I ' I' Г Ш IIÏI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

I ' I' Г Ш IIÏI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

I ' i' г Ш IIÏI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI ILMIY MAQOLALAR TO‘PLAMI «SALOHIYAT MEZONI” 10-SON NAMANGAN-2016 Mazkur maqolalar to’plami Namangan Davlat universiteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasining 2016 yil 16 novabrdagi 4- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. Mas'ul muharrir: t.f.n. B. Talapov Mamatov 0. f.f.n., dotsent Qozoqov T. t.f.n., dotsent Isaqova Z. f.f.n.. dotsent Po’latov D. s.f.n., dotsent Karimova F. f.f.n., dotsent Sidiqov Q. f.f.n.. dotsent Topildiyev O. t.f.n., katta o'qituvchi Zamilyeva R. katta o’qituvchi Tillayev B. katta o’qituvchi Abdullayev A. katta o’qituvchi Akayeva M. yu.f.n., dotsent Umarov J. katta o’qituvchi L.Dadabayeva o’qituvchi Ilmiy to’plam Namangan Davlat universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashining 2016 yil 26 dekabr kungi 11-sonli yig’ilishida ko'rib chiqilgan va nashrga ta1 © Namangan davlat universiteti, 2016 yil 2 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakatimizda niilliy (Icmokratik taraqqiyotva fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy kafolati Talapov Bahriddin, t.f.n, dot sent, Milliy g ’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta ’limi kafedrasi mudiri Hundan 25 yil muqaddam - 1992 yilning 8 dekabri kuni mamlakatimiz parlamentining sessiyasida mustaqillik Konstitutsiyasi, deb nomlangan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinib, amalga kiritildi. Bu ulkan voqcaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati yillar o’tgan sayin xalqaro maydonda va mamlakatimiz. liayotida yanada ortib bormoqda. Zero, Bosh yomusimiz tinchligimiz, osoyishtaligimiz, jahon hamjamiyatidagi muloqotlurmiz. tanyachi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy dcmokratik taraqqiyot jarayonlarining huquqiy asosi sifatida hizmat qilmoqda. Mumlakatimizning birinchi Prezidenti I. Karimov Asosiy Qonunning nm/num-mohlyatini ochib berar ekan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining bli ylllgl iminosabati bilan so’zlagan nutqida shunday deydi: «Tabiiyki, har quiiiliiy ilnvlutning yuzi, obro’-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi, Zotan, kimstltutiiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Oomusnomadir. Shu ma’noda Asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. ... Konstitutsiyamiz tom ma’noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir.»1 Darhaqiqat, asosiy qonunimiz eng avvalo ko’p asrlik dinimiz, milliy urf- odatlarimiz qonuniyatlari va eng yuksak saviyada, jahon andozalariga mos holda hamda dunyoviy huquq normalari talablari asosida yaratilganligi jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Konstitutsiyada davlatimizni konstitutsiyaviy boshqarish tamoyillari, ya'ni hokimiyatning qonun chiqaruvchi. ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsiplari, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi, vijdon, so’z, fikrlash va e’tiqod erkinligi, inson huquqlarining kafolatlari, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinishi mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, asosiy qomusimizda biz qurayotgan demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining qiyofasi. uning o’ziga xos belgi, xususiyatlari va shakli o’z ifodasini topgan. Unda xalqimiz oliy maqsadi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan insonparvar huquqiy davlat hamda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish ekanligi alohida ta’kidlanagan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov, «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan g'oyani o’rtaga tashlab, insonning jamiyatda tutgan o’rni, uning ijtimoiy havotdagi mavqei hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi vazifalari to’g’risida to’xtalib: «Shunday davlat va ijtimoiy tuzilma yaratish kerak-ki, unda kuchli markaziv hokimiyat o’z sa’vi harakatlarini mudofaa, ' Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг хуку кий кафодати. Биздан озод ва обод ватан кодеин. Т.2. Т.: Узбекистон, 1996, 93-6. 3 davlat xavfsizügi va fuqarolarning xavfsizligi, tartib-intizomi, tashqi siyosat, pul-moliya va soliq tizimi shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamivatning boshqa stratcgik vazifalarini amalga oshirish singan asosiy umummilliy vazifalariga qaratmog’i zarur. Boshqa masalalami hal etish esa asta-sekin markazdan jovlarga, davlat hokimivati organlaridan janioat birlashmalari va fuqarolarning o'z-o’zini boshqarish organlariga o’tkazilishi lozim».2 deb ta'kidlagan edilar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsivasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlarga asosan mamlakatimizda milliv demokratik taraqqiyotning to'la ijtimoiy-huquqiy asoslari yaratildi. Xususan. fuqarolik jamiyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoat birlashmalarini tashkil etish. ularning faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida jamoat birlashmalarining erkin va faol ishtirok etishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy partiyalar. fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari. jamoat birlashmalari hamda nodavlat, notijorat tashkilotlarining huquqiy holati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlari bilan tartibga solingan. Jumladan, Konstitutsiyamizning XIII bobida mamlakatimizda jamoat birlashmalarining erkin va faol harakat qilishlari, ularning fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonidagi ishtirokini ta'minlashning ijtimoiy-huquqiy asoslari yaratildi. Konstitutsiyamizning ushbu bobi normalariga mos holda O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida», «Siyosiy partiyalar to'g’risida», «O'zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari. ular faoliyatining huquqlari va kafolatlari to’g’risida», «Nodavlat notijorat tashkilot to’g’risida», «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to'g’risida» hamda «Jamoat fondlari to’g’risidawgi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari. siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy xarakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ¡jtimoiy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, halqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish ta’qiqlanadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili-mamlakat hududida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari hamda 2 KapHMOB H.A. yióeKHCTOHHHHr CHécHH-HucTHMoíiií Ba hícthcoahh HCTHKCo.iHHHHr acocHH TaMofnijuiapH. BaTaH caacoarox Ka6w MyKaaaacaHp. T. 3. T.: y36eKMCTOH, 1996, 12-6. 4 nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkil etilishi va faol harakat qilishlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyamizga muvofiq, fuqarolarning o’zlarining konstitutsiyaviy buquqlaridan foydalanib, davlatning siyosiy hayotida siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari va boshqa demokratik institutlar orqali tobora keng ishtirok etishlari mumkin. Jamoat birlashmalarining o’z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkoni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Aynan shunday kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo’lgan huquqlarini ruyobga chiqarish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati bu - erkin, demokratik huquqiy tsivilizatsiyalashgan jamiyat bo’lib, unda yakka hokimlik rejimiga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo’ravonlik qilishga o’rin yo’q. Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, ahloq, insonparvarlik , adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko’p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirilib turiladi. Fuqarolik jamiyatida fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlari, asosan, qonunlarga itoat etish va soliqlarni to’lab borishdan iboratdir. Albatta, muayyan vaziyatlarda fuqarolar oldida ularning ijtimoiy, mehnat, tadbirkorlik faoliyati, xizmat, harbiy, oilaviy burchlarini ado etishlari bilan bog’liq mas’uliyatlar ham mavjud bo’ladi. Ammo ushbu tizimda vertikal aloqalar emas, balki, asosan, gorizontal aloqalar ustuvorlik qiladi. Fuqarolik jamiyati fuqarolar va ularning erkinliklaridan boshlanadi. «Fuqaro» tushunchasi «Mustaqil», «Teng huquqli», «Qadr-qimmat» kabi tushunchalarning sinonimi sifatida tushuniladi. Tarixda fuqarolik jamiyati hamma vaqt turli hil sulolaviy munosabatlarda inson huquqlarining poymol etilishiga qarama-qarshi qo’yilagan. Fuqarolik huquqiy jamiyatda ikkita tamovil ustuvorlik qiladi. birinchiga ko’ra, har bir odam sud tomonidan aybdor, deb topilmaguncha. erkin va teng huquqli fuqaro bo’lib qolaveradi. Ikkinchidan, har bir erkin fuqaro istagan tarzda qonun doirasida, qonun va ahloqqa zid bo’lmagan holda harakat qilishi mumkin. Birinchi tamovilga кота, xar bir odam aybi qonun jihatidan huquqiy isbotlanmagan bo’lsa, u xamisha halol to’g’ri va aybsiz hisoblanadi. Ikkinchi tamoyilga binoan erkin fuqaro qonun va ahloqqa zid bo’lmagan

View Full Text

Details

  • File Type
    pdf
  • Upload Time
    -
  • Content Languages
    English
  • Upload User
    Anonymous/Not logged-in
  • File Pages
    254 Page
  • File Size
    -

Download

Channel Download Status
Express Download Enable

Copyright

We respect the copyrights and intellectual property rights of all users. All uploaded documents are either original works of the uploader or authorized works of the rightful owners.

  • Not to be reproduced or distributed without explicit permission.
  • Not used for commercial purposes outside of approved use cases.
  • Not used to infringe on the rights of the original creators.
  • If you believe any content infringes your copyright, please contact us immediately.

Support

For help with questions, suggestions, or problems, please contact us