir ko’rsatmasada, uning gapda semantik ahamiyati bor va bu yuqorida B. Ilish tomonidan qo’yilgan savolga ancha bahsli tortishuvni yuzaga keltiradi. Agar biz o’sha mislodagi military so’zini ikkinchi darajali gap bo’lagi emas, balki ot bilan ifodalangan a look so’zining frazali qismi deb hisoblasak, unda bu so’z somewhat bilan tobe+hokim munosabatda bog’lanib kelmoqda. Agar military alohida ikkinchi darajali gap bo’lagi bo’lmasa, somewhat ham hech narsa bo’lolmaydi, unaqada somewhat ikkinchi darajali gap bo’lagi bo’lmagan so’zga ergashib bog’lanib kelyabdi-ku?! Demak somewhat ham look so’zini darajasini tushirib uni B. Ilish ta’kidlaganidik “frazali bo’lak”ga aylantirib qo’ymoqda. Boshqa tomondan His look was somewhat military gapida military ot kesim va somewhat hol (B.Ilish fikricha shunday, aslida bu ot kesimni aniqlab kelayotgan aniqlovchining o’zi emasmi?) bo’lib kelmoqda va ikkinchi darajali gap bo’lagidir. Demak somewhat hokim so’z militaryga nisbat har ikki gapda ikki xil holatdadir va bu turli bahslarga sabab bo’ladi. B. Ilish yuqoridagi misollar tahlilidan keyin ikki xil sintaktik tahlil zarurligini ta’kidlaydi va o’rtaga tashlangan masala (aniqlovchi o’zi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?)ga haligacha qoniqarli yechim topilmaganini aytib o’tadi.

1.2. Aniqlovchining ifodalanishi Aniqlovchi qanday so’zlar bilan ifodalanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u quyidagicha ifodalanadi: 1. Sifat bilan (aniqlovchining eng ko’p ifodalanish usuli): I received an important letter yesterday. I am going to tell you something interesting. Aniqlovchi sifat bilan ifodalanayotganda, sifatlarning turlari va ularning gapda kelish tartibiga e’tibor qaratish lozim. Sifatlarning ma’nosiga ko’ra ikki turi 14

mavjuddir, ular: a) Fact (Fakt sifatlari); b) Opinion adjectives (Fikrni bildiruvchi sifatlar); [9,, 193] Fact sifatlari biror predmetning haqiqiy o’zgartirib bo’lmas belgisini bildiradi: new, large, round, wooden. Opinion sifatlari: Kishilarning fikriga qarab o’zgartirsa bo’ladigan belgini bildiradigan sifatlardir: good, bad, nice, beautiful. Gapda ba’zan 2, 3 ta va hokazo sifatlar ketma-ket kelishi mumkin, shunday paytda “opinion” sifatlari “fact” sifatlaridan oldin keladi: a beautiful tall girl - chiroyli uzun qiz, a nice sunny day - ajoyib chiroyli kun, delicious hot soup - mazali issiq shurva. Ba’zan gapda “fact” sifatlari ketma-ket keladi ularni quyidagi tartibda joylashtiramiz: Hajmi + shakli + yoshi + rangi + qayerdanligi + nimadanligi + ot. e.g. a small black plastic bag - kichkina qora elim sumka. Gapda uzunlikni ifodalagan sifatlar, kenglikni ifodalagan sifatlardan oldin keladi: e.g. a long narrow street - uzun tor ko’cha. A tall thin girl - uzun oriq qiz. Aniqlovchining sifat bilan ifodalanishiga doir misollar: There are many beautiful, big, ancient cities in our country. This big girl is very lazy. I am speaking about the big girl, not the little one. He seems a very silent, awkward, bashful lad. (Thackeray) Meanwhile she was the gayest and most admired woman. (Thackeray) 2. Sifatdosh bilan (Hozirgi va o’tgan zamon sifatdoshlari): Sifatdosh aniqlovchi vazifasida kelayotganda aniqlanmishdan oldin keladi: I bought some illustrated magazines. The rising sun was hidden by the clouds. On the opposite side of the road to the site of the destroyed church is a fine avenue of old trees (Abrahms) It looks brighter over there. I think it is only a passing shower. (Du Maurier) 15

3. Sifatdoshli ibora bilan: K.N. Kachalova Sifatdosh I va II ning aniqlanmishdan keyin kelishini aniqlovchining sifatdoshli ibora bilan ifodalanishi deb nomlaydi, shu bilan birgalikda bu sifatdosh birikgan boshqa so’zlar ham bor. Shu jihatdan bu birikmalar aniqlovchining sifatdoshli birikma bilan ifodalanishi deyiladi. The student speaking to the teacher is my brother. They sent us a list of goods sold at the auction. Bunga o’xshash misollarni V.L. Kaushanskaya ham keltiradi: I was dazzled by the snow glittering on the tree tops (Ch.Bronte). 4. Son bilan (sanoq va tartib sonlar): Two thousand tons of sugar were loaded on the ship yesterday. The second lesson begins at eleven o’clock. In his final eximination he won six distinctions… (Aldington) The second generation of Forsytes felt that he (Bosinney) was not greatly to their credit. (Galworthy) 5. Olmosh bilan (egalik, gumon, ko’rsatish, so’roq, nisbiy olmoshlar): Some magazines are lying on the table. This is my book. His shrewd, steady eyes had lost none of their clear shining. (Buck) Each of these ladies held fans in their hands, and each, with some touch of colour, some emphatic feather or brooch, testified to the solemnity of the opportunity. (Galsworthy) I looked at her – at her, and at none other, from that moment. (Collins) James once went down to see for himself what sort of place this was that they had come from. (Galsworthy) In that great London, what time had they to be sentimental? (Galsworthy) Ingliz tilida egalik olmoshlari aniqlovchi vazifasida kelganda, bunday gaplarning o’zbek va rus tilllaridagi tarjimasida bu olmoshlar ishtirok etmasligi

16

mumkin. [17, 253] Bu egalik olmoshlari o’zbek tilida egalik qo’shimchalari bilan ifodalansa, rus tilida ular tushib qoladi: He extended his hand to me. U menga qo’lini tutdi. Он протянул мне (-) руку.

6. Ot bilan: a) Bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanadi. Ingliz va o’zbek tillarida bosh kelishikdagi ot aniqlanmishdan oldin kelib aniqlovchi vazifasida kela oladi. Bu ingliz va o’zbek tillarining o’ziga xos xusisiyati, ammo rus tilida otlar ikkinchi bir ot oldidan aniqlovchi bo’lib kela olmaydi: The town library is closed on Sundays. Poland and Germany have concluded a trade agreement. I recognized him as Dougal Todd, the village painter and carpenter. (Cronin) He was pleased that the girl seemed impressed because it showed business instinct. (Galsworthy) He wore a large straw hat. b) Qaratqich kelishigidagi ot bilan. Bu vaziyatda aniqlovchi doim o’zi aniqlayotgan bo’lakdan oldin keladi: The teacher corrected the student’s mistakes. The expert’s conclusion was enclosed in the letter. Her father’s nerves would would never stand the disclosure (Galsworthy) Ingliz tilida qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalanyotgan aniqlovchini predlogli ot bilan (hokim so’z + of + tobe so’z) ham ifodalash mumkin. Qaratqich kelishigi hozirgi ingliz tilida ko’proq jonli otlarga (a student, an expert, a father, a horse) yoki kishilar guruhini ifodalovchi otlar (a company, a government, a team, England)ga qo’shiladi. Narsa – buyum, predmetni bildiruvchi otlar qaratqich kelishigida kelolmaydi va ular of predlogi yordamida tegishlilik ma’nosini anglatadi. c. Predlogli ot bilan (aniqlanmish+of+aniqlovchi) yoki predlogli fraza bilan: The leg of the table is broken. 17

I have lost the key to the entrance door. To think that a man of his abilities would stoop to such a horrible trick as that! (Dreiser) And the impressions of six years are not got over in such a space of time. (Thackeray) Ingliz tilida predlogli fraza bilan ifodalangan aniqlovchi o’zbek tiliga to’ldiruvchi sifatida tarjima qilinishi ham mumkin: The letter from her sister reassured her. Opasidan (kelgan) xat uni tinchlantirdi. 7. Ravish bilan: Ingliz tilida aniqlovchi ravish bilan ifodalanib, ravishlar aniqlanmishdan ham oldin ham keyin kela oladi. Rus tilida ravish aniqlanmishdan oldin aniqlovchi bo’lib kelolmaydi. O’zbek tilida esa ravish bilan ifodalangan aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. a) ravish bilan ifodalangan aniqlovchining aniqlovchidan oldin kelishi: In the light of after events one can not but sympathize with them. (Fox) b) ravish bilan ifodalangan aniqlovchining aniqlovchidan keyin kelishi: A voice inside said, “Come in.” The room above is large and light. The man there is my brother. Will it be a step on or step back? 8. Infinitiv bilan: Ingliz tilida , infinitivli fraza, infinitivli qurilmalar aniqlovchi bo’la oladi va doim aniqlanmishdan keyin joylashadi: He had a great desire to travel. They must have more companionship, more opportunity to broaden their life. (Dreiser) All right, go back to your office, you’ve got work to do. (Heym) But it was not easy to carry out the resolution never to approach her. (Hardly) 18

This is an English article for you to translate into Uzbek by tomorrow. 9. Predlogli gerund bilan: Ingliz tilida predlogli gerundiy yoki predlogli gerundiyli qurilma aniqlovchi vazifasida kela oladi. They discussed different methods of teaching foreign languages. [10, 269] Sally hated the idea of borrowing and living on credit. (Prichard) The thought of having it copied again and again set him to smiling. (Shaw) The idea of its being barbarous to confine wild animals had probably never even occurred to his father for instance… (Galsworthy)

1.3. Aniqlovchining gapdagi o’rni Ingliz tilida aniqlovchilar gapda ma’lum bir o’z o’rniga ega emas. U ot ba’zida olmosh yoki otlashgan so’zlar bilan ifodalangan har qanday gap bo’lagini aniqlab kelaveradi. Ya’ni aniqlovchini egadan keyin, yoki kesimdan keyin keladi deb aynan bir joyni ta’kidlab bo’lmaydi. Aniqlovchi ega, kesim, to’ldiruvchi, holni aniqlab ulardan oldin ba’zida keyin ham kelaveradi. Masalan: My brother is a handsome boy. (Akam kelishgan yigit) gapida ham ega ham kesimning aniqlovchilari (my, handsome) bor. Yoki “he wrote a long letter to his parents in a cold day of winter” (u qishning sovuq kunlaridan birida ota-onasiga uzun xat yozgan edi) gapida to’ldiruvchi va holning (long, his, cold, winter) aniqlovchilari mavjud. Misollardan ko’rinib turibdiki, aniqlovchi har qanday gap bo’lagini aniqlab kela oladi va u aniqlayotgan bo’lagidan ham oldin ham keyin kela oladi. Shu sababli ko’pchilik tilshunoslar ingliz tili aniqlovchilarini “post-pozitiv”, “pre-pozitiv” atamalari bilan atashgan. Tarjima jarayonida aniqlovchining qaysi holatda aniqlanmishdan oldin va qanday holatlarda aniqlanmishdan keyin kelishini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilshunoslari Kachalova va Izrailovichlar bu holatga alohida e’tibor qaratishadi [18, 379]: “Aniqlovchilar ifodalanish vositasiga ko’ra aniqlanmishdan oldin yoki keyin keladi. 19

1. Agar aniqlovchi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalansa u aniqlanmishdan oldin keladi. ” a) sifat bilan: She has bought an interesting book. (U qiziqarli kitob sotib oldi) Agar ot oldida ikki yoki undan ortiq sifat kelsa otga ma’no jihatdan yaqini unga yaqin tartibda joylashib boradi (Lekin yuqorida Raymond Morfyning sifatlarni ot oldida joylashuv tartibini o’rganganimizda, tilshunos olim sifatlarning o’ziga xos joylashuv formulasini taqdim etgan edi (12-betdagi aniqlovchining sifat bilan ifodalanishiga qarang)): It was a cold autumn day. (Sovuq kuz kunlaridan biri edi) She put on a new black wollen dress. (U yangi qora junli kuylak keyib olgan edi) Agar aniqlanmish some, any, no, every kabi olmoshlardan yasalgan so’zlar bilan ifodalangan bo’lsa aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi: I am going to tell something interesting. (Men qiziqarli bir narsa aytib bermoqchiman) b) sifatdosh bilan: We received some illustrated catalogues yesterday. (Biz kecha bir nechta bezakli kataloglar oldik.) Lekin sifatdosh sifatni bildirmasdan, faqat fe’llik ma’nosida ishlatilsa, u aniqlanmishdan keyin keladi. The manager showed us a list of the goods sold. (Menejer bizga sotilgan mollarning ro’yxatini ko’rsatdi.) c) son bilan: I have read only the first chapter of this book. (Men bu kitobning faqat birinchi bobini o’qidim.) d) olmosh bilan: This pencil is very good. (Bu qalam juda yaxshi.) e) bosh kelishikdagi ot bilan: 20

Here is the town library. (Mana shahar kutubxonasi.) f) qaratqich kelishigidagi ot bilan: I followed the doctor’s advice. (Men doktorning maslahatiga amal qildim.) 2. Aniqlovchi quyidagi leksik birliklar bilan ifodalanganda o’zi aniqlayotgan so’zdan keyin keladi: a) sifatdoshli ibora bilan ifodalanganda: Ships built for the transportation of oil are called tankers. (Neft tashish uchun qurilgan kemalar tankerlar deb ataladi.) b) aniqlovchi predlogli ot bilan ifodalanganda: The library of our Institute is very good. (Bizning institutimiz kutubxonasi juda yaxshi.) c) aniqlovchi infinitiv bilan ifodalanganda: He expressed a desire to help me. (U menga yordam berish xoxishini bildirdi.) d) aniqlovchi predlogli gerund bilan ifodalanganda: I have no intention of going there. (Menda u yerga borish istagi yo’q.) Misollarning tarjimasidan ko’rinib turibdiki, o’zbek tilida aniqlovchi doim o’zi aniqlayotgan so’zdan oldin keladi.

I bob bo’yicha xulosa Qator adabiyotlarni o’rganib, xulosa sifatida aniqlovchiga quyidagicha ta’rifni berish mumkin: Aniqlovchi sintaktik birlik ya’ni 2-darajali gap bo’lagi hisoblanib, u what? what kind of? (qanday?), whose? (kimning?), which? (qaysi?), how much? (qancha?), how many? (nechta?) kabi so’roqlarga javob bo’lib, shaxs va predmetning belgisini bildirib keladi. Gapda mustaqil so’zlar, ularning vazifadosh shakllari, frazalar va ergash gaplar (sifat, sifatdosh, sifatdoshli ibora, son, olmosh, ot, infinitiv, gerundiy) bilan ifodalanib bosh va ikkinchi darajali gap bo’laklari hamda gaplarni izohlab kela oladi. Aniqlovchi izohlayotgan, aniqlayotgan hokim qism – aniqlanmish ot bilan ba’zida olmosh (one, some, any, every, no olmoshlaridan yasalgan olomoshlar) bilan ifodalanadi. Shu sababli “aniqlovchi otni [18, 377] va otlashgan 21

so’zlarni aniqlab keladi deb ta’rif beriladi. Aniqlovchi ingliz tilida “The attribute”, “The attributive”, “The adjectival phrase” “An attributive adjective or noun” atamalari bilan nomlanadi, ammo “The attribute” atamasi keng qo’llanadi va bu termin bizningcha tegishli sintaktik birlikni to’liq tavsiflay oladi. Ammo ingliz tili nazariy grammatikasiga doir adabiyotlarda aniqlovchining qanday gap bo’lagi borasida qizg’in bahs ketadi. Bu borada B. Ilish ko’plab misollarni keltirgan. Olim ko’proq “aniqlovchi o’zi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?” savoliga javob topishga harakat qiladi. Olim turli misollarni o’rganib chiqarkan aniqlovchini ikkinchi darajali gap bo’lagi emas, balki doim tobe munosabatda bo’ladigan, hatto boshqa bir ikkinchi darajali gap bo’lagiga ham ergashib kela oladigan fraza (level of phrase [20, 222]) deb nomlaydi. Darhaqiqat misollar shuni ko’rsatmoqda. Aniqlovchi sintaktik tahlilga ta’sir ko’rsatmasada, uning gapda semantik ahamiyati bor va bu yuqorida B. Ilish tomonidan qo’yilgan savolga ancha bahsli tortishuvni yuzaga keltiradi. Agar biz o’sha mislodagi military so’zini ikkinchi darajali gap bo’lagi emas, balki ot bilan ifodalangan a look so’zining frazali qismi deb hisoblasak, unda bu so’z somewhat bilan tobe+hokim munosabatda bog’lanib kelmoqda. Agar military alohida ikkinchi darajali gap bo’lagi bo’lmasa, somewhat ham hech narsa bo’lolmaydi, unaqada somewhat ikkinchi darajali gap bo’lagi bo’lmagan so’zga ergashib bog’lanib kelyabdi-ku?! Demak somewhat ham look so’zini darajasini tushirib uni B. Ilish ta’kidlaganidik “frazali bo’lak”ga aylantirib qo’ymoqda. Boshqa tomondan His look was somewhat military gapida military ot kesim va somewhat hol (B.Ilish fikricha shunday, aslida bu ot kesimni aniqlab kelayotgan aniqlovchining o’zi emasmi?) bo’lib kelmoqda va ikkinchi darajali gap bo’lagidir. Demak somewhat hokim so’z militaryga nisbat har ikki gapda ikki xil holatdadir va bu turli bahslarga sabab bo’ladi. B. Ilish yuqoridagi misollar tahlilidan keyin ikki xil sintaktik tahlil zarurligini ta’kidlaydi va o’rtaga tashlangan masala (aniqlovchi o’zi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?)ga haligacha qoniqarli yechim topilmaganini aytib o’tadi. 22

Aniqlovchi qanday so’zlar bilan ifodalanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u quyidagicha ifodalanadi: 1. Sifat bilan (aniqlovchining eng ko’p ifodalanish usuli);

2. Sifatdosh bilan (Hozirgi va o’tgan zamon sifatdoshlari);

3. Sifatdoshli ibora bilan; 4. Son bilan (sanoq va tartib sonlar); 5. Olmosh bilan (egalik, gumon, ko’rsatish, so’roq, nisbiy olmoshlar);

6. Ot bilan;

7. Ravish bilan;

8. Infinitiv bilan; 9. Predlogli gerund bilan. 1. Aniqlovchi quyidagi leksik birliklar bilan ifodalanganda aniqlanmishdan oldin keladi:

a) sifat bilan

b) sifatdosh bilan c) son bilan d) olmosh bilan e) bosh kelishikdagi ot bilan f) qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalanganda. 2. Aniqlovchi quyidagi leksik birliklar bilan ifodalanganda o’zi aniqlayotgan so’zdan keyin keladi: a) sifatdoshli ibora bilan; b) aniqlovchi predlogli ot bilan; c) aniqlovchi infinitiv bilan; d) aniqlovchi predlogli gerund bilan ifodalanganda.

23

II BOB Aniqlovchining artiklga ta‘siri 2.1. Aniqlovchining turlari va ularning artiklga ta’siri Aniqlovchilarni ifoda mazmuni, sintaktik xususiyati yoki artiklga ta’siri va boshqa bir qator faktorlarga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin. Ingliz tilshunoslari asosan aniqlovchini ifoda mazmuniga ko’ra 2 guruhga ajratishadi. Bular: Tasvirlovchi aniqlovchi. (Descriptive attribute.) Asosan sifat bilan ifodalanib, narsa buyumni belgisini, maza ta’mini, rang-tusini, hajmini, xususiyatini bildirib tasvirlab keladigan aniqlovchi – tasvirlovchi aniqlovchidir. Tishunos olim B. Ilish fikriga ko’ra aniqlovchi doim artikl va aniqlanayotgan qism (ot yoki olmosh) o’rtasida keladi [20, 221], lekin tasvirlovchi aniqlovchining ishlatilishi artiklga ta’sir ko’rsatib, uning aynan noaniq shaklini ishlatilishini talab qiladi, hatto ot sanalmaydigan ot bo’lsada. I had breakfast at 8 today. (Men bugun soat 8da nonushta qildim) I had a big breakfast at 8 today. (Men bugun 8da kattagina nonushta qildim). Misollardan ko’rinib turibdiki, tasvirlovchi aniqlovchi ishlatilganda artikl qo’llanilishini talab qiladi. Artiklning ba’zi qoidalariga e’tibor qaratsak bu yaqqol seziladi: 1. B’azi moddiy otlar shu moddaning alohida turini ifodalab kelganda, sanaladigan otga aylanadi va a/an bilan ish-di: There is wine in the shop. There is a good French wine in the shop. There are good French wines. They are trying for a better life. (Bizningcha tasvirlovchi aniqlovchi ishlatilganda) 2. Breakfast, lunch, dinner, supper so’zlari to have fe’li bilan kelganda artiklsiz ishlatiladi: I have breakfast at 7 o’clock every day. Lekin: breakfast, lunch, dinner, supper so’zlari oldidan sifat kelsa a/an artikllari ishlatiladi: (Bizningcha tasvirlovchi aniqlovchi ishlatilganda) I had a good lunch yesterday.

24

3. Aniq bir vaziyatga nisbatan ishlatilganda kun qismlari nomlari oldidan the artikli ishlatiladi: the day – kun, the noon – tush, the morning – ertalab, the night – tun, the dusk – shom, the twilight – shom. It is snowing now. The day must be very cold. (Qor yog’ayapti. Kun juda sovuq bo’lsa kerak.) Lekin: Sifat bilan kelgan kun qismlari nomlari a/an artikli bilan ishlatiladi (Bizningcha tasvirlovchi aniqlovchi ishlatilganda): It was a cold morning. (Sovuq bir ertalab edi.) It was a nice bright January morning. (Ajoyib yorug’ Yanvar tongi edi.) Lekin: Ba’zi birikmalar tarkibida kelgan kun qismlari artiklsiz ishlatiladi: at night – tunda, at noon – tushda. 4. Fasl nomlari the artikli bilan yoki artiklsiz ham ishlatiladi: (the) winter-qish, (the) summer-yoz, (the) spring-bahor, (the) autumn-kuz, the fall-kuz. (amer.) Lekin: Fasl nomlari sifat bilan kelganda a/an artikli bilan ishlatiladi (Bizningcha tasvirlovchi aniqlovchi ishlatilganda): It was a hot summer. (Jazirama yoz edi.) 5. Tasvirlovchi aniqlovchi bilan kelgan geografik nomlar a/an artikllari bilan ishlatiladi: There was a different Uzbekistan after the Independence. (Mustaqillikdan keyin boshqacha bir O’zbekiston shakllandi.) 2. Ajratuvchi aniqlovchi. (Particularizing attribute). Ajratuvchi aniqlovchiga ingliz tili tilshunosi Kaushanskaya quyidagicha ta’rifni keltiradi: “A particularizing attribute is used to single out an object from all objects of the class, to point out one particular object or group of objects.” [17, 38] Demak ajratuvchi aniqlovchi biror shaxs yoki narsa buyumlar guruhidan aynan birini ta’kidlab ko’rsatuvchi aniqlovchidir. U “of”li ibora yoki nisbiy olmoshlar yoradamida ifodalanishi mumkin va doim aniqlanmishdan keyin keladi. Endi ajratuvchi aniqlovchining artiklga ta’sirini ko’rib chiqaylik: 1. Boshqalaridan ajratib ko’rsatilgan turdosh otlar the bilan ish-di: 25

Aziz, give me the book that I gave you yesterday. (Aziz, kecha men senga bergan kitobni ber.) The apples on this tree are very red and big. Bunday gapda ajratuvchi aniqlovchi mavjud deb ko’rsatish noo’rin. Chunki bu aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapdir. Lekin 2-gapdagi on this tree ajratuvchi aniqlovchidir. 2. “of” predlogi bilan kelgan turdosh otlar the b-n ish-di (Ya’ni ajratuvchi aniqlovchi borligi sabab): The music of this film is very pleasant. Lekin: I like music. 3. Umumiy ma’noda kelgan sanaladigan va sanalmaydigan otlar artiklsiz keladi. Lekin o’sha turdagi otning ma’lum bir turi nazarda tursa birlikda “a” artikli bilan ishlatiladi. Agar ot aniq holatda tursa “the” artikli bilan turadi: Life is beautiful. (Hayot go’zal.) They are trying to for a better life. (Ular yaxshiroq xayotga harakat qilmoqdalar.) The life in America is not so easy, too. (Amerikadagi hayot ham shunchalar oson emas.) So’ngi gapdagi in America ajratuvchi aniqlovchidir. 4. Davlat yoki geografik nomlar ajratuvchi aniqlovchi bilan kelsa the artikli bilan ishlatiladi: the England of the Middle Ages. (O’rta asrlar Angliyasi.) 5. Til nomlari “language” so’zi bilan kelganda the artikli bilan ishlatiladi: the English language, the Uzbek language. Lekin: Til nomlari “language” so’zi bilan kelmasa artiklsiz ishlatiladi: I am learning English. (Men Inglizcha o’rganyapman.) Agarda til nomlari yakka kelib, ajratuvchi aniqlovchi bilan ishlatilsa the artikli bilan ishlatiladi: The English of America differs from the English of England. (Amerika inglizchasi Angliya ingilizchasidan farq qiladi.)

26

6. French poetry – frantsuz she’riyati, modern art – zamonaviy san’at, American literature – Amerika adabiyoti, German philology – Nemis filologiyasi kabi birikmalar umumiy holda artiklsiz ishlatiladi. Agar ular ajratuvchi aniqlovchi bilan kelsa the artikli bilan keladi: I like French poetry. (Men Frantsuz she’riyatini yoqtiraman.) I like the French poetry of the XIX century. (Men 19-asr Frantsuz adabiyotini yoqtiraman.) 7. Kasallik nomlari umumiy holatda, ma’lum bir kasallik turini ifodalab kelganda artiklsiz ishlatiladi. Kasallik nomlari sanalmaydigan otlardir: mumps – tepki, cancer – rak, measles – qizamiq, cholera – vabo, influenza – gripp, scarlet fever – qizilcha, pneumonia – o’pka yallig’lanishi, diabetes – qand kasalligi, lumbago – bel og’rig’i, diphtheria–bo’g’ma, small pox–suvchechak, chicken pox–chechak, (illness, ailment, malady, sickness - kasallik). Lekin: Ajratuvchi aniqlovchi bilan kelgan yoki biror kishining boshidan kechirgan kasallik nomi oldodan the artikli ishlatiladi: After the mumps Jane felt very weak and depressed . (Tepki kasalligidan keyin Jeyn o’zini zaif va tushkun his qildi.) 8. Town – shaharcha. Agar qishloqda yashab turib, o’zimizga yaqin shahar haqida gapirganimizda town so’zi artiklsiz ishlatiladi: I can’t go to town tomorrow. (Men ertaga shaharchaga borolmayman.) Town so’zi Country (qishloq) so’ziga qarama-qarshi qo’yilganda ham artiklsiz ishlatiladi: I like to live in the country than to live in town. (Men shaharda yashashdan ko’ra qishloqda yashashni afzal deb bilaman.) Lekin: There is a town near the mountain. (Tog’ yaqinida bir shaharcha bor.) Lekin: Ajratuvchi aniqlovchi bilan kelgan town so’zi oldidan the artikli ishlatiladi: I want to go to the town where I was born. (Men tug’ilib-o’sgan shahrimga borishni xohlayman.) Aniqlovchini yana qanday so’z turkumi bilan ifodalanganligiga ko’ra ham guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchilar. 27

Tilshunos olim V. L. Kaushanskaya bu aniqlovchini aniqlovchining ifodalanishi turkumida tasniflaydi. Sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchilar. (Quotation groups). O’zganing aynan gapi gap tarkibida aniqlovchi vazifasini bajaradi va bu sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchidir. Bunday sitata aniqlovchilar faqatgina ingliz tilida aniqlovchi xususiyatlariga ega bo’ladi va butun gap tarkibidagi so’zlar chiziqcha yordamida yoziladi hamda qo’shtirnoq ichiga olinadi. Rus tiliga “как будто”, “точно” bog’lovchilari bilan, o’zbek tiliga to’ldiruvchi tarzida tarjima qilinib, aniqlovchilik xususiyatini yo’qotadi: I don’t like his “don’t-talk-to-me-or-I’ll-contradict-you” air. Мне не нравится то, что у него такой вид, как будто он хочет сказат: “Не разговаривайте со мной, а то я буду вам пречить”. Men uning “men bilan gaplashma, yoki sen bilan kelishmay qolamiz”ini yoqtirmayman. B. Ilish ham aniqlovchilarning bunday turiga e’tibor qaratadi: “Bunaqa aniqlovchilar butun ergash gapni ifodalay olganligi sabali, hajviy adabiyotda mutonosiblikga erisha olmoqda. Masalan Britaniya qotillik filmlari haqidagi maqoladan bir gapga e’tibor qarataylik: Here are two possibilities only, and the threadbare variations are endlessly woven around them: “I-ain’t-askin’-no- questions-just-tell-me-what-to-do” kind and the “My-God,-Henry,-you-must-believe- me” kind (which can also be described as the “Why-the-devil-can’t-you-leave-my- wife-alone-Can’t-you-see-she’s-distrought” kind). Bu yerda turli elementlarni bog’lab turgan chiziqchalar albatta uzun, ulkan so’zni birlashtirish uchun emas. Uning vazifasi berilgan qismning aniqlovchi funksiyasini bajaroyotganini ko’rsatishdan iborat. Bu nutqda aytilmaydi, bu aniqlovchida ayniqsa sifatda son, rod, kelishik yo’qligi bilan izohlanadi.” [20, 222] B. Ilish keltirgan misollarda ko’rish mumkinki, aniqlovchining sitata orqali ifodalanadigan turi ham artiklga ta’sir etib, uning aynan aniq artikl turini ishlatilishini talab qiladi, ammo boshqa ko’rsatgichlar bo’lsa artikl tushib qoladi. 28

Izohlovchi. (Apposition.) Aniqlanmishning (hokim so’zning) millati, jinsi, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi va hakozo kabi qo’shimcha belgilarni tavsiflovchi aniqlovchilar izohlovchi deb yuritiladi. Tilshunos olim V. L. Kaushanskaya aniqlovchining bu maxsus turini quyidagicha tushintiradi: “An opposition is a special kind of attribute which expressed by a noun (with or without accompanying words) which characterizes or explains the word modified by giving the person or thing another name.” [17, 256] We are two speaking, (Biz ikki kishi gaplashyapmish.) I love you, Miss Barkley (Men sizni sevaman, Miss Barkley.) kabi sintaktik birliklarni ana’anaviy grammatikalarda aniqlovchining bir turi, ya’ni izohlovchi deb tahlil qilinadi, ammo bu kabi sintaktik birliklarning gap qurilmasida qanday sintaktik aloqalar asosida ishtirok etishi, qanday differinsial sintaktik va sintaktik-semantik belgilari haqida hech qnday axborot topilmaydi. Izohlovchining ikkita turi bor. Ular: 1. Yaqin izohlovchi. (The close apposition.) Yaqin izohlovchi vergul bilan ajratilmaydi, aniqlanyotgan so’zga yaqin turadi. Bu so’z guruhlari kishi nomi va qarindoshlikni ko'rsatuvchi ot yoki geografik joy nomi va turdosh otdan iborat bo’ladi. Masalan, Professor Brown, Captain Marryat, Aunt Polly, President Roosevelt kabi. O’zbek tilida esa izohlovchi qarindoshlikni bildirganda uning aniqlanmishdan keyin kelishi xos (Polly xola kabi). Even Aunt Ann was there. (Hatto Anna xola ham o’sha yerda edi) Professor Sommerville practiced what he preached. (Professor Sommerville va’zini takrorladi.) Bu so’z guruhlarida aniqlanmish shaxs yoki joy nomi bo’ladi va birinchi so’z turdosh ot bilan ifodalanadi, bu izohlovchidir. Ba’zan turdosh ot oldidan egalik yoki ko’rsatish olmoshlari ishlatiladi. Bu mazmunni kuchaytirishga xizmat qiladi. Endi izohlovchining gapdagi o’rni almashadi. O’sha turdosh ot shaxs yoki joy nomi bilan izohlanadi: That boy Peter has a literary turn of mind. He is sure to become a writer. (Anavi 29

bola, Peter, butun xayoli bilan adabiyotga oshna. U aniq yozuvchi bo’lmoqchi.) Ba’zida izohlovchi of+ot shaklida bo’ladi: The town of Daventry (Daventry shaharchasi) The city of London (London shahri) 2. Erkin izohlovchi (The loose or detached apposition). Erkin izohlovchi otga yaqin joylashmaydi. U doim vergul bilan ajratilib, o’z urg’usiga ega bo’ladi. Dr. Winchcliffe, my predecessor, was a classmate of my father’s. (Sanborn) (Doktor Uinchkliffe, ilgari mening vazifamda ishlagan kishi, dadamniki bilan sinfdosh bo’lgan.) With her elder and younger sisters she lived now in the house of Timothy, her sixth and youngest brother, on the Bayswater Road. (Galsworthy) (U o’zining opa va singillari, oltita opa singil va kenja ukasi, bilan Beysvoter ko’chasidagi Timosiylarnikida yashardi.) O’z navbatida izohlovchi ham artiklga ta’sir etadi: 1. Izohlovchi bo’lib kelgan turdosh otlar gapda a/an bilan ish-di: Dilshod, a student of our lyceum, won in chess yesterday. (Dilshod, bizning litseyimiz talabasi, kecha shaxmat bo’yicha musobaqada g’olib bo’ldi.) Tashkent is the capital of Uzbekistan, an old and beautiful city. (Toshkent O’zbekistonning poytaxtidir, qadimiy va chiroyli shahar.) 2. Lekin mashhur kishilarni ifodalagan izohlovchi so’z the bilan ish-di: A.Navoi, the great Uzbek poet, was born in 1441. (A. Navoiy, buyuk o’zbek shoiri, 1441-yilda tug’ilgan.) 3. Kishi familiyasi yoki ismi oldidan kelgan unvon yoki mansabni ifodalovchi so’zlar (bizningcha izohlovchi) artiklsiz ishlatiladi: Professor Ikromov, Mr. Brown – Janob Braun, Comrade Petrov - O’rtoq Petrov, President Clinton, Queen Elisabeth, Poetress Zulfiya – Shoira Zulfiya, General Rahimov. Lekin: Unvon nomlari ismsiz yolg’iz ishlatilsa the artikli bilan ishlatiladi: the President, the Queen, the General, the Poetress – shoira. 30

2.2. Aniqlovchi ergash gaplar Aniqlovchi ergash gaplar ham tilshunos olimlar tomonidan aniqlovchining bir turi sifatida e’tirof etilmoqda. Aniqlovchi ergash gaplar qo‘shma gapda aniqlovchi vazifasida keladi va bosh gapga who (whom), whose, which, that olmoshlari va when, where, why ravishlari yordamida bog‘lanadi: The man who was here yesterday is a painter. (Kecha bu yerda bo’lgan kishi rassom.) I know the man whom you mean. (Kim haqida gapirayotganingizni bilaman.) Our representative, whose letter I showed you yesterday, will retum to London at the end of yhe week. (Bizning vakilimiz, men kecha sizga xatini ko‘rsatgan kishi, shu haftaning oxirida Londonga qaytib keladi.) I have the book that I was looking for. (Men izlayotgan kitobimni topdim.) I have seen the house where (= in which) Tolstoi died. (Men Tolstoy vafot etgan uyni ko‘rdim.) I remember the day when I first came to London. (Men Londonga kelgan birinchi kunimni eslayman.) The reason why he did it is plain. (Uni nima uchun bunday qilganining sababi aniq.) Aniqlovchi ergash gaplar qaysi otni aniqlayotgan bo‘lsa, bevosita o‘sha otdan keyin keladi. Aniqlovchi ergash gaplar uch xil bo‘ladi: 1. Ajratuvchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs(lar) yoki buyum (lar) ning shu shaxs yoki buyumning yakka o‘ziga xos alohida xususiyatlarini ifodalaydi va ularni shu turdagi hamma shaxs yoki buyumlardan ajratadi: The letter that I received from him yesterday is very important. (Men undan kecha olgan xat juda muhim.) The vessels which arrived at the port yesterday were built in Russia. (Kecha portga yetib kelgan kemalar Rossiyada qurilgan.) 31

The children who lived in that house are my brother’s friends. (O‘sha uyda yashovchi bolalar mening ukamning do‘stlari.) 2. Tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs(lar) yoki buyum(lar)ni belgi va xususiyatlariga qarab, sunday shaxs yoki buyumlaming biror turiga kiritadi: A letter which is written in pencil is difficult to read. (Qalamda yozilgan xatni o‘qish qiyin.) Vessels which are used for the transportation of oil are called tankers. (Neft tashish uchun foydalaniladigan kemalar tankerlar deb ataladi.) Children who live by the sea usu ally begin to swim at an early age. (Dengiz bo‘yida yashovchi bolalar suzishni erta boshlaydilar.) 3. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs(lar) yoki buyum(lar)ni tasvirlaydi, shaxs yoki buyumlar hacjida qo‘shimcha ma’lumot beradi: We have received a letter, which contains interesting information on the state of the market of wheat. (Biz bug‘doy bozoridagi ahvol to‘g‘risida qiziqarli axborot beradigan xat oldik.) We have chartered two vessels, which will arrive in Odessa at the end of the month. (Biz Odessaga oyning oxirida yetib keladigan ikkita kema yolladik.) In the Street I met some children, who showed me the way to the Station. (Ko‘chada menga stansiyaga yo‘lni ko‘rsatib qo‘ygan bir nechta bolalarni uchratdim.) The manager of our office, who is a highly educated man, speaks se veral foreign languages. (Ofis menejeri, yuqori bilimli kishi, bir nechta chet tillarda gapiradi.) Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplarni tushirib qoldirsak mazmun buziladi. Agar - The letter which I received from him yesterday is very important gapidagi that I received from him yesterday ajratuvchi aniqlovchi ergash gapni tushirib qoldirsak qanday xat haqida gap ketayotganligi noma’lum bo’lib qoladi. A letter which is written in pencil is difflcult to read gapidagi tasniflovchi aniqlovchi ergash gapni olib tashlasak, gapning ma’nosi yo‘qoladi: A letter is difficult to read. 32

Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplarni gapning ma’nosiga ta’sir qilmasdan olib tashlash mumkin. We have chartered two vessels, which will arrive in Odessa at the end of the month gapidan ergash gapni olib tashlasak — We have chartered two vessels, — gapi tugallangan mazmunga ega bo‘ladi, ergash gap esa faqat qo‘shimcha ma’lumot beradi. Buni alohida mustaqil gap bilan berish ham mumkin: They will arrive at the end of the month. Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar bosh gapdan vergul bilan ajratilmaydi, tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar odatda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplarda whom (who olmoshining obyekt kelishikdagi shakli) va which olmoshlari ko‘pincha that olmoshi bilan almashtiriladi: A letter that (which) is written in pencil is difficult to read. (Qalamda yozilgan xatni o‘qish qiyin.) There is the Student that (whom) we saw at the theatre yesterday. (Ana biz kecha teatrda ko‘rgan talaba.) Who olmoshi kamdan-kam hollarda that olmoshi bilan almashtiriladi. Whose olmoshi hech qachon that olmoshi bilan almashtirilmaydi. That olmoshidan keyin predlog kelmaydi. Bu holda predlog fe’ldan keyin keladi, agar to‘ldiruvchi bo‘lsa, to‘ldiruvchidan keyin keladi: The man that you are speaking about is in the next room. (Siz gapirayotgan kishi qo‘shni xonada.) This is the house that I used to live in. (Bu men yashagan uy.) The steamer that we loaded the goods on will leave the port tomorrow. (Biz mollami yuklagan paroxod ertaga portni tark etadi.) Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplarda who, whom, which o‘mida that ishlatilmaydi. Ajratuvchi aniqlovchi ergash gaplarda to’ldiruvchi bo‘lib kelgan that ko‘pincha tushirib qoldiriladi:

33

There is the Student that (whom) I saw at the theatre yesterday = There is the Student I saw at theatre yesterday. He posted the letter that (which) he had written = He posted the letter he had written. Agar nisbiy olmoshdan oldin predlog bo‘lsa, va nisbiy olmosh tushib qolsa, predlog fe’ldan keyin keladi, agar to’ldiruvchi bo‘lsa to’ldiruvchidan keyin keladi: This is the house in which I used to live = This is the house I used to live in. (Bu men yashagan uy.) The steamer on which we loaded the goods will leave the port tomorrow = The steamer we loaded the goods on will leave the port tomorrow. (Biz mollarni yuklagan paroxod ertaga portni tark etadi.) Ega bo‘lib kelgan nisbiy olmoshlar tushirib qoldirilmaydi: The man who is sitting there is my brother. (U yerda o‘tirgan kishi mening akam.) The picture which (that) hangs on the wall was painted by Repin. (Devorda osilgan surat Repin to monidan chizilgan.) Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplarda nisbiy olmoshlar tushib qolmaydi: Mr. Bell, whom I met yesterday, asked you to ring him up. (Men kecha uchratgan Mr. Bell unga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘radi.) Misollardan ko’rinib turibdiki aniqlovchi ergash gaplar ham artiklga ta’sir etadi. Artiklning qaysi turi ishlatilishi esa aniqlovchi ergash gaplarning qanday turi ishlatilganiligiga bog’liq bo’ladi: ajratuvchi aniqlovchi ergash gap ishlatilganda artiklning aniq shakli, tasvirlovchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar ishlatilganda esa ariklning noaniq shakli ishlatiladi.

II bob bo’yicha xulosa Aniqlovchilarni ifoda mazmuni, sintaktik xususiyati yoki artiklga ta’siri va boshqa bir qator faktorlarga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin. Ingliz tilshunoslari asosan aniqlovchini ifoda mazmuniga ko’ra 2 guruhga ajratishadi. Bular: 34

1. Tasvirlovchi aniqlovchi. (Descriptive attribute.) Tasvirlovchi aniqlovchining ishlatilishi artiklga ta’sir ko’rsatib, uning aynan noaniq shaklini ishlatilishini talab qiladi, hatto ot sanalmaydigan ot bo’lsada. 2. Ajratuvchi aniqlovchi. (Particularizing attribute). Ajratuvchi aniqlovchi esa aniq artikl ishlatilishini talab qilib aniqlanyotgan qismdan keyin keladi. Aniqlovchini yana qanday so’z turkumi bilan ifodalanganligiga ko’ra ham guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchilar. Tilshunos olim V. L. Kaushanskaya bu aniqlovchini aniqlovchining ifodalanishi turkumida tasniflaydi. Sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchilar. (Quotation groups). O’zganing aynan gapi gap tarkibida aniqlovchi vazifasini bajaradi va bu sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchidir. Bunday sitata aniqlovchilar faqatgina ingliz tilida aniqlovchi xususiyatlariga ega bo’ladi va butun gap tarkibidagi so’zlar chiziqcha yordamida yoziladi hamda qo’shtirnoq ichiga olinadi. Bunday aniqlovchi turi oldidan ko’rsatgichlar bo’lmasa aniq artikl ishlatiladi. Izohlovchi. (Apposition.) Aniqlanmishning (hokim so’zning) millati, jinsi, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi va hakozo kabi qo’shimcha belgilarni tavsiflovchi aniqlovchilar izohlovchi deb yuritiladi, ammo bu kabi sintaktik birliklarning gap qurilmasida qanday sintaktik aloqalar asosida ishtirok etishi, qanday differinsial sintaktik va sintaktik-semantik belgilari haqida hech qnday axborot topilmaydi. Izohlovchining ikkita turi bor. Ular: 1. Yaqin izohlovchi. (The close apposition.) 2. Erkin izohlovchi (The loose or detached apposition). O’z navbatida izohlovchi ham artiklga ta’sir etadi. Aniqlovchi ergash gaplar ham tilshunos olimlar tomonidan aniqlovchining bir turi sifatida e’tirof etilmoqda.

35

Aniqlovchi ergash gaplar qo‘shma gapda aniqlovchi vazifasida keladi va bosh gapga who (whom), whose, which, that olmoshlari va when, where, why ravishlari yordamida bog‘lanadi: Aniqlovchi ergash gaplar qaysi otni aniqlayotgan bo‘lsa, bevosita o‘sha otdan keyin keladi. Aniqlovchi ergash gaplar uch xil bo‘ladi: 1. Ajratuvchi aniqlovchi ergash gaplar;

2. Tasniflovchi aniqlovchi ergash; 3. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar. Aniqlovchi ergash gaplar ham artiklga ta’sir etadi. Artiklning qaysi turi ishlatilishi esa aniqlovchi ergash gaplarning qanday turi ishlatilganiligiga bog’liq bo’ladi: ajratuvchi aniqlovchi ergash gap ishlatilganda artiklning aniq shakli, tasvirlovchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar ishlatilganda esa ariklning noaniq shakli ishlatiladi.

36

III BOB

Aniqlovchining tarjimada ifodalanishi 3.1. Aniqlovchili birikmalar qatnashgan gaplarni o’zbek tilga tarjima qilishda uchraydigan muommolar

Ingliz tili analitik (ikki so’z o’rtasidagi grammatik munosabat so’z va so’z tartibi orqali nomoyon bo’ladi: the roof of the house), o’zbek tili esa sintetik til (so’zlar o’rtasidagi grammatik munosabat qo’shimchalar orqali beriladi: uyning tomi) ekanligi sababli tarjima jarayonida qator farqli holatlar aks etadi. Jumladan aniqlovchilarni tarjima qilishda ham shu holatga duch kelinadi. Yo’qorida “Aniqlovchilarning gapdagi o’rni” bo’limida ingliz tilida aniqlovchilar aniqlanmishdan oldin ham keyin ham kelishi aytib o’tildi. Bu holat esa o’zbek tilida boshqacha, ya’ni aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi o’zbek tiliga xos. Aniqlovching “ajratilgan aniqlovchi” turi aniqlanmishdan keyin keladi. Bu o’z navbatida sinxiron tarjimonlarga bir qator muommolar to’g’diradi. Aslida aniqlovchini yaxshi tushinish, uning gapdagi o’rnini qiyoslab o’rganish tarjimonlarga ham, yosh til o’rganuvchilarga ham tilni mukammal o’rganishda qo’l keladi.

Aniqlovchi sifat, sifatdosh, son, olmosh, bosh kelishikdagi va qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalansa u aniqlanmishdan oldin keladi va bunday holatlarda aniqlovchini o’zbek tiliga o’girishda muommo to’g’ilmaydi. She has bought an interesting book. (U qiziqarli kitob sotib oldi) We received some illustrated catalogues yesterday. (Biz kecha bir nechta bezakli kataloglar oldik.) I have read only the first chapter of this book. (Men bu kitobning faqat birinchi bobini o’qidim.) This pencil is very good. (Bu qalam juda yaxshi.) Here is the town library. (Mana shahar kutubxonasi.) I followed the doctor’s advice. (Men doktorning maslahatiga amal qildim.)

37

Agar aniqlanmish some, any, no, every kabi olmoshlardan yasalgan so’zlar bilan ifodalangan bo’lsa aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Sifatdosh ham sifatni bildirmasdan, faqat fe’llik ma’nosida ishlatilsa, u aniqlanmishdan keyin keladi va o’zbek tilida tarjimada o’sha aniqlovchini aniqlanmishdan oldinga qo’yishga e’tibor qaratish lozim. Buni bilish ingliz tilidagi gapni ham yaxshi tushinishga yordam beradi. I am going to tell something interesting. (Men qiziqarli bir narsa aytib bermoqchiman) The manager showed us a list of the goods sold. (Menejer bizga sotilgan mollarning ro’yxatini ko’rsatdi.) Aniqlovchi sifatdoshli ibora, predlogli ot, infinitiv va predlogli gerund kabi leksik birliklar bilan ifodalanganda o’zi aniqlayotgan so’zdan keyin keladi va o’zbek tiliga tarjima qilishda bunga ahamiyat berib, aniqlovchini aniqlanmishdan oldinda qo’llash lozim. Ships built for the transportation of oil are called tankers. (Neft tashish uchun qurilgan kemalar tankerlar deb ataladi.) The library of our Institute is very good. (Bizning institutimiz kutubxonasi juda yaxshi.) He expressed a desire to help me. (U menga yordam berish xoxishini bildirdi.) I have no intention of going there. (Menda u yerga borish istagi yo’q.) Misollarning tarjimasidan ko’rinib turibdiki, o’zbek tilida aniqlovchi doim o’zi aniqlayotgan so’zdan oldin keladi. Tarjimashunoslikda bunday muommolar “Grammatik translitiratsiya” bobida o’rganiladi. Birgina aniqlovchining son bilan ifodalanganda o’zbek tilida tarjima qanday bo’lishini ko’rib chiqaylik: 10 books – 10ta kitob Misoldan ko’rinib turibdiki “10 books” so’z birikmasi tobe + hokim munosabatda. Tarjimada ham bu holat o’z aksini topgan. Lekin ingliz tilidagi sanoq son o’zbek tiliga dona son tarzida “ta” qo’shimchasi bilan ifodalanmoqda. Ingliz 38

tilidagi son otga o’z ta’sirini o’tkazgan: “10 books”, ya’ni ot ko’plikda, tarjimada esa ot birlikda. Bu so’z birikmasini gapda qo’llanilishini ko’ramiz: I have got ten books on English at home. (Menda Ingliz tili bo’yicha uyda o’nta kitob bor. ) Misoldan anglashildiki, “ten books” so’z birikmasidagi son aniqlovchidir. Quyidagi misollarga e’tibor qaratamiz: The first lesson – Birinchi dars Bu so’z birikmasida tartib son va ot tobe + hokim munosabatda. Tarjimada ham bu o’z aksini topgan, lekin ingliz tilida ba’zan bu birikma “Lesson one” shaklida ham uchraydi, ya’ni ot va sanoq son ishlatiladi, artikl tushirib qoldirilib, son otdan so’ng qo’llanadi. Lesson one – Birinchi dars Demak ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda, son bilan ifodalangan aniqlovchilarni tarjimasiga e’tiborli bo’lish lozim.

3.2. E. Voynichning “So’na” asari tarjimasi badiiy tahlili

Etil Lilian Voynich 1864 – yilda Irlandiyada mashhur ingliz matematigi Jorj Bul xonodonida dunyoga keldi. Otasi qizi olti oyligida vafot etadi. Sakkiz yoshida qattiq kasal bo’lib qolgan Etilni parvarishlashga qurbi yetmagan onasi uni amakisiga berib yuboradi. Voynich 1882 yilda Berlin konservatoriyasini tamomladi, biroq qo’lidagi kasallik tufayli musiqachi bo’la olmadi. U Londonni boshpana qilib olgan siyosiy muhojirlar – rus va polyak inilobchilari bilan do’stlashdi. S. M. Stepnyak – Kravichinskiy bilan tanishdi, uning “Maxfiy Rossiya” kitobini o’qidi. Shunda Etelda ruslarning mustabid hokimyat o’rnatishdagi kurashlarini o’z ko’zi bilan ko’rish ishtiyoqi paydo bo’ldi. U 1987 – yilda Rossiyaga keldi va “Xalq qo’zg’oloni”ga guvoh bo’ldi. Vataniga qaytgach, “So’na” romanini yozdi. Asar 1897 – yilda Angliyada nashrdan chiqdi, keying yildayoq rus tiliga tarjima qilinib, Rossiyada chop etildi. Aynan Rossiyadagina “So’na” romani katta muvaffaqiyat qozondi.

39

Etel Lilian Voynich 1960 – yilda 96 yoshida Nyu Yorkda vafot etdi. Uning xoki Nyu York Markaziy bog’iga qo’yilgan. Voynichning “So’na” romanida XIX asr hodisalari aks ettirilgan. Unda yosh bir yigitning izhorsiz sof muhabbati, ruhiy azoblari, diniy qarashlaridagi ikkilanishlar, ota va o’g’il o’rtasidagi ham ziddiyatli, ham mehrga yo’g’rilgan munosabatlar, do’stlikka sadoqat, ishonchga xiyonat, kishining o’z tili orqali boshiga tushgan kulfatlar hamda shu kabi bir biridan qiziqarli hayotiy jarayonlar mohirona tasvirlangan, inson ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari ustalik bilan yoritib berilgan. O’quvchi romanni o’qish davomida musichaga ham ozor bermaydigan beg’ubor bir yigitning qanday qilib sovuqqon, boshqalar ustidan mazax qiladigan, o’tmishdagi xatolarni hech tap tortmasdan kishi betiga solib vijdon azobida qiynaydigan shaxsga aylanib qolganligi haqida bilib oladi. Shuningdek ruhoniyning iffat ahdidan sevgisi ustun kelgani, buning natijasida dunyoga kelgan suyukli farzandi, el-yurt oldidagi obro'si deb undan voz kechgani, hatto ikki marta o’g’lining o’limiga ham sababchi bo’lganligi haqidagi ta’sirchan lavhalar kitobxonni befarq qoldirmaydi. Romanni rus tili orqali o’zbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asardagi so’ngi so’z o’rnida yozilgan Zuhriddin Isomiddionovning “Inson taqdiri” maqolasida tarjimon haqida shunday deyiladi: “Azizim, “Farg’ona tong otguncha” romani qanday yakunlanganini bilasizmi? Hozir ko’pchilik buni eslayolmaydi, eslamaydi ham. U… “Yashasin istiqlol!” degan so’z bilan yakunlangan. Va, aytish mumkinki, Mirzakalon Ismoiliyning badiiy ijodi, yozuvchiligi ham shu raman bilan, uning oxiridagi ana shu “Yashasin istiqlol!” degan so’z bilan nihoya topgan. Bu so’zni aytish uchun, ayniqsa, bu gapni oltmishinchi yillar senzurasidan o’tkazish uchun yozuvchi qanchalar o’ylangan ekan? Bu salkam yarim asr avvalgi gap. O’sha, ikkinchi kitob chop etilgan 1968 yilda bizlar yosh edik, “istiqlol” degan so’zni hech eshitmagan edik, ma’nosini ham bilmasdik, chunki istiqlol hayotda tugul, lug’atlarda ham yo’q so’z edi. Hozir esa

40

uning ma’nosini bilmagan odamni topolmaysiz. Uni ilk bora bizning davr adabiyotiga, shuurimizga olib kirgan odam Mirzakalon Ismoiliy bo’ladi. Bugun hurlikdan dam urib, “Sho’ro davrida ezilgan”dan naqllar so’zlayotgan, aslida o’sha tuzumni ertayu kech alqagani evaziga necha xil unvonlar bilan siylanib, bir shoda orden-medalni yaraqlatib taqqanlarga ham duch kelamiz. Ana shunday damlarda beixtiyor Mirzakolon Ismoiliy singari ma’sum ijodkorlar – millatga fidoiyi, erkka tashna bo’lgan, bu yo’lda qo’ldan kelganicha kurashgan, ammo umr bo’yi qadr topolmagan ma’sum insonlar esga tushadi. Bu ma’sum insonlarning taqdiri…” “So’na” asari o’zbek tiliga tarjima qilingandan keyin yurtimizda bu roman ommalashib ketdi. Buning sababi Italiya misolida yurtni ozodlikga erishishga chaqirish, erkinlik millat uchun naqadar muhimligini kitobxonga singdiriliganidan bo’lsa kerak. Asarni lingvistik jihatdan tahlil etar ekanmiz, unda bizning mavzumizga doir ko’plab misollarni uchratish mumkin. Jumladan: “Arthur sat in the library of the theological seminary at Pisa, looking through a pile of manuscript sermons.” [, 3] “Арту сидел в библиотеке духовной семинарии в Пизе и просматривал стопку рукописных проповедей.” [, 3] “Artur Piza diniy seminariyasining kutubxonasida bir to’p qo’lyozma va’zlarni ko’zdan kechirmoqda edi.” [, 3] Yuqoridagi misollarda aniqlovchining ishtirokini va uning tarjimada ifodalanishini ko’rish mumkin. Asliyatdagi gapda “in the library” o’rin holidir. “of the theological seminary at Pisa” esa holning aniqlovchisi. Aniqlovchi predlogli ot bilan ifodalaniyabdi. Bu misolda aniqlovchining aniqlanmishdan keyin kelishini ko’rish mumkin. Gapning to’ldiruvchisi “a pile”ni ham aniqlovchisi bor: “of manuscript sermons” va bu aniqlovchi ham predlogli ot bilan ifodalangan. Rus tilidagi tajimada “of” predlogi o’rnida qaratqich kelishigi (Rodetilniy padej) ishlatilib asliyatdagi anqilovchi rus tilida ekvivalentlik hosil qilgan, ya’ni:

“in the library of the theological seminary at Pisa” 41

“в библиотеке духовной семинарии в Пизе” O’zbek tilida esa: “Piza diniy seminariyasining kutubxonasida” shaklida tarjima qilinib, of predlogi yordamida hosil qilingan aniqlovchi o’zbek tiliga qaratqich kelishigi yordamida tarjima qilingan. O’zbek tilida aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi tilimizga xosligini ko’rish mumkin. Asliyatdagi “at Piza” aslida o’rin holi kabi ta’surot qoldiradi, lekin u ham qaysi kutubxona haqida gap ketayotganini aniqlab kelmoqda va o’zbek tilida bu so’z aynan aniqlovchi tarzida nomoyon bo’lmoqda. Misolimizda aniqlovchi artiklning aniq shaklini ishlatishni talab qilmoqda: the library. “It was a hot evening in June, and the windows stood wide open, with the shutters half closed for coolness.” “Стоял жаркий июньский вечер. Окно были распахнуты настежь, ставни наполовину притворены.” “Iyunning dim oqshomlaridan biri, derazalar keng ochib, pardalar tushirib qo’yilgan.” Misolda tasvirlovchi aniqlovchi artiklning noaniq shakli, ajratuvchi aniqlovchi esa artiklning aniq shakli ishlatilishini talab qilganini ko’rish mumkin. Asliyatda “it” soxta egasi yordamida darak gap hosil qilingan. Bu gapda “evening” – ot kesimdir. Ot kesimning aniqlovchilari: “hot” sifat bilan, “in June” predlogli ot bilan ifodalangan. Bu misolda aniqlovchining yana bir turi, tasvirlovchi aniqlovchini ko’rish mumkin: It was a hot evening. (Descriptive attribute) “The windows stood wide open” gapida “stood”-fe’l kesim. Ingliz tilida, umuman barcha tillarda fe’l kesimdan keyin ravish kelishi xos. Lekin bu yerda holat ifodalanganligi uchun “stood” fe’lidan keyin “open” sifati kelmoqda va bu “stood open” birgalikda kesimni tashkil etmoqda. Shu yerda “wide” sifatini aniqlovchi deb ko’rsatish mumkin, u “open” so’zini qanday ekanligini aniqlab kelmoqda. “with the shutters” – gapning to’ldiruvchisi, “half closed for coolness” esa ayni shu to’ldiruvchining aniqlovchisidir. Bu ajratuvchi aniqlovchi

42

bo’lib shu sababli ot bilan ifodalangan to’ldiruvchi aniq artikl bilan ishlatilmoqda. Aniqlovchi esa sifatdoshli ibora bilan ifodalangan. Endi asliyatni tarjimasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “it” soxta egasi yordamida yasalgan darak gap tajimada atov gap tarzida ifodalangan. To’g’ri, “it” soxta egasi yordamida yasaladigan darak gaplar faqat ingliz tiliga xos. Ingliz tilida teng bog’langan (and teng bog’lovchisi yordamida) qo’shma gap rus tilida ikkita sodagap tarzida, o’zbek tilida esa bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gap tarzida nomoyon bo’lgan. “It was a hot evening in June” rus va o’zbek tillarida quyidagicha aks etgan: Стоял жаркий июньский вечер Iyunning dim oqshomlaridan biri Ya’ni aniqlovchi aniqlanmishdan oldin joylashgan. Asliyat bilan o’zbek tilidagi tarjimani solishtirarkanmiz, asliyat to’laligicha aks etmaganini ko’ramiz. Ingliz tilida “the windows stood wide open, with the shutters half closed for coolness.” Gapi o’zbek tilida “derazalar keng ochib, pardalar tushirib qo’yilgan.” deya tarjima qilingan va mazmun to’laligicha ifoda etilmasdan asliyatdan yiroqlashilgan, ya’ni pardalar tushirib quyilmagan, balki xonani salqinlatish uchun pardalar yarmigacha ochiq. Aslida “the windows stood wide open, with the shutters half closed for coolness.” gapini quyidagicha tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo’lardi: “Derazalar keng ochib, salqin bo’lsin uchun pardalar yarimigacha yopilgan.” Quyidagi misolda aniqlovchining boshqa turini ko’rish mumkin: “The Father Director, Canon Montanelli, paused a moment in his writing to glance lovingly at the black head bent over the papers.” “Отец ректор, кононик Монтанелли, перестал писать и с любовью взглянул на чёрную голову, склонившуюся над листами бумаги.” “Seminariyaning hazrat rektori, kanonik Montanelli, yozayotgan ishini qo’ydi- da, qog’oz varaqlari ustiga engashgan qora sochli boshga mehr bilan qaradi.” Bu misolda aniqlovchining yana bir turi, izholovchini ko’rish mumkin: “The Father Director, Canon Montanelli, paused a moment in his writing to glance 43

lovingly at the black head bent over the papers.” Birinchisi yaqin izohlovchi bo’lsa ikkinchisi erkin izohlovchidir. Bu tarjimonning pragmatik mahorati sabab o’zbek tilida o’ziga xos tarzda o’girilgan: “The Father Director, Canon Montanelli” “Seminariyaning hazrat rektori, kanonik Montanelli“ Lekin asliyatda o’sha hazrat varaqlar ustiga engashgan kishiga yuzlanish uchun ishini to’xtatadi, lekin tarjima maqsad holat bilan alamshilgan: “Seminariyaning hazrat rektori, kanonik Montanelli, yozayotgan ishini qo’ydi-da, qog’oz varaqlari ustiga engashgan qora sochli boshga mehr bilan qaradi.” Ingliz tilidagi „the black head“ so’z birikmasi o’zbek tilida “qora sochli bosh” tarjima qilinib mutanosiblikga erishilgan. “It was the voice of a born orator, rich in possible modulations.” [37, 3] “U ovoz tug’ma notiqning onahglarga boy, yoqimtoy ovozi sezilib turar, …” [35, 3] Bu misolda aniqlovchini predlogli ot bilan ifodalanganligini hamda aiqlovchini uyishib kelyotganini ko’rish mumkin, o’zbek tilida doimgidek aniqlovchi aniqlanmishdan oldin kelmoqda va aniqlovchi artiklaga ta’sir etmoqda.

3.3. III bob xulosasi

Ingliz tili analitik o’zbek tili esa sintetik til ekanligi sababli tarjima jarayonida qator farqli holatlar aks etadi. Jumladan aniqlovchilarni tarjima qilishda ham shu holatga duch kelinadi. Yo’qorida “Aniqlovchilarning gapdagi o’rni” bo’limida ingliz tilida aniqlovchilar aniqlanmishdan oldin ham keyin ham kelishi aytib o’tildi. Bu holat esa o’zbek tilida boshqacha, ya’ni aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi o’zbek tiliga xos. Aniqlovching “ajratilgan aniqlovchi” turi aniqlanmishdan keyin keladi. Bu o’z navbatida sinxiron tarjimonlarga bir qator muommolar to’g’diradi. Aslida

44

aniqlovchini yaxshi tushinish, uning gapdagi o’rnini qiyoslab o’rganish tarjimonlarga ham, yosh til o’rganuvchilarga ham tilni mukammal o’rganishda qo’l keladi.

Aniqlovchi sifat, sifatdosh, son, olmosh, bosh kelishikdagi va qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalansa u aniqlanmishdan oldin keladi va bunday holatlarda aniqlovchini o’zbek tiliga o’girishda muommo to’g’ilmaydi. Agar aniqlanmish some, any, no, every kabi olmoshlardan yasalgan so’zlar bilan ifodalangan bo’lsa aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Sifatdosh ham sifatni bildirmasdan, faqat fe’llik ma’nosida ishlatilsa, u aniqlanmishdan keyin keladi va o’zbek tilida tarjimada o’sha aniqlovchini aniqlanmishdan oldinga qo’yishga e’tibor qaratish lozim. Buni bilish ingliz tilidagi gapni ham yaxshi tushinishga yordam beradi. Aniqlovchi sifatdoshli ibora, predlogli ot, infinitiv va predlogli gerund kabi leksik birliklar bilan ifodalanganda o’zi aniqlayotgan so’zdan keyin keladi va o’zbek tiliga tarjima qilishda bunga ahamiyat berib, aniqlovchini aniqlanmishdan oldinda qo’llash lozim. Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda, son bilan ifodalangan aniqlovchilarni tarjimasiga e’tiborli bo’lish lozim. Aniqlovchilarni nutqda ishlatilishini o’rganish, tahlil qilish, ingliz tilidagi aniqlovchilarni o’zbek tilida qanday aks etishini o’rganish maqsadida Etil Lilian Voynichning „So’na“ romanini tahlil qildim. Etil Lilian Voynich 1864 – yilda Irlandiyada mashhur ingliz matematigi Jorj

Bul xonodonida dunyoga keldi. U 1987 – yilda Rossiyaga keldi va “Xalq qo’zg’oloni”ga guvoh bo’ldi.

Vataniga qaytgach, “So’na” romanini yozdi. Voynichning “So’na” romanida XIX asr hodisalari aks ettirilgan. Unda yosh bir yigitning izhorsiz sof muhabbati, ruhiy azoblari, diniy qarashlaridagi ikkilanishlar, ota va o’g’il o’rtasidagi ham ziddiyatli, ham mehrga yo’g’rilgan munosabatlar, do’stlikka sadoqat, ishonchga xiyonat, kishining o’z tili orqali boshiga tushgan kulfatlar hamda

45

shu kabi bir biridan qiziqarli hayotiy jarayonlar mohirona tasvirlangan, inson ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari ustalik bilan yoritib berilgan.

Romanni rus tili orqali o’zbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. “So’na” asari o’zbek tiliga tarjima qilingandan keyin yurtimizda bu roman ommalashib ketdi. Buning sababi Italiya misolida yurtni ozodlikga erishishga chaqirish, erkinlik millat uchun naqadar muhimligini kitobxonga singdiriliganidan bo’lsa kerak. Asarni lingvistik jihatdan tahlil etar ekanman, unda bizning mavzumizga doir ko’plab misollarni uchratish mumkin. Tahlil jarayonida ingliz tilida aniqlovchilarning turlari, ularning artiklga ta’siri va gapdagi o’rnini, tarjimada aks etishini o’rganib chiqdim, o’rgangan nazariyamni amaliyotda ko’rdim.

46

XULOSA VA TAKLIFLAR

Qator adabiyotlarni o’rganib, xulosa sifatida aniqlovchiga quyidagicha ta’rifni berish mumkin: Aniqlovchi sintaktik birlik ya’ni 2-darajali gap bo’lagi hisoblanib, u what? what kind of? (qanday?), whose? (kimning?), which? (qaysi?), how much? (qancha?), how many? (nechta?) kabi so’roqlarga javob bo’lib, shaxs va predmetning belgisini bildirib keladi. Gapda mustaqil so’zlar, ularning vazifadosh shakllari, frazalar va ergash gaplar (sifat, sifatdosh, sifatdoshli ibora, son, olmosh, ot, infinitiv, gerundiy) bilan ifodalanib bosh va ikkinchi darajali gap bo’laklari hamda gaplarni izohlab kela oladi. Aniqlovchi izohlayotgan, aniqlayotgan hokim qism – aniqlanmish ot bilan ba’zida olmosh (one, some, any, every, no olmoshlaridan yasalgan olomoshlar) bilan ifodalanadi. Shu sababli “aniqlovchi otni [18, 377] va otlashgan so’zlarni aniqlab keladi deb ta’rif beriladi. Aniqlovchi ingliz tilida “The attribute”, “The attributive”, “The adjectival phrase” “An attributive adjective or noun” atamalari bilan nomlanadi, ammo “The attribute” atamasi keng qo’llanadi va bu termin bizningcha tegishli sintaktik birlikni to’liq tavsiflay oladi. Ammo ingliz tili nazariy grammatikasiga doir adabiyotlarda aniqlovchining qanday gap bo’lagi borasida qizg’in bahs ketadi. Bu borada B. Ilish ko’plab misollarni keltirgan. Olim ko’proq “aniqlovchi o’zi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?” savoliga javob topishga harakat qiladi. Olim turli misollarni o’rganib chiqarkan aniqlovchini ikkinchi darajali gap bo’lagi emas, balki doim tobe munosabatda bo’ladigan, hatto boshqa bir ikkinchi darajali gap bo’lagiga ham ergashib kela oladigan fraza (level of phrase [20, 222]) deb nomlaydi. Darhaqiqat misollar shuni ko’rsatmoqda. Aniqlovchi sintaktik tahlilga ta’sir ko’rsatmasada, uning gapda semantik ahamiyati bor va bu yuqorida B. Ilish tomonidan qo’yilgan savolga ancha bahsli tortishuvni yuzaga keltiradi. Agar biz o’sha mislodagi military so’zini ikkinchi darajali gap bo’lagi emas, balki ot bilan ifodalangan a look so’zining frazali qismi deb hisoblasak, unda bu so’z somewhat bilan tobe+hokim munosabatda bog’lanib

47

kelmoqda. Agar military alohida ikkinchi darajali gap bo’lagi bo’lmasa, somewhat ham hech narsa bo’lolmaydi, unaqada somewhat ikkinchi darajali gap bo’lagi bo’lmagan so’zga ergashib bog’lanib kelyabdi-ku?! Demak somewhat ham look so’zini darajasini tushirib uni B. Ilish ta’kidlaganidik “frazali bo’lak”ga aylantirib qo’ymoqda. Boshqa tomondan His look was somewhat military gapida military ot kesim va somewhat hol (B.Ilish fikricha shunday, aslida bu ot kesimni aniqlab kelayotgan aniqlovchining o’zi emasmi?) bo’lib kelmoqda va ikkinchi darajali gap bo’lagidir. Demak somewhat hokim so’z militaryga nisbat har ikki gapda ikki xil holatdadir va bu turli bahslarga sabab bo’ladi. B. Ilish yuqoridagi misollar tahlilidan keyin ikki xil sintaktik tahlil zarurligini ta’kidlaydi va o’rtaga tashlangan masala (aniqlovchi o’zi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?)ga haligacha qoniqarli yechim topilmaganini aytib o’tadi. Aniqlovchi qanday so’zlar bilan ifodalanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u quyidagicha ifodalanadi: 1. Sifat bilan (aniqlovchining eng ko’p ifodalanish usuli)

2. Sifatdosh bilan (hozirgi va o’tgan zamon sifatdoshlari)

3. Sifatdoshli ibora bilan 4. Son bilan (sanoq va tartib sonlar) 5. Olmosh bilan (egalik, gumon, ko’rsatish, so’roq, nisbiy olmoshlar)

6. Ot bilan

7. Ravish bilan

8. Infinitiv bilan 9. Predlogli gerund bilan. 1. Aniqlovchi quyidagi leksik birliklar bilan ifodalanganda aniqlanmishdan oldin keladi:

a) sifat bilan

b) sifatdosh bilan c) son bilan

48

d) olmosh bilan e) bosh kelishikdagi ot bilan f) qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalanganda. 2. Aniqlovchi quyidagi leksik birliklar bilan ifodalanganda o’zi aniqlayotgan so’zdan keyin keladi: a) sifatdoshli ibora bilan ifodalanganda b) aniqlovchi predlogli ot bilan ifodalanganda c) aniqlovchi infinitiv bilan ifodalanganda d) aniqlovchi predlogli gerund bilan ifodalanganda. Aniqlovchilarni ifoda mazmuni, sintaktik xususiyati yoki artiklga ta’siri va boshqa bir qator faktorlarga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin. Ingliz tilshunoslari asosan aniqlovchini ifoda mazmuniga ko’ra 2 guruhga ajratishadi. Bular: 1. Tasvirlovchi aniqlovchi. (Descriptive attribute.) Tasvirlovchi aniqlovchining ishlatilishi artiklga ta’sir ko’rsatib, uning aynan noaniq shaklini ishlatilishini talab qiladi, hatto ot sanalmaydigan ot bo’lsada. 2. Ajratuvchi aniqlovchi. (Particularizing attribute). Ajratuvchi aniqlovchi esa aniq artikl ishlatilishini talab qilib aniqlanyotgan qismdan keyin keladi. Aniqlovchini yana qanday so’z turkumi bilan ifodalanganligiga ko’ra ham guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchilar. Tilshunos olim V. L. Kaushanskaya bu aniqlovchini aniqlovchining ifodalanishi turkumida tasniflaydi. Sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchilar. (Quotation groups). O’zganing aynan gapi gap tarkibida aniqlovchi vazifasini bajaradi va bu sitata orqali ifodalanadigan aniqlovchidir. Bunday sitata aniqlovchilar faqatgina ingliz tilida aniqlovchi xususiyatlariga ega bo’ladi va butun gap tarkibidagi so’zlar chiziqcha yordamida yoziladi, qo’shtirnoq ichiga olinadi hamda boshqa ko’rsatgichlar bo’lmasa aniq artikl ishlatiladi. Izohlovchi. (Apposition.) Aniqlanmishning (hokim so’zning) millati, jinsi, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi va hakozo kabi 49

qo’shimcha belgilarni tavsiflovchi aniqlovchilar izohlovchi deb yuritiladi, ammo bu kabi sintaktik birliklarning gap qurilmasida qanday sintaktik aloqalar asosida ishtirok etishi, qanday differinsial sintaktik va sintaktik-semantik belgilari haqida hech qnday axborot topilmaydi. Izohlovchining ikkita turi bor. Ular: 1. Yaqin izohlovchi. (The close apposition.) 2. Erkin izohlovchi (The loose or detached apposition). O’z navbatida izohlovchi ham artiklga ta’sir etadi. Aniqlovchi ergash gaplar ham tilshunos olimlar tomonidan aniqlovchining bir turi sifatida e’tirof etilmoqda. Aniqlovchi ergash gaplar qo‘shma gapda aniqlovchi vazifasida keladi va bosh gapga who (whom), whose, which, that olmoshlari va when, where, why ravishlari yordamida bog‘lanadi: Aniqlovchi ergash gaplar qaysi otni aniqlayotgan bo‘lsa, bevosita o‘sha otdan keyin keladi. Aniqlovchi ergash gaplar uch xil bo‘ladi: 1. Ajratuvchi aniqlovchi ergash gaplar;

2. Tasniflovchi aniqlovchi ergash;

3. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar. Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplarni tushirib qoldirsak mazmun buziladi. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplarni gapning ma’nosiga ta’sir qilmasdan olib tashlash mumkin. Aniqlovchi ergash gaplar ham artiklga ta’sir etadi. Artiklning qaysi turi ishlatilishi esa aniqlovchi ergash gaplarning qanday turi ishlatilganiligiga bog’liq bo’ladi: ajratuvchi aniqlovchi ergash gap ishlatilganda artiklning aniq shakli, tasvirlovchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar ishlatilganda esa ariklning noaniq shakli ishlatiladi. Ingliz tili analitik o’zbek tili esa sintetik til ekanligi sababli tarjima jarayonida qator farqli holatlar aks etadi. Jumladan aniqlovchilarni tarjima qilishda ham shu holatga duch kelinadi. 50

Yo’qorida “Aniqlovchilarning gapdagi o’rni” bo’limida ingliz tilida aniqlovchilar aniqlanmishdan oldin ham keyin ham kelishi aytib o’tildi. Bu holat esa o’zbek tilida boshqacha, ya’ni aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi o’zbek tiliga xos. Aniqlovching “ajratilgan aniqlovchi” turi aniqlanmishdan keyin keladi. Bu o’z navbatida sinxiron tarjimonlarga bir qator muommolar to’g’diradi. Aslida aniqlovchini yaxshi tushinish, uning gapdagi o’rnini qiyoslab o’rganish tarjimonlarga ham, yosh til o’rganuvchilarga ham tilni mukammal o’rganishda qo’l keladi.

Aniqlovchi sifat, sifatdosh, son, olmosh, bosh kelishikdagi va qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalansa u aniqlanmishdan oldin keladi va bunday holatlarda aniqlovchini o’zbek tiliga o’girishda muommo to’g’ilmaydi. Agar aniqlanmish some, any, no, every kabi olmoshlardan yasalgan so’zlar bilan ifodalangan bo’lsa aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Sifatdosh ham sifatni bildirmasdan, faqat fe’llik ma’nosida ishlatilsa, u aniqlanmishdan keyin keladi va o’zbek tilida tarjimada o’sha aniqlovchini aniqlanmishdan oldinga qo’yishga e’tibor qaratish lozim. Buni bilish ingliz tilidagi gapni ham yaxshi tushinishga yordam beradi. Aniqlovchi sifatdoshli ibora, predlogli ot, infinitiv va predlogli gerund kabi leksik birliklar bilan ifodalanganda o’zi aniqlayotgan so’zdan keyin keladi va o’zbek tiliga tarjima qilishda bunga ahamiyat berib, aniqlovchini aniqlanmishdan oldinda qo’llash lozim. Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda, son bilan ifodalangan aniqlovchilarni tarjimasiga e’tiborli bo’lish lozim. Aniqlovchilarni nutqda ishlatilishini o’rganish, tahlil qilish, ingliz tilidagi aniqlovchilarni o’zbek tilida qanday aks etishini o’rganish maqsadida Etil Lilian Voynichning „So’na“ romanini tahlil qildim. Etil Lilian Voynich 1864 – yilda Irlandiyada mashhur ingliz matematigi Jorj

Bul xonodonida dunyoga keldi. U 1987 – yilda Rossiyaga keldi va “Xalq qo’zg’oloni”ga guvoh bo’ldi.

Vataniga qaytgach, “So’na” romanini yozdi. 51

Voynichning “So’na” romanida XIX asr hodisalari aks ettirilgan. Unda yosh bir yigitning izhorsiz sof muhabbati, ruhiy azoblari, diniy qarashlaridagi ikkilanishlar, ota va o’g’il o’rtasidagi ham ziddiyatli, ham mehrga yo’g’rilgan munosabatlar, do’stlikka sadoqat, ishonchga xiyonat, kishining o’z tili orqali boshiga tushgan kulfatlar hamda shu kabi bir biridan qiziqarli hayotiy jarayonlar mohirona tasvirlangan, inson ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari ustalik bilan yoritib berilgan.

Romanni rus tili orqali o’zbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. “So’na” asari o’zbek tiliga tarjima qilingandan keyin yurtimizda bu roman ommalashib ketdi. Buning sababi Italiya misolida yurtni ozodlikga erishishga chaqirish, erkinlik millat uchun naqadar muhimligini kitobxonga singdiriliganidan bo’lsa kerak. Asarni lingvistik jihatdan tahlil etar ekanmiz, unda bizning mavzumizga doir ko’plab misollarni uchratish mumkin. Tahlil jarayonida ingliz tilida aniqlovchilarning turlari, ularning artiklga ta’sir va gapdagi o’rni, tarjimada aks etishini o’rganib chiqdim, o’rgangan nazariyamni amaliyotda ko’rdim. Aniqlovchi mavzusini ham nazariyada ham amaliyotda o’rganar ekanman, ikki tilda ham (rus tilida ham) aniqlovchining o’ziga xosligi borligini ko’rdim. Qator hal etilmagan muommolarga duch keldim, tarjimada qiyinchiliklar bo’ldi. Faqat so’zni bilish asliyatdan ekvivalent tarzida tarjima qilishga yetarli emasligini yana bir bor bilib oldim. Mutonosib tarjimaga erishish uchun tilning leksikologiya, sintaksis bo’limlarini, stilistika va pragmatika kabi tarjimonlikdagi muhim unsurlarni chuqur bilish lozimniligini tushunib oldim. Bu malakaviy bitiruv ishimda tilshunoslik fanining sintaksis bo’limi bugunga qadar erishgan yutuqlarni o‘rganib, ularni umumlashtirib, uning istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga harakat qildim. Ingliz tili aniqlovchilarining o’ziga xos xususiyatining qator jihatlari hali o’rganilmaganligi sababli kelgusida ham bu ishni davom ettirish niyatidaman!

52

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Ilmiy adabiyotlar

1. Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” –Toshkent, 2010

2. Karimov I. A. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” – Toshkent, 2000. 61-bet.

3. Karimov I.A. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” – Toshkent, 1998. 8-bet.

4. Madeline Semmelmeyer “Practical English” – Career Institute, Chicago

5. Oxford Dictionary of English, Revised Edition. © Oxford University Press 2005.

6. Raymond Murphy “ in Use” – Cambridge University press, 2004

7. Salomov G’. “Tarjima nazariyasiga kirish” – Toshkent, 1978

8. Usmonov O’. U.“Ingliz tili nazariy grammatikasi” – Samarqand, 2012

9. Usmonov O’. U. “Ingliz tili nazariy grammatikasining dolzarb muommolari” – Samarqand, 2013

10. G’apporov M. va bq.lar “Ingliz tili grammatikasi” – Toshkent, 2008

11. “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 10.12.2012

12. Ахманова О.С. “Словар лингвистических терминов” – М., 1969

13. Витганштейн Л. “Новое в зарубежной лингвисткие” – М., 1985

14. Бўронов Ж. “Инглиз тили грамматикаси” – T., 1989

15. Бархударов Л.С. “Язык и перевод” – М., 1975, 345с.

53

16. Богушевич Д.Г. “Об эволюции языка в современной лингвистике” – Минск, 2000, 267с.

17. Каушанская В. Л. и дрг. “Грамматика английского языка” – Ленинград, 1971

18. Качалова К. Н., Израилович Е. Е. “Практическая грамматика английского языка” – Bishkek, 2008

19. Комиссаров В.Н. “Теория перевода (лингвистические аспекты)” – М., 1990, 190с.

20. Ильиш Б. А. “Строй совремнного английского языка” – Ленинград, 1971

21. Латышев Л.К. “Курс перевода (эквивалентность перевода и способы ее достижения)” – М., 1981, 247с.

22. Левицкая Т.Р. “Теория и практика перевода с английского языка на русский” –М., 1963. -176с.

23. Львовская З.Д. “Теоретические проблемы перевода” – М., 1985. -164с.

24. Миньяр-Белоручев Р.К. “Последовательный перевод” – М., 1969. -323с.

25. Миньяр-Белоручев Р.К. “Общая теория перевода и устный перевод” – М., 1980. -337с.

26. Найда Ю. “К науке переводить. Вопросы теории перевода в зарубежной лингвистике” – М., 1978. -245с.

27. Паршин А. “Теория и практика перевода” – М., 2001. -287с.

28. Плеханова Т.Ф. “Текст как диалог” – Минск, 2002. – 253с.

29. Рецкер Я.И. “Теория перевода и переводческая практика”- М., 1974. -321с.

30. Серль Д. “Лингвистические аспекты перевода” – М., 1998. -355с. 54

31. Стрелкова Н.С. “Практическая стилистика английского языка и стилистическое редактирование переводов” – М., 1984. -262с.

33. Федоров А.В. “Основы общей теории перевода” – М., 2002. -342с.

34. Швейцер А.Д. “Перевод и лингвистика” – М., 1973. -282с.

Badiiy adabiyotlar:

35. Voynich E. L. “So’na” – Toshkent, 2012

36. Войнич Э. Л. “Овод” – Москва, 1986

37. Voynich E. L. “The Gadfly” – Москва, 1986

Internet materilari:

38. www.wikipedia.com/Englishrelativeclauses

39. www.wikipedia.com/genitivecase

40. www.wikipedia.com/genitivecase

41. www.wikipedia.com/adjectivephrase

42. www.grammarinenglish.com

55