Jismoniy Tarbiya Va Olimpiya Harakati Tarixi
L.A. DJALILOVA JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI TOSHKENT (VZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI L.A. DJALILOVA JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI (JXarslik) M r: • Bilim sohasi: 100 000 - Gumanitar 200 000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 600 000 - Xizmatlar Ta’iim sohasi: 110 000 - Pedagogika 210 000 - Sotsiologiya va psixologiya 610 000 — Xizmat ko‘rsatish Ta’lim yo'nalishi: 5111000 - Kasb ta’limi ( Sport faoliyati faoliyat turlari bo‘yicha)) 5210200 - Psixologiya (sport) 5610500 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) TOSHKENT - 2017 UO‘K: 796+796.032 (09) (075.8) КВК 75.3 (50‘) D-45 D-45 L.A. Djalilova. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. -Т.: «Voris-nashriyoti», 2017, 432 bet. ISBN 978-9943-978-63-8 “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” fanini o£rganish jarayonida talabalami jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish xususiyatlari, xalq milliy o‘yinlari tarixi, sport turlari tarixi, olimpiya harakati tarixi, jismoniy tarbiya va sportai targ‘ibot ishlarining mohiyati bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Darslikda ana mavzular haqida so‘z yuritilgan. i , . UO‘K: 796+796.032 (09) (075.8) KBK 75.3 (50‘) •' * * - V**- ' p. Taqrizchilar: F.A.Kerimov - Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyali kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori; A.R.Xodjanov - TIMI Jismoniy tarbiya kafedrasining dotsenti. ISBN 978-9943-978-63-8 © «Voris-nashriyoti», 2017; © L.A. Djalilova, 2017. KIRISH 0 ‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyo- siy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlaming samarali natijasidir. Mam- lakatimiz qudratini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri bu shu yurtda yuksak ma’naviyatli, jismonan va ruhan sog‘lom, har tomon- lama barkamol avlodni tarbiyalash masalasidir.
[Show full text]