L.A. DJALILOVA JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI TOSHKENT (VZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI L.A. DJALILOVA JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI (JXarslik) M r: • Bilim sohasi: 100 000 - Gumanitar 200 000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 600 000 - Xizmatlar Ta’iim sohasi: 110 000 - Pedagogika 210 000 - Sotsiologiya va psixologiya 610 000 — Xizmat ko‘rsatish Ta’lim yo'nalishi: 5111000 - Kasb ta’limi ( Sport faoliyati faoliyat turlari bo‘yicha)) 5210200 - Psixologiya (sport) 5610500 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) TOSHKENT - 2017 UO‘K: 796+796.032 (09) (075.8) КВК 75.3 (50‘) D-45 D-45 L.A. Djalilova. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. -Т.: «Voris-nashriyoti», 2017, 432 bet. ISBN 978-9943-978-63-8 “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” fanini o£rganish jarayonida talabalami jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish xususiyatlari, xalq milliy o‘yinlari tarixi, sport turlari tarixi, olimpiya harakati tarixi, jismoniy tarbiya va sportai targ‘ibot ishlarining mohiyati bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Darslikda ana mavzular haqida so‘z yuritilgan. i , . UO‘K: 796+796.032 (09) (075.8) KBK 75.3 (50‘) •' * * - V**- ' p. Taqrizchilar: F.A.Kerimov - Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyali kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori; A.R.Xodjanov - TIMI Jismoniy tarbiya kafedrasining dotsenti. ISBN 978-9943-978-63-8 © «Voris-nashriyoti», 2017; © L.A. Djalilova, 2017. KIRISH 0 ‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyo- siy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlaming samarali natijasidir. Mam- lakatimiz qudratini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri bu shu yurtda yuksak ma’naviyatli, jismonan va ruhan sog‘lom, har tomon- lama barkamol avlodni tarbiyalash masalasidir. Ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom insonni tarbiyalashning muhim vositasiga aylangan sport olimpiya go‘yalari va olimpiya qad- riyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat, zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan bar­ kamol avlodni tarbiyalash asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Bu yo‘- nalishdagi ishlar talaba-yoshlarda zamonaviy dunyoqarash, ulaming ongiga vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, o‘z Vataniga xizmat qilish kabi yuksak tuyg‘ulami kamol toptirishga qaratilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qara- tilgan amaliy ishlar natijasida, milliy ta’lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport sohasiga yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassis kadrlami tayyorlash ishlari yo‘lga qo'yildi. • Hozirgi davrda 0 ‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va olimpiya harakatining xususiyatlarini, 0 ‘zbfckis- tonda jismoniy tarbiya va olimpiya sporti rivojlamshmining raqamli ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili, jismoniy tarbiya, ommaviy sport va olimpiya harakatining uzluksiz tizimlarini shakllaiiish jarayonlarini o'rganish eng dolzarb masalalarga kiradi, Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fani qadimgi za- monlardan boshlab, hozirgi kungacha bo‘lgan davrlarda jahon xalq- larining jismoniy tarbiya va sport tarixi, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini o‘rganadi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati ta­ rixi turli davrlarda jismoniy tarbiyaning vujudga kelishi, rivojlanishi va taraqqiy etishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash, ulami tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. з Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi darsligi uchta bobdan iborat: ■ Chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va olimpiya harakati. ■ 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati. ■ Xalqaro olimpiya harakati tarixi. Birinchi bobda chet el mamlakatlarida turli tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya rivolanishining asosiy xususiyatlari, jismoniy tarbiya va olimpiya harakatining ilmiy-nazariy asoslarini rivojlanishi, jismo­ niy tarbiya va olimpiya harakati tizimlarining shakllanishi to‘g‘ri- sidagi mavzular yoritilgan. Ikkinchi bobda 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati rivolanishining bosqichlari, O'zbekiston Respublikasida mustaqillik-yillarida jismoniy tarbiya va olimpiya harakatining asosiy xususiyatlarini, 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya sporti rivojlanishinining raqamli ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili, jismoniy tarbiya, ommaviy sport va olimpiya harakatining uzluksiz tizimlarinini shakllanish jarayonlarini o‘rganish bo'yicha mavzular berilgan. Uchinchi bobda olimpiya harakati va Olimpiya o‘yinlari rivoj- lanishining xususiyatlari, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratilishi, olimpizm asosiy tamoyillari va qadriyatlarining ahamiyatini o‘rganish bo'yicha mavzular yoritilgan. “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” fanini o'rganish jarayonida talabalarni jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish xususiyatlari, xalq milliy o‘yinlari tarixi, sport turlari tarixi, olimpiya harakati tarixi, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot ishlarining mohiyati bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. 0 ‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti va Respublika oliy o‘quv yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya bo‘limlari, Olimpiya zaxiralari kollejlarida jismoniy tarbiya va sport tarixi, Olimpiya o‘yinlari haqida atroflicha bilimlar beriladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ulaming nazariy bilimlari, amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan biridir. I BOB. JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI *• * .*> 1 * • ' I ; 4 , ц ri^f I l-§. “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” faniga kirish. Qadimgi davrda jismoniy tarbiya Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining bir qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va taraqqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi bo‘lib, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilim- laming muhim qismini o‘zda mujassamlashtiradi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida uning vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fani qadim zamon- lardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraq­ qiy otining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganish bilan shu- g‘ullanadi. Uning vazifasi turli tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya na- zariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilaming sport sohasidagi faoliyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi to'rtta asosiy davrlarga bo‘linadi: 4» Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (miloddan aw al VIII mingyillik - milodiy IV asr). «4» 0 ‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar). 41 Yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII - XIX asr oxiri). Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari - hozirgi kungacha). Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanini o‘rganish manbalariga: > qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar; >jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar; > jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar; >turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari); >jismoniy tarbiya va sportga doir hukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy hujjatlari kiradi. 0 ‘zbekiston Respulikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘- risida»gi qonuni, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, jismoniy tarbiya va sportga oid Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ushbu fanni o'rganishda eng asosiy manbalar hisoblanadi. «Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniy taraqqiyot natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, far- monlar, nizomlar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g‘oyalarga tayanadi. Ulami jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o‘ziga metodologik asos qilib olgan. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining maqsadi - talabalarda jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda ri- vojlanish qonuniyatlari, g‘oyalari, tizimlari, asosiy shakllari, usullari va vositalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy bilimlami shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari - talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya usullari, shakllari, vositalari, sport sohasida erishilgan yutuqlar va eng ilg‘or tajribalardan foydalanishni hamda 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixini o‘rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o'rganish va uning rivojlanish yo‘llarini aniqlashdir. Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining eng muhim vazifasi - bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini
Details
-
File Typepdf
-
Upload Time-
-
Content LanguagesEnglish
-
Upload UserAnonymous/Not logged-in
-
File Pages434 Page
-
File Size-